The Last Light
Ular bir-birini juda yaxshi ko‘rishardi. Ularning sevgisi ikki qirollik orasidagi dushmanlikdan ham kuchli edi. Ammo urush qanday boshlanganini hozir bilib olasiz...
🌿 Sirli bog‘dagi so‘nggi xotirjam kun
Ular har doimgidek o‘sha sirli bog‘da uchrashib turishardi. Bu bog‘ ikki qirollik chegarasiga yaqin joylashgan bo‘lsa-da, ularning eng sevimli maskaniga aylangandi.
Bog‘da mayin shamol esar, oppoq gullar tebranib, qadimiy favvoradan suv tovushi eshitilardi. Bu yerda na qirolliklarning adovati, na urush haqidagi gaplar bor edi. Faqat Soo-hyuk va Ji-wonning sokin suhbatlari...
Ji-won favvora yonida o‘tirib, qo‘lidagi kichkina gulni aylantirardi.
Ji-won: — Sizningcha, bizning qirolliklarimiz qachondir yana do‘st bo‘lishi mumkinmi?
Soo-hyuk bir zum jim qoldi. U uzoqqa qarab, past ovozda javob berdi:
Ji-won: — Demak, siz meni yaxshi inson deb o‘ylaysiz?
Soo-hyuk kulimsiradi.
Soo-hyuk: — Ba’zan.
Ji-won: — Ba’zan?!
U uning yelkasiga yengil urdi. Soo-hyuk kulib yubordi. Ular bir-birlariga qarab turishardi. Bu qarashlarda aytilmagan minglab so‘zlar yashiringan edi.
Bir necha daqiqadan so‘ng uzoqdan ayolning baland ovozi eshitildi.
Kim Sun-a: — Ji-won! Ji-won, qayerdasan?!
Ji-won birdan o‘rnidan turdi. Uning yuzidagi tabassum yo‘qoldi.
Ji-won: — Ketishim kerakka o‘xshaydi. Onam meni qidiryapti.
Soo-hyuk ham o‘rnidan turdi.
Soo-hyuk: — Ertaga kelasizmi?
Ular bog‘dan chiqib, ikki tomonga ketmoqchi bo‘lishganida, birdan oldilaridan qurollangan askarlar paydo bo‘ldi.
⚔️ Kutilmagan uchrashuv
Askarlar Soo-hyuk va Ji-wonni birga ko‘rib, to‘xtab qolishdi. Ularning nigohida hayrat va shubha paydo bo‘ldi.
Askar: — Shahzoda Soo-hyuk?! Siz bu yerda Yorug‘lik malikasi bilan nima qilyapsiz?
Soo-hyukning yuzi darhol jiddiylashdi.
Soo-hyuk: — Bu sizning ishingiz emas. Nimaga keldingiz
Askarlardan biri: — Kechirasiz, shahzoda. Siz zudlik bilan Qorong‘ulik qasriga borishingiz kerka qirol talab qilyabdi.
Ji-won xavotir bilan Soo-hyukka qaradi.
Ji-won: — Nima bo‘lyapti? Nega hamma bunchalik qo‘rqinchli ko‘rinishda?
Soo-hyuk: Siz qasringizga boravering
Ji-won: — Soo-hyuk, nima bo‘ldi?
Ammo shu payt Soo-hyuk unga javob bermay otiga minib ketdi
Ji-won: — Soo-hyuk!
Soo-hyuk ortiga o‘girildi va yana yõlida davom etdi.
Bu so‘zlarni aytish unga juda og‘ir edi. Chunki u Ji-wonni yana ko‘rishiga ishonchi komil emasdi.
Qasr ortidagi dahshat
Soo-hyuk qasrga olib ketilayotganida, yo‘llarda tartibsizlik hukm surardi. Odamlar uylarini tark etishgan, ayrim binolar yonib ketgan, askarlar esa ko‘chalarda saf tortishgandi.
U yo‘l chetida qo‘rqib turgan bolani ko‘rdi. Bola onasining qo‘lidan mahkam ushlab olgandi.
Soo-hyukning yuragi siqildi.
Soo-hyuk: — Bu yerda nima bo‘ldi? Kim hujum qildi?
Askar indamadi. Faqat boshini egib, yurishda davom etishdi.
Qasrga kirganida, Soo-hyuk otasi — Qorong‘ulik qirolini katta zalda ko‘rdi. Uning yonida qirolicha Kim Seo-hyung va bir nechta harbiy qo‘mondonlar turardi.
Soo-hyuk: — Ota! Bu nima bo‘lyapti?!
Qorong‘ulik qiroli unga sovuq qaradi.
Qorong‘ulik qiroli: — Nihoyat kelding. Yorug‘lik qirolligi bizga tegishli bo‘lgan yerlarni egallab oldi. Men esa ularni qaytarib olyapman.
Soo-hyuk hayrat bilan bosh chayqadi.
Soo-hyuk: — Bu yerlar bo‘yicha kelishuv qilish mumkin edi! Nega urush boshladingiz?
Qorong‘ulik qiroli: — Chunki kuchsizlar bilan kelishuv qilinmaydi. Ular faqat kuchni tushunishadi.
Soo-hyuk otasiga bir qadam yaqinlashdi.
Soo-hyuk: — Sizning qaroringiz tufayli qancha odam aziyat chekayotganini ko‘rdingizmi?
Qirolning ovozi yanada qattiqlashdi.
Qorong‘ulik qiroli: — Sen shahzodasan, Soo-hyuk. O‘z qirolligingni himoya qilish sening burching. Endi Yorug‘lik qirolligiga qarshi jangga tayyorlanasan.
Bu so‘zlardan keyin zalda sukunat hukm surdi.
Soo-hyuk esa qimirlamay turardi. Uning ko‘z oldida Ji-wonning tabassumi, bog‘dagi suhbatlari va oxirgi aytgan so‘zlari gavdalanardi.
“Men har doim kutaman, Ji-won...”
Ammo endi u bu va’dasini bajara olarmidi?
☀️ Yorug‘lik qasrida
Ayni paytda Ji-won ham qasrga qaytarilgandi. Onasi Kim Sun-a uni xavotir bilan kutib oldi.
Kim Sun-a: — Ji-won! Qayerda eding? Hamma joyda urush boshlandi!
Ji-won: — Ona, Soo-hyuk... U Qorong‘ulik qirolligining shahzodasi. Uni askarlar olib ketishdi.
Onasining yuzi o‘zgarib ketdi.
Ji-won jim qoldi. Uning sukuti hammasini bildirib turardi.
Kim Sun-a: — Ji-won, sen ularning shahzodasiga yaqinlashganmisan?!
Ji-won: — Ona, u yomon inson emas! U bu urushni boshlamagan!
Ammo qirolicha uning gapini bo‘ldi.
Kim Sun-a: — Endi u bizning dushmanimiz. Buni unutishing kerak.
Ji-wonning ko‘zlariga yosh to‘ldi.
— Lekin men uni sevaman...
Bu so‘zlar zalda aks-sado berdi.
U o‘sha kecha deraza yonida uzoq vaqt turdi. Uzoqda qorong‘u osmon ostida urush alangasi ko‘rinardi.
Ji-won qo‘lidagi kichkina gulni mahkam ushladi.
Ji-won: — Soo-hyuk... Siz meni kutmasligimni aytdingiz. Lekin men sizni qanday unutaman?
Endi ular bir-birlarini yashirincha sevishdan ham ko‘proq narsani yo‘qotishlari mumkin edi. 🥀