Ikki qirollik askarlari ortga chekingan, jang maydonida esa faqat ikki inson qolib ketgandek edi. Soo-hyuk va Ji-won bir-biriga qilichlarini qaratib turishardi. Ji-wonning ko‘zlarida qo‘rquv bor edi. Ammo Soo-hyuknikida-chi?.. Uning nigohi sovuq, yuzida esa hech qanday his yo‘qdek ko‘rinardi. Ammo ich-ichida yuragi bezovta urardi. Ular bir necha soniya bir-biriga qarab turishdi. Bir vaqtlar shu ko‘zlar bir-biriga mehr bilan qarardi. Endi esa ular qilichlar qarshisida turishardi.

Urush boshlanganiga bir necha kun bo‘lgandi. Ikki qirollik o‘rtasidagi munosabatlar tobora yomonlashar, saroylarda esa har kuni yangi qarorlar qabul qilinardi. Ammo Soo-hyuk va Ji-won hali ham bir-birlarini unutishmagan edi. Ular har kecha bir-birlarini o‘ylashar, sirli bog‘da o‘tgan kunlarini eslashardi. Ularning sevgisi urushdan kuchliroqdek tuyulardi.

Ular bir-birini juda yaxshi ko‘rishardi. Ularning sevgisi ikki qirollik orasidagi dushmanlikdan ham kuchli edi. Ammo urush qanday boshlanganini hozir bilib olasiz... 🌿 Sirli bog‘dagi so‘nggi xotirjam kun Ular har doimgidek o‘sha sirli bog‘da uchrashib turishardi. Bu bog‘ ikki qirollik chegarasiga yaqin joylashgan bo‘lsa-da, ularning eng sevimli maskaniga aylangandi. Bog‘da mayin shamol esar, oppoq gullar tebranib, qadimiy favvoradan suv tovushi eshitilardi. Bu yerda na qirolliklarning adovati, na urush haqidagi gaplar bor edi. Faqat Soo-hyuk va Ji-wonning sokin suhbatlari... Ji-won favvora yonida o‘tirib, qo‘lidagi kichkina gulni aylantirardi. Ji-won: — Sizningcha, bizning qirolliklarimiz qachondir yana do‘st bo‘lishi mumkinmi...

Urushdan oldin, ikki qirollik hali tinchlikda yashayotgan paytlar edi. Yorug‘lik qirolligining ulkan saroyida katta ziyofat bo‘lib o‘tayotgan edi. Zallar oltin chiroqlar bilan yoritilgan, nafis musiqa yangrar, turli qirolliklardan kelgan mehmonlar suhbatlashardi. Yorug‘lik malikasi Ji-won ham ziyofatda qatnashayotgan edi. U oq va oltin rangli nafis ko‘ylak kiygan, sochlariga mayda marvaridlar taqilgan edi. Biroq saroydagi shovqin-suron va tinimsiz suhbatlar uni charchata boshladi. Ji-won sekin zalni tark etdi. U saroyning orqa tomonidagi yo‘lakdan yurib, ilgari deyarli hech kim bormaydigan sirli bog‘ga kirib qoldi.

Ertalab Cho Yi-hyun sinfga kirganida, dugonalari allaqachon o‘z joylarida o‘tirishardi.

Ertalab Cho Yi-hyun sinfga kirganida, dugonalari allaqachon o‘z joylarida o‘tirishardi.