April 15, 2020

Qorako'z Majnun (Said Ahmad)

Buqalamun bilan ucharshuv

S iz meni tanimaysiz, ukaginam. Ko‘p joylarda
jonfido qilib ishlaganman. Badbaxt sho‘ro qadrimizga
yetmagan. Ishla, desa ishlayveribmiz, ishlayveribmiz. Shun-
cha ishlab biron kun ro‘shnolik ko‘rmadik...
Ana shu «ro‘shnolik» ko‘rmagan odam hozirgina eshikdan
kirib keldi. U ikki qo‘llab ko‘risharkan, qalamlariga qudrat,
qalamlariga qudrat, deya barmoqlarimni birma-bir ezib
chiqdi.
Rivoyatlarda aytilishicha, Xizr boboning o‘ng panja-
laridagi barmoqlaridan birida suyak yo‘q emish.
Uning bu ishidan ensam qotib, «Xotirjam bo‘ling, men
Xizr buva emasman», deya qo‘limni siltalab, hovuchidan
chiqarib oldim.
- Shunday deysiz-u, ammo yozuvchi xalqi yarim Xizr
hisobida yuradi. Siz meni tanimaysiz. Bir chekkada qo-
lib ketgan bandayi rm^mindirman. Kelmog‘imdan murod
shuldirkim, men bechorani «pensiya» masalasida bisyor
ranjitdilar. Arzihol qilishdan murod yordamingizdan picha
umidvorlikdir. Tanimasni siylamas, deganlaridek, avval
kimligimni shoshilmay aytib bersam...
- Sizni juda yaxshi taniyman, - dedim.
Birdan uning popugi pasayib qoldi. Umidvor bo‘lib
turgan ko‘zlari m a’yus tortdi. Ikki qoshi o ‘rtasiga tuguncha
tushdi. Kimligini bilgan yozuvchidan madad kutish behuda
ekanidan hafsalasi pir boidi. Meni ham xayol tortdi. 0 ‘yla-
yapman. Ko‘z oldimda tirikchilik deb harom-xarishdan hazar
qilmagan, yetim-yesiming haqini seskanmay bcmalol hazm
qilib ketaveradigan bir kimsa paydo bo‘ldi.

Siz ham albatta taniysiz. Bu haqda gurunglarda ko‘p
gapirganman. U partiyaga o‘tayotganda, dinga munosa-
batingiz qanday, degan savol tushadi. Shunda u javob
o‘miga sumkasidan kolbasa chiqarib, g‘arch-g‘arch tishlab
ko‘rsatgan.
Uning dinsiz ekaniga qanoat hosil qilgan majlis ahli
ikkinchi savolga o‘tadilar. Bu xiyla nozik savol edi.
- Otangiz o‘ttizinchi yilda qayerda va nima ish qilgan?
Qahramonimiz pastki labini so‘rib, andakkina shiftga
boqib turgandan keyin dadil javob beradi:
- Iltimos, bunday savolni bermanglar. Mening otam hech
qachon boMmagan.
Uning og‘ziga shartta urishadi.
- Nima, Odam atodek otasiz tug‘ilganmisiz? Yoki
onangiz tushlarida homila boMganmilar. Aytavering...
- Men otamdan voz kechganman. Otam bosmachi bo‘l-
gan. Shu gapni eshitishim bilan undan voz kechib, fami-
liyamni o ‘zgartirganman.
- Masalan, o‘zingizga qahaqa familiya tanlagansiz?
U yana ostki labini so‘rib, shiftga qarab o‘ylandi. Oxiri
aytish juda qiyin bo‘lgan gapni zo‘rlab tiliga chiqardi.
- Ikromov degan familiyani tanladim.
Partiya o‘quvi kursining shtatsiz lektori - dahani kapgirga
o‘xshagan yigit so‘radi.
- Hozir familiyangiz unaqa emas-ku...
- Ikromov xalq dushmani bo‘lib ketgandan keyin noiloj
Yusupov deb o ‘zgartirdim.
0 ‘tirganlar orasidan kimdir piching qildi:
- Ko‘p erga tegadigan xotinlar necha marta erga tegsa,
shuncha familiya orttirardilar. Shu familiya bilan tinchib
ketdingizmi yo yana o‘zgartirdingizmi?
- Usmon Yusupov bilan Xrushchevning orasi buzilgandan
keyin o‘ylab-o‘ylab o ‘zimga bir umrli familiya qo‘ydim.
Ya’ni, Diyorov deb boshpurt oldim.

Bugungi yig‘inga qatnashayotgan tuman partiya komi-
tetining ideologiya ishlari bo‘yicha sekretari Fatxullin o ‘tir-
gan joyida gapga qo‘shildi.
U o‘zidan katta kishilami ham malay deyaverardi.
- 0 ‘-xu, tolkoviy malay shul. В undan otlichniy kommu-
nist chiqa. U partiya uchun atisidan kechdi. Dinsiz ekanini
dokazat etish uchun kolbasa yib kursatdi. Buni o ‘z ko‘zingiz
bilan ko‘rdingiz. Tolko patriot kommunistgina kolbasani
shulay yeyishi mumkin. Bravo, bravo!
Kolxoz raisi bugungi tuman gazetasi bilan o‘zini yopib,
o ‘rnidan turdi.
- Manavu gazetada sizning «Nechun men Islom dinidan
voz kechdim» degan maqolangiz bosilibdi. Q ‘qib chiqdim.
Shu narsani yozishga sizni birov majbur qildimi yo o‘z
xohishingiz bilan yozdingizmi? Shunga javob bering.
- Dil amri bilan yozganman, - deb jvob qildi Diyo-
rov. - Jahon proletariatining otasi Karl Marks «Din xalq
uchun afyundir», deganlar. Maqolamda Islom dinining
reaksion mohiyatini fosh qilishga harakat qildim. 0 ‘sib kela-
yotgan sog‘lom avlodlarimizni eshon-u mullalar boshlayotgan
xatarli yoidan ogoh qilishni niyat qilganman.
- Vot molodes, - deb yubordi zavqiga chidamagan Fat-
xullin. - Partiya safiga fidoyi patriot kelib qo‘shilayotganidan
gorjus!
M ajlis bir ovozdan Diyorovni Lenin partiyasi safiga
qabul qildi. Majlis qarorini tuman partiya qo‘mitasining
byurosi hech qanday gap-so‘zsiz tasdiqladi. Va uni
qorako‘lchilik sovxozi qabul punktiga mudirlik lavozimiga
tavsiya qildi.
Diyorov bu lavozimda uch yildan m o‘Iraq ishladi. Bu
davr orasida tuman rahbarlarining xotinlari ikki juftdan sur,
sheroziy terilardan qalpoq kiyishdi. Faqat prokurorgina uni
o‘ziga yaqin yoMatmasdi. Diyorov yurak yutib prokurorning
shofyoridan ikki xil antiqa teri berib yubordi. Prokuror

shofyorini bo‘ralab so‘kib, teri larn i qaytarib yubordi. Kechga
yaqin prokurorning xotini kelib, qo‘yavering, mulla aka,
bizning xo‘jayin shunaqalar. Biror nima beradigan boMsangiz
o ‘zimga beravering, dedi-yu, boya qaytib kelgan terilami har
biriga uch so‘mdan to‘lab olib ketdi.
Prokurorning xotini ishni pishiq qilishda eridan qolish-
masdi. Mabodo eri bu terilami qayoqdan olding, deb so‘rab
qolsa, jaraq-jaraq pulini to‘lab olganman, ishonmasangiz
surishtiring, deydi. Har biri besh yuz so‘mlik teriga uch so‘mlik
to‘lab kvitansiya olmaganligi ham bir saxiylik alomati edi.
Ayyorlikni bilmagan sodda, halol cho‘ponlar unga
uch yil yem bo‘lishdi. Boqimlaridagi qo‘ylardan tushgan
terilami mushuk terisi bahosida Diyorovga sotib ketishar,
mushkullarini oson qilgani uchun unga qayta-qayta
minnatdorchilik bildirishardi. Shunday qilib Diyorovning
itini tuvagi oltindan bo‘lib ketdi. U Dog‘iston, Checheniston,
Avariston tomonlardan kelib ulgurji xarid qiladiganlarga teri
tayyorlab qo‘yardi...
Kosa kunda emas, kunida sinadi deganlari rost ekan.
Diyorovning kosasi bemahal chil-chil bo‘ldi. Ya’ni u chechen
mijozi Ruslanga ellikta terini sotayotganda qo‘lga tushdi. Ana
shundan keyin u olti yilga qulog‘ini ushlagancha qamalib ketdi.
Tag‘in ham uni kommunistligini inobatga olishdi. Bo‘lmasa
naq o‘n yilga ketardi. U olti yil bandilikda tuz-nasibasini tatib
qaytib kelganidan keyin nima ishlar qildi, qayoqlarda yurdi,
bilmayman. U bugun oldimda aftodahol bir alpozda o‘tiripti.
U uzoq sukutdan keyin, shunaqa deng-a, taniyman,
deng-a, dedi.
- Bu sho‘ro degani menga ko‘p azoblar bergan. Birimni
ikki qilmadi. Yaxshiyam mustaqillik bo‘lib menga o‘xshagan
bekorga aziyat chekkanlaming ko‘ksiga shamol tegdi.
Yashaydigan zamon ana endi keldi.
- Unday demang, siz «fidoyi» kommunist edingiz. Shu
partiya uchun dindan kechdingiz. Otangizdan kechdingiz.

Zamon shunaqa edi,-dedi u afsus bir ohangda.- Endi
ma’lum boidi. Mening otam milliy qahramon ekan. Xalq ozodligi
uchun kurashgan. Men shunday otam borligidan faxrlanaman.
Unga javob qildim:
- Lekin otangiz sizdek farzandi borligidan or qiladi. Siz
qamoqdaligingizda kelib sizni surishtirdi...
- Tirik ekanmi? - dedi u shoshib.
- Ha, tirik ekan. Kanada degan mamlakatda yasharkan.
Qarib qopti. 0 ‘zbekiston mustaqil boiganidan keyin qish-
logingizga keldi. Rahbarlar uni izzat-ikrom bilan kutib
olishdi. Sovg‘a-salomlar berishdi. U ham kasalxona quri-
lishiga allaqancha ming dollar berdi. Sizning otadan kech-
ganingizni eshitib, ko‘p afsuslar qildi. Bunday farzandim
yo‘q, oq qildim, dedi.
Diyorovning boshi egildi. Yerdan ko‘z uzolmay qoldi.
- Meni otamdan kechishga majbur qilishdi...
Uning gapini shart bo‘ldim.
- Yolg‘on! Partiyaga o‘tish uchun, hukumatdan amal
ilinj qilib otadan kechgansiz.
- Ko‘rasiz, men o‘zimni oqlayman.
- Bunday qilishga endi umringiz yetmaydi. Otangizni
ham endi bir umr ko‘rmaysiz. Qandoq qilib o‘zingizni
oqlaysiz. Otangiz o‘tgan yili qazo qildilar. Kanadadagi uka-
laringiz qishloqqa kelib, yurtga osh berib, aza ochdilar. Siz
esa dindan kechdingiz.
- K o‘rasiz, hali o‘zimni oqlayman.
- Nima, yegan kolbasani tuflab tashlaysizmi? Endigi
umringiz azobda o‘tadi. Axir iymonsiz yashab bo‘ladimi?
Undan jirkanib ketdim.
- Mening uyimga nima istab keldingiz? - dedim ko‘z-
lariga tikilib.
- Pensiya masalasiga yordam bersangiz. Atigi bir ming
bir yuz so‘m berar emish. Nimaga yetadi? Pensiya bera-
diganlarda insof bormi, o‘zi?
0 ‘mimdan turib jag ‘iga bir tushiray dedim-u, o‘zimni
bosdim. Shu isqirt bilan olishib o‘tiramanmi. U sadqayi
musht ketsin. 0 ‘zimni bosib, g‘azab bilan gapirdim:
- Qaysi xizmatlaringiz uchun «pensiya» talab qilyapsiz?
0 ‘z otangizdan kechganingiz uchunmi, dinni haqorat qilga-
ningiz uchunmi, umringizda atigi uch yil ishlaganingiz va
uch yil surunkasiga davlat mulkini talon-toroj qilganingiz
uchunmi?
Mendan biron ish chiqazishdan umidini uzdi shekilli,
tund bo‘lib qoldi.
- Mustaqillik bo‘lsa ham biz yorug‘likka chiqmas
ekanmiz-da, mayli asli sho‘r peshona banda ekanmiz. Mus-
taqillik, mustaqillik, deysizlar, qani yuzaga chiqqanimiz. Bu
mustaqillik menga nima berdi?
Yoshi katta odamni senlab yuborganimdan o‘zimni koyi-
dim.
- Sen mustaqillikka nima berding? Atrofga qara,
nimalar bo‘layotibti? Ko‘chaga chiqib u yoq-bu yoqqa qara,
osmono‘par imoratlarni ko‘r. Qullik yukini yelkasidan irg‘itib
tashlagan yurtdoshlarimizning yuzlariga, ko‘zlariga boq.
- E, - dedi u qo‘l siltab. - Bu imoratlarni yeb bo‘l-
masa. Quruq savlatning kimga keragi bor?
- E, noshukur banda. Qorindan boshqa tashvishing bor-
mi o‘zi?
- Meni senlama.
- Sizlashga arzimaysan. Qani, tuyog‘ingni shiqillat!
U o ‘midan turdi. Bir nima deb to‘ng‘illadi. Yo meni
so‘kdi, yo mustaqillikni so‘kdi. Orqasidan itarib ko‘chaga
chiqarib qo‘ydim-u, eshikni ichidan zanjirladim.
U ketdi. Mening ko‘ksimda og‘ir tosh qoldi. Bir yarim
yildan keyin yangi asr boshlanadi. Nahotki shu isqirt ham
biz bilan yangi asr darvozasidan kirsa. Yangi asr ostonasida
bu suprindilami eski kalishdek yechib tashlab ketsak, qandoq
yaxshi bo‘lardi-ya.

Shu uchrashuvdan keyin uni ko‘rmadim. Eshitishimcha,
u qishlog‘iga borib namoz paytida masjidga kirib, namoz-
xonlardan uzr so‘ragan emish. Hech kim uning betiga
qaramapti... Boshini egib, masjiddan chiqib ketibdi. Uch
kundan keyin uning o iigini adir orqasidagi tolzordan
topishibdi. Masjid imomi janoza o‘qishga ruxsat bermabdi.
U musulmonchilikdan chiqib kofir bo‘lgan, deb qishloq
qabristoniga ko‘mishga ham ijozat bermabdi. To‘rtta odam
uning o‘ligini zambarda olib borib chakalakzorga ko‘-
mishibdi.
Menga faqat bir narsa taskin beradi. Shu isqirt yuz bilan
XXI asr darvozasidan o‘tadimi, degan tashvishim bor edi.
Xayriyat, u jag ‘i ajralgan eski kalishdek darvozaning bu
tomonida qolib ketdi.
1998-yil, iyun

Azob

V iloyat hokimi Ergash Nosirov uyiga alla-pallada
qaytdi. Bolalari uxlab yotishibdi. Xotini olib kelgan ovqat
tomog‘idan o‘tmadi. Bir-ikki qoshiq tatigan bo‘ldi-yu,
kosani nari surib qo‘ydi.
- Qayoqda edingiz? Xavotir olib uxlolmadim. Ergashvoy
javob o ‘rniga, soatiga qaradi: birdan oshibdi.
- Pochcham olamdan o‘tibdilar, o‘sha yoqda edim.
- Voy, o‘lmasam, - dedi xotini tamoman uyqusi qo-
chib. - Nega menga xabar qilmadingiz? Borardim. Axir,
ota o‘mida ota edilar.
Ergashvoyning yoshligida ota-onasi olamdan ko‘z
yumib ketadi. Uni opasi o‘zining to‘rt bolasi qatori
bag‘riga bosadi. Pochchasi tinib-tinchimas odam edi.
Imorat quradiganlarning hojatini chiqarardi. To‘ng‘ich
o ‘g ‘Hni yoniga olib, arrakashlik qilib, quchoqqa sig‘mas
g ‘o ‘lalardan taxta tilardi. Rom yasar, bitmagan imoratlaming
tomini yopardi. Xullasi, qishin-yozin unga birdek ish topilib
turardi. Ergashvoy shu mehnatkash odamning qo‘lida
muhtojlik nimaligini, yetimlik nimaligini bilmay o ‘sdi. Usta
Turob o ‘z bolalari qatori uni kiyintirdi, yedirdi, ichirdi.
Yoshiga yetib, institutda o‘qiyotgan paytlarda Toshkentga
borib, topgan-tutganini qo‘liga berib kelardi. Ammo unga
aslo nasihat qilmasdi. 0 ‘zining es-hushi joyida, nasihat
ortiqcha deb bilardi. Shu yetimgina ukasiga mehribonlik
qilayotgan eridan opasi minnatdor edi. B a’zan ko‘z yoshi
to‘kib, uni chin dilidan duo qilardi.
Umri mehnat bilan o‘tgan usta Turob olamdan o ‘tdi.
Ergashvoy to‘rt azamat jiyanlari yonida bel bog‘lab, «voy,
otam»lab tobut oldida bordi.
Xotini piq-piq yig‘lab: «Ertaga meni ham ola keting,
yangam bechoraning yonida bo‘lay!» dedi.
- Xo‘p ,-d e d i Ergashvoy. - Endi ozroq mizg‘ib olay,
juda charchadim.
U shunday dedi-yu, yotoqqa kirib ketdi.
Ergashvoyning viloyat hokimi qilib tayinlanganiga atigi
ikki oy bo‘ldi. Hali tuzuk-quruq ish boshlagani ham yo‘q
edi. Viloyat katta, unda tog1 ham, daryo ham, cho‘l ham bor.
Ilgarigi hokim bir chiqib ketganicha ikki-uch kunlab uyga
qaytib kelolmasdi. Ergashvoy avval ham hokimiyatda kichik
lavozimlarda ishlagani sababli tumanlami, xo‘jaliklami
yaxshi bilardi.
Ergashvoyning endi ko‘zi yumilganda sigir m a’rab,
uyqusini qochirdi. Bu qanaqa sigir bo‘ldi? Q o‘shnilamikimi
desa, ovozi hovlidan kelyapti.
Ergashvoy to‘nini yelkasiga tashlab, ayvonga chiqdi.
Xotini stolga boshini tirab yig‘layapti. U oyoq tovushini
eshitib, boshini ko‘tardi: ikki ko‘zi jiqqa yosh edi.
- Bu qanaqa sigir? - dedi Ergashvoy xotiniga zaharli
tovushda.
- Q o‘shtegirmonlik rais Normal aka tashlab ketdi.
- Hozir sigir olishga qurbimiz yetmaydi, deb aytma-
dingmi?
- Aytdim. Ey kelin, xotin kishisiz-da, erkaklaming ishini
tushunmaysiz. Ergashvoy jigarimdek bo‘Isa, undan pul ola-
manmi - hokim bo‘lganiga suyunchi bu, ya’ni podarka,
sog‘ib ichaveringlar, endi shu ona-bola sigir sizlamiki, - dedi.
Ergashvoyning peshonasi tirishdi. Bir so‘z demay,
yotoqqa kirib ketdi. Shu yotganicha soat beshdan oshga-
nida uyg‘ondi. Uyg‘ondi-yu, «uyali» telefon bilan Q o‘sh-
tegirmonga - Normal raisga qo‘ng‘iroq qildi. «Labbay»,
degan uyquli tovush eshitildi.
- Normal aka, hozir sizga mashina boradi, biznikiga
keling, birga nonushta qilamiz.
0 ‘zimning mashinamda boraveraman, - dedi rais. -
Shofyoringizni ovora qilmang.
- Iltimos, xo‘p deng. Boshqa gaplar ham bor, albatta
ordenlaringizni ham taqib keling!
- X o‘p bo‘ladi, hokim buva! Televizorga chiqamizmi!..
Endi uning ovozi jaranglardi. Ona-bola sigir kuchini
ko‘rsatdi, deb o ‘ylayotgan bo‘lsa kerak. Qalovini topsang
qor yonadi deb, bekorga aytmaganlar, ilindi. Juda chiroyli
bo‘lib ilindi.
Q o‘shtegirmon bilan viloyat markazining oralig‘i atigi
o‘n to‘rt kilometr, hozir y o ig a chiqsa, o‘n besh minutga
qolmay yetib keladi.
Ergash Nosirov DANga telefon qilib, kim bilandir
gaplashdi. Keyin hovliga chiqib, ona-bola sigimi ko‘zdan
kechirdi.
0 ‘h-ho‘, bunaqa sigir bozorda falon pul b o isa kerak.
Xotinining gapiga qaraganda, kuniga uch mahal sogish kerak
ekan. Nechuk shuncha pulli narsani tekinga tashlab ketdi
ekan? Axir u Toshkentga qurultoylarga borishganda o‘ziga
o‘xshagan serxarj raislar bilan restoranlarga kirishardi, aqalli
bir marta b oisin, «Sen ham yur!» demagan. Ergashvoyning
hamyoni bunaqa xarjlami koiarm asdi. Shuning uchun ham
mehmonxona bufetida yengilgina ovqatlanib qo‘ya qolardi.
Paxtakorlar qurultoyiga borishganda Normat rais orden-
larini taqib olardi. Chindan ham uning ordenlari ko‘p edi.
Yilora orden olardi. Boshqa raislar hazil qilib, «Normatning
ikki kostumlik ordeni bor», deyishardi. Sal og‘zi botirroqlari:
«Leonid Ilich b o iib ket-е!» desa, boshqasi: «Yaxshi do‘xtir
tanishim bor, chap ko‘kragingni kengaytirib beradi!» deb
odamlami kuldirardi. U yurganda jarang-jurung ovoz
chiqardi, hatto qurultoyga raislik qilayotgan rahbar unga:
«Normat aka, qimirlamay oiiring, ordenlaringiz jaranglab,
doklad eshitishga xalaqit beryapti», degandi. 0 ‘shanda
qurultoy ahli gurra kulib yuborgandi.
Ergashvoy bir gal qurultoyga borganda Normat rais
mehmonxona pastida uni kutib turgan ekan.

Mundoq qilsak, - dedi rais uning oldiga kelib, - ertalabki
majlisga sen qatnashmasang ham bo‘ladi. Chorva masalasi
ko‘riladi. Senga aloqasi yo‘q gaplar.
U shunday deya turib, yonidan bir dasta pul chiqarib,
unga uzatdi:
- Taxtapuldagi choyxonaga borib, o‘n kishilik osh buyur!
Vodiy raislari bilan oshxo‘rlik qilamiz. X o‘pmi, akasi?
Masxaraboz Obid kaltani ham top, bir kulishib o‘tiraylik.
Ergashvoy g‘alati bir holga tushdi. Bu rais meni kim deb
o‘ylayapti? Juda o‘zidan ketibdi-ku!
U jahl bilan pullami uning cho‘ntagiga tiqib qo‘ydi.
- Men sizga malay emasman! Qurultoyga sizning cha-
madoningizni ko‘tarib yurishga, dastyorlik qilishga kel-
maganman!
Rais undan bunaqa gap kutmagandi. Yuvosh, bayov bola
deb bilardi.
- Seni o‘sadigan kadr bo‘ladi deb o‘ylagan edim. Shu
fe’ling bo‘lsa, ikki dunyoda ham kosang oqarmaydi. Yonimga
olib, o‘sishingga yordamlashmoqchi edim. Q o‘limdan har ish
kelishini bilasan-ku, endi o‘zingdan ko‘r! Shu kichkinagina
amalingdan ham ayrilib qolasan.
Ergashvoy qat’iy q o i siltadi:
- Peshonamdagini ko‘raveraman, aka!
Normat rais bir zambar loy bo‘lib qolgan edi o‘shanda.
Normat har qanday bir so‘zli o‘jar raykom kotibini ham
o‘ziga rom qilib olardi. Qishloq rahbarlarining, ayniosa, ray-
kom kotiblarining otpuskasi qish paytiga to‘g‘ri kelardi. Shunga
qaramasdan, ular dam olish uchun Yaltagami, Sochigami
ketishardi. Bu paytda na dengizda cho‘milib boiadi, na sohilda
o‘zini oftobga toblab boiardi. Hech bo‘lmasa muolajasidan
foydalanaman, massaj, xilma-xil vannalarga tushib, tarang
asablarimni yumshatib kelaman, deb o‘ylashardi.
Qaysi bir raykom kotibi kurortga ketsa, Normat rais
orqasidan kassiri bilan yetib borardi. Sanatoriyga yaqin joy dan ijara uy olib, kotibning xizmatini qilardi. Qish,
hamrnayoq qor, dam olish mavsumining eng zerikarli
paytlari. Ana shunday paytlarda Normat ulaming jonlariga
oro kirardi. Kunora oshxo‘rlik, norinxo‘rlik kimga yoqmaydi,
deysiz. Bir chemodan qazi, bir xalta 0 ‘zganning devzirasi,
qog‘oz qutidagi Dashnobod anori tugaguncha har kuni qozon
qaynab turardi. Ana shunday kurort mavsumlarida Normat
ko‘p ishlarini bitkazib olardi. Kotiblar yosh bo‘lsa ota-bola,
o‘rta yashar bo‘lsa qadrdon, keksaroq bo‘lsa «farzand»
b o iib ketardi.
Bir gal Risqiyev degan raykom kotibining orqasidan
borganda ishi yurishmadi. Uning oshqozoni xastaligidan faqat
parhez taom yeyar ekan, «bazmi jamshidga» bormadi. Ukol
olib, dori ichib, sanatoriydan chiqmadi. Normat begonalarga
yediradigan anoyilardan emasdi. Shuncha y o i bosib, olib
borgan narsalarini qaytarib olib keldi. Esiz shuncha pul. Ikki
kishiga borish-kelish palon pul, deya afsuslandi.
Ba’zan u kayf qilgan paytlarida, «palonchi» kotibmi, nima
deb oiiribsan, gah, desam qoiim ga qo‘nadi, yo‘rig‘imga
yurmay ko‘rsin-chi, o ‘g iig a mototsiklni kim olib bergan,
Normat akang olib bergan, deb maqtanardi.
Uning bu xil qiliqlarini Ergashvoy yaxshi bilardi. Shuning
uchun ham undan uzoqroq yurardi.
Tashqaridan mashina ovozi eshitildi. Oltita sedanalik issiq
non, shisha bankada asal ko‘tarib, ordenlarini jaranglatib,
xandon-xushon Normat kirib keldi. Egnida yangi i kostum,
boshida taxtakachdan yangi chiqqan chust do‘ppi. Soqoli
hafsala bilan olingan. Ikki lunji xuddi archilgan shaftoliga
o‘xshardi. Budyonniynikiga o‘xshagan shop mo‘ylovi lok
surtilgandek yaltirardi. Undan gup-gup atir hidi anqiydi. U
y o i-y o ‘lakay javrab kelardi:
- Qarang, rovna o‘n to‘qqiz minutda yetib kelibman, -
dedi u bilagidagi soatiga qarab. - Uyingiz bilan mening uyim
orasi 19 minutli yo‘l ekan.
Normatning bilagidagi shu soat bir vaqtlar Ergashvoyniki
edi. U stipendiyasidan orttirib yig‘ib yurgan puliga saudiyalik
bir talabadan sotib olgan edi.
Bundan uch yil oldin kasaba soyuzlari qurultoyiga
borganda delegatlar uchun maxsus ochilgan magazinda
Belgiyada tikilgan ayollar paltosi sotilayotgan edi. Ergashvoy
bittasini tanladi. Yonidan pul chiqazib sanagan edi, 40 so‘m
pul yetmadi. Hayron bo‘lib turgan edi, Normat rais kelib,
birdaniga uchta paltoni qog‘ozga o ‘ratdi.
- Bittasi xotinimga, beshik to‘ylariga kiyadi. Bittasi
kelinimga, yana bittasi... - Rais bir ko‘zini qisib qo‘ydi, - bir
jononga. Nega serrayib turibsan? Olmaysanmi?
- Ozroq pul yetmayapti, - dedi Ergashvoy.
- Puling yo‘q ekan, nima qilarding magazinga kirib.
Ergashvoy bilagidagi soatini chiqardi.
- Rais buva, shu soatni olmaysizmi, Shveytsariyaniki,
aniq yuradi.
Normat soatni qoMiga olib, qulog‘iga tutdi. Eh-he,
haftaning hamma kunlarini, qaysi oyligini ham ko‘rsatar
ekan. Qancha beray?
- 0 ‘zim uch yuz ellik so‘mga olgandim. Siz ikki yuz
so‘m bera qoling.
- Undoq emas-da, ukaginam, yuz so‘m bersam ham bo‘-
lardi-yu, senga jabr boMmasin, deb yuz ellik so‘m beraman.
U shunday deb peshtaxta ustiga uchta ellik sobmlik
tashladi.
Bu voqeadan Ergashvoy ranjimadi. QoMidan ketgan
qadrdon soatiga achinmadi. Xotinining paltoni ko‘rgandagi
quvonchi oldida soat nima degan gap...
Normatning og‘zi gapdan bo‘shamasdi:
- Bilardim, bilardim! Bir kuni jonajon viloyatimizga
o‘zingiz hokim boMishingizni bilardim! Viloyatimiz endi
hokimga yolchidi, qo‘rqmay ishlayvering. Yoningizda tog‘day
bo‘lib, o‘zim turib beraman! Qani, birortasi ko‘z olaytirib
ko‘rsin-chi? Bizga o‘xshagan ish ko‘rgan, tajriba orttirgan
akalaringizga suyansangiz, dog‘da qolmaysiz. Hammaga

ishonavermang. Kimga qanaqa muomala qilishni o ‘zim aytib
turaman. Mana, nonushtaga Urgutning asalidan olib keldim.
M a’qul bo‘lsa, ertaga bir flyaga tashlab ketaman.
Ular endigina bir piyoladan choy ichishgan edi, ko‘cha
tomondan DAN mashinasining tovushi eshitildi.
- Qani, ketdik, - dedi Ergashvoy.
Tashqarida viloyat shofyorlarining «ofati» - DAN inspek-
tori kutib turardi. Sigir bilan buzoqni ham shu yerda ko‘rib,
Normat hayron bo‘ldi.
- Normat aka, meni kim deb o‘yladingiz? Sigiringizni
olib keting! Men bunaqa suyunchilarga o‘rganmaganman.
- lya-iya, qiziq boidi-ku! Men dildan chiqarib...
DAN inspektori sigir-buzoqning arqonini raisning qo‘liga
tutqazdi.
- Qani, ketdik, aka! Men yo‘l boshlayman. Orqadan
shoshilmay yetaklab kelaverasiz.
Normat iltijo bilan Ergash Nosirovga qaradi.
- Bu qanaqasi bo‘ldi, ukam? Agar shunchalik bo‘Isa,
odam yuboraman, olib ketishadi.
- Yo‘q, o‘zingiz haydab ketasiz!
Ergashvoy shunday dedi-yu, ichkariga kirib ketdi.
Mashina qo‘zg‘aldi.
- Orqamdan qolmang! - deb buyurdi inspektor.
Inspektor aytganini qiladigan qaysar odam edi. Uni
gapga ko‘ndirib boMmas edi. Normatning o‘g ‘li y o i
qoidasini buzgani uchun hujjatlarini oldirib qo‘y-
ganda, rais olti marta yalinib borib ham uni gapga
ko‘ndirolmagan. Qaytadan imtihon topshirishga majbur
qilgan. 0 ‘tolmagan. Hozir unga yalinib-yolvorishdan ish
chiqmasligini biladi. U imillab borayotgan mashina or-
qasidan sigirini sudrab borardi.
Ertalab ishga ketayotganlar, avtobusdagilar, mashina-
dagilar unga ajablanib qarashadi. Yoiovchilar ko‘kragi to ia
orden, savlatli kishining sigir yetaklab kelayotganini ко‘rib ajablanishardi. Odamlar ko‘p sut beradigan sigimi viloyat
ko‘rik-tanloviga olib ketyapti shekilli, deb o‘ylashardi. Ammo
Normat, obro‘li odamning jasadini qabristonga olib ketayot-
gandek, mashina orqasidan buyuk bir motamsarolik bilan
borardi.
- Jon uka, birorta yuk mashinasini to‘xtatib ber. Chiqazib
olay.
- Mumkin emas, o‘zingiz piyoda yetaklab borasiz!
- Hech bo‘lmasa, sigir yetaklashga birorta odam topib
ber, qancha so‘rasa beraman!
- Mumkin emas. 0 ‘zingiz oborasiz. Bilasizmi, sizning
vazningizdagi odam kuniga o‘n besh kilometr piyoda yurishi
kerak. Boshingizni ko‘tarib yuring, televizorga olishyapti.
Normat do‘ppisi bilan yuzini berkitdi. U hech qayoqqa
qaramas, yuzi yopiq boMgani uchun yo‘lni ko‘rolmay har
qadamda qoqilardi.
Yo‘lda uchragan odam borki: «Sigir necha pul bo‘ldi?
Yo sotgani olib ketyapsizmi?» deb qayta-qayta so‘raydi.
Normatning tili gapga kelmaydi. Mum tishlagandek, gung
bo‘lib olgan.
Shahardan chiqish yo‘li kovlangan, vodoprovod quvurini
almashtirishayotgan edi. 0 ‘tib bo‘lmadi. Taxminan bir yarim
kilometr orqaga qaytib, boshqa yo‘ldan keta boshlashdi.
- Jon ukam, shu sigimi ham olaqol, men ketdim! - dedi
zarda bilan Normat rais.
- Menga sigir kerak emas, o‘zingizga buyursin!
- Duch kelgan odamga tekinga berib yuboraman.
- BoMmaydi, - dedi inspektor. - Xalq mulkini ko‘z
qorachig‘iday asrash kerak, rais!
Shu alpozda ular shahar chekkasiga chiqishdi. Inspektor
mashinasini to‘xtatdi. Ratsiya orqali allakim bilan gaplashdi.
Keyin:
- Bu yog‘iga yo‘lni o ‘zingiz bilasiz, men ketdim, - dedi-
yu, mashina tezligini oshirib, jo ‘nab ketdi.

Rais sigir-buzoq bilan ko‘cha o‘rtasida qoldi...
To‘rt kundan keyin viloyat xalq deputatlarining sessiyasi
bo‘ldi.
Har gal shunaqa yig‘in oldidan Normatvoy atrofiga odam
to‘plab, latifa aytib kuldirar, ba’zi kichik rahbarlaming
yurishini qilib ko‘rsatardi. Bu gal Normat rais hammadan
oldin zalga kirib, bir o‘zi o‘tiribdi. Boshqalar majlis oldidan
gurunglashib yurishibdi.
To‘rt kun oldingi voqea allaqachon ovoza bo‘lib ketgan.
Bugun albatta uning taqdiri hal bo‘ladi, deb o‘ylashardi.
Zal odamga to‘la. DAN inspektori hay’atda o‘tirgan Ergash
Nosirovga nimadir deb, orqaroqqa borib o‘tirdi. Normat
raisning ichida bir nima uzilib ketganday bo‘ldi. Ko‘zlari
tinib, boshi g‘uvilladi.
Hokim viloyatda chorvaga qishki ozuqa tayyorlash yomon
ahvolda ekanligi to‘g‘risida aniq faktlami keltirib, m a’ruza
qildi. K o‘pgina xo‘jalik rahbarlari ayovsiz tanqidga uchradi.
Normat, endi menga navbat keldi deganda, hokim
boshqa masalani boshlaydi. Yuragi tars yorilayozgan
Normat, mening masalam oxirida boNadi shekilli, deb hukm
kutayotgan sudlanuvchidek karaxt bir alpozda edi. Oxirida
video ko‘rsatib, sharmanda qiladi, deb atrofga javdirab
qarardi.
Normat rais to‘g ‘risida gap bo‘lmadi. Shu bilan
qutuldimmikan, deb o‘ylardi u.
Uch-to‘rt oy vaqt o‘tdi. Normat raisning viloyat markazi
ko‘chalarida sigir yetaklagani odamlaming esidan ham chiqib
ketdi. Bu orada viloyat miqyosida qancha-qancha yig‘inlar
o‘tdi, faollar majlisi b o id i, xalq deputatlari sessiyasi boidi.
Biroq hokim hamon jim edi. Shu yiginlam ing hammasida
Normat rais yuragini hovuchlab o iirdi. Chaqirishmasa ham
bordi. Men yo‘g‘imda masalamni hal qilib qo‘yishmasin,
deb hadiksiradi. U ozib, shop m o‘ylovlari osilib qoldi. Shu
alpozda hadik bilan yashash raisning joniga tegdi. Shuncha yil raislik qildim, Xudoga shukr, uyim bor, joyim bor,
mashinam bor, bola-chaqamni uyli-joyli qildim, bas endi -
ishni toshirishim kerak, degan o‘yga keldi rais. U umrida
biror marta ariza yozmagan, xat bitmagan. Qog‘ozlarga imzo
chekib yuravergan ekan, ariza yozish, nainki ariza, oddiy xat
yozish ham shunchalar qiyin ekanini endi bildi. Ikki soat
o‘tirib, besh-olti varaq qog‘ozni qoraladi, kelishtira olmadi.
Oxiri u kotib bolani chaqirib, ariza yozib berishni buyurdi.
- Charchadim, rahbarlik ishiga chog‘im kelmay qoldi.
Vazifamdan ozod qilishingizni so‘rayman, deb yoz!
Kotib, nega, qo‘ying, unaqa qilmang, demadi. U hamma vaqt
rais nima desa, aytganidan ham afzal qilib qog‘ozga tushirgan.
Normat rais ertalab soqolini qirtishlab, ordenlarini taqib,
viloyat hokimligiga ariza topshirish uchun bordi. Hokimning
oldida odam bor ekan.
Kotibadan arizani kiritib yubordi. Ichkaridagi odam
chiqib ketdi hamki, hokim uni chaqirmadi.
- Ey qizim, menga qara, men kelganimni hokimga
aytdingmi? - dedi u toqati toq bo‘lib.
- Yo‘q, - dedi kotiba. - Arizangizni berdim, xolos.
- Jon bolam, kirib ayt, oldingizga kirmoqchi, deb ayt!
Kotiba ichkariga kirib, bir dasta qog‘oz ko‘tarib chiqar
ekan: «Kiring, kutyaptilar», dedi.
Normat rais ju r’atsizlik bilan eshikni ochdi. U albatta
meni bo‘shatadi, bu dargohga oxirgi marta kirishim, deb
ko‘nglidan o‘tkazdi.
Hokim qandaydir bir jiddiy hujjatni o‘qiyapti shekilli,
uning kirganini sezmadi. Ordenlaming jiringlashini eshitib,
boshini ko‘tardi.
Ergashvoy o‘midan turib kutib oldi. U rais bilan kresloda
o‘tirib emas, divanda yonma-yon o‘tirib gaplashdi.
- Nima bo‘ldi? Ishlamayman, deb ariza yozibsiz?
- Ha-a, endi, - dedi rais. - Shuncha ishladim, yetar, endi
bu azoblarga chiday olmayman.
- Sizga kim azob beryapti, ayting?

Siz! - dedi Normal. - To‘rt oydan beri kutaman. Necha-
necha yig‘inlar o ‘tdi, ammo mening masalamni majlisdan
majlisga qoldirasiz. Q o‘ying, o ‘ladiganning o‘lgani durust,
uydagilaming tingani durust.
- Sizga kim aytdi, masalangiz ko‘riladi, deb?
- Yosh bola emasman, o‘zim bilaman.
Ergashvoy qizishib ketdi.
- Menga qarang, rais aka! Sizga hech kim azob berayotgani
yo‘q, siz o‘zingizga o‘zingiz azob beryapsiz. Bu yaxshi.
Odam o‘z qilmishi uchun o‘zini o‘zi jazolay olsa, o‘ziga-o‘zi
azob bera olsa, u odamga ishonsa bo‘ladi. Siz yaxshi raissiz,
ishni bilasiz, xo‘jaligingiz viloyatda eng namunali xo‘jalik.
Bu jihatdan ko‘nglim to‘q. Siz ishlaysiz! Arizangizni o‘zingiz
yirtib tashlaysizmi yo csdalikka menda qolsinmi?
Raisning Budyonniynikiga o‘xshagan mo‘ylovi titradi.
Nima uchun o‘midan turganini o ‘zi ham bilmadi. Nima
uchun hokim tomonga qo‘l uzatdi - eslay olmadi. Arizamni
qaytib bera qoling, demoqchi edi, shekilli. Ergash Nosirov
uning ochiq kaftiga to‘rt buklangan arizani qo‘ydi. Normat
qog‘ozni burda-burda qildi-da, qayoqqa tashlashini bilmay,
oxiri cho‘ntagiga soldi.
- Kelishdik-a? - dedi hokim. - Har xil xayollarga bor-
mang, ishingizni davom ettiravering!
Normat rais u bilan xayrlashayotganda negadir gavda-
sining og‘irligini sezmadi. Eshik tutqichiga endi q o i uzatgan
edi, hokim uni to‘xtatdi.
- Sizga bitta gap aytay, aslo esingizdan chiqarmang,
ko‘kragingizdagilami olib qo‘ying. Bulami bergan hukumat
allaqachon yo‘q b o iib ketgan.
Oradan to‘rt oy o ‘tib, viloyat hokimi Ergash Nosirov
pochchasining yil oshini oikazdi. Odam ko‘p keldi. Ular
orasida Normat rais ham bor edi. Ammo unga hech kim
e’tibor bermadi. Hatto tanishmadi ham. Ko‘pchilik uning
ko‘ksidagi ordenlarga qarab, yuzining qanaqaligiga uncha
e’tibor bermagan ekan. U el qatori osh yeb chiqib ketdi.

1998-yil
147