September 24

The Last Light

Ikki qirollik askarlari ortga chekingan, jang maydonida esa faqat ikki inson qolib ketgandek edi.
Soo-hyuk va Ji-won bir-biriga qilichlarini qaratib turishardi.
Ji-wonning ko‘zlarida qo‘rquv bor edi.
Ammo Soo-hyuknikida-chi?..
Uning nigohi sovuq, yuzida esa hech qanday his yo‘qdek ko‘rinardi. Ammo ich-ichida yuragi bezovta urardi.
Ular bir necha soniya bir-biriga qarab turishdi.
Bir vaqtlar shu ko‘zlar bir-biriga mehr bilan qarardi.
Endi esa ular qilichlar qarshisida turishardi.

Ji-won qo‘lidagi qilichni qattiqroq ushladi. U bir lahza ikkilanib turdi-yu, birdan qilichini ko‘tarib, Soo-hyukning qorniga sanchmoqchi bo‘ldi.
Ammo—
Jarang!
Kimdir uning qilichini vaqtida ushlab qoldi.

Bu Byeon Wook Seok edi.
Byeon Wook Seok: — Malika, qilichingizni torting! Kimga qilich ko‘tarayotganingizni bilasizmi o‘zi?!
Ji-won unga qaradi, ammo hech narsa demadi.
Soo-hyuk esa bir necha soniya Ji-wonga tikilib turdi. Uning nigohida g‘azab bilan birga tushunib bo‘lmaydigan og‘riq ham bor edi.
U qilichini tushirdi.
Soo-hyuk: — Saroyga qaytamiz.
Wook Seok bosh irg‘adi.
Soo-hyuk otiga tomon yurdi. Ji-won ham ortidan yurmoqchi bo‘ldi.
Ammo birdan u ortiga o‘girilib, qarama-qarshi tomondagi askarlarga qaradi.
Ji-won: — Ularning bizga kuchlari yetmaydi. Ketishlarini qaranglar.
Bu gap Soo-hyukning qulog‘iga cha

Uning qadami to‘xtadi.
Yuzidagi sovuqqonlik bir zumda g‘azabga aylandi.
Soo-hyuk sekin ortiga o‘girildi.
Ji-won hali nima bo‘lganini anglab ulgurmay, Soo-hyuk uning qo‘lidan qattiq ushlab o‘ziga tortdi.
Ji-won hayratdan unga qaradi.
Soo-hyuk esa qilichini uning bo‘yniga yaqin tutdi.
Atrofdagi askarlar jim bo‘lib qolishdi.
Ji-wonning yuragi tez ura boshladi.
Soo-hyuk esa unga juda yaqin egilib, faqat o‘zi eshitadigan darajada sekin gapirdi:
Soo-hyuk: — Malika... og‘zingizga qarab gapiring. Hurmatim bo‘lmaganda, o‘zim bilardim nima qilishni.
Ji-won uning ko‘zlariga qarab qoldi.

Ammo ko‘zlarida nimadir bor edi...
Go‘yo u aslida boshqa gapni aytmoqchi edi.
“Meni bunday gapirishga majbur qilmang.”
Ammo u buni ayta olmasdi.
Chunki endi ular dushman edi.
Soo-hyuk Ji-wonni qo‘yib yubordi va uni yengil itarib yubordi.
Keyin hech narsa demasdan otiga mindi.

Soo-hyuk: — Ketdik.
U va uning askarlari Qorong‘ulik qirolligi tomon yo‘l olishdi.
Ji-won esa o‘sha joyda qotib qolgandek turardi.
U Soo-hyukning uzoqlashayotganini kuzatdi.
Ko‘zlarida esa bitta savol bor edi:
“Agar meni chindan ham dushman deb bilsangiz... nega menga zarar bermadingiz?”
Soo-hyuk esa ot ustida ketarkan, bir marta ham ortiga qaramaslikka harakat qildi.
Ammo yuragida bitta gap tinmay takrorlanardi:

“Kechir meni, Ji-won...”
Ular ikki xil yo‘ldan ketishardi.
Ammo ikkala yurak hamon bir-biridan uzilmagan edi.
Davomi bor... 🥀🌑☀️