Qorako'z Majnun (Said Ahmad)
AZROIL O‘TGAN YO‘LLARDA
Sobiq sho‘ro tergovchilari qo 'lida azob chekkan
yurtdoshlarim ga bag ‘ishlayman
Z o ‘r kurash ko‘ramiz, deb kelganlaming hafsalasi pir
bo‘ldi. Birinchi davradayoq kurash alanga olmay, cho‘g ‘-
ligicha qoldi.
Ikki polvon yarim soatdan beri hadis olib, tomosha-
binlami zeriktirib yubordi. Davrada o ‘tirganlarning toqati
toq b o id i.
- Ajrim qivoringlar, kurash ko‘rgani kelganmiz!
- Jalol polvon chiqmasa kurash qizimaydi. Jalol chiqsin.
Jalol polvon yetmish yoshlarga borgan, ellik yildan
beri kurash tushadi, shu paytgacha kuragi yer ko‘rmagan
polvon.
Ishqibozlar uni behudaga kurashga chaqirishayotgan
edilar. U davraga chiqqani bilan talabgor bo'lmagani uchun
qayta joyiga borib o'tirad i. Kurashaman, deb kelganlarning
ko‘pchiligi undan yengilgan, hammasining alami ichida
edi.
Ishqibozlar talab qilaverganidan keyin bakovul uni
davraga sudrab chiqdi. Q oiidan ushlab, o ‘rtada aylantirib
yurdi.
- Mamlakatimizning mutlaq chempioni, yuzlab yosh
chempionlaming ustozi Jalol polvonga talabgor bormi? - dedi
u davraga murojaat qilib.
Hech kim chiqmadi. U bilan bir bellashsam armonim yo‘q,
deb kelgan o‘spirin polvonlar odob saqlab jim o‘tirishardi.
Orqa qatorda o‘tirgan yigirma besh yoshlar chamasi bir
yigit o‘midan turdi.
- Men bellashaman!
Hamma unga qaradi. U tanasi xuddi cho‘yandan quyil-
gandek, miqti bir yigit edi. Yelkalari keng, bilaklaridan
mushaklari bo‘rtib chiqib turgan, ochiq kaftiga bitta odam
bcmalol o‘tirsa yana ikki barmog‘i ortib qoladigan bo‘z yigit
edi. Davrada kimdir hazil qildi.
- Vo‘y-bo‘, badaniga mix qoqsang qayilib ketadi-ku!
Kimdir, Jalol uni ikki yamlab, bir yutib yuboradi, deb
yubordi.
Jalol polvon, pisand qilmagandek, m iyig‘ida kulib tu-
rardi. Uning jilm ayishi yosh polvonning nafsoniyatiga
tegdi.
- Q o‘y, bolam, men go‘daklar bilan kurashmayman. 0 ‘z
tenging bilan bellash, - dedi unga nasihat qilgandek.
- Yo‘q, faqat siz bilan kurashaman. Bilib qo‘ying,
yengaman. Kuragingizni yerga ishqayman!
- Katta ketma, bola! Mening kuragim faqat o‘lga-
n im d a -g o ‘rda yotganimda yerga tegadi.
«Mayli, mayli, bellashsin, bolaning sazasi oMmasin, xo‘p
deng, polvon buva!» degan ovozlar chiqdi.
Bakovul ikki tomonning roziligini olib: «Bo‘stonliqlik
Jalol polvon Yozyovonlik Ermat polvon bilan bellashishga
rozi bo‘ldi!» deb e ’lon qildi.
Jalol polvon yerga o‘tirib etigini yecharkan, qilayotgan
ishi o‘ziga kor qilib, endi kuning shu mishiqi go‘dakka
qoldimi Jalol, shu norasida bolani yengib nima obro‘ topasan,
derdi ichida.
Ermat polvon esa uni pisand qilmay, yengaman, degandek
mag‘rur turardi. Uning bu «surbetlarcha» turishi Jalol
polvonning g ‘ashini keltirdi. Endi o‘zingdan ko‘r, bola, deb
o‘midan turdi.
Bakovul ulaming belbogblarini boshqatdan bogiab, omin,
deb fotiha berdi.
Jalol polvon beparvo edi. Qani, bir urinib ko‘rsin, deb
qo‘yib berdi. Ermat uning belbog‘i orqasiga qo‘lini suqib,
bilagiga uch marta o‘radi. Jalol polvon xotirjam edi.
Ermat: «Yo egam, o ‘zingdan madad!» dedi uni bir siltab
ko‘tarib, oyog‘ini yerdan uzdi. Yana bir marta silkinganida ko‘kragigacha chiqardi, turgan yerida ikki aylanib, chap
yonboshiga otdi. U bolalar choynak qopqog‘ini burab qo‘yib
yuborgandek chir aylanib, yana qimirlamay turib qoldi.
- Endi, bas, xumordan chiqdingmi, - dedi u raqibining
qulog‘iga. - Endi navbat menga! - U shunday deb Ermatni
bir siltab ko‘tardi-yu yerga otdi. U yerga chalqancha tushdi.
Jalol polvon tik turgancha engashib, uning ikki yelkasidan
bosdi. Ermat tipirchiladi. Raqibining chayir qo‘llari hamon
uning yelkasini yerga qapishtirib turardi. Shunda... Shunda
Jalol polvon raqibining o ‘t chaqnagan ko‘zida go‘daklar
yig‘laganda oqadigan shaffof, bokira yoshlarini ko‘rib,
seskanib ketdi. Uning yelkasidan qo‘lini olib, ajib bir
mehribonlik bilan qo‘lidan tortib turg‘azmoqchi bo‘ldi.
Ammo Ermat uning qoMini siltab tashladi.
Ermat o ‘kirib-o‘kirib yig‘ladi. Bu yig‘i Jalol polvonning
yurak-bag‘rini o‘rtab yubordi. Bolam, yig‘lama, ko‘z yoshing-
ni yut, birov ko‘rmasin, dedi uning qulog‘iga shivirlab,
Ermat shu zahoti yaktagining yengini ko‘ziga surtdi. Uvol,
uvol, derdi Jalol polvon. Mana shu bola mening o‘mimga
qola<ji. Uyat ish qilib qo‘ydim. Bolaning shoxini sindirdim.
Attang, attang... Jalol polvon gulduros qarsak tovushlari
ostida davradan chiqib ketdi. Etagini tutib pul yig‘madi.
Yong‘oqzor oralab uyi tomon ketdi. Yo‘l-yo‘lakay, bu
ycngganimmi, deb o‘zidan o‘zi so‘rab borardi. Yengilganim,
yengilganim! Mayda bolalar bilan bel olishadigan bachkana
polvon bo‘lib qoldingmi, Jalol, derdi boshini sarak-sarak
qilib.
Ertaga javob bellashuvi bo‘ladi. Nima qilay? Bel-
lashmasam, polvonlik sha’nim tuproqqa qorishadi. Bel-
lashsam-u, atayin yiqilib bersam, unda nima bo‘ladi?
Polvonlik g‘ururimni qayoqqa yashiraman...
Shunday xayollar bilan ketar ekan, yaqin orada ayol
kishining qiqirlab kulgani eshitildi. Alanglab qaradi. Uch
tegirmon suv oqadigan soy bo‘yidagi xarsang ustida o‘g ‘li
Q o‘chqorvoy Nurim sartaroshning kelini Odinani bag‘riga
bosib o‘pyapti. Odina qiyshanglab kular, Q o‘chqoming
yuziga beozor shapatilardi. Soyning shovullashidan ular oyoq tovushini eshitmasdi. 0 ‘z ishlari bilan mashg‘ul cdilar.
Q o‘chqor Odinani tizzasiga o‘tqazib olib, yuz-ko‘zlaridan,
lablaridan tinmay o‘pardi.
Jalol polvon nima qilishini bilmay serrayib turib qoldi.
Q o‘chqoming yerga tushgan do‘ppisini olayotgan Odina
sapchib o‘midan turib ketdi.
- Voy, men o‘lay... dadangiz! Sharmanda bo‘ldik! - dedi-
yu, tugmalari qadalmagan harir koftasini ochiq qolgan oppoq
ko‘kragiga bosgancha qochdi.
Q o‘chqor nima qilishini bilmay, dadasiga qarab turgach:
- Y igitchilik-itchilik ekan-da, dada, - dedi. - Bu ahmoq,
erimni turmadan chiqarmasang, o‘zimni suvga tashlayman,
deb...
Durust, durust... Bir odamgarchilik qipsan-da,
barakalla! Agar quchoqlab turmaganingda, bag‘ringga bosib,
tomogNning tagidan o'pmaganingda, albatta, o‘zini suvga
otardi. Menga qara, ko‘ppak, xotiningni oldiga shu alpozda
borma! Yuzingni artib ol, hammayog‘ing qip-qizil lab
bo‘yog‘i bo‘lib ketibdi.
Jalol polvon g ‘udrana-g‘udrana nari ketdi.
Polvon o‘g‘lining shu juvonga aylanishib qolganini
bilardi. Odinaning eri qamalmasdan burunoq boshlangan edi
bu savdo.
Nurim sartaroshning o‘g‘li Sobit zo‘r Odinani Chustning
Olmosidan opqochib kelgandi. Husni bir dunyo, yuzi sutga
chayqab olingandek, ko‘zlari-ku... Bu dunyoda unaqa ko‘z
boMmasa kerak. Mashhur rassom Chingiz Ahmarov uni
Nanayda ko‘rib qolganda, bu juvonning ko‘zlarida lazer
nuri bor, qaragan joyiga o ‘t qo‘yadi, degan edi. Q o‘chqor
ohudek hurkagich shu dilbarga elakishib qoldi. Necha marta
uchrashuvga chaqirdi, kelmadi. Eridan qo‘rqdi. Eri uni
haddan tashqari rashk qilardi.
Sobit zo‘r qishloqda tizginsizligi bilan mashhur edi.
Ko‘ngliga kelgan har qanday ishni tap tortmay qilib ketaverardi.
Ba’zan u ikki-uch oylab yo‘q boMib ketar, poyezdlarda lo‘lilarga qo‘shilib qimor o‘ynar, yo‘lovchilami karta o‘yiniga torlib,
cho‘ntaklarini qoqlar edi. U yo‘q paytlarida qishloq tinchib
qolardi. Odamlar Sobit yo‘g‘ida qishloq dam oladi, deyishardi.
Ba’zan u bor bud-shudini yutqazib, uyiga qorong‘i tushganda
maykachan qaytib kclardi. Besh-o‘n kun uyida «mo‘min-qobil»
bo‘lib yurardi-da, yana sigirmi, buzoqnimi o‘g‘irlab, lo‘lilar
to‘dasiga qarab ketardi. Omadi kelgan paytlarda bir xalta pul
bilan qaytar, sigir-buzoq egalarini saxiylik bilan rozi qilib, o‘z
ko‘nglida gunohlardan forig‘ boblardi.
Sobit zo‘r Odinani Olmosdan opqochib kelgandan keyin
nomi o‘ziga yarashmay qoldi. Xuddi onasi boshqatdan
tuqqandek yaxshi bola bo‘ldi-qo‘ydi. Q o‘ni-qo‘shnilar Sobit-
ga Xudo insof berdi, deb sevinishdi.
Sobit otasiga qo‘shilib, to‘y-m a’raka 1 arga boradi. Nurim
sartarosh ichkariga - qariyalar oldiga kirib ketganda Sobit
tashqarida qolib, samovarchiga qarashar, keldi-ketdiga choy
tashir, oshpazga o‘tin yorib bcrardi. Lining bir chiroyli qobil
bola bo‘lganidan sevingan hamqishloqlar, «Qarang-a, Xudo
insof beraman, desa hech gap emas ekan», deyishardi.
Sobit Odinani yer-ko‘kka ishonmasdi. Odina esa bu
erkalanishlardan taltayib ketgan edi. Ro‘zg‘or ishlariga qo‘l
urmasdi. Hatto yechib tashlagan kiyimlarini qaynonasining
oldiga tashlardi. Ovqatni yeb, idish-tovoqni yig‘ishtirmay,
indamay turib ketaverardi. Qaynonasi javrab-javrab kir yuvar,
javrab-javrab hovli supurar edi. Ba’zan u criga nolib qolardi:
- Nega indamaysiz, boshimizga chiqib oldi-ku, qay-
notamisiz, nimasiz? Men kimman? Qaynonamanmi, kelin-
manmi? Mundoq nasihat qilib qo‘ysangiz boMmaydimi?
Nurim sartarosh bosiqlik bilan javob qilardi:
- Qo‘y, xotin, ko‘pam zorlanma. 0 ‘g ‘ling shunga
andarmon bo‘lib, qimorboz do‘stlaridan kechdi. Yomon qi-
liqlarini tashladi. Shu kelin deb yurtga qo‘shilib qoldi. Ikki
marta jum a namoziga ham olib bordim. Keliningdan nolima,
unga rahmat de. 0 ‘g‘ling hozir misoli majnun. Sobit har kuni kechqurun jom da issiq suv opkirib,
xotinining oyogNni yuvib, oppoq sochiqqa artar, tirsillab
turgan boldirlariga shapalatib urib qo‘yardi. Keyin uni dast
ko‘tarib to‘shakka yotqizardi. Odina bu xizmatlariga mukofot
sifatida uzuk taqilgan barmoqlarini uning peshonasiga tegizib
o‘pib qo‘yardi.
Sobit hali long yorishmay yelkasiga miltiq tashlab, toqqa
chiqib ketardi. Tun salqinida qanotlari karaxt bo‘lib qolgan
besh-to‘rtta kaklik urib kelardi. Xotini uyqudan turguncha
kakliklaming patlarini yulib, tozalab, tuzlab qo‘yardi. Odina
hovliga chiqqanda shamol uchirib yurgan patlami ko‘rib,
bumini jiyirardi. «Shu kaklik o‘lgur ham jonimga tegib
ketdi-da», deb nolirdi.
Sobitga otasi, bolam, o‘rtoqlaring hasharga aytsa,
qolmagin. Endi sen yurt ichiga kirib qolding. Keksalar
oldidan salomsiz o‘tmagin, o ‘tirgan bo‘lsang, o ‘mingdan
turib salom bergin, deb nasihat qilardi. Onasi bo‘lsa uning
ko‘ylaklarini juhud domlaga oborib dam soldirardi. U yozib
bergan allaqanday qog‘ozlami choyga ivitib ichirardi.
Kunlaming birida eshik taqillab qoldi. Sobit eshikni och-
sa, ostonada mashhur rassom Chingiz Ahmarov turipti.
- Keling, mulla aka, - dedi Sobit unga hayron qarab.
- Kelinning suratini ishlashga ruxsat bersangiz. Parij
ko‘rgazmasiga yuboraman.
Sobitning bundan besh oy oldingi qoni ko‘pirdi. Panjalari
mushtga aylandi.
- Qani, yaxshilikcha jo ‘nab qoling, boTmasa bir kor-
hol bo‘ladi. Meni kim deb o ‘yladingiz, xotinini tomoshaga
qo‘yadigan hezimkashlardan deb o‘yladingizmi?
Ahmarov bir so‘z aytmay, orqasiga qaytdi. U shunaqa
javob boMishini avvaldan bilardi. Zora unga Xudo insof
berib rozi b o isa, deb o‘ylagandi.
Lekin bu beqiyos iste’dodli rassomda bir-ikki marta
ko‘rgan odami qiyofasini yoddan chiza olish qobiliyati bor
edi. Baribir ishlayman, deya diliga tugib qo‘ydi.
Qo‘chqor Odinaga yetishish uchun bor hunarini ishga
soldi. Sobitni ho‘kiz o‘g‘irladi, deb qamadi. Tergov paytida
mototsikl ham o‘g‘irlagansan, deb soxta guvohga ro‘para qildi.
0 ‘zi uning tomiga tashlab qo‘ygan bir xalta ko‘knorini ham
«delo» ga yopishtirdi. Sobit sakkiz yilni bo‘yniga olib ketdi-
yu, xotini militsiya tergovchisi - карitan Qo‘chqor Jalolovga
qoldi. Xohlagan paytida uchrashib, aysh-ishrat qilishga imkon
yaratildi. Bir kuni Odina unga erkalanib, o‘lsin, to‘nka erimdan
aynigan tuxumning hidi kelardi, deb kuldi.
Yaqinda, bir haftacha bo‘ldi, Sobit turma qorovulini
o‘ldirib qochgan emish, degan gap tarqaldi.
Bu gapni eshitgan Nurim sartarosh bolasidan umidini
uzib qo‘ydi. Endi uni eplab bo‘lmaydi. Bu bola qon to‘kib
qo‘ydi. Uning ichidagi ajdar uyg‘onib ketdi. Endi u duch
kelganga o ‘t purkaydi, duch kelganni g‘ajib tashlaydi, deb
afsus-nadomatlar chekdi.
Shu tobda ko‘zi oldida bo‘lib o‘tgan hodisa Jalol polvonga
negadir ta’sir qilmadi. Uning xayoli ertaga boMadigan kurash
bilan band edi. Nima qilsin, bellashmasa, Jalol polvon qochdi,
deyishadi. Bellashsa, bir navqiron yigitning dili vayron
bo‘ladi. Ermat yengilsa kurashga qo‘l siltab, ikkinchi marta
davraga chiqmaydigan bo‘lib ketadi. Agar unga yiqilib bersa,
ellik yil yelkasi yer iskamay kelgan, shu oxirgi kurashdan
keyin polvonlikni tashlab, umrining qolganini toat-ibodat bilan
o‘tkazaman, deb ahd qilib qo‘ygan. Kurash - boshqalarga
tomosha. Polvon uchun esa g‘urur, nafsoniyat, ayniqsa, oxirgi
jangdan to‘nining changini qoqib davradan bosh egib chiqib
ketish Jalol polvonga o iim bilan barobar edi.
U shunday deb o‘yladi-yu, darrov fikridan qaytdi. «Jalol,
shunaqa past odammisan? Bir oyog‘ing go‘rda turibdi-yu,
shon-shavkatni o‘ylaysan-a! Uyat, uyat!»
U bir-birini inkor qiladigan xayollar girdobida to‘lg‘anib-
to‘lg‘anib uyquga ketdi.
...Bugungi kurashga kechagidan ikki barobar ko‘p
odam kelgan. Uch avtobusda shahardan ishqibozlar, yengil mashinalarda tumanlardan polvonlar kelishgan. Kechagi
kurash televizor orqali ko‘rsatilgan edi. Javob bellashuv
qandoq bo‘lar ekan, deb kelganlar son-sanoqsiz.
Kabobpazlar-u morojniychilarning qo‘li-qo‘liga teg-
maydi.
Jalol polvon bugungi bellashuvga xushlamayroq keldi.
0 ‘ziga qolsa, men yengildim, deb qaytib ketishga ham rozi
edi. Uni bu yerga faqat oriyat olib kelgandi.
Sakkiz bellashuvdan keyin Jalol polvon bilan Ermat
polvonga gal keldi.
Ermat polvonning qovog‘i soliq. Undan kechagi mag‘lu-
biyatning zahri ketmagandi. U raqibiga tilar-tilamas, hatto,
betiga qaramay qo‘l berdi. Uning avzoyi buzuq. Agar bugun
Jalol polvonni tuproqqa qorishtirmasam, falon-piston bo‘lay,
deb do‘stlarining davrasida og‘ziga yomon so‘z olib qo‘ygan.
Polvon xalqi jazavaga tushganda bergan va’dasini unutadigan
qavmdan boMadi. Kechasi bilan Jalol polvon o‘ylab-o‘ylab,
Ermatga yiqilib beray, endi zo‘r kelib qayoqqa borardim, shu
yosh polvonga bugungi g‘alabasi qanot bo‘lsin, deb niyat
qilgandi. Bellashuv paytida niyatidan g‘ururi g‘olib keldi. Bu
o‘jar, o‘ziga ortiqcha bino qo‘ygan polvonchaning ta’zirini
berib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ermat ham astoydil edi. Unga aslo
belini bermasdi. Jalol polvon uni o‘ziga tortganda, bir kuchanib
qo‘lini chiqarib yuborardi. U ellik yil kurashib hali bunaqa
beli baquvvat polvonni ko‘rmagan edi. Ko‘pdan sinalgan
usulini qo‘llamoqchi bo‘ldi. Raqibini bag‘riga qapishtirib
ko‘targanda har qanday polvon ham tob berolmasdi. Buning
uchun avval Ermatni bag‘riga tortishi kerak. Ammo Ermat
sira belini bermasdi. Hamla bilan bir-ikki marta uni ko‘ksiga
qapishtirdi ham. Ammo Ermat bir kuchanganda Jalol
polvonning baquvvat qo‘llari uzilgan zanjirdek belbog‘dan
chiqib ketardi. Jalol polvon payt poylab uni bag‘riga bosdi.
«Yo tangrim!» deb oyogNni yerdan uzdi. Hamma jim. «Jalol
yutdi, Jalol hozir uni yerga qapishtiradi», degan ovozlar
eshitildi. U raqibini endi yonboshga otmoqchi bo‘lib turganda yong‘oqzordan ketma-ket ikki marta o‘q tovushi eshitilib
qoldi. Hamma yong‘oqzor tomonga qaradi. Otilgan o‘q go‘yo
Jalol polvonning qon tomiriga, baquvvat paylariga tekkandek
bo‘ldi. Bir dam qoni aylanishdan to‘xtagandek, paylari
dutoming tarang iplariga suv sepilgandek bo‘shadi-qoldi.
- Ur, ur, bolam! - dedi Jalol polvon ingrab. - Shu topda
yerga otmasang, keyin meni yengolmaysan!
Ermat nima bo‘layotganini tushunmasdi.
- Ur, shoshib turibman! Zudlik bilan ketishim kerak, ur!
Ermat uni dast ko‘tarib o‘ng yonboshga otdi. Jalol polvon
ikki qulochini yozgancha yerda yotar ekan: «Yengding,
yengding, bola» dedi.
Ermat uni qo‘lidan ushlab turg‘izib qo‘ydi. Jalol polvon
etigini ham kiymay, yong‘oqzor tomonga o‘qdek uchib ketdi.
Davrada shivir-shivir gap aylanib qoldi: «Yong‘oqzorda
Sobit zo‘r Qo‘chqor bilan Odinani otib ketibdi...»
Ikki marta o‘q otilgandayoq Jalol polvonning yuragi
mudhish voqea yuz berganini sezgandi.
Sakkiz yil musichadek bir-birining patini yalab yashagan,
eri ishdan kechiksa ostonada intizorlik bilan kutadigan,
kelishi bilan bo‘yniga osiladigan xotinining bir daqiqada
eridan ko‘ngli qolishi mumkinmi?
Uyga olib kelishganda Q o‘chqorning tanasi hali sovima-
gandi. Bilagidagi soati chiqillab yurib turipti, millari
beparvo aylanyapti. Undan dam o‘tmay qandaydir sho‘x
kuy taraladi. Xotini Gulandom faryod urib, unga o‘zini otdi.
Otdi-yu bir daqiqa o‘tmay nafrat bilan sapchib o‘midan
turib ketdi. Murdadan fransuz atirining hidi kelardi. Uning
yuzlarida, bo‘yinlarida, ko‘kraklarida qip-qizil lab bo‘yo-
g ‘ining izlari aniq ko‘rinib turardi.
Shu topda o ig an Q o‘chqor emas, Gulandom edi. Orzulari,
ko‘ksida yongan olovdek muhabbat, erkalanishlari bir zumda
jon berdi-qo‘ydi.
Marhumning yigirmasi o ‘tguncha ham Gulandomning
ko‘zida hech kim yosh ko‘rmadi. G o‘yo u erining emas, begonaning m a’rakasida yurgandek edi. Qulog‘idan ziragini,
bo‘ynidan shoda-shoda marvaridlarini, barmoqlarida chaq-
nagan uzuklarini olib qo‘ymadi. U azador uy sohibasi emas,
to‘y egasidek edi.
Gulandomning boradigan joyi yo‘q edi. To‘yda kelin
tomondan bironta tirik jon kelmagandi.
Polvon o ‘g‘il uylasam, qudalarim bilan bordi-keldi qil-
sam, deb orzu qilardi. Afsus, unday bo‘lmadi.
Q o‘chqor Ohangaron tomonlarda militsiya tergovchisi
bo‘lib ishlardi. Bir to‘yda Gulandomga ko‘zi tushadi-
yu halovatini yo‘qotadi. Yotsa ham, tursa ham ko‘zidan
Gulandom ketmaydi. Necha marta yo‘lini to‘sib, gapga
solmoqchi bo‘ladi. Ammo qiz yovvoyi kaptardek unga tut-
qich bermas, oshiq yigitning yolvorishlarini elamas edi. Oxiri
Q o‘chqor ko‘pdan sinalgan usulni qo‘llaydi. Gulandomning
ukasini, mototsiklda odam urib ketgan, deb qamab qo‘yadi.
Gulandom bosh egib, Q o‘chqoming oldiga borishga majbur
bo‘ladi. U qiladi, bu qiladi, qizning u yog‘idan o‘tadi, bu
yog‘idan o‘tadi, aldaydi, avraydi. Falon vaqt falon joyga
kel, ukangni ko‘rsataman, deydi. Shunday uchrashuvlardan
keyin Gulandomda Q o‘chqorga moyillik sezila boshlaydi.
Qiz tegadigan bo‘ladi, Q o‘chqor uylanadigan bo‘ladi.
Q o‘chqordan qiznikiga sovchi keladi. Ota unamaydi. Jallodga
beradigan qizim yo‘q, deb uzil-kesil javob qiladi.
Gulandomning onasi eriga yotig‘i bilan tushuntirmoqchi
bo‘ladi.
- Rozi bo‘ling, dadasi, bo‘lmasa, sharmandamiz chiqadi.
Yigit o‘lgur qizimizni boshqa erga tegolmaydigan qilib qo‘ygan.
Xotinining gapi og‘zida qoladi. Ota sapchib o‘midan
turib, ichkari uydan Gulandomning sochidan sudrab chiqadi.
Ko‘cha eshigidan sudrab chiqaradi.
- Ikkinchi bu uyda qorangni ko‘rmay! Oq qildim, -
deydi...
Gulandom kechalari ayvon dahaniga o‘tirib, shum
taqdirini qarg‘ardi. Begona xotin qo‘ynidan chiqib kelgan
nahs er bilan yotganiga o‘ksib-o‘ksib yig‘lardi. Shunday
paytlarda bu pushti kuygan, zurriyotsiz erining go‘riga o‘tlar
qo‘yib yuborgisi kelardi.
Jalol polvonning buyragiga birdan og‘riq kirdi. Chidab
bo‘lmas bu og‘riqqa Jalol polvon tishini-tishiga qo‘yib chidab
berdi. Uch kun m a’rakaga kim keldi, kim ketdi, bilmasdi.
0 ‘zi bilan o‘zi ovora edi. Oxiri u belini ko‘tarolmay,
bukchayib qoldi. Doktorlar og‘riqni bosadigan ukol qilishdi,
baribir sal fursatdan keyin yana og‘riq boshlanaverdi.
- Bu uzoq davom etadigan dard, - deyishdi vrach-
lar. - Agar tczroq tuzalaman desangiz, Buxoroga boring.
Davosi o‘sha yerda. Buxoro sanatoriysidan shifo topasiz.
Albatta boring, yigirma kunda tuzalib qaytasiz.
Og‘riq chidab bo‘lmas bir holga keldi. Polvon jiyanini
chaqirtirdi.
- Jiyan, ahvolimni ko‘rib turibsan. O g‘riq zo‘rayib
ketdi. Kelgunimcha bola-chaqang bilan shu uyga kelib
tur. Hovlini shundoq tashlab ketaversam ham bo‘laverardi.
0 ‘g‘ri oladigan hech vaqo yo‘q. Bilasan-ku, mol-dunyoga
hirs qo‘ymagan odamman. Ammo uyda birovning omonati
bor. Jiyaningni o‘rtog‘i chet elga ishlagani ketgan. Manavi
mashina bilan bitta chamadonni tashlab ketgan. Omo-
natga xiyonat boMmasin, deb haligacha itdek qo‘riqlab
o ‘tiribman. - U darvozasi ochiq turgan garajga qaradi.
Ustiga brezent yopilgan «Volga»ning gNldiraklari ko‘rinib
turardi. - Ehtiyot qil, bolalaring chizib-netib o‘tirmasin.
Q o‘chqoming hovlisi polvonning uyidan olti eshik
narida. Toshkentning eng yaxshi ustalari qurgan. Tagi
yerto‘lali sakkiz xona uy. Hammasiga cho‘g‘dek yonaman
deb turgan gilamlar to‘shalgan. Shiftlarida billur qandillar.
Javonlarda yapon, xitoy, nemis chinnilari. Hovli o‘rtasida
favvorali to‘rtburchak hovuz. Polvon xonlaming saroyidek
hovlini ko‘rganda, bolam, uch uylanding, xudo senga farzand
bermadi. Bolang bo‘lmasa, chaqang bo‘lmasa, shuncha uyni
nima qilasan, dedi. Er-xotinga ikkitagina xona bo‘lsa yetardi
ku, deganda Q o‘chqor gapga chap berib, ha endi, bu ham bir
ishqibozchilik-da dcgandi.
Ostonada eshik kesakisiga suyanib Gulandom turardi. U
uzoqqa ketayotgan qaynotasi bilan xayrlashgani kelgan.
- Bolam, - dedi polvon unga, - azador xotinsan, bo‘yningdan,
quloqlaringdan anavi yaltir-yultirlami olib qo‘y. 0 ‘zbekchilikda
ayb boMadi. Do‘st bor, dushman bor, o‘zingni ehtiyot qil. Endi
seni qo‘riqlaydigan ering yo‘q. Hayhotdek hovlida bir o‘zing
qolyapsan. Qulog‘ingdagi zirak juda qimmatbaho buyum emish.
Samovardagi choyxo‘rlar ermak qilib, polvonning kelini ikkita
«Volga»ni qulog‘iga ilib yuribdi, deyishyapti. Uyda yolg‘iz
yotma. Xayr endi, sog‘-omon bo‘linglar. Sizlami Allohga
topshirdim. Men Buxoroyi sharifga ketdim.
Jalol polvon to‘nini yelkasiga tashlab, kafti bilan o‘mga-
nini bosib, inqillab, safar anjomlari solingan xaltani arang
ko‘targancha bukchayib chiqib ketdi.
Yetmish yil yashab biron marta dardga chalinmagan,
faqat bolaligida qizamiq bo‘lgan, ko‘kyo‘tal bo‘lgan Jalol
polvon umrimning qolganini ham ana shunday doktor-u dori
nimaligini bilmay o ‘tkazaman deb o ‘ylagan edi. Bandasining
aytgani bo‘lmas ekan. Dard ham, darmon ham Xudoning
irodasidan. Hech kasal boMmagan odam dardni og‘ir ko‘ta-
radi. Jalol polvon besh kun bosh ko‘tarmay, shiftga boqib,
oh-voh qilib у otdi. Umrida yemagan ukollami ycdi. Ko‘ngli
aynib-aynib, qo‘lansa dorilami yutdi.
Mana, besh kun o‘tib, endi ko‘zini ochdi. Shunda qayerda
yotganini bildi. Atrofiga qaradi. Palatada undan boshqa yana
uch bemor bor edi. Ular yetmishga yetib-yetmagan, ko‘p dard
tortganliklari shundoqqina bilinib turgan kishilar edi. Birining
iyagi asabdan ba’zi-ba’zida chap tomonga tortadigan, biri
andak duduqlanadigan, biri oyog‘i nogiron odam edi.
Yursa yer silkinadigan, orqasi bitta stul o‘rindig‘iga
sig‘maydigan Jalol polvon besh kunda bir burdagina bo‘lib
qoldi.
Tog‘-u archazorlaming shaffof havosiga o ‘rgangan bu
odam dard bilan bo‘lib, dori hidiga toigan palataning
bo‘g‘iq, qo‘lansa bo‘yini sezmagan ekan. Joni sal orom olib,
endi sezyapti.
- Mehmon ako, bizde jido qo‘rqitib yubordingiz-ku!
Xayriyat ko‘zdi ochdingiz. Xudo xohlasa krizis o‘tdi.
Aparatsiyaga ko‘nmang. Buyrak sabel nozik narsa. Tig‘ tegi-
zib bo‘lmaydu.
Jalol polvon iyagi chap tomonga tortadigan bu odamning
gaplaridan buxorolik ekanini bildi.
- Man kafil, ko‘rm agandek bo‘lib ketasiz. Tomi-
ringizga besh kundan beri gim odez degan dori tom izishadi.
Bu dori qonni tozalaydi. Yo‘q dem ay bilagingizni tutib
beravering. Bu yer kasalxona emas, sanatoriya. Sizni sha-
hardagi katta kasalxonaga olib ketishm oqchi edi. Ahvo-
lingiz og‘ir bo‘lgani uchun bezovta qilishm adi. Endi
hammasi o ‘tdi. B uyog‘iga o ‘zim izdi qo‘li yengil do‘xtir-
larimiz davolayveradilar.
Hamshira qiz Jalol polvonga dori ichirib, chiqib ketayot-
ganda duduqlanadigan bemor uni to‘xtatdi:
- Sangcha bonu, mehmondi gulaysaga olib chiqsak
maylimu?
- Oytimullodan so‘ray-chi, - deb chiqib ketdi hamshira.
Jalol polvon: «Hamshiraning ismi qiziq ekan, bu Oytimullosi
kim bo‘ldi ekan», - deb o ‘yladi.
Bir ozdan keyin oq xalati o‘ziga yarashgan navbatchi
vrach kirdi. U ellik yoshlami qoralab qolgan, yuzida bitta
ham ajini yo‘q, ko‘hlik ayol edi. 0 ‘ng chekkasida taroqqa
so‘z bermagan zulfi qulfnusxa ziragiga ilinib turardi.
Tog‘-u archazorlaming shaffof havosiga o ‘rgangan bu
odam dard bilan bo‘lib, dori hidiga toigan palataning
bo‘g‘iq, qo‘lansa bo‘yini sezmagan ekan. Joni sal orom olib,
endi sezyapti.
- Mehmon ako, bizde jido qo‘rqitib yubordingiz-ku!
Xayriyat ko‘zdi ochdingiz. Xudo xohlasa krizis o‘tdi.
Aparatsiyaga ko‘nmang. Buyrak sabel nozik narsa. Tig‘ tegi-
zib bo‘lmaydu.
Jalol polvon iyagi chap tomonga tortadigan bu odamning
gaplaridan buxorolik ekanini bildi.
- Man kafil, ko‘rm agandek bo‘lib ketasiz. Tomi-
ringizga besh kundan beri gim odez degan dori tom izishadi.
Bu dori qonni tozalaydi. Yo‘q dem ay bilagingizni tutib
beravering. Bu yer kasalxona emas, sanatoriya. Sizni sha-
hardagi katta kasalxonaga olib ketishm oqchi edi. Ahvo-
lingiz og‘ir bo‘lgani uchun bezovta qilishm adi. Endi
hammasi o ‘tdi. B uyog‘iga o ‘zim izdi qo‘li yengil do‘xtir-
larimiz davolayveradilar.
Hamshira qiz Jalol polvonga dori ichirib, chiqib ketayot-
ganda duduqlanadigan bemor uni to‘xtatdi:
- Sangcha bonu, mehmondi gulaysaga olib chiqsak
maylimu?
- Oytimullodan so‘ray-chi, - deb chiqib ketdi hamshira.
Jalol polvon: «Hamshiraning ismi qiziq ekan, bu Oytimullosi
kim bo‘ldi ekan», - deb o ‘yladi.
Bir ozdan keyin oq xalati o‘ziga yarashgan navbatchi
vrach kirdi. U ellik yoshlami qoralab qolgan, yuzida bitta
ham ajini yo‘q, ko‘hlik ayol edi. 0 ‘ng chekkasida taroqqa
so‘z bermagan zulfi qulfnusxa ziragiga ilinib turardi.
Oyog‘i nogiron bemor tilga kirdi:
- Qayerlarga yuribsiz, Oyti? Ishqingizga o‘llik-ku!
Oyti uning haziliga hazil bilan javob berdi:
- Boshqa palatalarga ham jazmanlarim ko‘p, akamullo!
- Ayoqim mundoqchikin bo‘lmaganda sizni o‘zim opqo-
chib ketardim. Undoq bo‘lsa, oyog‘ingizni shu bugunoq tuzatib
qo‘yganim bo‘lsin. - U shunday deb yonidagi hamshiraga
yuzlandi. - Aravachani olib kelib otaxonni bir bog1
aylantiring. Tog1 havosiga o‘rgangan odam palatada juda
qiynalib ketadi.
U bemorlaming qon tomirini o‘lchab, «Zo‘r, zo‘r,
yurak emas, paravoz. Ovqatdan qismasak, quturib ketib-
sizlar», - dedi.
- Undoq bo1 Isa bir kunga uyga javob bcring, momoning
quloqiga sekratniy gapim bor edi.
Oyti, yomonsiz, yomonsiz, rais bova, deya chiqib ketdi.
Ayollar kirgan palata birdan yorishib ketgandek bo'ldi.
Ulardan quvonch va nur qoldi.
- Baraka topkur, zap fayzli ayol-da. Bemorning og'rigNni
ikki og‘iz so‘z bilan tuzatvoradi-ya!
Jalol polvon o‘zim yuraman, deyishiga qo‘yishmay, uch
kishilashib uni aravachaga o‘tqazib, tashqariga olib chiqishdi.
Havo ochiq, gTr-gNr shabboda esib turipti. QoMida
stakan, piyola ushlagan bemorlar suv ichgani buloq tomonga
ketishyapti.
Bu yerdan chiqqan buloq suvi naq buyrak kasalining
tayyor davosi edi. Juda ko‘p odamlar buyrak og'rig'idan
voy-voylab kelib, shu suvdan shifo topib, xandon-xushon
uylariga qaytib ketganlar. Uchta chol polvon o'tirgan
aravachani navbatma-navbat itarib xiyobon aylanishar edi.
- Bu yerda ayollaming ismi qiziq ekan, - dedi
Jalol polvon hayron bo1 lib. - Sangcha, Oyti... bu nima
degani? - QoTtiqtayoqda sudralib kelayotgan bemor tushun-
tira boshladi:
- Sizning Toshkentingizga Toshxon, Toshbibi degan
ayollar bormi? Bale, bizning Buxor tiliga Sangcha degani
Toshkent tiliga Toshcha degani. Onalari boshing toshdan
bo‘lsin, do'xtarim, deb shunaqa ism qo‘yadilar. Oyti degani
ash Oyto‘ta degani. Bu Oyxola degan m a’no beradi, o'ris-
larning tyota degan so‘zi ham shundan olingan boMishi kerak. Sizlar erkaklami mulla aka deysizlar, biz akamullo
deymiz, opamullo deymiz. Do‘xtir opaning ismi dakumcntga
boshqacha. Ya’ni Istat Fuzaylovna. Tushundingizmi?
Polvon, tushundim, degandek bosh irg‘ab qo‘ydi. Ular
soNimgina shiyponchaga chiqib, chaqchaqlashmoqchi boNishdi.
- Mehmon, o ‘zlarini qayerdan so‘raymiz? - dedi iyagi
silkinadigan bemor.
- So‘ramang, - dedi polvon. - Yurtim juda uzoqda,
tog‘lar orasida. 0 ‘zlaringdan so‘ray. Sizlarga nima bo‘lgan?
Ko‘p dard tortganga o ‘xshaysizlar.
- Ha, nimasini aytasiz, Guloyanning toshkentlik itya-
log‘i uraverib, hammamizni invalid qilib ketgan. Balki
eshitgandirsiz u itni? Q o‘chqor Jalolov degan tergovchi, ha,
onangni...
- Hoy, hoy, og‘zingga qarab gapir, Oyti kelyap-
tilar. - Fuzaylovna o‘tib ketganidan keyin u so‘zini davom
ettirdi. - 0 ‘sha padar la’nat ko‘p ishlar qilib ketdi. Butun
bir shahami boqsa yetadigan boylik olib ketdi, o‘sha itning
bolasi.
- So‘kinmay gapir, - dedi duduqlanadigan bemor arang
gapirib.
- So‘kinaman, nega so‘kmas ckanman! U ablahning otasi
eshak, onasi mochaxar!
Jalol polvonning vujud-vujudiga minglab igna
sanchilgandek bo‘ldi. U dunyoga kelib hali bunaqa haqorat
eshitmagan edi. Tishini-tishiga qo‘yib chidadi.
- Guloyanning o‘zi hafta-o‘n kunda bir kelib Qo‘chqor-
ning yiqqan-terganlarini chamadonga solib, olib ketardi.
Uning tergovchilari Farg‘onada, Xorazmda, shu bizning
Buxoroda ish olib borardi. U ablah juda ham shafqatsiz,
jallod edi. Xotinlarimizni ham, kelin-u qizlarimizni ham
qamagan edi...
Hamshira Sangcha Amonova ulami tushlikka chaqirdi:
- Qani, toychoqlarim, do‘mboqlarim, avqotga.
Uning bu gapiga Jalol polvonning g‘ashi keldi:
- lya, biz uning bobosi tengi boisak, bu tirrancha qizaloq
ermak qilyaptimi?
Uchala bemor barobariga xandon tashlab kulib yubo-
rishdi.
- Shu qizaloqning ikki kuyovi, bir kelini bor. Sakso-
ninchi yilda nevaram ko‘richak bo‘lib kasalxonaga tushib
qoldi. Sangchani o‘shanda birinchi ko‘rishim edi. Qarasam,
u til-jag‘li, oyoq-qo‘li chaqqon, suxsurdek qiz. Kenja
o ‘g ‘limga qiz qidirib yurgan paytimiz edi. Bosh vrach
oldiga kirib, Sangcha degan hamshirangiz bor ekan, axloq-
odobi qandoq, deb so‘radim. Bosh vrach kuldi.
- Bu qizning birinchi eridan uch, keyingisidan to‘rtta
bolasi bor. Eri avariyaga uchrab halok boMgandan keyin ota-
onasining qistovi bilan erining yilini o ‘tqazib, erga tekkan.
Otasi bir yuz birga kirdi. Onasi to‘qson olti yoshida olamdan
o ‘tdi. Bitta opasi hozir sakson bir yoshda.
Jalol polvon bu gapga ishonqiramay «Yo‘g ‘-e», deb
yubordi.
- U Oytimullodan uch yosh katta. Qarang, yuzida
bitta ham ajini yo‘q. Sochlariga haligacha oq oralamagan.
Oyti ellik bir yoshda bo‘lsa, u demak ellik to‘rtda bo‘ladi.
Hali zuvalasi pishiq. Qizlariga sovchi kelsa, yanglishib,
Sangchani qizlardan bittasi bo‘lsa kerak, deb gapga solib
ko‘rishadi.
Jalol polvon, yo alhazar, deb yuborganini bilmay qoldi.
- Buxoroning tagiga oltin bor. Mana shu ichayotgan
suvimiz ham tillo qumlar orasidan o‘tib kelayotgan bo‘Isa
ajab emas, - dedi qo‘ltiqtayoqda sudralib kelayotgan bemor.
Poshsho-yu amirlar ham ahmoq emas. Tillo piyolada sharob
ichishgan. Tillo m e’dani tozalaydi. Odamlar bekorga tillo
tish qo‘ymaydi. Qayiiotamning dadasi zargar edi. Yiliga bir
marta bitta buxor tangani egovlab kukunini кар otardi. Ana
shu odam bir yuz etti yoshida olamdan o‘tgan.
Kechqurun Sangcha Amonova dori ichirgani kirganda
polvon unga razm solib qaradi. Uning jilmayishga moyil
bo‘lib turgan ma’sum lablari, quyuq kipriklari qurshovida
qolgan mastona ko‘zlari, hali pardoz ko‘rmagan yuzlari
qaramaganni ham o‘ziga qaratadi. Jalol polvon yetmish
yoshli chol bo‘laturib unga behayolarcha qarab turganidan
uyalib ketdi. Tangrim, o ‘zing kechir, tavba qildim, deb
istig‘for keltirganini o ‘zi ham bilmay qoldi.
Sangcha chiqib ketar ekan, bilib qo‘yinglar, bolakaylarim,
televizomi rovna soat o‘nda o‘chirib ketaman, dedi.
- Unday qilma, bolam. Bugun soat o‘n-u o ‘nda Maryam
bilan Gulbahoming konscrti boMadi. Maryam «Qurbon
o‘lam»ni, Gulbahor «Bamo yigit»ni aytadi. 0 ‘chirma, jon
bolam, - deb yolborishdi chollar.
- Bo‘pti, - dedi Sangcha rahmi kelib. - Mehmon, - dedi
u Jalol polvonga. - Siz famil choy ichmay turing. Ko‘k
choy buyrakni yuvadi. Hozir aytaman, hammanglarga bir
choynakdan ko‘k choy keltiradilar.
Bir ozdan keyin patnisda choynakpo‘sh kiydirilgan to‘rtta
choynak keltirib, stol ustiga qo‘yib kctishdi.
Iyagi silkinadigan bemor anchagina gapdon ekan.
- Mehmon, biz sizning ismi sharifingizni bilmaymiz,
siz biznikini bilmaysiz. Keling, yaxshilab tanishib olaylik.
Mening ismim Hamro Ochil. Mana shu joydagi kolxozga
rais edim. Shu sanatoriyaga yemi men o ‘zim o ‘lchab ber-
ganman. Manavi langning, ya’niy choToqning oti Ixti-
yor Kamol, qorako‘1 sovxoziga direktor boTgan. Anavu
soqovning oti...
- Soqov dema, duduq de.
- X o‘p, bo‘pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... - aytave-
raymi, deb unga qaradi. Zulfiqor menga bari bir degandek
qo‘l siltab qo‘ydi. - Uning fomilasi Gadoyev. Paxta zavodiga
direktor boTgan. Ana endi siz o‘zingizning ismi sharifingizni
ayting.
Men unaqa mashhur odam emasman, po‘ristoy bir
polvonman, xolos. Polvon aka desanglar boMadi.
Oraga jimlik cho‘kdi. Har kim o‘z choynagidan choy
quyib qaytara boshladi.
- Choyni bir qaytarsang choy boMadi, ikki qaytarsang
moy bo‘ladi. Uch qaytarsang, gijinglagan toy boMadi, - dedi
Zulfiqor Gadoyev.
Jalol polvon yana Q o‘chqor to‘g ‘risida gapirib qolish-
masin, deb asli kamgap odam bo‘lishiga qaramay, uzundan-
uzoq gap boshladi:
- Ellik besh yildan beri kurash tushaman. Manaman
degan zo‘r polvonlar bilan bellashganman. Xudoning mehri-
bonligidan o‘rgilay, umrimda yengilish nimaligini bilmay
o‘tdim. To oTgunimcha shundoq ketaman, deb o‘ylagandim.
Ammo bir yosh boladan yiqilib, sharmandayi sharmisor
bo‘ldim. Kasalim ham shundan. Bola nihoyatda kuchga
to‘lgan, abjir, kurash hadisini olgan polvon ekan. Urdi, meni
chalpak qilib yerga urdi. Belbog‘imni tirsagiga o‘rab qisganda
belim cho‘rt uzilib ketadiyov, deb o‘yladim. BelbogNm xuddi
sim arqon bo‘lib suyak-suyaklarimgacha qisardi. Quymichim
bilan yerga zarb bilan tushdim. Ichak-chavoqlarim aralash-
quralash bo‘lib ketdi, deb o‘yladim. Davradan og‘riq azobida,
yurt ko‘ziga qarayolmay, sharmandai sharmisor bo‘lib, chiqib
ketdim. Do‘xtirlar buyragingiz joyidan qo‘zg‘alibdi, deyishdi.
Mana endi, qariganimda dardga chalinib o‘tiribman.
Bemorlar uning bu gaplarini quloq qoqmay tinglashardi.
- Har bir odamning ichida dard bor. E, nimasini aytasiz,
biravniki oshkora, biravniki pinhona. Mana, bizdi olsak...
Hamro Ochil Zulfiqoming gapini bo‘ldi:
- Yana anavu iflos, itdan tarqagan Q o‘chqor Jalol
to‘g‘risida gap boshlamoqchimisan, gadoyning bolasi? Qo‘y
o ‘shaning harom otini og‘zingga olma.
Polvon bir qizardi, bir bo‘zardi. Noiloj chidadi. U shuncha,
uzundan uzoq gapirib ulami chalg‘itmoqchi boigandi. Bari
bir gap aylanib yana o‘g ‘liga kelib to‘xtadi...
Ertaga biznikiga nonushta qilsak. Uyim yaqin, shu
yerdan ko‘rinib turadi. Bir yayrab saryoqli shirchoyxo‘rlik
qilsak. Tandirdan yangi uzilgan, ushlagan qo‘lni kuydi-
radigan moyli patirni shirchoyga to‘g ‘rab yegan odam
prama jannatga tushadi. Nima deysizlar, jo ‘ralar?
- Bilmadim, - dedi polvon. - Bu yerning qoidasini
unchalik bilmayman. Do‘xtirlar ko‘nisharmikan?
- Bildirmaymiz-da. Ular to ishga kelguncha biz nonushta
qilib bo‘lamiz. Shirchoy sahar paytiga ichiladi. Tushun-
dingizmi, jo ‘ra?
Polvon yana gap Q o‘chqordan boshlanmasin, deb darrov
xo‘p, dedi.
Hamro Ochilning hovlisi katta, imoratlari ham raischasiga
qurilgan. Xonalari keng, shifti baland. Qandaydir patnislarga
qarab chizilgan gul, tarvuz, qushlaming suratlari bilan
bejalgan edi. Xona jihozlari nochor edi. Birov havas qilsa
boMadigan gilam-u javonlar yo‘q. Bir kitob javonida besh-
o‘nta paxta gulli piyola bilan to‘rtta choynak bor edi.
Polvon ko‘p raislarning uylarida bo‘lgan. Ularnikida
qimmatbaho mebellar, devorlarda ham, oyoq ostida ham
eron-u turkman gilamlari, yapon, xitoy, nemis chinnilari
tokchalarda, javonlarda chaqnab, ko‘zni olardi. Jalol polvon
Hamro raisning zavqi pastroq ekan, degan o‘yga bordi. Yo
boNmasa ko‘p qiz uzatgan-u har to1 у da qizlar uyni bo‘shatib
ketavergan, deb dilidan o‘tkazib qo‘ydi.
Hamro Ochil uning ko‘nglidan o‘tayotgan gaplami sezdi.
- Ajablanyapsiz-a, Polvon ako? Bu uydagi qimmatbaho
buyumlar muzeylarda ham topilmasdi. Bebaho chinnilaming
ko‘pligidan yo‘talsang chinni ovozi yarim soat jarang-
lab, xonada aylanib yurardi. Men qamalganimda bolalarim
bir chekkadan sotib o‘sha onangni... Q o‘chqorga oborib
berishipti, na gilam qopti, na chinni asbob.
Polvon hech bo‘lmasa shu yerda Q o‘chqoming nomi tilga
olinmas, deb o‘ylagan edi. Yo‘q, bo‘lmadi.
Dasturxonga ajoyib ne’matlar tortilgan edi. Kattaqo‘r-
g‘onning ushlasa uqalanib ketadigan pashmagidan tortib,
Buxoroning mashhur yog‘li holvasigacha, har biri «Jigu-
li»ning g‘ildiragidek yog‘li patirlar...
Hovlida hech kim yo‘q.
- Kelinlar, qizlar saharlab bu taomlami tayyorlab, birlari
ishga, birlari o‘qishga ketishgan.
Yoshi oltmishlarga borib qolgan ozg‘in bir xotin patnisda
to‘rt chinni kosada shirchoy ko‘tarib kirdi. Hamro Ochil
turib, patnisdagi chinnilami olib, dasturxonga qo‘ydi. Shunda
Jalol polvonning ko‘zi xotinning barmogNga tushdi. Uning
o‘ng qoMidagi o‘rta barmogN xuddi ipga osib qo‘ygandek
salanglab turardi.
- Qani, shirchoy sovimasin. Patir qaynoqligida to‘g‘-
ranglar, mazasi boshqacha bo‘ladi. Murch sepsak-ku, mazasi
yanayam boshqacha bo‘ladi-ya, ammo buyrakka achchiq
narsa to‘g‘ri kelmaydi-da.
Mehmonlar nihoyatda totli shirchoy bilan ovora bo‘lib,
hech biridan sado chiqmadi. Hamro Ochil jimlikni buzdi:
- Polvon aka, xotinimning barmog‘ini ko‘rib hayron
bo‘ldingiz-a? Bu o‘sha padarla’nat Q o‘chqor tergovchining
ishi. Men uylanganimda onam rahmatli barmoqlaridagi
uzukni chiqarib, kelinga, bolam bu uzukni katta buvam
taqqanlar, u kishidan keyin men taqqanman, endi siz ta-
qing, deb xotinimning o‘rta barmog‘iga taqib qo‘ygan
cdilar. Uzukning ikkita moshdck olmos ko‘zi bor edi. U
paytda xotinim ozg‘in, barmoqlari ham qalamdek ingichka
edi. Ikki bola tuqqandan keyin et qo‘yib, semirib ketdi.
Barmoqlari ham yo‘g‘onlashib qoldi. U shu uzukni qirq
yildan ortiq taqdi. Ammo qo‘ldan qo‘ymadi. To‘ng‘ichimni
uylantirganimizda, xotinim kelinning barmog‘iga shu uzukni
taqib qo‘ymoqchi bo‘ldi. U ancha urindi, barmog‘idan chi-
qarolmadi. Uzuk go‘shtdor barmogN terisi orasida qolib
ketibdi. Kelinga Buxorodan boshqa uzuk opkelib bergandim.
Men qamalganimdan keyin ham ablah Q o‘chqor tergovchi
uyni obis qipti. Kelinlarimning, qizlarimning hamma taqin'
choqlarini opti. Xotinimning barmog‘idagi uzukka ko‘zi
tushib, shuncha urinibdiki, chiqazolmapti. Oxiri uzukni
ombur bilan qisib bor kuchi bilan tortibdi. Uzuk barmoqning
terisini, go‘shtlarini sidirib chiqibdi. Barmoq bo‘g ‘inlari
uzilib ketibdi. Hozir ko‘rdingiz-ku, bitta barmog‘ida jon
yo‘q, to‘rtta barmoq orasida lattaga o‘xshab osilib qolgan.
Kir yuvolmaydi, xamir qorolmaydi, igna ushlasa, joni yo‘q
barmoq xalaqit beradi.
Gap nimadan boshlansa oxiri Q o‘chqor bilan tugardi.
Jalol polvon Buxoroga kelganiga pushaymonlar yedi. Ming
o ‘lib, ming tirildi.
- Shu desangiz, - deya gapini davom ettirdi Hamro
Ochil. - Erta-indin pensiyaga chiqsam, kolxoz mashinasini
topshirishim kerak bo‘ladi. Har qalay o‘ttiz-qirq yil mashi-
nada yurgan odam piyoda qolmay, deb kenjamga bitta
«Volga» olib berdim. Nomer oldik. Pravasi yo‘q bola minib-
netib yurmasin, deb kalitini xotinimga berib qo‘ydim. Ablah
Q o‘chqor hali moyi artilmagan yap-yangi mashinani ham
olib ketibdi. Iloyo buyurmasin, iloyo avariyaga uchrab o‘ligi
xor bo‘lsin! Ota-onasi tobuti ketidan faryod urib qolsin...
Jalol polvon dod devoray dedi. Birdan, kutilmaganda
yuragiga sanchiq kirdi. Tomiri to‘xtab-to‘xtab ura boshladi.
Hamro Ochildan yurak dorisi bormi, deb zobrg‘a so‘rayoldi.
Rais «hozir, hozir» deganicha yugurib chiqib ketdi. Bir ozdan
keyin dori solingan qutichani ko‘tarib kirdi.
- Xotinimning ham yuragi xuruj qilib turadi. Manavuni
tilingizning tagiga tashlab oling, hozir o‘tib ketadi. - U
shunday deb polvonga validol tabletkasini uzatdi.
- Chaynamang, o ‘zi erib ketsin, - dedi Zulfiqor Gadoyev.
Jalol polvon yurak og‘rig‘i qandoq bo‘lishini endi bildi.
- Doktor chaqiraylikmi? - dedi Ixtiyor Kamol.
- Yo‘q, yo‘q, hojati yo‘q, hozir o‘tib ketadi, - dedi arang
o‘zini tutib polvon.
Polvonni palataga opkirib, o‘miga yotqizib qo‘yishdi.
Sangchaxon uning qon bosimini oichab, labini tishladi.
- Sizga nima b o ili, qo‘zichog‘im? Biron nimadan diqqat
bo‘ldingizmi?
Polvon boshini sarak-sarak qildi. Istat Fuzaylovna
Sangcha vahima qilyapti, deb boshqatdan qon bosimini
o ‘lchadi.
Polvonni doktor ko‘rayotganda boshqalar tashqariga
chiqib turishgan edi.
- Bu odamning ichi to‘la dard. Siz bilan bizdan ko‘ra
alamli kunlami ko‘rganga o‘xshaydi. O g‘ir, bosiq odam
ekan, yorilib dardini aytmayapti.
- Sizga hayajonlanish mumkin emas. K o‘rgan yaxshi
kunlaringizni eslang, - dedi Istat Fuzaylovna.
- D o‘xtir opa, endi menga javob beraqoling. Xudoga
shukr, buyragim durust bo‘lib qoldi. Yurakni Toshkentda
davolatsam ham bo‘ladi.
Oyti boshini sarak-sarak qildi:
- Buyrak bilan hazillashmang. Hali tuzalgani yo‘q.
Bilasizmi, buyragingiz joyidan siljigan. To tuzalmagunizcha
ketishni o ‘ylamang.
Polvon yana biron oy turishga ham rozi edi. Ammo
sheriklarining gap lari uning jon-jonidan o‘tib ketyapti.
Ertalab turiboq bismillosiga Qo‘chqomi padarla’nat, deb
so‘kishadi. Kechqurun yotishda ham yana o‘sha gap. Bu
gaplarga qandoq chidaydi? 0 ‘sha ablahning padari menman,
siz og‘izga olib bo‘lmaydigan uyat gaplar bilan so‘kayotgan
onasi mening xotinim, deb aytolmasdi.
- Zulfiqor Gadoyev bundan ikki oy oldin nevarasini
kuyovga chiqazgan edi. Ertaga quda chaqiriq qilishyapti.
Albatta boring. K o‘pni ko‘rib, dilingiz yorishadi. Yana o‘n
marta tomiringizga gimodez yuborsak, ko‘rmagandek boTib
ketasiz. Endi aravachadan lushing. Piyoda yuring. Ammo
oyoqni yerga zarb bilan tashlamang. Suvda suzgandek belga
og‘ir kelmaydigan qilib yuring.
Polvon lom-mim deyolmay qoldi. Tani boshqa dard
bilmas ekan. Agar eshitayotgan yuzlab haqoratlarining
bittasini u eshitganda edi, hovli o‘rtasida sochini yozib dod
derdi. Bilmaydi-da. Buni polvonning o‘zidan boshqa hech
kim bilmaydi. Endi buyog‘iga Polvon, ko‘zim ko‘r, qulog‘im
kar, deb yashashga majbur. Qiyin, juda qiyin bundoq qilish.
Na iloj!
Ertalab nonushtadan chiqib, bir stakandan buloq suvi
ichib, kundalik nasiba - ukol yeb, shiyponchada o‘tirishgan
edi, Zulfiqorning o‘g ‘li kelib, mashinada olib ketdi.
Oytimullo ko‘pni ko‘rib dilingiz yorishadi, degandi.
Qayoqda, mehmonlar uchun dasturxon tayyorlangan xonaga
qadam bosishlari bilan polvonni elektr toki urgandek bo‘ldi.
Ko‘zlari tinib, boshi aylandi.
Devordagi qip-qizil cho‘g‘dek eron gilami o‘rtasida ilib
qo‘yilgan zarrin ramkada nihoyatda ko‘hlik ayol kishining
kattalashtirilgan foto suratini ko‘rgandayoq Polvonning rangi
o‘chdi. Suvratdagi ayolning qulog‘ida kelini Gulandom taqib
yurgan zirakni ko‘rdi. Polvon Gulandomning qulog‘idan
olib, salmoqlab ko‘rib, taqma, azador xotinsan, olib qo‘y,
degan edi o‘shanda.
- Bu kimning surati? - deb so‘radi polvon Ixtiyor
Kamoldan.
Ixtiyor qo‘ltiqtayog‘ini devorga suyab, stul tomon intilar
ekan, muvozanatini yo‘qotib, yonboshiga og‘a boshladi.
Polvon ushlab qolmaganda yiqilishi aniq edi.
- Hozir so‘ramang, Polvon aka, keyin aytaman, bu ayol
o‘ziga o‘t qo‘ygan.
Ko‘chadan qo‘sh mashinaning ketma-ket signali eshitildi.
Bolalaming baqiriq-chaqiriqlari boshlandi. Bunday paytlarda
bolalarga xudo beradi. Quda taraf albatta bolalarga turli
sovg‘alar olib kelishadi. Biriga jevachka, biriga shokolad,
biriga suvotar to‘pponcha tarqatadilar.
Avval ayol qudalar hovliga kirishdi. Zulfiqoming xotini
ulaming oyog‘i tagiga oq surp poyandoz yozdi. Kelinlik
libosida yal-yal yonib kirgan nevarasini bag‘riga bosib, ko‘z
yosh qilib oldi. Zulfiqor erkak qudalarga ham xuddi shunaqa
oq surp poyandoz to‘shadi. U oldiga kelib bosh egib turgan
nevarasi Baxshanda kelinchakning peshonasidan o‘pib:
«Baxtli bo‘l, bolam, borgan joyingda palak otib, uvali-
juvali bo‘l, - deb yelkasini silab qo‘ydi. - Endi dadang bilan
ko‘rish».
Baxshanda o ‘rik tagida o‘pkasi to‘lib, hiqillab turgan
dadasi oldiga bordi. Dadasi qirq besh yoshlardagi jikkak,
ko‘zlari chaqnab turgan chiroyli kishi edi. Baxshanda
yuzidan to‘r pardani olib, dadasining bo‘yniga osildi. Bolalik
paytlaridagidek, xuddi birov ota bag‘ridan tortib olmoqchi
boMayotgandek yopishib olgandi.
- Onang rahmatli ko‘rmadi bu kunlarni, - dedi u
bolasining boshlarini, yelkalarini silab.
U o‘zini tutishga urinardi. Ammo irodasidan hayajon
zo‘rlik qildi. Yig‘lab yubordi.
Kuzatib turganlar ham qattiq hayajonda edilar. Oxiri
buvasi kelib Baxshandani otasi bag‘ridan, bo‘ldi, bo‘ldi,
duxtarim, bas endi, deya olib ketdi.
Ayollami hovli etagidagi xonaga, erkaklami kiraverishdagi
mehmonxonaga olib kirishdi. Dasturxonga quyuq-suyuq
tortildi. Zulfiqoming kenja o‘g‘li xokandozda isiriq tutatib
chiqib ketdi. 0 ‘tirganlar baholi qudrat biri yuz so‘mlik,
biri ellik so‘mlik uzatdilar. Udum shunaqa, isiriq tutatgan
odamga, albatta pul berish kerak.
Zulfiqor qudalariga polvonni tanishtirdi.
- Ixtiyomi ham, Hamroni ham taniysizlar. Polvon aka
biz bilan sanatoriyada birga davolanyaptilar. U kishi ko‘p
yaxshi odam. Bosiq, mulohazali, andishali.
Polvon ichidan zil ketdi. U o‘ylardi, shu andishali, shu
mulohazali odamning farzandi bu oilaga cheksiz jafolar
qilgan. Qarshingizda o ‘tirgan shu andishali odam - odam
emas, bo‘rining, shoqolning otasi...
Hali bir-biri bilan tanishib ulgurmagan odamlar odatda
u yoqdan-bu yoqdan gapirib, oxiri suhbat mavzuini topib
oladilar.
Ayniy teatriga Obid qiziq bilan Mirza qiziq kelganini, rosa
qiziq hangomalar aytib, odamlami kuldirganini, Bahouddin
pirim ziyoratidan qaytayotgan Erkin Vohidov bilan Abdulla
Oripov Labihovuzga choy ichgani kelishganini, odamlar
o ‘rab olganini, Devonbegi madrasasining gumbazigacha
odam to‘lib ketgani, ikki soatdan ortiq she’r o‘qitishganini
gapirishardi.
Bu bo‘layotgan gaplar Polvonning qulogNga kirmas,
ikki ko‘zi devordagi suratga qadalgan. Nazarida suratdagi
ayolning qulog‘idagi zirak qimirlayotganga o‘xshayverardi.
Ixtiyor Kamol mehmonlarga mulozamat qilib, kirib-chiqib
turgan Zulfiqoming qulog‘iga nimadir dedi. U bosh irg‘ab,
xo‘p, deb chiqib ketdi-da, bilagiga ikkita to‘n tashlab kirdi.
- Qudajonlar, bu mehmonlarimizni, - u Polvon bilan
Ixtiyor Kamolga ishora qildi, - do‘xtirlardan qarzga
olib kelganmiz. Ketishmasa boMmaydi. Polvon akaning
tomirlariga dori yuboradigan payt bo‘ldi. Nima deysizlar?
Javob beraylig-a...
Zulfiqor Polvon bilan Ixtiyoming yelkasiga to‘n tash-
ladi.
Ular ikkovlashib mashinada qaytishar ekan, Zulfiqoming
uyidagi ayollaming pazandaligiga tasannolar aytishardi.
- Do‘stim, - dedi Polvon palataga kirishgach, - o‘ziga
o‘t qo‘ygan ayol to‘g ‘risida keyin aytaman, degan edingiz.
Ayting, nima boigan?
- Xunuk ish bo‘lgan, jo ‘rajon, juda xunuk, anavu yara-
mas, it emgan Q o‘chqor Zulfiqorni qamab, ko‘p azoblar
berdi. Zulfiqor ham anoyi odamlardan emas. Xonning
saroyidek uyni qurishga g ‘ishtni qaydan olding, taxtani
qaydan olding, deb qiyin-qistovga tutaverdi. Zulfiqor imorat
uchun nimaiki olgan bo‘lsa, hammasiga g‘isht zavodidan,
taxta iskalatidan, semon-u tunukalargacha kvitansiya olib
qo‘ygan edi. Bundan ish chiqazolmagan tergovchi, qancha
paxta sotib olgansan, qancha sotgansan, deb qiynayveradi.
Paxta zavodini uch marta reviziya qiladilar, pichoqqa
ilinadigan biron ishkal topolmaydilar. Tillangni, boyligingni
qayerga yashirgansan, deb yana do‘pposlaydilar. Zulfiqor
menda bunaqa narsalar yo‘q, deb azoblarga chidab beradi. Bu
orada yarim yilga yaqin vaqt o‘tib ketadi. Oxiri Zulfiqoming
xotini bilan kelinini qamab, tergov qiladilar. Guloyan
Q o‘chqor tayyorlagan hujjatlami ko‘rib, bo‘lmaydi, dedi.
«Uni shundoq qo‘yib yuborsak gap tegadi. Hujjatlami ikki
yilga kesish mumkin boMadigan qilib tayyorla. Xotini bilan
kelinini shu bugun qo‘yib yubor», deb o‘zi Qarshi tomonga
o‘tib ketadi.
- Qo‘chqor Jalolov o‘sha kuni Zulfiqoming xotinini
qo‘yib yuboradi. Uning yolg‘iz qolgan kelinining oldiga tun
yarmida kiradi. Q oilarini qayirib, uni zo‘rlaydi. Qulog‘idagi
ziragini olib, tongga yaqin chiqarib yuboradi. Telba bo‘lib
qolgan juvon hali osmon oqarmay turib uyga keladi. Holdan
toygan qaynonasi uxlab у otardi. Hali uyg‘onmagan qizi
Baxshanda tepasiga kelib uzoq qarab turadi. Harom vujudi
bilan unga yaqin kelolmaydi. Oshxonaga kirib kerosin to‘la
tunuka bankani ko‘tarib chiqadi-yu, boshidan quyadi. Gugurt
chertib yuboradi.
Tom bo‘yi boTib yonayotgan olov hovlining u boshidan-
bu boshiga yugurar, shu olov ichida ayol kishining
bo‘g ‘iq ovozi eshitilardi. U yg‘onib ketganlar unga yaqin
borolmasdilar. Chelaklab suv sepsalar ham u o‘chmasdi.
Zulfiqorni turmaning ichida sud qilib, ikki yil beradilar.
Ikki yillik muddatni о‘tab boTdi, deb chiqarib yuboradi lar. U
qamoqdan chiqqanda kelinning qirqi o ‘tib bo‘lgandi.
Ixtiyor Kamol stoldagi allaqachon sovib qolgan choy-
ni simirib, insonning boshi toshdan ekan, jo ‘ra, deb o‘tir-
gan yerida qo‘ltiqtayog‘iga ko‘ksini tiradi. Tashqaridan
odamlaming ovozi eshitila boshladi. Bir ozdan keyin tomirga
dori tomizadigan moslama ko‘tarib Sangcha kirdi.
Bugun vaqtida ukol olmadinglar, jujuqlarim, gimodez
tomizish ham kechikib ketdi.
Sangcha Polvonga faqat quvnoqlikka yaratilgan bir
malak bo‘lib ko‘rinadi. Yer yuzi shunaqa nurli odamlar bilan
munavvar, deb o‘ylardi u. Xudo jami go‘zallami odamlami
mahliyo qilish uchun, insonlar ko‘nglidan badbinliklami
quvib, vujud-vujudini ezgulikka chulg‘ab, yaxshiliklarga
chorlash uchun yaratgandek edi.
Polvon salkam ikki soat bilagida igna bilan bir litrli
shishadagi gimodez suyuqlikning oxirgi tomchisi qolguncha
qimirlamay у otdi. K o‘zini uyqu bosdi. Hamshira quymichiga
ukol qilgandagina uyg‘ondi. Hali oftob o ‘chmagan. Bemorlar
kechki salqinda xiyobonlarda sayr qilib yurardi lar. Ixtiyor
Kamol hamon qo‘ltiqtayog‘ini iyagiga tirab, qimirlamay
o‘tiripti. Polvonning uyg‘onganini sezgach, tashqariga chiq-
maymizmi, deya o‘midan tura boshladi. Polvon ham turdi.
Ikkovlashib hovliga chiqishdi. Buloqdan bir piyoladan suv
ichib, o‘zlari o‘rgangan shiyponga chiqib o‘tirishdi.
- Uch kundan keyin muddatim tugaydi. Ketsam, siz
zerikib qolmasmikinsiz, deb o‘ylayman, - dedi Ixtiyor
Kamol.
- Men ham ketsam kerak, - dedi Polvon.
Aslini olganda, bu mehribon, qayg‘ungga qayg‘udosh
odamga Polvonning mehri tushib qolgandi. Faqat, faqat
Q o‘chqordan gap boshlamasa boMgani. Baribir bo‘lmadi.
Qo‘chqoming nomi aralashmagan suhbat suhbat o‘miga
o‘tmay qoldi.
- Oyog‘ingizga nima qildi, deb so‘ramadingiz, o‘zim
aytay. Tergovchi Qo‘chqor Jalol meni qamoqqa olgan ku-
niyoq, oltinlaringni, boyliklaringni qayerga yashirgansan, deb
kechasi-yu kunduzi uxlatmay so‘roq qildi. Menda bunaqa
narsalar yo‘q, desam, ishonmaydi. Uradi, tepadi, qo‘llarimni
qayiradi. Men bir chorvador odam boTsam, menda tillo nima
qiladi, deyman, qani ishonsa! Ikki barzangi yerga yotqizib,
qo‘l-oyog‘imni bosib turdi, yana biri stulga chiqib, ikki
tizzamning ko‘ziga sakrab tushdi. O g‘riq azobida hushimdan
ketib qopman. Tizzalarimning oshiq-moshig‘i joyidan qo‘z-
g‘ab qopti. Doktorlar gipsga solishdi, boMmadi. Oxiri
romitonlik mosh tabibni chaqirib kelishdi. Q o‘li yengil ekan,
oshiq-moshiqni joyiga soldi. Og‘riq qolgandek bo‘ldi. Lekin
tizzalarimdan pastida jon yo‘qdek. Shu-shu, qo‘ltiqtayoqqa
osilib, sudralib yuribman. Q o‘chqor Jalol haromi, g ‘aming
bolasi bitta gapni biladi. Oltin, oltin qani? Yashirgan
joyingni ayt. Aytmasang, qoilaringni ham sindiraman, deydi.
Bo‘lmadi. Bolalarimni, kuyovimni chaqirtirdim. Ulami
cho‘ldan zudlik bilan olib kelishdi. Kenjam ahvolimni ko‘rib,
dodlab yubordi. Ikki tarsakidan keyin bolam sho‘rlik jim
bo‘lib qoldi. Ulaming hammasi cho‘pon. Sovxoz qo‘ylarini
boqishadi. Har birining xususiy ikki-uch yuzdan qo‘yi bor.
Bunga hukumat ruxsat bergan. Terisini, junini, go‘shtini
davlatga sotishadi. Bundan tashqari, plan ustiga qo‘shimcha
mahsulot bergani uchun yaxshigina mukofot puli ham
olishadi. «Bolalarim, qo‘ylaringni bitta qoldirmay sotinglar.
Pulini manavularga keltirib bcringlar», dcdim. Bolalarim
ota so‘zidan chiqmaydigan qobil bolalar edi. X o‘p, deb
chiqib kelishdi. Sovxoz qo‘y sotib olmaydi. Olganda ham
pulini bir yil sudrab chala-yarim qilib, kattagina soliq olib,
barakasini ketqizib, keyin beradi. Mingga yaqin qo‘yni
bozorga chiqarib boTmasa! Bolalarim nima qilishlarini
bilmay ikki mototsiklda cho‘ldagi cho‘ponlar oldiga
borishadi. Sovxozning Qizilqumda bir yuz qirq ming qo‘yi
boqiladi. Ikki yuzdan ortiq cho‘pon qishin-yozin saratonni
saraton dcmay, chillani chilla demay, oftob tig‘ida kuyib,
cho'l bo‘ylab qo‘y haydashadi. Normengli degan cho‘pon
ularga boshchilik qiladi. U asli Surxondaryoning Sherobod
tumanidan. Yoshligida Shofirkonga kelib qolgan. Normengli
halol, pokiza odam, chorvachilik unga otakasb bo‘lgan.
Bolalarim o‘sha Normenglining oldiga borib, niyatlarini
aytadilar. Normengli boshini qashlab, uzoq o‘tiradi. Yerga
ko‘zini qadagancha, tinmay sigarcta chekadi. Yarim soatcha
shu alpozda o ‘tirib, o ‘midan turadi, u yoq-bu yoqqa yuradi.
U nihoyatda asabiy, hozir birov bilan mushtlashmoqchidek
mushtlarini tugadi. Normengli keyingi paytlarda uyqusizlik
kasaliga mubtalo bo‘lgandi. Ana olib ketadi, mana olib
ketadi, deb o ‘tov oldiga chiqar, olisdan to ‘zon ko‘tarilsa,
to yetib kelguncha o ‘zini qo‘yarga joy topolmasdi.
Mashinada yo zootexnik, yo vetvrach kelganini ko‘rgandan
keyin ko‘ngli joyiga tushardi. Normenglining tuman
markaziga bormaganiga ham uch oydan oshdi. Guloyan
ayg‘oqchilarining ko‘zi tushsa uni ham ro‘yxatga tirkab
qo‘yishlarini biladi. Yaxshisi, yomon ko‘zlardan yiroqroq
yuray, deb cho‘l kezgani-kezgan edi.
Normengli bir qarorga keldi shekilli, joyiga o‘tirib:
«Ketaveringlar, - deydi u, - hammang o‘z otaringga bor.
Ertalab oldilaringga odam boradi».
Ertalab Normenglining o‘g ‘li to‘ng‘ichimnikiga motot-
sikl kajavasida bir qop sabzi-piyoz, kartoshka tashlab
ketadi. Ketar chog‘ida kelinimga piyoz tagida pul bor,
hammasini tergovchiga bermanglar, ellik mingi o‘zlaringda
qolsin, hali sizlarga pul ko‘p kerak bo‘ladi, deb jo ‘nab ketadi.
0 ‘g‘lim Q o‘chqor Jalolga pulni olib borganida u bola
bechoraga baqirib beradi.
- Men senlarga pul deganim yo‘q. Tilla tanga olib kel,
deb aytganman, tushundingmi? - deydi.
- Bizda unaqa narsa yo‘q. Umrimda bir donasini ham
ushlab ko‘rmaganman.
Qo‘chqor tajang bo‘ladi.
- Sunday qilasan. Hoziroq Buxoroga borib katta bozor-
dan Ashot degan kabobpazni topasan. Meni Q o‘chqor Jalol
yubordi, deb qo‘liga pullami berasan. Hushyor bo‘l, oldida
odam yo‘q paytida u bilan gaplash. Nima qilishni uning o‘zi
biladi, - deb tushuntiradi.
Nafsingga o ‘t tushgur Q o‘chqor Jalol yuzta buxor tangani
olgandan keyin, «Aybi isbotlanmadi», deb meni qo‘yib
yuboradi.
Uyni tintuv qilganda olib ketgan bitta qo‘l soati bilan
Parijda mukofotga berishgan oltin mcdalimni qaytib
bermadi. Uni «antiqa» teri uchun olgandim. Tanlov hakami
bilagimga bar o‘n besh daqiqada kuy chaladigan shveytsar
soatini taqib qo‘ygandi. Afsus, juda qimmatli esdalik edi.
Hay, janozasiga buyursin...
Chiqqanimning ertasi kech qorong‘ida Normengli
keldi. Q o‘ylardan birontasini ham sottirmaganini, pul-
lami cho‘ponlar to‘plab berganini aytdi. Bunaqa odam-
garchilikdan ko‘zlarim yoshga to‘ldi. 0 ‘zimni tutolmay,
hiqillab yig‘lab yubordim. Iflos Qo‘chqor shuncha azob
berganda ham mijjamga yosh kelmagandi. Cho‘ponlaming
odamgarchiligidan ta’sirlanib ketibman.
Kechqurun palatada ulfati chor bo‘lib, choy ichib o‘ti-
rishardi. Televizor birinchi o ‘zbek kosmonavti Sharipovning
xonadonini ko‘rsata boshladi. Qarindosh-urugTari, qo‘ni-
qo‘shnilari, yor-birodarlari Sharipovning ota-onalarini tabrik-
lashyapti. Hovli odamga to‘lgan. Hammaning qoTida gul.
Choy ho‘playotgan Hamro Ochil, qanday baxtli oila bu,
deb yuborganini bilmay qoldi.
- Otasiga rahmat! - dedi Ixtiyor.
- Shundoq farzand o‘stirgan onasiga ming-ming
rahmat-e! - deb yubordi Zulfiqor.
Faqat Jalol polvonning tiliga gap kelmasdi.
Hamro Ochilning faylasufligi tutib ketdi.
- Bilasizmi, inson nima uchun farzand o‘stiradi. Mehnat
qilib, topib kelgan osh-noni uchungina emas, oTganingda
go‘ringga qo‘yadigan marmar toshi uchungina emas, el-
yurtdan olib keladigan otangga rahmat, degan birgina so‘zni
eshitish uchun o‘stiradi. Otangga la’nat, padaringga la’nat,
degan so‘z olib keladigan farzandning yuzini Xudo teskari
qilsin!
Mana shu suhbat asnosida Jalol polvon ming o‘lib, ming
tirildi. 0 ‘zidan o‘tganini o‘zi biladi. Mum tishlagandek, tilini
yutib yuborgandek zabun edi u.
Mana, masalan, ablah Q o‘chqor Jalolning otasiga hech
kim rahmat, dermikin? Qani aytinglar-chi? Nima deysiz,
Polvon aka?
Jalol polvon nimalardir deb g‘udrandi. Nima deganiga
hech kim tushunmadi. Uning rangi oqarib ketgan, qoshlari
o‘rtasiga tugunchak tushib, bir nuqtaga tikilgancha telbanamo
alpozda o‘tirardi.
- Yo‘q, - dedi Ixtiyor Kamol. - Hech kim rahmat
demaydi. Shunday iflos bola o‘stirgan sendek otaga ming,
million la’natlar yogNlsin, deydi.
Jalol polvon holsizlanib o‘midan turdi, mast odamdek
chayqala-chayqala hovliga chiqib ketdi.
Bechoraning yana qon bosimi oshib ketdi shekilli, -
dedi Zulfiqor. Yo yuragi xuruj qildimikin? U shunday deb
cho‘ntagini kovlab, validol qidira boshladi.
Jalol polvon kechasi uxlayolmadi. U yonboshidan, bu
yonboshiga ag‘darilaverganida karavot gNchirlab, sherik-
larini uxlatmadi. Oxiri o ‘midan turib, shippagini kiydi-yu
tashqariga chiqib, har gal orom oladigan shiyponda o‘tirib
o ‘y-o‘ylab ketdi.
Kecha sokin. Tiq etgan tovush yo‘q, oy ham sindirilgan
patirdek yarimtagina bo‘lib qolgan. Polvonning holiga kul-
gandek yaqinginada baqa qurillaydi. Ketma-ket, cho‘zib-
cho‘zib qurillaydi.
Polvonning ichida nimadir yonayotgandi. Ichidagi
olov chiqib ketishga yo‘l izlayotganga o‘xshardi. Oxiri bir
xo‘rsinganida bo‘g ‘zini kuydirdi-yu, tashqariga chiqib ketdi.
Odamning joni ham shunaqa chiqib ketarmikin? Yo‘g‘-e,
undaymasdir. Polvon jilmayib turib jon berganlami ko‘rgan.
- E, attang. Esiz umr, esizgina umr-a! Xudo meni
odamlaming la’natini eshitish uchun yaratgan bo‘lsa ilojim
qancha! - dedi u afsus-nadomatlar bilan.
Polvonning davolanish m uddati tugadi. Uni kuzatgani
aeroportga chiqishdi. Polvon sam olyot trapiga oyoq qo‘-
yaturib, kutinglar, bir haftaga qolm ay kelaman, deb tak-
rorladi.
Samolyot havoga ko‘tarilganda Polvon birdan yengil
tortdi. Badbaxt o‘g‘li tufayli yog‘ilgan qarg‘ishlar, undan
azob chekkan alamzada odamlar yerda qoldi.
Qishloq o‘sha-o‘sha, odamlar o‘z tashvishlari bilan ovora.
Chollarga har kuni bo‘lmasa ham kunora nahorga osh bo‘lib
turibdi. Birov qiz uzatyapti, birov o ‘g‘il uylayapti. Yana
birov olamdan o‘tgan otasi yo onasiga yigirma oshi beryapti.
Faqat Nurim sartarosh bu oshlarga borolmaydi.
Odamlardan yuzi shuvut. U do‘konini ham ochmay qo‘y-
gan. QulogNga bir xunuk gap kirdi-yu, do‘konga qulf
soldi. «Nurim o‘sha odam ovchisi Sobitning otasi-da,
bolasidan o ‘tib qayoqqa borardi. Bo‘yningga lungi boylab,
kekirtagingga ustara tortib yuborishi hech gap emas.
Hukumat yo‘li bilan boshqa sartaroshxona ochish kerak».
Shu gap qulog‘iga kirdi-yu, Nurimning qirq yillik kasbi
barham topdi. Ko‘chaga ham chiqmay, tomorqasida g‘i-
mirsib yurdi.
Kunduz soat birlarda samolyotdan tushgan Polvon qish-
loqqa kun botmay kirib keldi.
Nurim sartarosh eshigi oldida omborga tiqilib qol-
gan xashaklami olayotgan edi. Jalol polvonning qorasi
ko‘rinishi bilan ishini tashlab, shoshilganicha uyiga kirib
ketdi. Uning Polvonga ko‘rinishga beti chidamasdi. 0 ‘g ‘lini
otib ketgan bolasi uchun albatta mendan qasos oladi, deb
o ‘ylardi. Polvon esa unga qarayolmasdi. Shu tinchgina
oilani xarob qilgani uchun Nurim albatta mendan o‘ch
oladi, deb o ‘ylardi. Polvon Nurimdan, Nurim Polvondan
qochib yurardi. Polvon shu topda, hozir Nurim ketmonnimi,
boltanimi ko‘tarib chiqadi, menga tashlanadi, degan o ‘yda
sergaklanib kelardi. Nurim esa, Jalol hovlimga bostirib
kiradi-yu, hozirgina xashagi olingan omborga meni ikki
buklab tiqadi, deya qochish uchun devor nahrasini m oijalga
olib, dag‘-dag‘ titrab turardi.
Yo‘q, Jalol polvon indamay o‘tib ketdi.
U uyiga kelganda jiyani tomda kechagi shamol uchirib
tushirgan tamovni joyiga o‘matayotgan edi. U tog‘asini
ko‘rib, ishini shosha-pisha bitkizdi-yu, tomga engashgan tut
shoxiga osilib, pastga tushdi.
- Keldingizmi, tog‘a? Ahvolingiz durustmi?
- Shukur-shukur, - dedi Polvon ayvon dahaniga o ‘tirar
ekan. - Bitta choy qo‘yib ber. Buxoroning ta’msiz suvini
ichaverib, tinkam quridi.
Jiyani gazga choygum qo‘yib chiqdi.
- Jiyan, - dedi Polvon. - Shu mashinani yurg‘izsa
bo‘ladimi, bir ko‘r-chi.
- Akkumulatori o ‘lgan, uni bir kun tokka qo‘yish kerak.
Q o‘chqor mashina akkumulatorini chiqazib, suvini to‘kib,
garaj tokchasiga qo‘ygan edi.
- Zarur b o isa hoziroq ustaga berib kelaman, ertalabgacha
tayyOr qilib qo‘yadi.
- Juda zarur. Buxoroga shu mashinada ketaman. Ustaga
olib bor, o‘shanaqasi akangni ham chaqirib kel. Gulandom
uyda bo‘lsa, ayt, tez kelsin.
Jiyani choy damlab chiqdi, keyin chang bosgan akku-
mulatomi velosiped orqasiga o‘matib, jo ‘nab ketdi.
Polvonning katta jiyani avtomobil nazorati boshlig‘ining
o‘rinbosari edi. Buxoroga mashinani shu minib borgani
durust. Yo‘lda inspektorlar bo‘lar-bo‘lmasga to‘xtatmaydi.
Polvon novvot suvidek totimli choyni huzur qilib ichar-
kan, o‘zingga shukur, o‘zingga shukur, deb qo‘ydi. Bir-
pasda choynakni bo‘shatdi. Peshonasidan terlami sidirib,
yaktagining etagiga qo‘lini artib, hovli pastidagi o‘tinxonaga
kirib ketdi. Ko‘mir kukunlari o‘mashib, ash rangi qandoqligi
bilinmay ketgan chamadonni ko‘tarib chiqdi. Supurgi bilan
obdan changini qoqib, latta bilan artdi. Chamadon qulf-
langan edi. Urinib ocholmadi. Garajga kirib ombir bilan
katta bir otvyortka olib chiqdi.
Shu payt Gulandom kelib qoldi. Qaynotasi bilan yig‘lab
ko‘rishdi. U endi o‘zini oldirgan, ko‘zi taglarida, iyagining
pastida mayda ajinlar paydo boMgan. Avvalgi shiddati yo‘q.
Yig'idan ho‘l bo‘lgan kipriklari orasida ilgari chaqnab
turadigan o‘t so‘ngandek edi. Ovozi ham so‘lg‘in. Shu bir oy
ichida so‘lib, ertangi taqdiridan umidini uzgan aftodahol bir
alpozda edi. Polvonning unga qarab rahmi keldi. Bechora...
Polvon uni bag‘riga bosib, boshlarini siladi. Yupatmoqchi
bo‘ldi. Nima deb yupatadi? Uni ovutadigan qandoq so‘z
bor dunyoda? Gulandom esa uning bag‘rida o ‘ksib-o‘ksib
yig‘lardi.
- Bolam, qandoq qilamiz, peshonamiz sho‘r ekan.
Baxt bizga betini emas, ketini ko‘rsatgan bo‘lsa, kimga
zorlanamiz? Bor, bolam, muzdek ariq suvida betlaringni
yuvib ol!
Polvon tugunchasidan bir surat olib, unga uzatdi.
- lya, ota, bu mening ziragim-ku! - dedi hayron bo‘lib
Gulandom.
- Yo‘q, bolam, seniki emas, shu kelinchakniki. Sen
uning ziragini taqib yurgan eding. Ering ablah uni zo‘rlab,
keyin qulog‘idan chiqarib olgan. Bu kelinchak hozir yo‘q.
Nomusi barbod bo‘lganiga chidamay, o ‘ziga o ‘t qo‘ygan.
Gulandom seskanib ketdi. Beixtiyor ikki qulog‘iga qo4
yubordi. Shu topda uning ikki qulog‘i o‘tda kuyayotgandek
edi.
Gulandom qaynotasi «taqma bu zirakni», deganda olib
qo‘ygan edi.
- 0 ‘tir. Endi manavi chamadonni ochamiz.
U shunday deb chamadon qulfming tagiga otvyortka tiqib
ko‘chirib oldi, qopqog‘ini ochdi. Yelimxaltaga solingan bir
zarbof to‘nni olib, xaltadan chiqazdi. Buxoro zardo‘zlarining
noyob bu namunasi aslida amir vazirlaridan biriniki edi.
Polvon to'nni namatga tashlab, hind choydan bo‘shagan
tunuka bankani oldi. U juda og‘ir edi. QopqogNni ochib,
ichidagilami dasturxonga to‘kdi. Buxoro tilla tangalari
jaranglab ketdi.
- Bilasanmi, bolam, shu tilla uchun ering sovxoz
direktorining ikki oyog‘ini sindirgan.
Polvon bir to‘rvani oldi. Tugunni yechib, ichidagilami
to‘kdi. Ular ayollarning turli xil taqinchoqlari edi. Polvon
qiyshiq bir uzukni qo‘liga olarkan, ovozi titrab dedi:
- E xudoyim-a, bu qandoq ko‘rgilik! Uzukka yaxshilab
qara, bolam.
Gulandom uzukni qoMiga oldi. Uzuk negadir doira shak-
lida emas, tuxumga o‘xshash uzunchoqroq edi.
- Bu uzuk bir xotinning qo‘lidan ombirda tortib chiqa-
rilgan. Bechora xotinning barmoq bo‘g ‘inlari ajralib ketib,
shalvirab qolgan. Barmoq terisi shilinib, go‘shti chiqib
qolgan. Ko‘ryapsanmi, unda ombir izlari qolgan.
Uyulib yotgan tilla taqinchoqlami titkilab bir medalni oldi.
- Bu uyingdagi ering taqib yurgan soatning egasiniki.
Hali hayot. Bu soat bilan medalni Fransiyada mukofotga
berishgan.
Gulandom sapchib o‘midan turdi-yu, ko‘cha tomonga
o‘qdek otilib chiqib ketdi. Polvon taqinchoqlami yana
xaltaga soldi. Tilla tangalami choy qutiga bitta-bittalab sanab
tashladi. Buxor tanga roppa-rosa 100 dona chiqdi. Niko-
layning surati solingan tanga bir yuz saksonta edi.
Polvon shu ishlar bilan band ekan, Gulandom kelganini
sczmay qoldi.
- Mana, - dedi u, - zirakni chamadonga tashlar ekan. - Mana
soat.
Gulandom yugurganda soat mexanizmlari ishlab ketgan
edi. Bir-ikki daqiqadan keyin soat sho‘x bir kuyni chaldi.
Bu soat o ‘lib yotgan Q o‘chqoming bilagida shu kuyni chalib
turgandi.
Polvon chamadon tagida yaxshilab qog‘ozga o‘ralgan
kitobchaga o‘xshash qattiq bir narsani olib ochdi. Hali taxi
buzilmagan, bankdan olingan dollarlar edi.
Chamadonda bulardan tashqari sopiga olmos, brilliant
qadalgan xanjar, tillo, kumush quyma naqshlar qadalgan
baxmal kamar bor edi.
Polvon buyumlami joy-joyiga qo‘yib, chamadon qop-
qog'ini yopti.
- Mana, bolam, - dedi Polvon Gulandomga. - Q o‘yni-
mizda chayon bor ekan. Topgan narsasini iniga tashiydigan
kalamush bor ekan.
K o‘cha tarafda m ashina gurillagani eshitildi. Bir ozdan
keyin eshikdan bir m ilitsiya mayori bilan Polvonning
jiyani kirib keldi. Bu marhum singlisining o ‘g ‘li Salo-
hiddin edi.
U tog‘asining ancha o‘ziga kelib qolganidan sevindi.
Hol-ahvol so‘radi.
- Jiyan, sendan bitta iltimos. BoshligNngdan ikki kunga
ruxsat so‘ra. Manavi mashinada Buxoroga boramiz. Juda
zarur ish bor. Yo‘q dema jiyan.
Salohiddin chakkasini qashlab turib javob qildi.
- Bizda y o i harakati oyligi ketyapti. Mayli, bir kunga
boray. Boraman-u, yana samolyotda orqaga qaytaman. May-
limi?
- Mayli, - dedi Polvon jiyanidan xursand boiib.
Kichik jiyani mashinani yuvib, yog‘larini tekshirib,
safarga tayyor qilib qo‘ydi. Endi ertalab bitta akkumulator
qo‘ysa bo‘ldi. Bemalol ketaversalar boMadi.
Polvon ertasi azonda Salohiddin bilan yo‘lga chiqdi.
Gulandom eshik kesakisiga suyanib, mung‘aygancha
mashina orqasidan qarab qoldi.
Polvon ertasiga samolyotda qaytib keldi. U umrida bir
marta savobli ish qildim, hamma vaqt kurashda polvonlami
yiqitib ranjitardim. Raqiblarim albatta yengilganlari uchun
menga rahmat aytmagandirlar. Shulaming uvoliga qoldim,
deb o‘ylardi.
Polvon qishloqda bir noxushlik ustidan chiqdi. Gulandom
bir banka kerosinni Q o‘chqoming go‘riga sepib, o‘t qo‘yib
yuboripti. Go‘r lovullab yonipti. Tepasidagi daraxtlar ham
kuyib ketibdi. Gulandomning o‘zi allaqayoqqa g‘oyib bo‘pti.
Qayoqqa ketgan, tirikmi, o‘likmi, hech kim bilmasdi.
Polvon kechqurun samovarga chiqdi. Choyxo‘rlar bi-
lan hardamxayol, uzuq-yuluq gaplashib, qishloq xalqini
ertalab uyiga taklif qildi. «Nima, Polvon aka, yurtga osh
berasizmi?» - deb so‘rashgandi, «Ertalab bilasizlan>, - dedi
u choyxonadan chiqib ketarkan.
Qishloqda osh berilsa, oqsoqollar sabzi to‘g‘rashga
kirishadi. Masjid omboridan idish-tovoq olishadi. Stol-stul,
dasturxon degan gaplar bor. Qiziq-ku, he yo‘q, be yo‘q, erta-
lab uyga chaqiryapti.
Polvon uyga kelib, jiyanidan suv isitib berishni so‘radi.
Yuvinib, toza kiyimlarini kiydi. Xufton namozini uzoq
o‘qidi. Ikki qo‘lini ko‘kka ko‘tarib, Allohga iltijolar qildi.
- Tangrim, bu jonni o‘zing bergansan. Endi omonatingni
ol. Sen bergan jonga qasd qilib gunohga botishni istamayman.
Jonimni o ‘zing ol.
Polvon bu gaplami besh-olti martadan takrorladi. Tog‘
tepasida qimirlamay turib qolgan oyga uzoq tikilib o‘tirdi.
Tun osuda. Tiq etgan ovoz yo‘q.
- Bergan ne’matlaringga ming bor shukur. Davr-u davron
surdim, kurashlarda yakkakift bo‘lib chiqdim. Xorlik-zorlik
ko‘rmadim. Endi bas, qiynalib ketdim. 0 ‘z bolam meni yurt
ko‘zida sharmisor qildi. Omonatingni ol, Allohim. Bas, endi
ketay. Bu dunyoda endi yaxshilar yashasin.
Tongotar mahali Jalol polvonnig joni uzildi.
Janozaga qishloqning katta-kichik hammasi keldi. Faqat
Nurim sartarosh kelmadi. Yurt ko‘zida uning yuzi shuvut edi.
Oradan to‘rt kun o‘tib, Chorvoq dengizida cho‘milayotgan
bolalar qirg‘oqdan bir juft tufli topib olishdi. Bu Gulan-
domning tuflisi edi.
1999-yil, aprel
Safarda yozilgan hikoyalar
Sumbul
(«Surxon hikoyalari»dan)
V ahobjon Dcnovga bcmahal kelganidan u yoq-bu yoqqa
telefon qilib, hech kimni topolmadi. Oxiri o‘ylab-o‘ylab
kolxoz mehmonxonasida tunab qolishni m a’qul ko‘rdi.
Mehmonxona qorovuli choponini boshiga yopib uxlab
yotgan ekan, uning iltimosiga do‘ng‘illab-do‘ng‘illab zo‘rg‘a
ko‘ndi.
Vahobjon ishlagan paytlarda bunaqa joy yo‘q edi. Meh-
monxona ham keyin qurilibdi. Qorovul uni aylanma taxta
zinadan boshlab chiqib, chiroqni yoqqanda ikkovlari bir-
birlariga tikilib qolishdi.
- Ko‘zimga issiq ko‘rinasan, uka. Qayerda ko‘rganman?..
- Men sizni taniyapman. Qosim aka emasmisiz? Bundan
yigirma olti yil oldin ko‘richagingizni kesib tashlagan edim.
Qosim akaning ko‘zlari chaqnab ketdi.
- Anavuni qarang-a, anavuni qarang-a! Voy, joningdan...
Qosim aka uning qo‘lidagi chamadonini olib, qayerga
qo‘yishni bilmay, xonani bir aylanib chiqdi. Oxiri stol ustiga
qo‘yib, unga qaradi. Keyin chamadonni yana olib, ushlab
turgancha gapira boshladi:
Tirik odam axir bir kun bir-birini ko‘rar ekan. Tan-
joningiz sog‘mi? Muni qarang-a. Hozir, hozir...
U gapini tugatmay, yigitlardek chaqqonlik bilan zinadan
tushib ketdi. Sal o‘tmay, pastdan to‘q-to‘q o ‘tin yorgan
tovush eshitildi. Vahobjon derazani ochib yubordi. Kech
kuz bo‘lishiga qaramay, ko‘klam havosi uyga yopirildi. Toshkentdan chiqayotganda izg‘irin jonni achitar, allaqachon
yalang‘och bo‘lib qolgan novdalami buydalar edi.
Xurmozor orqasidan yarim palla tarvuzdek qip-qizil oy
ko‘tarila boshladi. Vahobjon papiros kulini tashlash uchun
kuldon qidirib u yoq-bu yoqqa alanglagan edi, bufet ustida
turgan kulrang narsaga ko‘zi tushdi. Beixtiyor yaqin borib
qaradi. Qaradi-yu, badani g‘alati seskandi. Bu dur bog‘lagan
sumbul butog‘i edi. Q o‘liga oldi. Panjadek butoqlar usti
novvot duridek qalinlashib ketgan, soch tolasidek sumbul
novdasi faqat durning singan joyidan arang ko‘rinib turardi.
U sumbulni qoMiga olib, chiroq tagiga keldi. Q o‘llari
beixtiyor titradi. Shu payt Qosim aka patnisda xurmo, anor,
olma olib chiqdi. Vahobjon unga yo‘l beraman deb, qoMidan
sumbul, durini tushirib yubordi. Sumbul polga tushib,
jaranglab sindi. Vahobjon afsuslanib, dur bo‘laklarini terib
olar ekan, Qosim akaga gunohkorona qaradi.
- Hechqisi yo‘q, serob narsa. Xurmoni ermak qilib
turing, hozir choy damlab chiqaman.
Vahobjon sumbul siniqlariga tikilib, o ‘ylab ketdi. U bu
sumbullaming qayerda borligini biladi. Sumbulsoyda xayol
surib o ‘tirgan kunlarini esladi.
Vahobjon urushdan oldin meditsina texnikumini tu-
gatib, Sumbulsoyga yuborilgan edi. Sumbulsoy tog‘ oralig‘i-
dagi qishloq. Past-u baland tepaliklar, archa va qarag‘aylarga
burkangan yonbag‘irlar, ko‘z yoshidek tiniq buloqlar, mayda
barg azamat tollar qo‘ynida mudragan so‘lim qishloq.
Qishloqning qoq belidan kesib o‘tgan soydan kechib
adirga ko‘tarilsa, butun qishloq kaftda turgandek ko‘rinadi.
Adirning orqasida esa tik jarlik. Bu jarlikda faqat qushlaming
chirqillashi-yu shamolning guvillashi eshitiladi, xolos. Jar-
lik tubida majnuntollar qo‘yniga yashiringan Sumbulsoy
bor. Qishloq yigitlari yozning jazirama kunlari adir oshib,
shu jarga tushishardi. Xuddi novvotdan yasalgan qasrdek,
Sumbulsoyda bir tekis shuvillagan tomchilarga quloq solib, soatlab o‘y surib qolishardi. 0 ‘ngirlardan shudring tomadi.
Yillar o‘tib bu shudringlar toshga aylanadi. Sumbul tolalari
yo‘g‘onlashib, ba’zan tok zangidek durga aylanadi.
Vahobjon ham Sumbulsoyda soatlab qolib ketardi. Shu
yerda sumbul tolalaridan to‘kilayotgan tomchilaming qo‘l
soat chiqillashiga o ‘xshash tovushiga quloq solib, ko‘ngliga
o‘t solgan qizning kelishini kutardi. Tog‘liklar odati yomon.
Qiz bolaning yigit bilan xilvatda turganini ko‘rishsa, katta
janjal chiqadi. Shunga qaramay, qiz kelardi. Adirlardan
oshib, toshlar panasida biqinib, Sumbulsoyga yetib kelardi.
Gulsum qishloqning o‘qimishli qizi edi. U ota-onasining
qarshiligiga qaramay, Samarqanddagi hamshiralar kursini
bitirib kelgan. Ambulatoriyada Vahobjonning qo‘lida ishladi.
U paytlarda qishloq ayollari erkak doktorga ko‘rinmasdilar.
Vahobjon uchun Gulsum nihoyatda zarur edi.
Vahobjon bilan Gulsum Sumbulsoyda juda ko‘p mar-
ta uchrashishdi. Ishq-muhabbat o‘rtagan yuraklarini bir-
birlariga tikilib ovutishardi. Ammo kichkinagina qish-
loqda bunday siming uzoq saqlanib qolishi mumkin emas
edi.
Kimdir ulaming Sumbulsoyda uchrashishlarini payqab
qolgan. Ana shunday uchrashishlaming birida to‘rt-besh
yigit ulaming yo‘lini poylab, Sumbulsoyda tutib olishadi.
Qizni qo‘yib yuborishadi-yu, Vahobjonni qishloqqa olib
tushishadi. Betiga qora surtib, eshakka teskari mindirgancha
qishloqdan chiqarib yuborishadi.
Cho‘lda qo‘li bog‘liq, eshakka teskari mingan Vahob-
jonning qo‘lini cho‘pon chol yechib yuboradi, unga rahmi
kelib, otida Denov yo‘ligacha chiqarib qo‘yadi. Cho‘pon
cholning gaplari hali ham Vahobjonning quloqlarida:
- Odatimiz qursin, bolam. Kelgindiga qiz bermaymiz.
Qizimizga sal mundayroq qaraganni ayamaymiz.
CTshanda Vahobjon Denovga tongotar paytida kirib
kelgandi. Odamlaming ko‘zlari besaranjom. Hamma tash-
vishda. Urush boshlanibdi. Ertaga butun rayonda doktor bolaning betiga qora sur-
tilgani, eshakka teskari minib, qishloqdan qochgani ovoza
bo‘ladi. Ketish kerak, butunlay ketish kerak. Urush bosh-
lanibdi. Urushga ketgani ma’qul.
Vahobjon to‘ppa-to‘g‘ri harbiy komissariatga uchrashdi-
yu, ertasi gay oq armiyaga jo ‘nab ketdi.
Qirq yil qirg‘in bo‘lsa, ajali yetgan o‘ladi, deydilar.
Vahobjon frontda to‘rt yil kezdi. Qancha yaradorlami jang
maydonidan sudrab olib chiqdi. Qancha behol jangchiga qon
quydi. Badanlari o‘qdan ilma-teshik bo‘lib ketdi.
Urush tugashi bilan tug‘ilib o ‘sgan qishlog‘i Chinozga
qaytib keldi. Dunyo kezgan odam bir joyda turolmas ekan.
Toshkentga keldi. Institutga kirib, yana o‘qishga sho‘ng‘ib
ketdi. U frontda ekan paytlarida ikki-uch marta Sumbulsoyga
xat yozib, javob kutdi. Ammo Gulsum o‘miga imzosiz javob
keldi.
«Basharang qorakuya sog‘ingan bo‘lsa, kelaqol...»
Ana shundan keyin u xat yozishni to‘xtatdi. Gulsumni
ham, Sumbulsoyni ham unutdi.
Shu topda u dur boylagan sumbul siniqlarini ushlab
turib, o‘sha voqealami bir-bir esladi. Ko‘ngli ham quvonch,
ham alam bilan o‘rtandi. Qosim aka yelkada sochiq, qo‘lida
choynak bilan chiqqanda u ana shunday o‘ylar bilan band
edi.
- Obbo, do‘xtir uka-ye, muni qarang-a, ko‘risharkanmiz-a.
Tinch-omonmisiz? Esingizdami, Sumbulsoydan qaytganin-
gizda biznikida tunagan edingiz, o ‘zim armiyaga kuzatib
qo‘ygan edim.
Qosim aka asli denovlik bo‘lib, o‘tin kesish uchun
Sumbulsoyga atayin boradi. Bir kun yongkoqzorda sarjin
kesayotganda qomini changallab yotib qoladi. Ikki yigit
zambilda uni ambulatoriyaga olib kelishadi. Vahobjon qarasa
ko‘richagi tutib qolgan ekan. U umrida operatsiya qilmagan.
Ammo uni darrov operatsiya qilmasa nobud bo‘lishi aniq edi. Vahobjon tavakkal deb operatsiya qiladi. Qosim aka
omon qoladi.
Vahobjon qishloqdan quvilganda Denovga kelib, shu
kishining uyida tunagan edi. Mana bemahalda u bilan yana
uchrashib qoldi.
- Sizdan o‘la-o‘lguncha qarzdorman. Q o‘lingiz yengil
ekan. Mutlaqo tuzalib ketdim. Urushga ham borib keldim.
Ikki orden, uch medal oldim. X o‘sh, endi so‘rab qo‘yay: biz
tomonlarga qaysi shamol uchirdi?
- Qizim shu yerda. Ikki oy b o id i ishga kelganiga,
Dushanbcdan qayta turib, qizimni ko‘rib o‘tay, dedim.
- Shunaqami? Qani, choyga qarang. Siz bor payt-
laringizda bunaqa xurmolar yo‘q edi, shekilli. Hozir hamma-
yoq xurmozor, limonzor bo‘lib ketgan. Hali Sumbulsoyga
yoiingiz tushmagandir? Ha, ajab zamonlar ekan... Sumbul-
soyda ham o‘zgarishlar katta.
Telefon jiringladi. Qosim aka trubkani olib, «yo‘q»
javobini berdi-yu, yana joyiga ilib qo‘ydi.
- Raisni so‘rayapti. Rais Oybarakka ketgan.
Vahobjon bir burda non ushatib, ikki-uch piyola choy
ichdi-da, yana o ‘midan turib, tashqariga qaradi. Oydinda
archalaming uchi baliq skeletidek taralib ko‘rinadi. Semon
ariqda suv shildirab oqadi. Qaydadir sa’va sayraydi. Osmoni
falakda chirog‘ini miltiratib samolyot ketyapti. Uning ovozi
eshitilmaydi.
Shu payt elektr lampasi sekin-sekin xiralashib, qizil ipdek
bo‘lib qoldi. Sal o‘tmay u ham so‘ndi.
- Shunaqa, dvijok o‘n ikkigacha ishlaydi. Xudo xohlasa,
biron haftadan keyin katta simga ulaymiz. 0 ‘shanda kechasi-
yu kunduzi yonadigan bo‘ladi. Sim Nurckdan kelyapti.
Lampa yoqib beraymi?
- Yo‘q, ovora boTmang. Yotaman. Yo‘lda urinibman she-
killi.
Qosim aka qorong‘ida timirskilanib, karavotga joy qilib
berdi-da, gugurt chaqib, zinadan tushib ketdi. Vahobjon tanish manzaralarga mahliyo bo1 lib borarkan,
xuddi yigitlik chog‘i qaytib kelgandek entikardi. G o'yo hozir
Gulsum jamalak sochlarini silkitib chopib kelayotgandek...
U shunday xayollar bilan ambulatoriyaga yetganini
bilmay qoldi. Eshik oldida bir dam to‘xtab, u yoq-bu
yoqqa qaradi. Uning xuddi yonginasidan to‘lagina bir xotin
gursillab o ‘tdi. U zina oldiga kelib, tuflisining changini
qoqib, kirib ketayotgan edi, Vahobjon gap qotdi.
- Zarofat Vahobovnani chaqirib yubormaysizmi?
Xotinning ishi tig izro q ekan shekilli, javob o‘rniga
bosh irg‘ab, kirib ketdi. Sal o ‘tmay oq xalat kiygan Zarofat
chiqdi. Dadasining kutmaganda kelishiga hayron bo‘lib,
qoshlarini kerib qarab turdi-yu, birdan uning bag‘riga
otildi. Ota-bola shu ko‘yi ancha turishdi, keyin Zarofat uni
ichkariga undadi. Vahobjon ko‘nmadi.
— Ishingni qilaver, bolam. Men qishloqni biron soat ayla-
nib kelaman. Kechqurun yana qaytib ketaman. Yo‘l ustida
ko‘rib o‘tay dedim.
U qizi harchand qilsa ham, ko‘nmay aylangani ketdi.
Vahobjon Sumbulsoyga borishga ahd qilgan edi. 0 ‘sha
tarafga yo‘l oldi.
Adir o‘rtasidan ikki arava sig‘adigan yo‘l ochishibdi.
Yo‘l tepasida har joy-har joydan nov kesib o‘tgan. Novning
yorigNdan yo‘lga suv tomib turibdi. Arava izlaridan pastga
qarab suv siljiyapti. Vahobjon yuqoriga intildi. Tepaga
chiqib, qishloqqa yana bir marta qaradi. Butun qishloqning
yarmiga tog‘ soyasi tushgan. Qishloqning yarmida kechasi-
yu, yarmida kunduzga o‘xshaydi. Vahobjon suqlanib qarab
turdi-da, yana ilgarilab, adirning ortiga qarab ketdi. Jar
yoqasiga keldi. Pastlikdan majnuntollar g ‘ujumi ko‘rindi. U
shitob bilan o‘sha yoqqa qarab tusha boshladi. Bir gala qush
chag‘-chag‘ qilib ko‘tarildi. Vahobjon zum o ‘tmay jarning
tubiga yetdi. Majnuntollarning tanasi yanada yo‘g‘onlashib
ketibdi. Yerda sudralgan novdalami ko‘tarib Vahobjon
ichkariga kirdi. G ‘or ichi jimjit. Tepadan tushib turgan
bo‘yradek oftob nuri durdan yasalgan devorlami g‘alati
yoritgan. Tamovlar bo‘yniga osilgan sumalakdek durlar uchidan suv tomchilaydi. Tomchilar durga sachraganda
pashsha qanoti tckkan tanbur simidek nozik tovush chiqaradi.
Katta xarsang toshlar ustidan yopirilib, uchi suvga tegib
turgan ho‘l sumbul tolalari xuddi bosh yuvmoqchi bo‘lib
jom ga engashgan xotinlaming sochiga o‘xshaydi.
Devor toshlari dur bog‘lagan bu g‘or xuddi kattakon
novvot qozoniga o‘xshardi. Har bir dur bog‘lagan sumbul
tolasidan mayda, ko‘zga ko‘rinmas tomchilar sachraydi.
Nafas olmay quloq tutgan kishi muttasil shovillagan tovush
eshitadi. G o‘yo olisda shivalab yomg‘ir yog‘ayotgandek.
Vahobjon xarsangga o‘tirdi. Suvning shovullashiga qu-
loq soldi.
U ertaklar olamiga kirib qolgandek, har bir tovushdan,
har bir tomchining chaqnashidan, sachraganda jaranglashidan
hozir qanday dir mo‘jiza yuz beradi deb kutardi.
U Gulsum muhabbatini shu joyda, shu afsonavor tovushlar
orasida tuygan edi. Qani u? Bormikan? Bor bo‘lsa, hali ham
o‘shandaymikan?
Oradan yigirma olti yil o‘tib, Gulsum hamon o‘shanday
qizaloq bo‘lib turgandek tuyulardi unga.
Yigit-qizlarning qiyqirig‘i uning hushini o‘ziga keltirdi.
Bosh ko‘tarib, tolning ro‘dapo novdalari orasidan tepaga
qaradi. 0 ‘n chog‘li yigit-qiz shu tarafga qarab yugurishardi.
Vahobjon qimirlamay o‘tiraverdi. Biri fotoapparat, biri
papiros qutisidek radiopriyomnik bilan g ‘orga kirib kelishdi.
G ‘or ichi shovqin-suron bo‘lib ketdi.
Radiodan taralgan qo‘shiq dur devorlarida aks sado berib,
chiqib ketolmay aylanardi. Yigitlar tepaga tirmashib chiqib,
g‘alati dur haykalchalami sindirib tushirishardi. Durlar har
singanda jaranglab ketardi.
Vahobjon ulaming o‘yin-kulgisiga xalal bermaslik
uchun g‘or ichidan chiqdi. U endi ariqchadan hatlayotganda
qorachagina qiz kelib, uning qo‘lidan tutdi. Sumbulsoyga kelib quruq ketyapsizmi? Mana, buni
oling.
U Vahobjonga xuddi oyoqlarini kerib turgan kiyikka
o‘xshash durni berdi. Vahobjon unga rahmat aytib, tepaga
intildi. Uning bir qo‘lida bir siqim qop-qora sumbul, bir
qo‘lida dur qoplagan sumbul butog‘i. Avaylab sindirib
qo‘ymaslik uchun, ehtiyot qilib tepaga chiqib oldi.
Zarofat eshik oldida uni kutib tarardi.
- Qayoqda edingiz? Anchadan beri kutaman.
- Qizim, senga sumbul olib keldim.
Zarofat bu yoqqa yaqinda kelganidan Sumbulsoyni hali
ko‘rmagan edi. Shoshib dadasining qo‘lidan sumbulni oldi.
- Sochga o‘xshar ekan. Yuring. Birpas dam oling.
Vahobjon charchagan edi. Qiziga ergashib, yana soy-
ning narigi tarafiga o‘tdi. Bir tavaqali eshikdan hatlab,
keng hovliga kirishdi. Bir kampir o‘choq oldida nimadir
qilyapti. Uyga kirishdi. Shifti toqili uy devorlari oqlangan.
Tokchalarda har xil kitoblar.
- Bosh vrachimizning uyi. Yaxshi odamlar. Mana shu
xonani menga bo‘shatib berishgan.
Boya ambulatoriya eshigi oldida uchragan xotin kirdi. Hali
Vahobjon uning yuzini ko‘rmagan edi. Endi ko‘rdi. 0 ‘sha
Gulsum. Ikkovlari bir-birlariga tikilishgancha qimirlamay
qolishdi. Gulsum, oxiri ko‘zini olib qochdi-da, titroq tovush
bilan eshitilar-eshitilmas salomlashdi.
Gulsum chiqib ketdi. Shundan keyin Vahobjon ketar
chog‘ida ham ko‘rinmadi. Vahobjon y o ig a chiqqanda ham,
Denovga yetib kelganda ham uning oppoq sochlarini, ajin
qoplagan yuzlarini, ayniqsa, iyagidagi tirtiqni ko‘z oldidan
nari ketkizolmadi.
Qarib qopti. Bemahal qaripti. K o‘zlari hamon
o‘shanday.
Oradan o‘n besh kunlar chamasi vaqt o‘tib, Vahobjon xat
oldi. «Dada, bosh vrachimiz o‘sha kuni siz bilan xayrlasholmay
qolgani uchun afv etishingizni so‘radi. 0 ‘sha kuni bir bemomi
ko‘rish uchun toqqa jadal ketib qolgan ekan. 0 ‘zi juda
yaxshi, mehribon xotin. Boshidan juda ko‘p savdolar o‘tgan
deyishadi. Qirq birinchi yilda eri otilgan emish. Bolasi yo‘q.
Ayniqsa, siz kelib ketgandan so‘ng menga juda mehribon
b o iib qoldi. Ro‘paramga o‘tirib oladi-da, ko‘zimga tikiladi.
Kecha yana shunday qildi. K o‘zimga uzoq tikilib turdi-da,
yig‘lab, bag‘riga bosdi...»
Vahobjon xatni o‘qib, og‘ir uh tortdi. Bo‘g ‘zidan nafas
emas, olov otilib chiqqandek bo‘ldi.
Siyna qishlog'i, 1965-yil,