September 18

My school Crush

Ertalab Cho Yi-hyun sinfga kirganida, dugonalari allaqachon o‘z joylarida o‘tirishardi.

Hye-yoon qo‘lidagi nonushtasini tugatishga urinib, bir vaqtning o‘zida Jeong-eui bilan gaplashardi.

— Bugun maktabdan keyin birga ketamizmi? — deb so‘radi Yi-hyun sumkasini joyiga qo‘yarkan.

— Albatta, — dedi Jeong-eui. — Faqat Hye-yoon yana kechikmasa bo‘ldi.

— Men hech qachon kechikmayman!

Ji-hu unga jiddiy qaradi.

— Kecha yigirma daqiqa kechikding.

— Bu boshqa masala.

Ularning kulgisi sinfga tarqaldi.

Yi-hyun ham kulib yubordi. Ammo shu payt yo‘lakdan tanish ovoz eshitildi.

U beixtiyor eshik tomon qaradi.

Park Solomon.

U boshqa sinfidagi bir nechta o‘quvchi bilan gaplashib turardi. Yi-hyun uni ko‘rishi bilan nigohi beixtiyor o‘sha tomonga tortildi.

Solomon birdan boshini ko‘tardi.

Ularning ko‘zlari uchrashdi.

Yi-hyun darhol daftariga qaradi.

“Nega har safar uni ko‘rsam, o‘zimni bunday tutaman?”

— Yi-hyun.

Hye-yoon uning oldida qo‘l siltadi.

— Ha?

— Men senga uch marta gapirdim.

— Kechirasan, eshitmay qolibman.

— Bilaman, — dedi Hye-yoon kulib. — Xayoling qayerdaligini ham bilaman.

— Hye-yoon, bas qil!

Dugonalari kulishdi.

Tanaffusda Yi-hyun kutubxonaga borish uchun yo‘lakdan o‘tayotgandi.

Qo‘lida bir nechta kitob bor edi.

Burilish joyiga kelganida kimdir qarshisidan chiqdi.

Solomon.

Yi-hyun qadamini sekinlashtirdi.

Solomon ham uni ko‘rib, biroz chetga surildi.

— Kechirasiz, — dedi Yi-hyun past ovozda.

— Ha.

Ular yonma-yon o‘tib ketishdi.

Faqat bir necha soniya.

Ammo Yi-hyun yuragi yana tez urayotganini his qildi.

U ortiga qaramaslikka harakat qildi.

Lekin qiziqish ustun keldi.

Yi-hyun sekin ortiga qaradi.

Solomon ham o‘sha paytda ortiga o‘girilib qarayotgan edi.

Ular yana ko‘z urishtirishdi.

Bu safar Yi-hyun jilmayib qo‘ydi.

Solomonning yuzida esa tushunish qiyin bo‘lgan ifoda paydo bo‘ldi.

U birinchi bo‘lib nigohini olib qochdi.

Yi-hyun esa kutubxona tomon yurishda davom etdi.

“Bir qarash uchun ham shunchalik xursand bo‘lish mumkinmi?”