Qorako'z majnun

Yalpiz hidi


Kupe eshigini ochishim bilan og‘ziga so‘rg‘ich kiygizil-
gan sut to‘la shishani kaftlari orasiga olib isitib o ‘tirgan
xotinni ko‘rdim-u, nima qilishimni bilmay, turib qoldim.
Xotin ham avval esankirab, keyin mayingina kulib
qo‘ydi. Uning bu xil, har qanday erkak qonini ko‘pirtiradigan
shayton kulgisini ilgari ham bir ko‘rgan edim. Tanimdan
son-sanoqsiz chumoli o‘rmalagandek, g‘alati seskanish bilan
chamadonchamni o‘rindiqqa qo‘ydim-u, yana xotinga qaradim.
Uning tizzasida yo‘rgaklangan bola. Poyezd g‘ildiragining
tovushiga quloq solib, nimalamidir o‘ylayotganga o ‘xshardi.
U menga qaramay, qo‘lidagi sut to‘la shishani stolchaga
qo‘ydi-da, bolani tizzasidan olib, yoniga avaylab yotqizdi.
Hamma yoqni yalpiz hidi tutib ketdi.
U yoq-bu yoqqa qaradim. Darhaqiqat, stolchada bir dasta
cho‘l yalpizi yotardi. Nima qilishimni, nima deyishimni
bilmayman. Xotin ham betimga qarayolmaydi. Nazarimda,
bu xotinning butun vujudi sirga, ko‘zlari sehrga to‘la edi.
... Men u bilan bum og‘i yili saraton kunlarining birida
avtobusda uchrashgan edim. Buvaydadan avtobusga chiqqanimda yonimda bir juvon o‘tirardi. Sal y o i yurishimiz bilan
issiqqina nafas bo‘ynimga urilgandek b o id i. Yo‘q, nafas
emas, atirgulning bag‘ridan chiqadigan allaqanday beg‘ubor
hid edi u. Qarasam, yonimda oiirgan xotin yelkamga boshini
qo‘yib, uxlab qopti. Q oiidagi shohi tugunchasi oyogim
tagiga tushibdi. Bir qoiim ni arang cho‘zib, tugunchani
yerdan oldim-u, uni uyg‘otib yubormaslik uchun qimirlamay
oiiraverdim . Avtobus bir silkindi. Xotinning boshi sirg‘alib
ko‘kragimga tushdi. O iim g a ilinmay qolgan soch tolalari
tom ogim tagiga kelib qoldi. Shunda dim ogim ga yalpiz
isi urildi. Xotinning qulogida so iib qolgan yalpiz shoxini
ko‘rib qoldim.
Ko‘pchilik o ‘rtasida begona ayol ko‘kragimga bosh
qo‘yib yotishidan xijolat tortib, uni uyg‘otmoqchi bo‘ldim.
Sekin pichirladim:
- Ko‘zingizni oching, yaxshi emas.
Xotin ko‘zini ochmadi, ingradi. Ichidan alamli bir nido
chiqqandek bo‘ldi. Baxmaldek yumshoq lablari arang
qimirladi-yu, suv, deya oldi, xolos.
Endi bildim. Xotin behush b o iib qolgan ekan. Orqamda
oiirgan chol dashnom berdi:
- Uka, kelinni pastga olib lushing, ko‘ngli behuzur
boiayotganga o‘xshaydi.
Uylanmagan bo‘ydoq edim. Bu gap qulogim ga ham g‘a-
lati, ham allaqanday xush yoqadigan b o iib eshitildi.
Bu gap yon-verimdagilaming qulogiga yetib, birpasda
avtobus shivir-shivir b o iib qoldi. Kimdir tez ketayotgan
avtobusda chayqala-chayqala oldinga intildi-yu, engashib
shofyorga nimadir dedi. Avtobus to‘xtadi.
- Uka, kelinni issiq kunda qiynab qo‘yibsiz. Pastga
tushib, suv bo‘yida picha dam olib oiiringlar. Keyingi avto-
busda yetib olarsizlar.
Nima boiayotganini bilmasdim. Hammaning ko‘zi
menda. Beixtiyor xotinni suyab pastga olib tusharkanman,
qulogim ga bir gap chalinib qoldi:
Erining bedavoligini qarang, o‘zi oydekkina ekan, dardi
borga o‘xshaydi. Er o‘lgur muncha lapashang boMmasa.
Hamma yog‘imdan ter chiqib ketdi. Bu mening xotinim
emas, sizlarga o‘xshagan oddiy yo‘lovchiman, deb baqirib
yuborgim keldi. Ammo yelkamga osilgan nozik qo‘llar
bunga monelik qilayotgandek indayolmasdim.
Avtobus meni mutlaqo notanish, lekiniga qaraganning
ko‘zini kuydiradigan husni bir jahon ayol bilan yo‘lga
tashlab ketdi.
Saraton osmondan olov purkab turibdi. Uchko‘prik
yoiidagi tollami bilasiz. Oxiri ko‘rinmaydigan asfalt yo‘l
xuddi poyoni yo‘q soyabon aravaga o‘xshaydi. Havoning
namligidan tol barglari ham qimirlamasdi. BelbogNmni
yechib, ariq bo‘yidagi chim ustiga yozdim-u, uni o‘tqazdim.
Xotin eshitilar-eshitilmas dedi:
- Nafas ololmayotibman. Shabadaroq joyga olib boring.
Bu tashvishni o‘zimga qayoqdan orttirdim dedim-u, malol
kelgandek, uning oppoq bilaklaridan ushlab turg‘izdim-da,
bir qo‘limni belidan o‘tkazib (boshqa ilojim ham yo‘q edi),
suv yoqalab olib ketdim.
Atrof jimjit. Na qush uchadi, na odam o‘tardi. Bo‘y
baravar qamishlar qilt etmaydi. Yalanglikroq joyga kelib
to‘xtadik. Xotin sal o‘ziga keldi.
- Voy-e, ko‘kragimga shamol tegdi-ya!
Uning tilga kirishidan sevinib ketib, asta o‘tqazdim.
Ammo u hali ham astoydil o‘ziga kelmagan edi. Oyoqlarini
sal bukib, tizzamga bosh qo‘yib, yarim ochiq ko‘zlarini
so‘ngsiz osmonga tikkancha qimirlamasdi. Kishi bilmas
unga qarayman. Kiprik demagan qora duxobaning o‘zi.
Ayniqsa, chinnidek oppoq yuzida yanada qorayib turardi.
Qoshi to‘mtoqroq. Oralig‘idagi bilinar-bilinmas o‘sma izi,
iyagidagi tariqdek xoli, bo‘ynida qimirlamay turib qolgan ter
tomchilari bemalol kobrinib turardi. Ich-ichimdan, bu baxt
qaydan keldi, deb qo‘yaman.
Ayolning qo‘li qimirladi. Giyohlami timirskilab, birini
uzdi. Bu cho‘l yalpizi edi. Uni dimog‘iga olib bordi-da, bir
hidlab, menga uzatdi. Hidladim. Ana shundagina men baxtni
emas, baxt meni topganiga ishondim. Butun olam yalpiz
hidiga to‘lib ketdi. Bir-birimizga tikilamiz. Ammo na undan,
na mendan sado chiqadi. Bir-birimiz bilan ko‘zlarimiz
gaplashayotganga o‘xshardi. Uning ko‘zlarini ko‘rmagansiz.
Hali hech bir inson bolasi bunaqa ko‘zni ko‘rmagan.
Ko‘zlarimiz gaplashardi.
Bilmadim, shu alpozda qancha vaqt o‘tirdik. Har qalay,
podadan mollar qaytayotgan mahal edi. Buzoqlaming
ayanchli m a’rashi qulog‘imga eshitilgandek bo‘ldi.
Nima bo‘ldi-yu, xotin sapchib o ‘midan turib ketdi.
Tugunini q o iig a oldi.
Endi uning qoshlari chimirilgan, qilmishidan alamzada-
dek ko‘rinardi. Bilaman, behushlik begona kishining
tizzasiga bosh qo‘yishga majbur qilganidan qattiq iztirob
chekyapti. U kimningdir xotini. Bu behushlik uni ne
kunlarga boshlashi mumkin. Ammo u mening unaqa bem a’ni
kishilardan emasligimni bilganda edi, bu xil xayollarga
bormasdi. Bola bo‘lib nomard xayollarga bormaganman.
Shaytonning so‘ziga kirmaganman. Buni xotin bilmasdi.
Ko‘zida qo‘rqinch va andisha olovi yonyapti.
Ketdik. Tol tagida avtobus kutyapmiz. U betimga
qaramaydi. Qovog‘i soliq. Unga, hatto jahl ham yarashardi.
Har zardali qarashida vujudim o ‘rtanib ketardi.
Avtobus kelganda pillapoyaga oyoq qo‘yar ekan, yana
bir marta qaradi. Bu qarashda meni ermak qilishmi, rahmat
aytishmi - bilib boim aydigan bir ifoda bor edi.
U ketdi.
Hali-hali bu qarashning m a’nosiga yetolmadim. Bugun
vagon kupesida unga yana duch keldim. U yana kuldi. Bu
mayin kulgisi meni yana xayolga soldi. Nega kuladi? Ermak
qilyaptimi?

Provodnik ikkalamizga ham bir stakandan choy keltirib
qo‘ydi. U stakandan choy ho‘p!ab turib, vagon silkinishidan
qalqib ketdimi, kulaman deb shunday qildimi, har qalay,
atlas ko‘ylagiga choy to‘kildi. Menga qaradi.
- Eslab hali ham kulib yurgandirsiz?
Bu gapning m a’nosiga yetdim.
Yana jim ketdik. Derazadan b o g ia r o‘tyapti. Sim-
yog‘ochlar bir-birini quvyapti. Ikkovimiz o‘tmish xayollari
bilan bandmiz. Oxiri sabrim chidamay so‘radim.
- Endi tuzalib keldingizmi?
- Ha, tuzalib ketdim. Buning uchun sizga rahmat aytishim
kerak edi. Hali ham bo‘lsa aytib qo‘yish qiyomat qarzim.
Rahmat. Vijdonli yigit ekansiz. Bilasizmi? - U menga bir oz
tikilib turdi-da, kulimsirab qo‘ydi. - Siz o‘shanda baxtingizni
yo‘qotgansiz.
Hayron bo‘ldim. Unga savol nazari bilan boqdim.
- Bilmadim, - dedi u ko‘zlarini yerga qadab. - Balki
adashay otgand i rman. Ehtimol, bir falokatdan qutul-
gandirsiz? Ehtimol, men baxtimni topgandirman? Ehtimol,
baxtimni yo‘qotgandirman? Bilmayman. Har qalay, o‘shanda
yo men sinovdan o‘tdim, yo siz sinovdan o‘tdingiz. 0 ‘sha
paytda men odam bolasiga ishonmas edim. Tasodifdan
o‘rgilayki, o‘shanda sizga yoNiqdim. Agar boshqa kishining
qoMiga tushganimda bir umr vijdon azobida qolib ketarmidim...
Xotinning ko‘zi jiqqa yoshga toMdi. Bir kiprik qoqsa,
oppoq yuzlarini yosh yuvib ketadi. Ammo u kiprik qoqmadi.
So‘ngsiz qora kechalami bag‘riga sig‘dirgan baxmal ko‘zlar
bu yoshlami shimib kelgandek bo‘ldi.
Endi u ko’zyoshsiz, unsiz yigMardi.
U yana tilga kirdi. U gapirardi-yu, ovozi titrardi.
- Bolam hurmati, ishoning, men o ‘sha kuni yomon niyat
bilan ko‘chaga chiqqandim. Meni siz oMimdan qutqardingiz.
Qattiq alam o’tgan edi o‘shanda.
Uning tushunib bo‘lmaydigan gaplari yana hayron qilib
qo‘ydi meni.

Hayron boim ang. Xotin kishi qattiq o ‘ch oladi. Siz
erkaklar ayol zotining irodasi bo‘sh b o iad i, har qanday
xo‘rlikka chidayveradi, deb o‘ylaysiz. Yo‘q, aslo unaqa
emas. Men ham erimdan o‘ch olmoqchi edim.
Xotin deraza tarafga qarab jim bo‘lib qoldi. Poyezd katta
bir ko‘prik ustidan guvillab o‘tib ketdi. Sal nariroq borib
gudok berdi. Yo‘l pastlashayotganda kupe eshigi sirg‘anib
ochilib ketdi. 0 ‘mimdan turib berkitib qo‘ydim. Xotin yana
o‘girildi.
- Bilasizmi, o‘rtada hurmat, andisha boMmasa, er-xo-
tinlik uy zindon boMadi. Ayniqsa, oraga xiyonat oralasa,
tamom.
U ham alam, ham iztirob bilan menga ikki yildan beri
jumboq bo‘lib xayolimni band qilib yurgan simi ocha
boshladi.
Erimni yaxshi ko‘rib tekkanman, chiroyli yigit edi. Ko‘p
qizlami kuydirgan. Uncha-muncha o‘rtacha qizlarga qayrilib
ham qaramasdi. Ertalab uydan chiqib ketayotganida orqasidan
tomosha qilib qolardim. Kechqurunlari ikki ko‘zim ko‘chada
edi. U eshikdan uyimga oftobga o‘xshab kirib kelardi.
Ana shundoq er menga xiyonat qildi. Jazman orttirdi.
Bilasizmi, sevgan kishing, dunyoda yagona baxtim deb bilgan
kishing xiyonat qilsa chidab bo‘ladimi? Axir butun umrimni
unga bag‘ishlagan bo‘lsam-u, kelajak baxtimni usiz tasavvur
qilolmasam-u, menga xiyonat qilsa. Bunga chidab bo‘larmidi.
Lekin butun kuchimni, butun sabrimni bir joyga jam lab
chidadim. Uni insofga chaqirdim. Bo‘lmadi. His-tuyg‘ularimni
oyoq osti qilgan kishi oldida ko‘z yoshi to ‘ к ishga g‘ururim
yo‘l bermadi. Bunday qilolmasdim ham. Uning jazmani oldiga
borib, erimni tinch qo‘y deyishga ham g‘ururim yo‘l bermadi.
Butun vujudimni o ‘ch olish hissi qamrab oldi. 0 ‘zimni
o‘ldirmoqchi bo‘ldim. Mayli, shu o‘limim bilan uni vijdon
azobiga tashlab ketaman. Bu dog‘ uni o‘la-o‘lguncha
qiynasin, dedim.

Shu niyat bilan uydan chiqdim. Yo‘lda keta turib har xil
xayollarga boraman. Nimani o‘ylasam ham, erimdan qasos
olishga borib taqalar edi. Ana shunda siz paydo boMdingiz.
Bo‘lmasa, bilmadim nima bo‘lardi. Qabrimdan shu paytgacha
ikki marta giyoh ko‘karib chiqarmidi.
U yuzlarini ikki qo‘li bilan to‘sib, o‘ksib yig‘lab yubordi.
Uni yupatishga so‘z topolmasdim.
Xotin ingragan tovushda dedi:
- Kechiring. Sizdan umr bo‘yi minnatdor bo‘lib yashay-
man. Xotiningiz qandoq baxtli ekan, - uning bu gaplari
juda uzoqdan eshitilayotganga o ‘xshardi. Jahl bilan uning
ko‘zlariga qaradim. Endi u ko‘zlarda andisha izlari yo‘q edi.
Allaqanday nur porlab turardi.
- Qaysi baxtli qiz ekan u sizni sevgan. Bu gaplarimga
hayron boMmang. Men eng avval vafodor odamni, nomusli
odamni baxtli deyman. Baxt tushunchasini o‘ylaganimda
dastavval nomus, vafo ko‘rinadi. Mana shu ikki narsa boM-
masa do‘st do‘stning, er xotinning, xotin eming ko‘zini
o ‘yadi. Agar men shoir bo‘lsam, yozuvchi bo‘lsam, vafo
haqida, inson nomusi haqida kitob yozib charchamasdim.
Bu xotinning gaplari meni o‘ylantirib qo‘ydi. Uning bu
gaplari chin haqiqat edi. Insonni jasoratga, xayrli ishlarga
yetaklaydigan shu emasmi?!
U kichkinagina razyezdda tushib ketdi. Ko^nglida tugilib
yotgan armonini to‘kib, bag‘rini ezib yotgan toshni irgMtib
tashlab, qushdck yengil bo‘lib, manzilida tushib qolgan edi.
Kupega qaytib kirdim.
Stolcha ustida yalpiz yotardi. Olib hidladim.
Ana shundan beri qayda yalpiz ko‘rsam, u keksa tollar
soya tashlagan Buvayda yoMlarini ko‘raman. Bu yo‘l-
lar bir порок er jabrini tortgan, shu jabr-alam qasosga yetak-
lagan dilbar, dilbar-u qaysar, bir so‘zli juvonni eslatadi.
U erini tashlab ketdimikin? Tashlab ketgandir. Undan
qasos oldimikin? Tashlab ketishdan ortiq qasos bo‘lmaydi-ku!
Yalpiz hidi menga ana shularni eslatib qo‘ydi.
Farg'ona, 1960-yil

Taklifnoma

Uyga kelsam, birov xat tashlab ketibdi. Shoshib kon-
vertni ochdim. Taklifnoma. Foto qog‘oziga ko‘chirilgan
taklifnomaning ikki chetida menga notanish bir qiz bilan
yigitning surati. Bular kelin bilan kuyov bo‘lsa kerak. Ammo
ular kim? Suratga shuncha tikilaman-u, taniyolmayman.
Konvert ustidagi yozuvga qaradim. Bekmurodov deb yozilgan.
Endi tanidim. Bekmurodov bilan o‘tgan yili dam olish uyida
tanishgan edim. U kamgap, birovga aralashmaydigan kishi edi.
Demak, Bekmurodov qizini kuyovga chiqazayotibdi, bechora!
0 ‘z umrimda ko‘p odamlami ko‘rganman, ko‘plaming
sarguzashtlarini eshitganman. Ammo shu kichkinagina,
qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan kishining boshiga tushgan
savdolami eslaganimda, butun vujudim larzaga tushadi, dod,
deb yuborgim keladi. Odam bolasining o‘tda kuymasligiga,
suvda cho‘kmasligiga qoyil qolaman.
Bekmurodov boshidan o‘tgan voqealami o‘zi aytib bergan
edi. U hech kimga aytmagan simi aytgan edi. Menga ham
aytmas edi-yu, bir sabab bo‘lib aytib qo‘ydi. 0 ‘sha kuni
xotinining qazo qilganiga o‘n besh yil to‘lgan ekan. Men bu
gapdan bexabar edim. Sharsharaga yuvingani kelsam, u suv
to‘zoniga tikilib o‘tiribdi. Mendan papiros so‘radi. Ikkalamiz
sharshara shabadasida jimgina o‘tirib chekishdik. U juda to‘lib
turgan ekan, o‘zi gap boshlab qoldi:
- Bilaman, shuncha kun bir joyda turib, tuzukkina
gaplashmaganimizdan, o‘zimni olib qochishimdan hayron
bo‘lyapsiz. Qandoq qilay, shunaqa odamman. Yolg‘izlikka
o‘rganib qolganman. Kechirasiz, bugun ko‘nglim odam
xohlab qoldi. Gaplashgim kelyapti. Gaplashib, ko‘nglimni
yozgim kelyapti. Vaqtingiz bo‘lsa, birpas gaplashaylik.
Bugun xotinimning vafot etgan kuni...
U gapini davom ettirolmay, yuzini teskari o‘girib oldi.
G ‘z holiga qo‘yib berdim. U papirosni oxirigacha chekib,

oyog‘ining ostiga tashladi-da, shippagining uchi bilan
ezg‘ilab o ‘chirdi.
Men uning holatidan nimadir ichini kuydirayotganini,
birovga aytmasa tanasi kuyib ketadigan darajada ekanini
bilib turardim.
- Menga qarang, Bekmurodov, unaqa qilmang! Nima-
dandir qiynalyapsiz, ayting menga. Yengil tortasiz. Birovga
aytmaslikka so‘z beraman. Ishoning menga.
U ancha vaqtgacha yerga qarab o ‘tirdi. Uning ko‘ziga
qaramaslik uchun sharshara quyilayotgan tepaga qaradim.
U shunchalik balanddan quyilardiki, suv to‘zonlari orasida
ko‘rinmasdi. Xuddi bizning tepamizdagi oppoq cho‘qqi bir
parcha uvada bulutga sanchilib turardi.
- Xotinimni nihoyatda yaxshi ko‘rardim. Bilmadim,
boshqa erkaklar ham xotinini shunchalik yaxshi ko‘rolar-
mikin. Urushdan oldin ikkovimiz o ‘ninchini birga bi-
tirgandik. To‘y qilmoqchi bo‘lib tayyorgarlikni ham ko‘rib
qo‘ygandik. To‘yni o‘zim qoldirganman. Bunga ham
Zarofatni yaxshi ko‘rganim sabab bo‘lgan. Endi o ‘ylab
qarasam, o ‘shanda chakki qilgan ekanman. Kallamga
o ‘shanda nima o‘y kepti deng, urushda o ‘lib-netib ket-
sam, Zarofat beva qoladimi, depman. To‘yni qoldirib,
urushga ketdim. Q ‘q tegmagan joyim qolmadi. Q ‘q oladi-
yu, o iim olmaydi. Tirik qaytib keldim. Rahmat, kutib
o‘tirgan ekan. To‘y qildik. Armiyada tank mingan edim,
kelganimdan keyin shofyorlik qildim. Shofyorlik nozik
ish, o ‘zingiz bilasiz. To‘yimizdan yetti oy o ‘tgandan keyin
ikki yilga kesilib ketdim. Zarofatning tug‘ilgan kuni edi
o ‘shanda. Ertalab mashinada uni uncha-muncha xarajat
uchun bozorga oborib qo‘ygan edim. Yor-birodarlarni ham
kechqurunga xabarlab qo‘ygandim. Nima bo‘ldi-yu, o‘sha
kuni ish ko‘payib, sovxozga yuk ortib ketib, kech qoldim.
Qorong‘i tushib qolganda sovxozdan qaytdim. Mashinani
yeldirib kelyapman. Bir mahal qarasam, ko‘cha o‘rtasida bir mast gandiraklab kelyapti. Shoshib mini chetga burdim.
Terakka kimdir ot boylab qo‘ygan ekan. Qoq belidan
uribman. M ashina o ‘tib, moychining budkasiga tiraldi.
Faner budka parcha-parcha bo‘lib ketdi. Tushib qarasam,
otning qornini yorib yuborgan ekanman. Uyga borolmadim,
militsiya olib ketdi. Yosh kelin yasatilgan dasturxon tepa-
sida chirqillaganicha qolib ketaverdi. Zarofat advokat
soldi. CTshanda oldimga kirgan advokatga, urinmang,
qonun nimani buyursa, shu bo‘laversin, deganman. Xullas,
ikki yilni tishimni tishimga qo‘yib tamomlab, kelyapman.
Nazarimda Zarofat hali ham dasturxon ustida meni kutib
turgandek. Keldim. Xotinim uyda yo‘q. Ko‘chib ketibdi.
Qidirib daragini topdim. Boshqa mahalladan joy olgan ekan.
Eshikni taqillatganimda o‘zi chiqdi. Betimga bir qaradi-yu,
boshini egganicha indamay kirib ketdi. Avvaliga, mendan
qattiq xafa bo‘lgan ekan, deb orqasidan xijolatlik bilan
qaradim. U birdan o ‘kirib yubordi. Hayron bo‘ldim! Bir
mahal qulogNmga g‘alati tovush kirdi. Alanglab qarasam,
tut shoxiga osilgan belanchakda chaqaloq...
Bekmurodov o‘midan turib ketdi. Sharshara to‘zoni
orasiga kirib, ko‘zlari qizarib, qaytib chiqdi. Bilib turibman,
yoshlarini artish uchun atayin shunday qilgan.
— 0 ‘zimni yo‘qotib qo‘yibman, - dedi u ovozi tit-
rab. - Ko‘rpacha ustida to‘lg‘onib yotgan xotinimning sochi-
dan sudrab, hovliga tortib tushibman. Xotin boTsa qo‘limdan
qochib, belanchakdagi bolani oldi-yu, burchakka suqilib,
dag‘-dag‘ titrayverdi. Ko‘zimga dunyo qorong‘i bo‘lib ketdi.
Boshim aylanib, ayvonning labiga o‘tirib qolibman. Kallamni
changallab oTiraveribman, o‘tiraveribman, bir mahal qarasam,
qorongN tushib qolibdi. Zarofatning qoNidagi bola uxlabdiyam,
uyg‘onibdiyam, bilmabman.
Boshimni ko‘tarib, u yoq-bu yoqqa qaradim-u, sekin
o‘mimdan turib, eshikka qarab yura boshladim. Zarofat,
to‘xtang, dedi. To‘xtadim.
Meni o‘ldirib, keyin keting! 0 ‘z qo‘lingiz bilan
oMdiring. BoMmasa hozir ko‘zingizning oldida o‘zimni
pichoqlab tashlayman.
Hushyor tortib ketdim. Bu nimasi, qo‘rqqan oldin musht
ko‘tarishmi?
Qaytib kelib yana o‘tirdim. Zarofat bolani belanchakka
yotqizib, oshxonaga kirib ketdi. Nimanidir jaz-buz qilib
pishirardi. Bola yig‘ladi deguncha yugurib chiqadi-da, yana
oshxonaga kirib ketadi. Bir payt laganda qovurilgan kar-
toshka olib chiqib, oldimga qo‘ydi. TomogNmdan ovqat
o ‘tarmidi.
- Uy sizniki, - dedi Zarofat, - hovlingizni sotib, shu uyni
olganman. Q o‘shnilaringizdan nomus qilib, ko‘chib ketdim.
U boshqa hech narsa demay, bolani ko‘targancha uyga
kirib ketdi. Bu bcnomus xotinga nima deyishimni bilmayman.
Qorong‘i tushdi. Q o‘ni-qo‘shnilaming uyida chiroqlar yondi.
Ichkari uydan bolaning ijirg‘anib yig‘lagan ovozi eshitildi.
Seskanib ketdim. Derazadan Zarofatning boshi ko‘rindi.
- Joy qilib beraymi, yotasizmi?
Indamadim. Saldan keyin deraza tagiga bordim.
- Ayt, yaramas, nima qilib qo‘yding? To‘g ‘risini ayt-
sang, churq etmayman.
Bola uxlab qolgan shekilli, Zarofat oyoq uchida yurib,
ayvonga chiqdi. Ustunga suyangancha bo‘lgan voqeani yig‘-
lab-yig‘lab gapira boshladi. Qorong‘i bo‘lganidan uning
basharasi qay ahvoldaligini bilmayman. U gapirishdan ko‘ra
ko‘proq yig‘lardi.
- Sizni deb ne kunlarni ko‘rmadim. Tezroq chiqari-
sharmikin, deb bormagan joyim qolmadi. 0 ‘zingiz afv
so‘rashdan bosh tortibsiz, eplolmadim. A dvokat soldim.
Bo‘lmadi. В iron yili o ‘tsin, keyin harakat qiling, deb
maslahat berishdi. Yil o ‘tib, bir advokatni yolladim . Bor-
yo‘g ‘imni qo‘liga to‘kib soldim. U yoq-bu yoqqa boshlab
olib bordi. A llakim lar bo‘shatishga v a’da berishayotganini aytdi. Oxiri bir kuni uyga kelib, prokuror chaqiryapti, deb
qoldi. Shoshib tayin qilgan joyiga bordim. Prokuror uyiga
ketib qolgan ekan. Uyiga yo‘l oldik. Bemahal bo‘lib
qolgandi, pastqam ko‘chalardan bir uyga bordik. U meni
aldagan ekan. Boshqa uyga olib borgan ekan. Q o‘rqib
ketdim. Devdek odam ga qandoq kuchim yetadi. Huvillab
yotgan kim sasiz katta hovlida ovozimni kim eshitadi...
Shundan keyin mahallada turishga nomus qildim. Oy-
kunim yaqinlashib qoldi. Ko‘chaga chiqmay qo‘ydim. Oxiri
hovlini sotib, shu yoqqa ko‘chib keldim.
Zarofat jim bo‘lib qoldi. Dod, deb yuborayozdim,
qoilarim beixtiyor mushtga aylandi. 0 ‘zim dag‘-dag‘
titray man. Qani insof, qani odamgarchilik, qani diyonat, deb
hovlini boshimga ko‘tarib, baqirgim keladi.
Shu payt birdan qizib turgan tanamga kimdir muz
parchasini bosgandek sovib qoldim. Bilmadim, bu o‘tni uyda
o‘qtin-o‘qtin ingalayotgan chaqaloqning m a’sum tovushi
o‘chirdimi, bilmayman, bilmayman.
Zarofatni bag‘rimga bosib ovutgim keldi. Ammo yigitlik
g‘ururi zo‘r kelib, shashtimni qaytardi.
Bekmurodov titrab-qaqshab papiros so‘radi. U gugurt
chaqayotganida qo‘llari tinimsiz titrardi. U bir oz xomush
o ‘tirgandan keyin xo‘rsinib, gapini davom ettirdi.
- Ketmadim, uyda qoldim. Yigitlikning bema’ni g‘u-
ruriga uchib, ketib qolsam nima bo‘lardi? Eslasam, qo‘r-
qib ketaman. Zarofatda nima gunoh? Birga yashab ketdik.
To umrining oxirigacha Zarofatning chehrasida kulgi ko‘r-
madim. Hamisha xijolatlikda yashadi. Rangi siniqib, ozib,
cho‘p bo‘lib ketdi. Yalindim, yolvordim, bo‘lib o‘tgan ishlar-
ni bir umr unutib yuborganimni aytdim, bo‘lmadi. 0 ‘zini
siqaverdi. Doktorga qaratsam, sil bo‘lib qolgan ekan. Uch
marta kurortga olib bordim, boMmadi. Umri qisqa ekan,
qazo qildi. OTyapti hamki, ko‘zlarimga javdirab qaraydi.
Bilib turibman, afv etishimni so‘rayapti.
Bekmurodov ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Uning ajin bosgan
oriq yuzlaridan qaynoq ko‘z yoshlari dumalardi.
- Uch yarim yoshga kirib qolgan qizchani qo‘limga
oldim-u, Zarofatning ko‘zi oldida bag‘rimga bosib o‘pdim.
Shunday qilishimni kutib, ilhaq bo‘lib yotgan ekan,
so‘nayotgan ko‘zlarida yilt etib bir nima ko‘ringandek bo‘l-
di-yu, yumildi.
U tizzasiga tushgan sap-sariq bargni olib, suvga tashladi.
Barg girdobda aylanib-aylanib, o‘pqonga sho‘ng‘ib ketdi.
- 0 ‘n besh yil bo‘ldi Zarofatni tuproqqa berganimga.
Oftob qoyadan hatlab o‘tib, sharsharada kamalak pay do
qildi. 0 ‘mimizdan turdik. Cho‘qqiga chiqqunimizgacha na
undan, na mendan sado chiqdi.
- Ertaga ketaman, - dedi u toliqqan tizzalarini ish-
qab, - kechirasiz-da, qayoqdagi gaplami aytib, dilingizni xira
qilib qo‘ydim.
- 0 ‘sha advokatni uchratmadingizmi? - bu gap beixtiyor
og‘zimdan chiqib ketdi.
Odam bolasining miyasiga bir gap keldimi, so‘rab bil-
maguncha ko‘ngli o‘miga tushmaydi. Bilmadim, shu gapni
so‘rab to‘g‘ri qildimmi yo uning qalbini kemirib yotgan
ilonni uyg‘otib yubordimmi, bilmayman.
So‘rog‘imga Bekmurodov darrov javob bermadi. Achchiq
narsa yegandek, basharasi bujmayib ketdi. Nazarimda, javob
berishga qiynalayotgandek...
- Yo‘q, - dedi u zarda aralash.
M a’lum bo‘ldiki, u qotilni qidirmagan, sevgan kishisidan
judo qilgan, umriga og‘u tashlagan yaramasni jazolashdan
bosh tortgan.
Bilaman, u nechun qotilni qidirmagan. Kim biladi, balki
bola otasiga o‘xshar? Agar uni Bekmurodov ko‘rsa, tani-
sa, Zarofatdan yodgor qolgan bola unga omonat bo‘lib qol-
maydimi? U holda Bekmurodov bolaga ma’naviy otalik
hissidan mahrum bo‘lib qoladi. Shuning uchun qidirmagan.
Ertasiga Bekmurodov jo ‘nab ketdi. U ketdi-yu, yura-
gimga mehrmi, achinishmi, bilib boMmaydigan g ‘alati his
tashlab ketdi.
Atrofga qor purkagan qish bo‘ronlari tinganda, tar-
novlar bo‘yniga osilgan qahrabo sumalaklar chak-chak
tomib, qishning so‘nggi damlarini sanab tamom qilganda,
shamollami yirtib, bulutlami tilka-pora qilgan olis cho‘q-
qilarga tikilaman. Qoyalardagi ayoz kunlaridan yodgor
qolgan sadaf siniqlariga boqaman-u, beixtiyor Bekmurodovni
eslab ketaman.
Nahotki shuncha mehr-u muhabbatni sig‘dirolgan
ko‘krakda qahr-u g‘azab uchun joy qolmagan bo‘Isa?! Axir
uning umriga og‘u tashlagan yaramas o‘z qilmishlarini
eslarmikin? Qayerdadir farzandi borligini bilarmikin? Yo‘q,
bilmas? U balki yangi qurbonlar izlayotgandir? Ana shunisi
alam qiladi! Bekmurodovga o‘xshash qalbida yaxshilikdan
o‘zga niyati bo‘lmagan kishilar esa shunday qotillaming
umrini uzaytiryapti. Ana shulami o‘ylaganimda ovozimning
boricha:
- Hoy odamlar, yaxshilik ham evi bilan, yomonga
yomon bo‘lishni ham unutmanglar! - deb qichqirgim
keladi.
Bugun qizining to‘yiga taklifnoma tashlab ketgan kishi
o‘sha Bekmurodovmikin? Agar o‘sha bo‘lsa, qandoq yaxshi
bo‘lardi-ya!
To‘yga albatta boraman.

Andijon, Kuyganyor

Tog' afsonasi

M ash in a xo‘p yaxshi narsa-yu, uning ham o‘ziga yarasha
nag‘malari bor-da! Mashina olgan odamlaming xotinlari
hazil aralash, bu mashina emas, kundoshim, deyishar
ekan. Sababi, er ishdan keliboq ovqatga ham qaramay,
mashinasining tagiga kirib ketganicha, yarim kechada moyga
qorishib chiqar, azonlab yana mashinaga unnab ketarkan.
Vahobjon rayvodxozda texnik. Uning ham o‘ziga yara-
sha ko‘rimsizgina «Moskvich»i bor. 0 ‘zi haydaydi. Eski
mashina mingan odam yaxshi shofyor hisoblanadi. Hadeb
buzilavergandan keyin u yog‘ini kovlaydi, bu yog‘ini
kovlaydi, xullas, ichida nimasi bo‘lsa, barini bilib oladi.
Yaxshiyamki, Vahobjon hali uylanmagan. Uylanganida,
albatta, xotini chidamasdi, yo meni deysan, yo mashinani
deysan, deb turib olardi. Rost-da, u bo‘sh qoldi deguncha
mashinani kovlaydi. Uni gurillataverib, qo‘ni-qo‘shnilaming
joniga tegdi. Q o‘shnilar, shu Vahobjon uylana qolsaydi,
o‘zidan tinchib ketarmidi, deyishadi. Ammo Vahobjonning
hali-beri uylanadigan niyati yo‘qqa o‘xshaydi. 0 ‘zi mun-
doq birortasini topmaydi, qarindosh-urug‘lar topganini yoq-
tirmaydi. Kampir oyisi nolib qolsa, hazilga oladi-da, yana
mashina tagiga kirib ketadi. Oxiri jonidan bezor bo‘lgan
qo‘shnilar kampirga chiqib yalinishadi:
- 0 ‘g‘lingiz mashinani kechasi garajga oborib qo‘ysin.
Uxlatmayotibdi.
Rayvodxozning garaji yo‘q, qayoqda qoldiradi. Undan
tashqari, o‘zingizga m a’lum, Vahobjonga kechalari ham u
yoqni suv urib ketdi, bu yoqqa suv kerak, deb raislar telefon qilib turishadi. Shofyor olaylik deyishsa, qaysi shofyor
bunaqa shaloq mashinaga - bunaqa bezovta ishga ko‘nadi.
Bitta-yarimta yanglishib kelib qolgan shofyorlar ham ikki
kunga chidamay, tashlab qochishadi. Xullas, bu ishga Vahob-
jonning o‘zidan boshqasi to‘g‘ri kelmaydi.
Mana shu Vahobjon bahor toshqinida suv olib ketib,
haligacha tuzatilmagan kanal to‘g‘onini tuzattirishga bir
haftadan beri ovora edi. Shu paytgacha raislar shox bostirib,
bu yog‘iga shag‘al to‘ktirib eplab kelishayotgan edi. Shu
alpozda paxta sug‘orib bo‘ladimi, kim qancha suv olayotga-
nini bilib bo‘lmasa! Raislar bay-baylab vodxoz masalasini
byuroga qo‘yib qolishdi-ku. Ana vodxoz boshlig‘ining tipir-
chilab qolishini ko‘ring. Ikki kunda sement ham topildi,
buldozer ham, beton plitalar ham topildi. Kechasi-yu kunduzi
ish. Kolxozlar odam ham topib berishdi. Dorotdel yo‘lga
«o‘tilmasin!» degan belgi qo‘yib, mashina va avtobuslami
vaqtincha boshqa yo‘ldan qatnaydigan qilib qo‘ydi.
Soch-soqoli o‘sib ketgan Vahobjon, projektor yonida
turgan montyor bolaga baqiradi, shag‘al to‘kayotgan samos-
valga chiroqni to‘g‘rila, kabelni tort, suv tegmasin, deb
qichqiradi. Orqasiga tisarilib, shag‘alli mashinaga yo‘l
ko‘rsatadi. Ish qizigandan qizib ketgan. Yoz kechalari
shunaqa ishlashlik boMadi. Ayniqsa, bu tomonlaming
oqshomiga hech narsa teng kelolmaydi. Daryo shovullaydi,
tog‘ orqasidan osmonga sut purkagandek bo‘lib, avval oy
shu’lasi ko‘rinadi, keyin o‘zi salmoqlab osmonga ko‘tariladi-
da, tog‘ cho‘qqisiga ayri minib, turib qoladi. Biram chiroyli,
biram yoqimli shamol esadi. Saraton dazmoldek qizdirgan
toshlami shu shabada puflab sovitadi. CTt-oManlarni silki-
tadi. Jo‘jasi hali uchirma bo‘lmagan ona o‘rdaklarning alla-
ga o‘xshash g‘alati g‘aqillashini uzoqlardan olib keladi.
Kanalning beto‘siq-beto‘lqin suvi oydinda xuddi poyoni yo‘q
yaxlit oynadek yaltiraydi. Quloq boshida suv ochayotgan
miroblaming tovushi eshitilib qoladi. Ayniqsa, bittasi ezib-
ezib ashula aytadi. Kechasi olisdan kelgan qo‘shiq g‘alati bo‘larkan. Odamning tomir-tomiriga kirib ketaman deydi.
Betonchi bola ham qo‘shiqqa ishqivoz ekan, ovozi biram
do‘rillagan. Q o‘shiq so‘zlarini poyma-poy qilib xonish qilib
qoladi. Quruvchilar atayin uni mayna qilib «yana bo‘lsin»,
«do‘st» deb qo‘yishadi. Yigit ham ulaming «iltimosi»ni
yerda qoldirmay, ashulaga ashulani ulab ketadi:
Toshga yomg 'ir kor qilurmi,
Muttasil yoqqan bilan...
- Do‘st, bu Navoiydanmi?
- Yo‘g‘-e, Mashrabnikidir.
Qiyqiriq, kulgi.
Shu zaylda kulgi bilan, qo‘shiq bilan ish davom ctadi.
Vahobjon u yoqdan-bu yoqqa zir yugurib, ishni jadallatadi.
Kattakon bak oldida choy damlangan tunuka choynakni
cho‘g‘ga qo‘yib o‘tirgan cholning yoniga tushib ketayotgan
edi, uzoqdan mashina chirog‘ini ko‘rib to‘xtadi. Mashina
«o‘tilmasin!» belgisi qo‘yilgan muyulishdan o‘tib, to‘ppa
to‘g‘ri kelaverdi. Vahobjon ijrokomdan birov kelayotgan bo‘lsa
kerak, deb o‘yladi. Tikilib qarasa, tangadek zangori chirog‘i
bor. Nechuk taksi mashinasi bu tomonlarga o‘tdi ekan, deb
yo‘lga chiqdi-da, qo‘lini ko‘tarib, uni to‘xtatdi.
- Mumkin emas, belgini ko‘rmadingizmi, qayting!
Shofyor kabinadan bosh chiqarib, qoNini ko‘ksiga qo‘yib,
uzr aytgan bo‘ldi.
- Ko‘ktoshga ketayotgan boMsanglar, Xonimobod
tomondan aylanib oTasizlar.
Xonimoboddan aylanib o‘tish uchun ortiqcha o‘n to‘qqiz
kilometr yo‘l yurish kerak. Har qanday odamga ham taksida
borish jabr boMadi!
Shofyor kabinadan tushdi. Ikki qo‘lini beliga qo‘yib, u
yoq-bu yoqqa qaradi-da, o‘tib ketishning sira iloji yo‘qligini
bilgandan keyin, noiloj orqa eshikni ochib, ichkariga qarab
yelkasini qisdi.
Iloji yo‘q, opajon. Buyog‘i ko‘p qolmadi. Piyoda
yigirma minutda yetasiz. Xonimoboddan borsangiz qimmat-
ga tushadi. Mayli desangiz, yana o‘zingiz bilasiz. Menga
bari bir.
Mashinadan chamadon ko‘targan bir ayol tushdi.
Vahobjon qorong‘ida uning yuzini aniq ko‘rolmadi. Ayol
shofyor bilan ancha vaqtgacha nimanidir gaplashib turib
qoldi. Keyin mashina orqasiga qaytdi. Ayol bitta-bitta bosib,
Vahobjonning oldiga keldi. Ko‘ktoshga qaysi tomondan
borishni so‘radi. Tavba, ovozi tanish. Qayerda eshitgan bu
tovushni? Shu payt shag‘al to‘kib bo‘lgan samosval keskin
burilgan edi, uning o‘tkir chirog‘ida ayolning yuzi bir dam
yorishib ketdi.
Sochlari boshiga chambarak qilingan, lablariga bilinar-
bilinmas qizil surtilgan, yigirma-yigirma ikki yoshlardagi
kelishgan qiz. Vahobjon uni tanidi. Bu qizni u bir marta,
atigi bir marta ko‘rgan. U bilan yonma-yon o‘tirib choy
ichgan. Shu qizning o ‘zi unga choy quyib bergan. Ammo
Vahobjon, to‘g ‘risini aytganda, u quyib bergan choyni
qiynalib ichgan, negaki, bu qizning bir qo‘lida odamning
kalla suyagi bor edi. Vahobjon o‘tgan yilning avgustida
institutning sirtqi boiim iga imtihon topshirgani Toshkentga
tushgan edi. Konsultatsiya o‘tkazadigan o ‘qituvchining tobi
qochib qolib, institutga kelolmay qolibdi. Dekan Vahobjonga
o‘qituvchining uyiga borishni maslahat bergan edi. Bordi.
U Chilonzordagi katta ko‘cha betidagi uyning ikkinchi
qavatida yasharkan. Kirib gaplashdi. Bilmaganlarini so‘rab
oldi. 0 ‘qituvchi Vahobjonga imtihonga kirsangiz bo‘ladi,
deb maslahat bcrdi. U xursand bo‘lib chiqsa, mashinasining
bir g‘ildiragi shalpayib yotibdi, kameraning zolotnigini
birov burab olib qo‘yibdi. Asfalt yo‘lakda «bosdimmi»
o ‘ynayotgan qizchalar unga qarab turishardi. Ulaming biri
yaqin kelib shivirladi.
- Akbar minnarsangizni burab olib qo‘ydi.
Qanaqa Akbar?
- Hu anavi uyda turadi. Hozir qochib chiqib ketdi. Inobat
opamlaming ukalari.
Vahobjonning juda jahli chiqib ketdi. Bu qanday gap!
Zapas g ‘ildirak bo‘lganda ham boshqa gap edi.
Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini
bosdi. Javob boMmadi. Yana qo‘ng‘iroq tugmasini bosgan edi,
ayol kishining: «Hay Akbar, eshikni och, birov keldi» degan
tovushi eshitildi. Hadeganda eshik ochilavermadi. Anchadan
keyin shippak tovushi yaqinlashdi-da, eshik qarsillab ochildi.
Vahobjonning qarshisida odamning kalla suyagini ushlagan
ko‘hlik bir qiz turardi. Vahobjonning yuragi orqasiga tortib
ketdi. Qiz qoshlarini kerib, kimda ishingiz bor edi, degandek
hayron bo‘lib turibdi.
- Akbarda ishim bor edi. Chaqirib bersangiz.
Qiz ermak qilayotgandek orqasiga qarab qichqirdi:
- Hoy, Akbar, o‘rtog‘ing keldi lar, bu yoqqa chiq!
Ichkaridan trusichan, olti yoshlardagi bir bola bumini tortib
chiqdi. U Vahobjonni ko‘rishi bilan to‘xtadi. Keyin Vahob-
jonning o‘rtog‘i birdan orqasiga tiraqaylab qochib qoldi. Qiz
nima gapligiga tushuna olmay hayron. Vahobjon bo‘lgan gapni
aytib berdi. Qiz xijolat bo‘lib, undan uzr so‘radi-da, hozir o‘sha
buyumni olib beraman, deb orqasiga burildi. Keyin to‘xtab,
qo‘lidagi kalla suyagini Vahobjonning qoiiga tutqazdi.
- Hozir, hozir olib beraman.
Akbar vannaxonani ichidan berkitib olgan ekan. Qiz
yalindi.
Oxiri Akbar eshikni ochdi. Vahobjon qarasa, u vannaga
suv to‘ldirib, ming yamoq bo‘lib ketgan avtokameraga nasos
bilan yel berayotgan ekan.
- Bu o‘lgur cho‘milishga kerak-da. Suzishga o‘rganayot-
ganmish. Qani, ber, kim o‘rgatdi senga birovning narsasini
olishni?!
- Magazinda yo‘q-da, bo‘lmasa olarmidim, - dedi Akbar
burnini tortib.
Shunday dedi-yu, vannadagi ilma-teshik kamera og‘zidan
zolotnikni chiqazib berdi. Vahobjon qizga rahmat aytib,
tashqariga chiqdi. Ust kiyimini yechib, mashinaga domkrat
qo‘yib, g‘ildirakni ko‘tardi, uni chiqarib olib, boshqatdan
yel bera boshladi. To u ishini bitkazguncha qora terga
tushib ketdi. Ancha kech ham boTib qolgan edi. Uning
qiynalayotganini balkondan ko‘rib turgan qiz:
- Kirib yuvinib oling, - dedi.
Vahobjon bir so‘z demay qaytib kirdi. Qiz yelkasida
sochiq, qoTida sovun bilan uni kutib turardi.
U yuziga sovun surtayotganida ham, oppoq, kraxmallan-
gan sochiqqa artinayotganida ham bir o‘y kallasidan
ketmasdi: «Qanday chiroyli qiz-a, ammo qo‘lidagi odamning
kalla suyagi nimasi».
- Choy damlab qo‘ydim, ichib ola qoling, qomingiz ham
ochgandir.
Vahobjon uzr aytsa ham qiz qo‘ymadi. Choy quyib uzat-
di. Bola bechora ichishni ham, ichmaslikni ham bilmay
hayron edi. Ichdi-yu yana boyagi kallani esladi. Oxiri, u
qizga rahmat aytib ketar ekan, Akbarga zolotnik keltirib
berishga va’da qildi.
Ana shu voqeadan keyin Vahobjon qizni uchratmadi.
Uyiga, Akbarga va’da qilgan narsani olib borganda qiz yo‘q
ekan. Mana, oradan bir yil o‘tdi. U o‘sha qizni eslaganida
nihoyatda ko‘hlik bir qizning yuzi, ko‘zi, kelishgan gavdasi
ko‘z oldiga kelardi-da, zum o‘tmay, bu go‘zallik o‘rnini
tirjaygan kalla suyagi egallab olardi. Shuning uchun ham
Vahobjon uni eslamaslikka tirishardi.
Mana bugun daryo shovullagan, shag‘allar qaldiragan
tog‘ oqshomida ikkovi yana baqamti kelib turishibdi. Qiz
uni tanimagan boTsa kerak. Negaki Vahobjonning soch-
soqoli o‘sib ketgan, kiyimlari chang, tuproq edi.
Ulaming har ikkovi bir-birlariga qarab, ancha turib
qolishgandan keyin Vahobjon gap boshladi:
Ko‘ktoshga kelyapman deng. U yerda qarindosh-
laringiz bormi?
- Yo‘q, - dedi qiz. - Ishga shu yoqqa tayin qilishdi.
Rayzdrav ixtiyoriga...
Qizning ovozi biram yoqimli, biram jarangli. Vahobjon
seskanib ketdi. Demak, bu qiz rayonga doktor bo‘lib kelyapti.
U doktorlikni bitirgan. Odamning kalla suyagini bekorga
ko‘tarib yurmagan ekan u...
- Meni taniyapsizmi? - dedi Vahobjon.
- Yo‘g‘-e, - dedi qiz yelkasini qisib.
- Uyingizga borgandim. Akbaming orqasidan vannaga
kirganim...
Vahobjonning gapi og‘zida qoldi.
- A-a-a, o‘sha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman.
Uyimizga yana bir kelgan ekansiz. Yo‘qligimni qarang-a.
Buldozerchi Vahobjonni chaqirib qoldi. U qizga: «Hozir
kelaman» deb chopganicha ketdi.
Allamahal bo‘lib qolgan edi. Vahobjon prorabga top-
shiriqlami berib, qizning oldiga qaytdi.
- Qani, mehmon, ketdik. Ko‘ktoshga o‘zim oborib qo‘-
yaman.
Qiz qarshilik qilmay, «Moskvich» eshigini ochdi. Yo‘lga
tushishdi. Oy xuddi mashina bilan yonma-yon ketayotganga
o‘xshaydi. Soyadek bo‘lib ko‘rinayotgan tog‘ tizmalari biram
ajoyib, biram ajoyib.
Vahobjon ml boshqarib borarkan, o‘y o ‘ylardi:
«Qani endi shu qizga uylansam, menga tegarmikan?
Tegmas, balki sevgani bordir...»
Mashina motori bir-ikki yo‘talib o‘chdi. Vahobjon shoshib
tushib, kapotni ochdi. Ventilatsiya tasmasi uzilib ketibdi.
Zapasi yo‘q. Endi nima bo‘ladi? Shu yerda tunab qolishdan
boshqa iloj yo‘q! Ulaming ikkovi ham hafsalalari pir bo‘lib,
toshga o‘tirishdi.
Qiziq bo‘ldi-ku! - dedi Vahobjon xijolat chekib. Qiz
indamadi. U azamat tog1 tizmalariga, qoya uchiga jig ‘a
bo‘lib qo‘nib turgan baldoqdek oyga jimgina qarab o‘tirardi.
Bilasizmi, men hech toqqa chiqmaganman. Buni qarang,
kechasi, ayniqsa, oydinda juda g‘alati bo‘larkan. Biram
yaxshiki.
Qizning tovushidan sovqotganligi shundoqqina bilinib
turardi. Vahobjon mashinani ochib, old suyanchig‘ini
tushirib, ketidagisiga yondashtirib qo‘ydi.
- Siz kirib bir oz mizg‘ib oling.
Qiz avvaliga ko‘nmay turdi. Keyin sovuqdan titrab,
ichkariga kirib ketdi. Vahobjon radioni sekinlab burab qo‘ydi.
Tog1 o'ngirida yoqimli kuy oqar, kichkinagina, ko'rimsiz
mashina ichida esa husnda yagona bir qiz uxlardi.
Vahobjon uning atrofida papiros chekib aylanib yurdi.
Bu holat gerdaygan tog1 etagida tug‘ilayotgan yangi dos-
ton, yangi afsonaga o‘xshardi.
Kim biladi, balki Vahobjon afsonavor bu oqshomda o‘z
baxtini, muhabbatini qo'riqlayotgandir.
Zora shunday boisa!

1969-yil

Menga yetib kelmagan xat.

E llik to‘rtinchi yili Saidaxondan bir xat oldim. Unda
avval ham xat yuborganini aytgan edi.
«Bilmadim, bu yuborayotganim xatmi, hikoyami yo
boshimdan o ‘tgan savdolarmi? 0 ‘qigan bo‘lsangiz, o‘zingiz
biron nima deb nomlarsiz...»
Saidaxon aytgan o ‘sha xat menga yetib kelmagandi.
«Boshimdan o‘tgan savdolar» deganidan xat yetib kelmagani
ayon bo‘ldi.
Qaytib keldim. Saidaxon bilan diydor ko‘rishdik. Bir
kuni u o‘sha xatdan gap boshladi. Olmaganimni aytdim.
- Xatda ancha gap bor edi. Nimalar yozganimni hozir
aytib berolmayman. Uyma-uy ko‘chib yurganimdan xatning
qoralamasi ham yo‘qolib ketgan. Afsus, yuragimdagi butun
dard-hasratlarimni qog‘ozga to‘kib, ko‘nglimni bo‘shatib
olgan edim...
Yaqinda ish kabinetimni ta’mir qilish uchun kitoblami,
asarlarimiz bosilgan gazeta-j umal 1 am i, qo‘lyozmalami
ayvonga olib chiqdik. Shunda Saidaxon ko‘pdan topolmay
yurgan, yo‘qolib ketgan deb gumon qilingan xatning qora-
lama nusxasi chiqib qoldi. Bundan qirq to‘rt yil muqaddam
yozilgan bu xat ancha xiralashib, qora qalam bilan yozilgani
uchun ko‘p joylari o‘chib ketgan edi. Muk tushib o ‘qiy
boshladim.
«...Men uchun hamma yo‘llar bekilgan. Radio, gazeta-
jumallar, nashriyotlarga yo‘l yo‘q. Yozganlarimni redak-
siyalar olmaydi. Radioda bittagina «Kokiling» degan qo‘shig‘imni ba’zan eshittirib turishardi. U ham to‘xtadi.
Shu qo‘shiqning kuyiga Uyg‘un boshqa she’r yozib beribdi.
Ro‘zg‘oming ham tagi ko‘rinib qolgan. Qaynona-kelin bir-
birimizga qarab, mung‘ayib o‘tiramiz. Biror joyga ish so‘rab
boray desam, Uyg‘un hamma tashkilotlarga, ishga olmanglar,
deb xat yuborib qo‘ygan. Nima qilishimni bilmayman.
0 ‘ylab-o‘ylab 15 yoshga toMganimda dadam sovg‘a qilgan
tilla soatimni sotib, bir eski yozuv mashinkasini oldim.
Nashriyotdagi mashinistkalarga ko‘chirtirish uchun
tez-tez qo‘lyozmalar olib kelishadi. Lekin o‘zlarining
ishlari ko‘p bo‘lganidan gohida qaytarib berishardi. Endi
kelgan qoMyozmalami menga yuborishyapti. Sal ishlarim
yurishgandek bo‘ldi. Oz bo‘lsa ham qo‘lim pul ko‘rdi. Bir
qismiga ro‘zg‘or qilib, yana bir qismiga u-bu olib, sizga
posilka yuboraman.
Oyim sahar payti bomdod namozini o ‘qishga turadi.
Meni uyg‘otib yubormaslik uchun joynam oz ustida past
tovushda Q ur’on tilovat qiladi. Tilovatdan so‘ng meni
uzoq duo qiladi. Yostiqdan bosh ko‘tarib, quloq solaman.
«Е Xudoyim, shu musofirginani o ‘zing qo‘lla! Shu
farishtaginaga tikilganlaming yuzini teskari qil! Bola
bechora kelin bo‘lib nima halovat ko‘rdi... Kelin bo‘lib
yayrab-yashnamadi. Borsa kelmasda bandi zindon bo‘lib
yurgan bolamning mushkulini oson qil! Qahri qattiq
Istalinning ko‘ngliga insof solgin! Kelin bo‘lib ro‘shnolik
ko‘rmagan, o ‘ynab-kuladigan, yayrab-yashnaydigan payti-
da azoblarda o‘rtangan shu begunoh kelinginamning
yo‘llaridan g ‘ovlami olib tashla! R o‘shnolik ko‘rsin shu
bolaginam...»
Oyimning mayin, xasta ovoz bilan qilayotgan iltijo-
laridan o‘pkam to‘lib, ko‘zlarimga yosh qalqiydi. Oyimni
bag‘rimga bosib, baqirib yig‘lagim keladi. 0 ‘zimni bosaman.
Ko‘rpani boshimga tortib, ezilib-ezilib yig‘layman. Ko‘zim
to‘la yosh bilan uxlab qolaman. Uyg‘onganimda derazadan
tushgan oftob stol ustidagi billur ko‘zada chaqmoqdek yal-yal-yal yonadi. Uning aksi devorda nurli shkllar paydo qiladi.
Oyim kirib peshonamni silaydi.
- Turing, bolam, choy damladim. Tamaddi qilib
oling, - deydi.
Andijondagi hovlimiz esimga keladi. Buvim xuddi
shunaqa mahal ariq bo‘yida piyola yuvadi. BannogNdagi
uzugi piyolaga tekkanda chiq-chiq etib ovoz chiqazardi.
Keyin cho‘y damlab, sochiqqa o‘rab qo‘yadi. Boshimga
kelib: «Tur, tura qol, Saida», deb boshimni silaydi. Shu
tobda buvim ham choy damlab, singillarimni uyg‘otyapti.
Qandoq beozor, bearmon kunlar edi Andijondagi kunlarim!
Meni Toshkentga nima bog‘lab turibdi? Shu mehribon, shu
pokiza kampir bilan taqdirimiz birlashib ketganidanmi?
Unga behad mehr qo‘yganimdanmi? Ayriliq dog‘ida o‘rtan-
gan shu musichadek beozor xotinni tashlab ketish menga
xuddi xiyonatdek boiib tuyulishidanmi? Shu munglig‘, kich-
kinagina jussasida tog‘dek yukni ingramay, faryod urmay
ko‘tarib yurgan jannati xotinni tashlab ketish mumkinmi? Biz
oyim bilan ikkimiz bitta vujud bo‘lib ketganmiz, axir! Otilgan
toshlar ikkovimizga barobar tegadi. Ovsinim ham, egachilarim
ham oyimni mendan qizg‘anishadi. Bizni Fotima-Zuhralar deb
piching qilishadi.
Charchab, diqqat bo‘lib qolgan paytlarimda oyim: «Yuring,
ovsiningiznikiga boramiz», deb qoladi. Mehmon qiladilar.
Oshga unnaydilar. Shunda ovsinimning biron gapi oyimga
tegib ketadi. Anjancha gapimni, «г» ni aytolmasligimnimi
ermak qilsa, oyim darrov o ‘midan turib, tugunini qo‘lga
oladi. «Turing, Saidaxon, ketdik!» deydi. Meni hech kimga
cho‘qittirib, ermak qildirib qo‘ymaydi. Eng shirin taomni
oldiga qo‘yganda ham, «Yuring, Saidaxon, ketdik», derdi-da,
yo‘lga tushib ketaverardi.
- Oyi, bekor qildingiz, ovsinim xafa bo‘lib qol-
di, - deyman yo‘l-yo‘lakay.
- Xafa bo‘lsa bo‘lar! Tiliga ehtiyot bo‘lsin-da! Bilib
qo‘ying, sizni ularga talatib qo‘ymayman. Siz Andijondek

shahami, onangizni, bir etak ukalaringizni tashlab, yonimda
g‘amguzorlik qilyapsiz. Har sahar sizga Xudodan umr
tilayman. Bu kunlar ham unut bo‘lar, bolam ham kelib
qolar. Shunda ikkovimiz bir-birimizning pinjimizga suqilib
yashaganimizni ertakdek eslab yuramiz.
Biz uyga yetib kelganimizda ovsinimning o‘g‘li
velosipedga suyanib, kutib turgan boMadi. Ovsinim oshni
suzib, bir tog‘orachada berib yuboradi.
- Katta oyi, birpasdan keyin adam bilan oyim ke-
lishadi, - deb jiyaningiz velosipediga minib, jo ‘nab ketadi.
Oyim ginalami unutib, uy yig‘ishtirishga kirishadi.
- Siz samovarga o‘t tashlang! Piyolalami kul bilan
yuving. Bilasiz-ku, Zuhurxon dog‘ bo‘lgan piyolada choy
ichmaydi, - deydi lar.
Zuhurxon akani juda yaxshi ko‘raman. To‘g ‘riso‘z, halol,
birovni yalab-yulqashni bilmaydi. Bor gapni tikka betiga
aytadi.
Bilib turibman, Zuhurxon akam bizning arazlab ket-
ganimizdan ranjigan. Er-xotin jindek cho‘qishib olishgan. Bu
noxushlikni tarqatish uchun er-xotin kelishyapti.
Taxminim to‘g‘ri chiqdi. Shayxontohur bozorchasidan
mayda-chuyda xarid qilib kelishibdi. Hech narsa bo‘lma-
gandek oyim ulami xandon-xushon kutib oldi. Alla-
pallagacha gaplashib, o‘tirib ketishdi.
Kech kirib, o‘z xonamga kirdim. Sizning to‘ningizni
kiyib, mashinka bosishga o‘tirdim. Aziza opa degan yaxshi
bir mashinistka bor edi. 0 ‘ziga olgan qo‘lyozmalarining
teng yarmini menga berardi. Haq berilsa, barobar bo‘lishib
olardik. Yaqinda u Muxtor Avezovning «Abay» romanini
ko‘chirishga olgandi. Roman juda katta hajmda bo‘lib, Aziza
opa: «Hammasini o‘zingiz bosing, qoMimda ish ko‘p», degan
edi. Men ichkari uyda chiqillatib mashinka bosaman. Bir
tomoniga ip bog‘langan ko‘zoynagini taqib, oyim Huvaydo
g‘azallarini ovoz chiqarib o ‘qiydi. B a’zan ishimni to‘xtatib,
quloq solaman. Oyim shikasta ovoz bilan g‘azallami juda

ravon, mayin o‘qiydi. Gohida oldiga chiqib, pinjiga suqilib
eshitaman. Oyim Huvaydoni negadir ayol kishi deb o‘ylaydi.
- Bolam, bilasizmi, Huvaydo bu g‘azallami Xudoning
jamoliga oshiq bo‘lib bitgan, - derdi oyim.
0 ‘zingiz bilasiz, uyda oyimning to‘rtta kitobi bor. Biri
Kalomi Alloh. Esingizdami, uyimizni tintuv qilgan tergovchi
Q ur’onni olib ketayotganda oyim yig‘lab-yig‘lab uning
qo‘lidan tortib olgandi. Fuzuliy, Mashrab, Huvaydo g ‘azallari
oyimning ovunchog‘i.
Bir kuni ishlagim kelmay, dangasaligim tutdi. Oyimdan
g‘azal eshitgim keldi. U Fuzuliy g‘azallarini o ‘qidi. Bir
joyda to‘xtab, baytni ikki-uch marta qaytardi. M ag‘zini
chaqqandan keyin menga tushuntira boshladi.
- Fuzuliy chiroyli ayollarga bag‘ishlab ko‘p oshiqona
g‘azallar bitkan. Manovi baytni eshiting:
«Mahshar kuni ко ‘ram deram ul sarvi qomatin,
Gar anda ham ко ‘rolmasam, kel, ко ‘r qiyomatin».
Bilasizmi, bu nima degani? Yorning jamolini qiyomatda
ko‘raman, agar qiyomatda ham ko‘rolmasam qiyomatning
ham qiyomatini chiqazaman, degani!
Oyim Mashrab gbazallarini kam o‘qiydi. 0 ‘qigan taqdirda
ham, albatta: «E Xudo, o‘zingga tavba!» deb qo‘yadi.
- Nega tavba qilasiz? - deb so‘rayman.
- Bolam, shoh Mashrab sal devonaroq bo‘lgan ekanlar.
Ba’zan og‘izlaridan kufr so‘zlar ham chiqib ketadi. Hatto
Makkayi mukarramani pisand qilmagan paytlari bo‘lgan.
Bir g‘azallarida: «Ibrohimdan qolgan u eski do‘konni na
qilay», deydilar. Yoki «Etagimning gardidan yuz ming Xizr
paydo bo‘lur» deydilar. Shunaqa baytlami o‘qisam, oxiratim
ku‘ymasin, iymonim susaymasin deb, Allohga tavba qilaman.
Oyim tasavvuf falsafasini bilmaydi. Uchala kitobdagi may
to‘g‘risida g‘azallar bor bo‘lgan sahifalarga xatcho‘p tashlab
qo‘ygan. Shu sahifalami menga ham o‘qib bermaydi. 0 ‘qing,
desam, qo‘ying, bolam, oxiratimiz kuymasin, deydilar. Bundan tashqari, oyim bu qama-qamalami Stalin
bilmaydi deb o ‘ylaydi. «Stalin bilsa, hamma mahbuslami
qo‘yib yuborardi», deb umid qiladi. Stalin o‘lganda oyim
nihoyatda xafa bo‘ldi. Skverdagi haykali atrofidan bir necha
marta aylanib o‘tdi.
Stalin o‘ldi, Beriya otildi. Ammo biron yengillik bo‘-
lishidan darak yo‘q. Juda diqqat bo‘lib ketdim. Usmon
Yusupov Ministrlar Sovetiga rais bo‘lib keldi, oyimning
nornidan unga ariza yozdim. Ahvolimizni tushuntirdim.
- Oyi, manavi arizani Usmon Yusupovga olib chiqib
berasiz. U kishi o ‘g‘lingizni yaxshi taniydi, - dedim.
- Voy bolam, u kishini qaydan topaman?! Borsam, oldiga
kiritishmaydi. Undan ko‘ra, o ‘zingiz opchiqib bersangiz
yaxshi bo‘larmidi, - deydi oyim.
Jahlim chiqib ketdi. Qaynona-kelin o‘rtasida gap qochdi.
Agar opchiqib bermasangiz, men Andijonga
ketaman! 0 ‘g‘lingizni kutish kerak bo‘lsa, Andijonda ham
kutaveraman - deb shart qo‘ydim.
Oyim mung‘ayib qoldi. Ko‘zlarida yosh aylandi. Unga
ta’sir qilish uchun yanada qattiqroq gapirdim. 0 ‘sha gap-
larimga haligacha pushaymon qilaman. 0 ‘zimni o‘zim
kechirolmayman. Xullas, oyim rozi bo‘ldi. Ertalab vaqtli
ikkovimiz «Qizil maydon»ga borib, daraxt tagida qimir-
lamay o‘tirdik. Soat to‘qqizlarda Yusupovning mashinasi
uzoqdan ko‘rindi.
Arizani oyimning qo‘liga berdim.
- Yuguring! Anavi militsioner turgan eshikka qarab
yuguring! - dedim.
Oyim qo‘lida ariza bilan o‘qdek otilib ketdi. Yusupov
mashinasidan tushayotgan payt oyim ancha berida edi.
Hoy bolam! Hoy, Yusupov b o la m !-d eb qichqirdi
oyim.
Ichkariga kirmoqchi bo1 lib turgan Yusupov orqasiga
o‘girilib qaradi. Bu kampir kim ekan deb, bir ikki qadam
oyim tomon yurdi.
Keling, aya. Keling!
- Men yozuvchi Said Ahmadning onasiman. Shu
qog‘ozni sizga olib keldim. Hamma gap shunda yozilgan.
Adolat qiling, bolam! Sizdan boshqa hech kimdan umidim
yo‘q.
Yusupov qog‘ozni olib, bir nima dedi. Oyim boshini
tebratdi.
- Qayerga borasiz? Ana, mashina eltib qo‘yadi.
- Yo‘q-yo‘q!
Oyim shunday dedi-yu, zudlik bilan orqasiga qaytdi.
Oyim ko‘zdan yiroqlashguncha Yusupov orqasidan qarab
turdi.
Shu voqeadan o‘n kunlar o‘tib, Navoiy ko‘chasida
Sobir Abdullani uchratib qoldim. Yusupov bir nechta atoqli
yozuvchilar bilan suhbat o ‘tkazgan ekan. Shunda Yusupov
Uyg‘unni tikka turg‘izib qo‘yib, qattiq-qattiq gapiribdi.
- Yoshlami turmaga tayyorlaganmizmi?! Qayoqqa qarab
o‘tiribsan?! Agar Said Ahmad dushman bo‘lsa, sen bilan
men ham dushmanman! Chunki uni biz tarbiyalaganmiz.
Uyg‘un javob berolmay, lavlagiday qizarib-bo‘zarib,
joyiga o ‘tirib qolibdi.
Bu gaplami Sobir Abdulla aytib berdi.
Bilmadim, Usmon Yusupov aralashdimi, hartugul, meni
Birlashgan nashriyotga korrektor qilib ishga olishdi. Bu
nashriyotda asosan siyosiy adabiyotlar bosiladi. Plenumlarda
o‘qilgan dokladlar ertalabgacha bosmadan chiqarilib,
tarqatilishi kerak. Kechasi soat ikki-uchlargacha ishda qolib
ketaman. Muharrir o‘rinbosari Rixsi Sohiboyev, 0 ‘zTAG
tarjimoni Yahyo Yo'ldoshevlar bilan qaytishim kerak. Ular
sizning uyingizda yashayotganimni bilib qolmasinlar deb,
oldinroq piyoda uyga jo ‘nayman. Ko‘chalar xavfli. 0 ‘g‘rilar,
yo‘lto‘sarlar ko‘p. Tongotarga yaqin uyga yaqinlashganimda
katta ko‘chaning boshida oyim qimirlamay kutib turgan
bo‘ladi.
- Ha, ishingiz ham bor bo‘lsin-a!
U mening sog‘-omonligimni bilgach, pildiragancha ol-
dimga tushib ketadi. Orqasidan hovliga kiraman. Das-
turxonga o‘rab qo‘yilgan iliq ovqatni oldimga qo‘yadi.
Mudrab-mudrab bir-ikki qoshiq ovqat yeyman-u, yechin-
masdan ko‘rpacha ustida uxlab qolaman.
Shu uxlaganimcha soat o‘nlarda uyg‘onibman. Choy ichib
o‘tirgan edik, ko‘cha tomondan mashina tovushi eshitildi. Bir
ozdan keyin eshigimiz taqilladi. Oyim borib eshikni ochgan
edi, bitta o‘ris xotin ichkariga kirdi.
- Zunnunova Saida shu yerda yashaydim i?- deb so‘ra-
di u.
- Izdes, izdes, - deb javob berdi oyim.
Men hovliga tushdim.
- Zunnunova men bo‘laman, - dedim.
- Moskvaga ariza yuborgan edingizmi?
- Ha, - deb javob berdim.
- U yoqdan sizning ishingizni tekshirgani odam keldi.
Soat to‘rtda Markaziy Komitetga boring. Siz bilan gapla-
shishadi.
U ketgandan keyin shoshilib kiyindim-u, nashriyotga
chopdim. Nashriyot direktori Vasiliy Fyodorovich Arxan-
gelskiy bir ajoyib inson edi. Unga meni yuqoriga chaqi-
rishayotganini aytdim.
- Xabarim bor, - dedi u. - Kecha kechqurun men bilan
gaplashishdi, sen to‘g‘ringda bilganlarimni aytib berdim.
Bejiz kelmagan. Yaxshilik bo‘lishini sezib turibman. Ko‘pam
hayajonlanmasdan, o‘zingni bosib gapirgin. Ortiqcha gap
aralashtirma...»
Qirq to‘rt yil muqaddam yozilgan ushbu xatning oxirgi
sahifasi yo‘q edi. Partkomissiya vakili nima dedi, bilmadim.
Shuni yaxshi bilamanki, 1954-yilning o ‘rtalarida Saidaxondan
hamma «ayblar» olib tashlandi. Yozuvchilar uyushmasining
a’zoligiga tiklandi. Gazeta-j umal larda asarlari birin-ketin
chop etila boshlandi. 0 ‘sha yili «Gullar vodiysi» nomli
she’riy to‘plami ham bosilib chiqdi.
Oyim qazo qilganda Saidaxon hamma marosimlarini bir
farzanddek ado etdi. 0 ‘zi ham to umrining oxirlarigacha,
oyim undoq edilar, oyim bundoq edilar, deb eslab yurdi.
Qirq to‘rt yil ko‘zdan yashirilgan xat bugun qoMimda.
Kichkinagina jussasida shuncha g‘amlami fildek ko‘tara
olgan Saidaxonning munis chehrasi ko‘z oldimga keldi.
Ichimdan alamli bir xo‘rsiniq otilib chiqdi-yu, bo‘g ‘zimni
kuydirdi.
Dunyoning ishlari shunaqa ekan-da, chidamay ilojing
qancha, deb o‘zimni o‘zim ovutaman.

OYIM, DADAM VA MEN

(So ‘ngi so'z о ‘rnida)
D adam «Ufq» ning ikkinchi kitobini yozayotgan paytlar
edi. Oyim dadamning kayfiyatini buzmaslik uchun ko‘chada
boMayotgan har xil gaplami, mish-mishlami yetkazmaslikka
harakat qilardi.
Dadamning bir odati bor, biron narsadan diqqat b o iib
qolsa, diqqatvozligi bosilmaguncha biron satr yozolmasdi.
Shuning uchun ham oyim uni suyuntiradigan gaplami topib
kelardi. U mutlaqo yozmay qo‘ygan, og‘aynilari bilan
vaqtini bekor oikazayotgan paytlarda, Xudo kechirsin, deb
dadamga yolg‘on gapirardi:
- G ‘afur akani ko‘rgan edim, bumnboy nega hech narsa
yozmayapti, bunaqa qilsa soyuzdan o‘chirtirvoraman, - de-
yaptilar.
- Abdulla aka telefon qildilar, kechagina chiqqan
bolalar undan o ‘tib ketyapti, aytib qo‘ying, adabiyot danga-
salikni yoqtirmaydi. Yozmasa, boshqa tirikchilik qilsin, -
dedilar.
Dadamga bu gaplar xush yoqardi. Chippa-chin ishonardi.
Ko‘chaga ham chiqmay, berilib yozishga tushib ketardi.
Dadam kechasi bilan ishlab, tong paytida uxlardi. Kechasi
oyim bilan ikkovimiz dadamning ish kabinetidan eshitilib
turgan mashinka tovushiga quloq solib yotardik. Oyimning
mana bu satrlari o ‘sha paytda yozilgandi.

Eshik tirqishidan bir chiziq yonib,
Oftob bo ‘lib kirib, yoritar xonam.
Mashinkang chiqillar, to ‘xtaydi ba ’zan,
Bilaman, chekyapsan, chekyapsan ulab.
Koshki ochib qo ‘ysa, deb derazani,
Kamroq cheksa-chi, deb bo 'laman xunob,

Xonangni tutundan poklash dardida
Bedor о 'tiraman sendan narida.


Dadam tongotar paytida uxlashga yotardi. Va albatta
oyimga xat yozib, stolga qo‘yardi:
«Saidaxon, iltimos, qo‘lyozmani o ‘qimang. Ustidan bir
ko‘z yugurtirib, albatta o‘zim o‘qib beraman. Har ehtimolga
qarshi qo‘lyozmani siz topolmaydigan joyga bekitib
qo‘ydim. Qidirmang, baribir topolmaysiz».
Dadam qo‘lyozmasini pechka dudburonining ichigami,
mening o‘yinchoqlarim solingan qutichaning ichigami
yashirib qo‘yardi. U crtasiga qoiyozm ani tahrir qilib oyimga
o‘qib berardi. Oyim, falon jumlaning o‘zi yaxshi edi, bekor
tuzatibsiz, deganda, dadam, iya, o‘qiganmidingiz, deb
so‘rardi. Shunda oyim, xotin kishining uyiga narsa yashirib
boMadimi, deb kulardi.
Oltmishinchi yillaming oxirlari bo‘lsa kerak, dadam
juda berilib «Ufq»ning oxirgi kitobini yozayotgan edi.
Dadam saharda yotgancha, kunduz soat o‘n ikkilargacha
uxlab olardi. Shunday kunlaming birida pochtachi bir dasta
gazeta-jurnallami tashlab ketdi. Oyim «Sharq yulduzi»ni
varaqlay boshladi. Ichayotgan choyi ham sovib qoldi.
Berilib nimanidir o‘qirdi. Keyin uydan qaychi olib chiqib,
jumaldagi boya o‘qiyotgan maqolani juda ehtiyotlab qiyib
oldi. Sinchiklab qaragan odam jum alning shu joyidan maqola
olib tashlanganini bilolmasdi ham. Keyin jum al oxiridagi
mundarija bosilgan sahifani ham yirtib olib tashladi. Menga
qarab dadangga aytma, deb tayinladi.
Oyim yirtib olgan maqola «Ufq»ni atay badnom qilish
uchun qandaydir g‘araz bilan yozilgan maqola edi.
Dadamning odatini men ham bilardim. Biron nimadan
diqqat bo‘lib qolsa, qo‘li ishdan sovib, mutlaqo yozmay
qo‘yardi.
Roman «Sharq yulduzi»da bosilgan edi. Oyim telefon
qilib, Hamid G ‘ulomga shunday degani esimda:

Jurnalning o‘zi romanni bosib, endi o ‘z derazasiga o‘zi
loy chaplayapti.
Dadam bu maqolani ko‘rmadiyam, bilmadiyam,
o ‘qimadiyam. Faqat yaqinda uyimiz ta’mirlanayotganda
o‘sha maqola topildi. Dadam o‘qib, kulib qo‘ya qoldi.
Andijondagi bog‘imiz etagidan Qoradaryo qirg‘oqqa
sapchib oqardi. Bu tomonda hovlimizning ichidan katta
Farg‘ona kanali o‘tardi. Dadam kanal bo‘yidagi barglari
quyuq bir tup daraxt tagiga kanalning qirg‘og‘idan to qoq
yarmigacha yetgan so‘ri qurgandi. Men ko‘pincha so‘rida
oyog‘imni suvga botirib, maza qilib o‘tirardim. Oyim
urishib-urishib, suv bo‘yidan meni haydardi. Bunga sabab
kanaldan ba’zan ilon suzib o‘tardi.
Dadam bog‘imizda kechasi yozmasdi. Daryo bo‘ylaridagi
sholipoyalarda chivin ko‘p bo‘lardi. To kechasi soat o‘n
birlargacha chivin chaqib bezor qilardi. Kechasi daryo
tomondan shamol esganda, chivinlar allaqayoqqa g‘oyib
boMardi. Dadam ertalab tong otishi bilan mashinkasini ko‘tarib,
kanal bo‘yidagi so‘riga chiqardi. So‘ridan yetti-sakkiz metr
narida dadam kanalga qurgan charxpalak g‘iyqillab aylanib
turardi. Uning novidan oqayotgan suvdan ichish uchun har xil
qushlar uchib kelishardi. Qizil, ko‘k, sariq, zangori ninachilar
tinimsiz uchib turardi. Ba’zan ular suvda oqib kelayotgan
barglarga qo‘nib, xuddi qayiqda suzayotgandek sayr qilardilar.
Ba’zilari suvga qo‘nib oqib o‘tardilar.
BogNmizga mehmon ko‘p kelardi. Saraton avjiga
chiqqanda, hatto hashamatli bog‘lar qurgan raislar ham
salqinlagani biznikiga kelardilar. Butun Izboskan va Andijon
tumanida shu joy dan ortiq salqin joy yo‘q edi.
To tushlikkacha to‘rt-besh qog‘oz yozib olmasa, keyin
ishlab bo‘lmasdi. Shuning uchun oyim so‘ri bilan uyimiz
oraligNdagi shaftoli tagiga kichkinagina kursi qo‘ygan,
men dadamga qorovul bo‘lib o‘tirardim. Dadam charchab
yonboshlasa, darrov, oyi, dadam yotdi, deb xabar qilardim.
Dadam shoshib yana mashinka bosishga tushib ketardi.

Oyim suvga, charxpalakka qarab o‘tirib, mana bu she’mi
yozgandi:
Jazirama kunlaming olov daqiqalari
Bir majnuntol tagida rohatga aylangusi.
Olmaning taram-taram tiniq haqiqlariga
Oftobning yetti rangin hammasi joylashgusi.
Bo 'tana suvlar oqsa yalpizlarni tortqilab,
Qalqib-qalqib ko'rinsa qovunkosa po'stlog'i,
Kapalaklar uchishsa a Ivon rangni orqalab,
Hech joydan topolmasman hordiqning durustrog'in.
Oq yaktak, oppoq soqol chollar silkinib kulsa,
Lorsillab ketgusidir suvga qurilgan so 'ri.
Labda qimtib uzilgan uzumdan bol to ‘kilsa,
Soqollarda tovlanar quyoshning yetti rangi...
... Qoshiga loyqa qo'ngan bir to'da bolakaylar
О 'rdak poloponidek suvga ursa о 'zlarin,
Xayollaridan hozir ко 'tarilmish xokkeylar,
Qoraygan yuz/arida yiltillaydi ко ‘zlari.
Nenidir tutib ketdi qaldirg ‘och bir sho 'ng ‘ishda,
Anjirga ko'zin tikib xilvat poylar zarg'aldoq.
Dehqonning yaxna choyi suvda turar choydishda,
Shimirsangiz, badandan sizib chiqqusi charchoq.
Bir kuni qoq tush paytida salqinlangani Izboskanning
mashhur raislari Tillaboyev, Suyarov, G ‘oziyevlar kelishdi.
Shunda Tillaboyev bir gap aytgandi:
- BogNngiz biz ham dam oladigan joy boTib qoldi.
Aytinglar, shu joyga biz ham biron nima qurib beraylik.
Chorpoyami, shiyponmi...
Oyim u kishiga bosiqlik bilan javob qildi:
- Abdusamat aka, biz bu joyni Toshkentda igna
bilan quduq qazib, tongotar mijja qoqmay ishlab topgan
pullarimizni daryolardan, togMardan oshirib kelib qurganmiz.
Keling, shu uyga... - Oyim buyog‘iga nima dcyishini bilmay
turib qoldi.
Chamamda, harom pul aralashmasin, demoqchi bo‘ldi
shekilli.
- Keling, begona pul aralashmasin. Siz katta kolxozning
raisisiz. Uzumzorlaringiz, anjirzorlaringiz bor. Kelayotganda
bitta qovunni qo‘ltiqlab, yo bir tovoqda anjir olib kelsangiz,
boshimiz ko‘kka yetadi.
Oyim bu gapni bilib aytgan ekan, keyinchalik bir
amaldorroq yozuvchi (u hozir ham tirik) bu bog‘ni raislar
qurib bergan, degan gap tarqatibdi. Oyim bu gapdan
nihoyatda g ‘azablandi. Yozuvchilar uyushmasining partiya
majlisida titrab-qaqshab gapirdi:
- Sizning xotiningiz Qrimda, Qora dengiz sohilida
oftobda yotib badanini qoraytirgan bo‘lsa, men Andijonda,
Qoradaryo bo‘yida saraton oftobida guvala quyib qoray-
ganman. Sizning xotiningiz atelyemodda bichiqchiga injiqlik
qilayotganda, men sakkizinchi mart bazmiga durustroq
ko‘ylagim yo‘qligidan boro 1 may, qizimning ko‘ziga termulib
o‘tirganman...
Bu gaplarni men qayoqdan bilaman? Oyim meni uyda
yolg‘iz qoldirmasdi. M ajlislarga ham o ‘zi bilan olib
borar, men tashqarida qolib, jum alm i, kitobmi varaqlab
o ‘tirardim.
Oyimga tez-tez hujum bo‘lib turardi. Hozir qirq yildan
keyin yaxshi asar deb baholangan «So‘qmoqlar» qissasining
boshida kaltaklar singan edi. Bu asar hatto sobiq markazkom
byurosida ham muhokama qilinib, «zararli asar» deb
baholangandi. Qissani hozir o‘qiganlar, iya, buni Saida
bugun yozganga o‘xshaydi, deyishyapti. Bunday hayotiy
qissani faqat ayol yozuvchigina yozishi mumkin, deb
baholashyapti.
Yetmishinchi yillaming boshlarida edi, chamamda, oyim-
ning «Soch» degan she’rini unga bildirmay muhokama
qilishgan. She’rda qizlarimizga soch yarashishi, uni kesmas-
lik kerak, degan m a’no chiqardi. Muhokama esa uni «zararli
asar» deb xulosa chiqazgandi.
Oyim xunob bo‘ldi. Nahotki mendan yashirib muhokama
qilishsa? Sobiq markazkom bo‘lim mudiri Mirzamuhamedov
tashkil qilgan majlisda Toshkentdagi jami gazetalaming bosh
redaktorlari qatnashgan edi. Oyim majlis qatnashchilaridan
biriga, shu she’mi o‘zingiz bosib chiqarib, indamay bosh
egib o‘tirdingizmi, degani esimda.
- Qandoq qilay, katta joyda ishlasa, gapini qaytarib
bo‘lmasa, - degandi u.
- Yo‘q, ayting, shu she’rda qandoq zararli gap bor?
- Yo‘qlikka yo‘g‘-a, endi katta dargohning gapi gap-da...
Shu she’rni haligacha topolmaymiz. Mabodo topsak, bir
she’riy to‘plamini shu she’r bilan boshlaymiz.
Oyimning ellik yoshlik yubileyini o‘tkazishga qaror
qilib, yubiley bo‘ladigan kuni unga bergan azoblarini aytsam
tilim, aytmasam dilim kuyadi. Shu yubiley deb atalgan
azobli tantanani o‘ylaganimda, oyimning shu to‘ydan bir
yil o‘tmay o‘lib ketganining sababini bilgandek bo‘laman.
Ketma-ket berilgan zarbalar, azoblar uni bu yorug‘ olamdan
yulib olib ketgandi. Uning shogirdlariga, ustoz degani bitta
bo‘ladi, duch kelganni ustoz deyaverasizlarmi, deb yosh
shoiralarning og‘zini berkitishlar ham o‘z ishini qilgandi.
Oyim, Istiqlol zamonida 0 ‘zbekiston Qahramoni bo‘lgan
dadam to‘g‘risida, ulaming sinov to‘la hayoti haqida
yozaversam, katta kitob bo‘lib ketadi. Ushbu maqolamni
oyimning satrlari bilan tugataman:


Men yozsam-u и yozmasa, go ‘yo edim gunohkor,
U maqtalsa, men quvondim eslanmagan kezlarim.
Ayollig-u onalikdan mushkul, shirin nima bon
Ota-bola о ‘ntasida talosh bo 'Idi hislarim.


Kunduz demay, oqshom demay, yana demay yoz-u qish
Sog'indimmi, hamroh bo'Idi Andijon yo'llarida.
Qadrdonlik, do ‘st/ik shunday oramizda urdi nish,
Bo ‘ston bo ‘Idi bog ‘im-hovlim havasmand qo ‘llarida.

Nodira SAID AHMAD qizi

Adabiy-badiiy nashr
Said A H M A D
QORAKO‘Z MAJNUN
Hikoyalar
M u h arrir L. Igamova
B adiiy m u h arrir K. Zokirova
R assom A. Bahromov
T exnik m u h arrir D. Gabdraxmanova
K ichik m u h arrir D. Xolmatova
M usahhih Sh. Oripova
K om p y u terd a sah ifalo v ch i L. Abkerimova
N ashriyot litsenziyasi A I № 158. 14.08.09.
B o sishga 2013 yil 19 av g u std a ru x sat etildi.
O fset q o g ‘ozi. B ichim i 8 4 x 1 0 8 '^ .
«T im es N ew R om an» garn itu rasid a o fset u sulida bosildi.
S hartli bo sm a tab o g ‘i 12,18. N ash r ta b o g ‘i 10,84.
A dadi 3 0 0 0 nusxa. B uyurtm a № 12-235.
0 ‘zbekiston M atbuot va axborot agentligining
« 0 ‘zbekiston» nashriy o t-m atb aa ijodiy uyi.
100129, T oshkent, N av o iy k o ‘chasi, 30.
Telefon: (371) 24 4 -8 7 -5 5 , 2 4 4-87-20
Faks: (371) 24 4 -3 7 -8 1 , 244-38-10.
e-mail: uzbekistan@iptd-uzbekistan. uz
www. iptd-uzbekistan. uz

Shu bilan kitobimiz nihoyasiga yetdi. E'tiboringiz uchun rahmat!