The Last Light
Urush boshlanganiga bir necha kun bo‘lgandi. Ikki qirollik o‘rtasidagi munosabatlar tobora yomonlashar, saroylarda esa har kuni yangi qarorlar qabul qilinardi.
Ammo Soo-hyuk va Ji-won hali ham bir-birlarini unutishmagan edi.
Ular har kecha bir-birlarini o‘ylashar, sirli bog‘da o‘tgan kunlarini eslashardi. Ularning sevgisi urushdan kuchliroqdek tuyulardi.
Ji-wonning otasi esa uni katta zalga chaqirtirdi. Qirol Ji Jin-hee jiddiy qiyofada taxtida o‘tirardi.
Yorug‘lik qiroli: — Ji-won, bundan keyin saroydan yolg‘iz chiqishingni taqiqlayman.
Ji-won hayrat bilan unga qaradi.
— Nega, ota?
— Qorong‘ulik qirolligi bilan urushdamiz. Ularning shahzodasi ham bizga dushman.
Bu so‘zlarni eshitganida Ji-wonning yuragi og‘ridi.
Ji-won: — Soo-hyuk... u bunday emas.
Zalda hamma jim bo‘lib qoldi.
Qirol sekin o‘rnidan turdi.
— Sen uni ismi bilan atayapsanmi?
Ji-won o‘zini yo‘qotib qo‘yganini tushundi. U darhol boshini egdi.
Men... shunchaki shahzodani nazarda tutdim.
Otasi unga uzoq qarab turdi.
— Unga yaqinlashma. Qorong‘ulik qirolligi bilan hech qanday aloqa qilishingni istamayman.
Ji-won hech narsa demadi. Ammo ichida bir savol tinmay takrorlanardi:
Qanday qilib men sevgan insonimni dushman deb atashim mumkin?
Bir kuni Ji-won xizmatkoridan yashirincha bog‘ga chiqdi. U yerda Soo-hyuk allaqachon uni kutib turardi.
Ji-won: — Siz kelmasangiz kerak deb o‘ylagandim...
Soo-hyuk unga qarab jilmaydi.
— Men sizni kutmasligim mumkinmi?
Ji-won uning yoniga o‘tirdi. Ammo bu safar ikkalasi ham xotirjam emasdi.
Ji-won: — Ota-onalarimiz bizni ajratmoqchi. Men juda qo‘rqyapman, Soo-hyuk.
Soo-hyuk uning qo‘lini ushladi.
— Men sizni hech qachon tashlab ketmayman.
Ji-won: — Hatto qirolliklarimiz urushsa hammi?
Soo-hyuk bir oz jim qoldi. Keyin uning ko‘zlariga qaradi.
Ammo uzoqdan otlarning ovozi eshitildi.
Soo-hyuk darhol o‘rnidan turdi.
— Ji-won, ketishingiz kerak. Askarlar yaqinlashyapti.
Ji-won: — Siz bilan yana qachon uchrashaman?
Soo-hyuk javob berishga qiynaldi.
— Tez orada...
Ammo ikkalasi ham bu va’daga o‘zlari ham to‘liq ishonishmasdi.
Qorong‘ulik qiroli: — Bugundan boshlab Yorug‘lik malikasi ham sening dushmaning. Uni himoya qilish haqida boshqa o‘ylama!
Soo-hyuk boshini egdi.
— Tushundim, ota.
Ammo ichida yuragi parchalangan edi.
Ji-won, meni kechiring. Men sizni dushman deb atashni xohlamayman...
Shu paytda Yorug‘lik qirolligida Ji-won ham otasining oldida turardi.
Yorug‘lik qiroli: — Qorong‘ulik shahzodasiga ishonma. Ularning oilasi bizning yerlarimizni tortib olmoqchi.
Ji-won o‘zini xotirjam ko‘rsatishga urindi.
— Men uni allaqachon dushman deb bilaman, ota.
Ammo bu so‘zlarni aytish uning uchun juda og‘ir edi.
Ular bir-birlarini ko‘rishdi.
Bir vaqtlar bog‘da mehr bilan qaragan ko‘zlar endi sovuq nigohga aylanishi kerak edi.
Soo-hyuk: — Malika Ji-won, bu hudud Qorong‘ulik qirolligiga tegishli. Orqaga qayting.
Ji-won yuragidagi og‘riqni yashirib, sovuq ovozda javob berdi:
— Sizning qirolligingiz bizning yerlarimizni tortib olmoqchi. Men hech qayerga ketmayman, shahzoda Soo-hyuk.
Soo-hyukning yuragi siqildi.
U meni “shahzoda” deb atayapti... Avvallari esa ismimni shunday mayin aytardi.
U yuzidagi hislarni yashirdi.
Soo-hyuk: — Unda sizni to‘xtatishga majbur bo‘laman.
Ji-won: — Men ham sizga qarshi turishdan qo‘rqmayman.
Ammo ikkalasi ham qilichlarini ko‘targanida, aslida bir-biriga zarar yetkazishni istamasdi.
Ular tashqaridan dushman edi.
Ich-ichidan esa hali ham o‘sha sirli bog‘da bir-birining qo‘lini ushlab o‘tirgan ikki inson edi.
Ji-won ichida pichirladi:
Iltimos, menga zarar bermang...
Soo-hyuk esa o‘zicha javob bergandek bo‘ldi:
Men sizni hech qachon ataylab yaralamayman.
Ularning ko‘zlari bir lahzaga uchrashdi.
Ammo keyingi soniyada ikkala qirollik askarlari oldinga yurdi.
Ularning sevgisi endi urush maydonida yashirinishi kerak edi. 🥀
Davomi bor...