April 14, 2020

Qorako'z Majnun (Said Ahmad)

Qishdan qolgan qarg'alar

N asibjon hovlisidan ancha berida mashinadan tushdi.

N asibjon hovlisidan ancha berida mashinadan tushdi.
Eshik oldida ikki «Jiguli» turibdi. Kimlar keldi ekan? Uni
yo‘qlab keladigan yaqinlari yo‘q edi-ku. Tinchlikmi o‘zi?
Ishqilib tinchlik bo‘lsin-da, deya ostona hatladi. Xotini
chorpoyada omonatgina o‘tirib, guruch tozalayapti.
Ayvonda dasturxonga tugilgan uch-to‘rt tog‘ora. Ularda
somsa, xasip, varaqi va allaqanday yoqimli hidlar keladi.
Xotini oyoq sharpasidan bosh ko‘tardi.
- Tinchlikmi, nima gap o‘zi? - dedi Nasibjon hayron
bo‘lib.
- Voy, urugTaringiz kelishdi, - dedi quvonch bilan
Anzirat. - Qulluq bo‘lsinga kelishipti. Xolangiz bilan
ammangiz biram dilbar juvonlar ekan. Bir gapirib, o ‘n
kulishadi-ya, baraka topkurlar! Tog‘angizni aytmaysizmi,
biram mehribon, biram dono...
Anziratning gapi og‘zida qoldi.
- Mening ham urug‘larim bor ekanmi! Dadam bilan
ayam oTgandan keyin bularni qarg‘ish tegib qirilib ketgan
deb yurgan edim...
- E-e, gapingiz qursin! Kiring, ichkariga kiring, anchadan
beri kutib o‘tirishipti.
Ayvon peshida sovun qutisidek radiopriyomnikni qu-
log‘iga tutib, o‘n ikki yoshlardagi bir qiz o‘tirardi. Uning
quloqlarida soMkavoydek tilla baldoq. Bo‘ynida shoda-shoda
marvarid. Hamma barmoqlarida qo‘sha-qo‘sha tilla uzuk. U
Nasibjonga qarab, tilla tishga to‘la og‘zini ochgancha radio
eshitardi.

Nasibjon xotiniga, bu kim, degandek qaradi.
- Voy, tanimasangiz, tanib oling. Bu kelinimiz. Xolan-
gizning qizlari, quda boMamiz, deb atayin ko‘rsatgani olib
keptilar.
- Obbo, bitta shu yetmay turgandi.
Nasibjon xotiniga yomon qarash qildi. Uning bu qara-
shida, ulami nega uyga kiritding, degan m a’no bor edi.
Nasibjon bilan Anziratning turmush qurganlariga o ‘n
to‘q-qiz yil boidi. To‘ng‘ich o‘g‘illari institutda okqiydi.
Nasibjon biror marta bo‘lsin, xotinini urug‘larinikiga olib
bormagan. Ular ham jiyanimiz bor edi, deb aqalli bir marta
qadam izi qilib kelishmagan. Oralaridan nima gap o‘tgan,
bilmasdi. Eri shundoq-shundoq bo‘lgan, deb aytmagan.
Anzirat o‘zicha, urug‘laridan uylanmagani uchun yuz
koTmas bo‘lib ketishgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylardi.
Nasibjon qarindoshlari yeb-ichib o‘tirgan uyga tomon
yurarkan, o ‘zi ustidan chiqarilgan hukmni eshitish uchun sud
zaliga kirayotgandek bir alpozda edi. U kirishi bilan katta
xolasi sapchib turdi-yu, uni bag‘riga bosdi.
Voy, sen qanaqa mehrsiz bola chiqding! Axir men
onaginangni singlisiman. Xolaginam o‘likmi, tirikmi, deb
biror marta xabar olmaysan! Sen o‘zi kimga tortganding?!
- Ha, bu shunaqa! - deya uni opasining bag‘ridan tortib
oldi Robiya xolasi.
U qoshini bir-biriga ulab, enlik qilib o‘sma qo‘ygan
semizgina, so‘lqillama juvon edi.
- Sen tug‘ilganda opaginam, o‘g‘il ko‘rdim, deb qandoq
suyungan edi.! Seni yer-u ko‘kka ishonmasdim. Erta-yu
kech opichlab yurardim. Shu yelkaginamda uxlab qolarding,
shiringina bo‘lib.
Nasibjon shu mehribon Robiya xolasinikiga oxirgi marta
borganida instituting ikkinchi kursida o‘qirdi. Tirikchiligi
og‘ir boiganidan durustroq o‘qiyolmay, stipendiyaga
ilinmay qoldi. Kiyim-boshi to‘zigan, yeyish-ichishining ham mazasi yo‘q edi. Biron nima tamaddi qilib kelay, deb

shu xolasinikiga bordi. Xolasi osh damlab qo‘ygan ekan.
Damlangan oshning hidi dimog‘iga urdi.
- Ha, yaxshi yuribsanmi? - dedi xolasi shu paytda
nima qilarding kelib, degandek stolga to‘qillatib choynakni
qo‘yarkan. - Aksiga olib, uyda non ham qolmapti. Jiyanlaring
bir-biridan quloqsiz. Ertalabdan javrayman, magazindan non
opkelib, keyin ishingizga ketinglar deb, qani quloq solsa!
Shuncha bola o‘stirib, kunim qotgan nonga qolib o‘tiribman!
0 ‘g‘il-qizlar birin-ketin birovi o‘qishdan, birovi ishdan
kelishdi. Tog‘ajon-tog‘ajon, deb uning bo‘yniga osilishdi.
Onasi ulami birin-ketin imlab chaqirib, olib chiqib ketdi.
Birozdan keyin ular lablari yog‘dan yiltirab kirishdi.
Xolasining qilmishidan Nasibjonning dili vayron bo‘ldi.
Shu uyga ikkinchi qadam bosmaganim bo‘lsin, dedi-yu,
chiqdi-ketdi.
- Hoy, shoshma, hozir ovqatga unnayman! Quruqdan-
quruq ketma, - degancha qoldi xolasi.
Mana yigirma uch yil bo‘pti uni ko‘rmaganiga. Bugun
jiyanim katta lavozimga o‘tibdi, deb kelibdi.
- Xolaginang girgitton, gap mundoq. Kimsan, endi
kattakon ministrsan! Yot begonalar yoningda yeb-ichib
yurmasin. Bosh yorilsa bo‘rk ichida, degan gap bor.
Jiyaningni yoningga ol. Pomoshnik qilib ol. Nima qilasan
begonalarga sir berib. Iloji bo‘lsa, jiyanlaringdan yana bittasini
o ‘zingga shopir qil. Xudo xohlasa, ikkovimiz quda boMamiz.
Kenja qizim oqi oq, qizili qizil bo‘lib turibdi. Eshigimdan
sovchilaming oyog‘i uzilmay qoldi. Shu qizim o‘g ‘lingga
munosib. Otingni qamchila, bo‘lmasa quruq qolasan!
Gapirganda yasama tishi shiq-shiq qilib turadigan Nurmat
tog‘asi salmoqlab gap boshladi.
- Xolang savodsiz bir narsa, ammo yurt ko‘rgan xotin.
Yetti yil poyezdlarda provodnik bo‘lib, bormagan shahri
qolmagan. 0 ‘zing bilasan, provodnik ishi og‘ir ish, bir kunda necha-necha odam bilan gaplashadi. Xolang o‘rischalab
so‘kkanida o‘rislar ham qulog‘ini bekitib, qochib qolardi.
Topmadi emas, topdi. Topganini bolalarini o‘qishga joylashga
sarfladi. 0 ‘zing yaxshi bilasan, hozirgi domlalaming nafsi
hakalak otib ketgan. Noinsoflar, peshona terini to‘kkandek,
berganingni barmog‘iga tuflab sanab oladi. Xolang bechora
bolalaming hammasini diplomli qildi. Uning gaplari
qulog‘ingda tursin, pomoshnik masalasi - o ‘ylab ko‘rsa
arziydigan masala. Endi mening gapimni eshit. Yoshim
o‘tib, kuch-quvvatdan qolyapman. Qariganda urug‘laringni
qo‘msab qolarkansan. Ko‘rgim keladi. Endi qariganimda
bir yaxshilik qilib ketay. Hali sen kelguningcha hovlingni
aylanib chiqdim. Endi sen kimsan, ministrsan! Bunaqa
uy, bunaqa hovli senga yarashmaydi. Oldingga o‘zingga
o‘xshagan kazo-kazolar keladi. Ulami manavi chordevorga
qanday olib kirasan?! Endi senga obro‘yingga yarasha uy
kerak. 0 ‘zimcha chamalab chiqdim. Ikki qavatli uy quramiz.
0 ‘n ikki xona boMadi. Zal uyga eng kamida oltmish kishi
sig‘adi. Tagida bilyardxona, fin hammomi, sport zali boMadi.
Menga qara, g‘isht zavodlari ham senga qaraydi. Taxminan
yetmishta g‘isht zavoding bor, deb eshitdim. Taxta iskalating
ham yuzdan oshar emish. Har qaysisidan beshtadan
taxta olganingda ham butun urug‘-aymog‘ingga yetadi.
Direktorlaringga meni ko‘rsatib, shu odam mening vakilim,
deb qo‘ysang, tamom; u yog‘ini o‘zim kelishtiraman...
Mehribon tog‘asi uni ikkinchi kursni tugatib, endi ta’tilga
chiqaman, deb turganda qidirib borgandi. Kimsan, kattakon
bazaning mudiri katta boshini kichik qilib kelibdi.
- Hoy sen kimga o‘xshagan chiqding? Urug‘imizda
bunaqa odam bo‘lmagandi-ku? Tog‘am bechora uchastka
quryapti, qiynalib ketgandir deb o‘ylamadingmi? Sendan
osh-non so‘rayotganim yo‘q. «Horma, bor bo‘l»ga ham
yaramaysanmi? Ertaga kanikulga chiqasan. Umringni bekor
o‘tkazma. Erta-indin qilichini ko‘tarib qish keladi, ishlab. besh-to‘rt tangani belingga tugib qo‘ysang, teshib chiqmaydi.
Mardikor bozoriga chiqib bizni uyatga qo‘yma! Menikiga kel.
Bitta student o‘rtog‘ingni yoningga olib, g‘isht quyasan. Har
kuni ovqatingdan o ‘zim xabar olib turaman. Uch oyda, o‘h-
ho‘, qancha g‘isht quyish mumkin! Ertaga borib, mashinada
olib ketaman. К о‘rib olasan, keyin o‘zing boraverasan.
Nasibjon qashqadaryolik hamkursi bilan tog‘asining
uchastkasida uch oyda eh-he, qancha g‘isht quyib tashladi!
Sakson mingdan oshgan chiqar... Tog‘a aytganini qilib, har
kuni tushlikka ikkoviga to‘rttadan somsa olib kelib, quyilgan
g‘ishtlami ko‘zdan kechirardi. Va albatta, balli, deb qo‘yardi.
G ‘irt piyozdan iborat somsa shunchalik Nasibjonning
me’dasiga tegdiki, birov, somsa, desa, ko‘ngli ayniydigan
bo‘lib qoldi.
Tog‘aning hisob-kitob qiladigan payti ham keldi. Negadir
u shoshilmasdi. Nasibjon puldan gap ochgan edi, jerkib
tashladi.
- Uyalmaysanmi, begona emasman-ku! Qochib ketayotga-
nim yo‘q. Arzimagan shu xizmatingni minnat qilib, haq
so‘ragani qandoq tiling bordi? Manavi bola, mayli, u
begona. Uch-to‘rt so‘m bersam boMadi. Ammo sen o‘zimiz-
nikisan, jiyan! Hasharga haq so‘rasa, ayb bo‘ladi. Unaqa past
bo‘lma, jiyan. Shu gapni sen aytmading, men eshitmadim.
Uch oylik mehnati kuygan Nasibjon hamkurs o‘rtog‘i
oldida yuzi qora bo‘ldi.
Nasibjon mehribon tog‘asini shundan keyin ko‘rmadi.
Ko‘rgani toqati yo‘q edi. To‘g ‘ri, bir marta ko‘rdi. 0 ‘sha yili
qish juda mijg‘ov bo‘lgandi. Qor yog‘adi, eriydi, yog‘adi,
eriydi. Nasibjon brezent tuflida shilt-shilt ho‘l qor kechib,
poyabzal do‘koniga bordi. Kecha olgan stipendiyasiga tufli
olmoqchi bo‘ldi. Bir tuflini endi qo‘liga olgan edi, tanish
ovoz eshitildi. Peshtaxta orqasida shu Nurmat tog‘asi turardi.
Demak, tog‘asi bazani silliqqina topshirib, shu do‘konga
o‘tib olibdi-da. Stipendiya tegibdi-da, jiyan? Diding durust, yaxshi
tufli tanlading.
Nasibjon pulini sanasa uch so‘m yetmayapti.
- Tog‘a, uch so‘m yetmayapti. Yetmaganini ertaga tash-
lab o ‘taman.
- Unaqa emas-da, jiyan! Bu hukumatning moli. Reviziya
bossa, shu uch so‘m uchun meni nima qiladi, bilasanmi?
Q o‘y, menga jabr qilma. Pulingni butlab, keyin tuflini olib
ket.
Nasibjon tog‘asiga «xayr» ham demadi, indamay chiqib
ketdi. Mana, shundan beri «mehribon» tog‘asini endi ко‘rib
turipti.
- Endi mundoq qilsak, - dedi tog‘asi yasama tishini
shaqillatib. - Men ham qarib qoldim. Ketadigan vaqtim
bo‘lib qoldi, shekilli. Bittagina o‘g‘limdan ko‘nglim notinch.
Mendan keyin u nima bo‘ladi, bilmayman. Mana, baxtimizga
sen ministr bo‘lding. Bu ham Xudoning inoyati. Sulton
suyagini xo‘rlamas, deb bekorga aytmaganlar. Shu bolani
yoningga ol. Eski shahar bozorini olib ber. 0 ‘zing bilasan,
bozorda katta bo‘lgan bola, eplab ketadi.
U yonida o‘tirgan shirakayf yigitni turtdi.
- Tur o ‘mingdan, ministr tog‘angga qulluq qil! Bozor
seniki bo‘ldi, nodon! Endi ko‘pam ichaverma! Bunaqa ichish
rahbar odamga yarashmaydi!
Ko‘kragiga Brus Lining surati tushirilgan mayka kiygan,
barzangi yigit o‘midan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, qulluq
qildi. Uning og‘zi to‘la tilla tish. Bo‘yniga har donasi
konfetdek tilla tross osib olgan.
Nasibjon hayron. Bu tilla trossning bahosi biron ming
dollar tursa kerak, deb ko‘nglidan o‘tkazdi. UrugTarining
hammasi tilla tishli, go‘yo topgan boyligini og‘ziga
joylaganday. Ular bo‘lar-boTmasga xandon otib kulishar,
kulganlarida og‘izlarida chiroq yonib turgandek boMardi.
Xotinlaming bo‘yni, qulog‘i, bilagi, barmoqlari «archa

bayrami»ni eslatardi. Bugun Nasibjonning uyiga urugiari
emas, «Yuvelirtorg»ning ko‘chma do‘koni kelgandek edi.
Nasibjonning tog‘asi bilan xolasi shunchalik ishonch bilan
gapirdilarki, nimaiki so‘ragan bo‘lsalar og‘izlaridan chiqmay
turib, vazir jiyanlari bajaradigandek edi. Ammo Nasibjon bu
gaplarga na «ha» dedi, na «yo‘q» dedi. Nimaiki eshitgan
bo‘lsa, ichiga yutib o‘tiraverdi. Hukumat unga bu lavozimni
faqat urug‘-aymoqlaringni ta’minla, deb bergandek edi.
Xolasi iymanib, qimtinib o‘tirgan singlisiga achitma gap
qildi:
- Boshqa ko‘ylaging yo‘qmi?! Ministming uyiga shu
alpozda keldingmi?! Bu shtapel o‘lgurni Achavotning lo‘-
lilari ham kiymaydi-ku
- Qandoq qilay, opa, bir etak bola. Erim rabochiygina
odam bo‘lsa! Topganini bolalaming boshiga yetkazsam,
egniga yetkazolmayman! - dedi Salima o‘ksib.
- Ering ham o‘zingga o ‘xshagan Xudo urgan qaysar!
Provodnik vaqtimda ikki-uch marta, yur, olib ketay, dedim.
Ering ko‘nmadi. Hamma tishingni tilladan qo‘ydirib
berardim. Mana, yuribsan, itning keyingi oyog‘i boiib!
Tog‘asining qudasi - qo‘ziqorindek pak-pakana, negadir
bo‘yni yo‘q, boshi ikki yelkasi orasiga chaplab qo‘yilgandek,
yoniga qarash uchun o ‘midan turib buriladigan, ko‘sanamo
bir odam gap boshladi:
- Hoy, insoflaring bormi?! Bola bechorani qo‘y
so‘ygandek, nimta-nimta qilib bo‘lib oldilaring-ku! Menga
nima qoldi? Nuqul shaqir-shuqur suyagi qoldi... Endi
gap bundoq, «Sabis»dagilar nomardlik qilib, nafaqaning
eng pastini berdilar. Bergani nos pulimga ham yetmaydi.
«Sabis» boshlig‘i bir gap aytdi, jon-jonimdan o‘tib ketdi.
«Senga nafaqa u yoqda tursin, eski paytava ham hayf»,
dedi. «Hukumatga sariq chaqalik foydang tegmagan, faqat
zararing tekkan!», deydi. Qandoq qilay, bo‘yim past,
bo‘ynim yo‘q. Yonimga qarayman, desam, o‘mimdan turib

burilishim kerak... Menga bittagina «Trudovoy» yozdirib
ber! Nafaqamning bo‘yini ham jichcha cho‘zib qo‘y. Sen
eshitganmisan-yo‘qmi, yaqinda meni mashina urib ketgan.
Bo‘ynim o ig u r burilmay qoldi-yu, mashina shartta urdi-
ketdi! Ikki oy kasalxonada yotdim. Hozir o‘sha urib ketgan
shopirdan oyiga besh yuz soikavoydan xonaki nafaqa olib
turibman.
Hovlida nimadir taraqlab ketdi. Mast odamning so‘-
kingani eshitildi.
— Sharmandalami nega uyga kiritding, kelin! Hayda
ulami!
Xonadagilar pildir-pis b o iib qolishdi. Tog‘aning rangi
quv o‘chdi. Robiya xolaning o‘sma tutashtirgan qoshlari
ulangan joyidan uzilib kelgandek boidi.
- Oshga pashsha tushdi, a k a !-d e d i qo‘rqa-pisa...-
«Devoriy gazeta» o ig u r keldi.
«Devoriy gazeta» - bu Nasibjonning o‘rtancha tog‘asi
Turg‘unboy. Uning shunaqa ichadigan odati bor edi. Haftada
bir ichadi. Ichganda ham birvarakay ichadi. Kayf qilib,
hamma aka-uka, amma-xolalarinikiga boradi. Navbati bilan
bo‘ralab so‘kadi. Kayfi tarqalguncha, o‘zi charchaguncha
so‘kadi. Mahalla uni haftada bir chiqadigan «Devoriy gaze-
ta» deb atardi.
Turg‘unboy avvallari ichmasdi. M o‘min-qobil, yuvoshgina
odam edi. Q o ii gul ganchkor usta edi. Shahaming
muhtasham saroylari u chekkan ajib, chiroyli naqshlari bilan
betakror mo‘jizaga o‘xshardi. Ro‘zg‘ori tinch shu odamning
xonadoni birdan ag‘dar-to‘ntar b o iib ketdi. Bittagina o‘g‘il-
larini yalab-yulqab, shamolni ravo ko‘rmay, puf-puflab,
unga oydin istiqbol tilab yashardilar. Er-xotin shu arzanda
bolasini Afg‘on urushiga kuzatar ekan, bagirlaridan bir nima
uzilib kelgandek boidi. Tagli-taxtli oilaning eshigini ochib,
qiziga non sindirishgan edi. Kelinning sarpolari ham taxt
edi. Ota-ona orzusi cheksiz edi. O lisd a-A fg ‘on zaminida portlayotgan bombalar ulaming xonadonida ham portladi.
Temir tobutda o ‘giining jasadi keldi.
Eshikdan soqchilar qurshovida tobutni olib kirishganda
onasi faryod urib, o‘zini tobutga otdi. U qayta o‘midan
turmadi. Hovlida qiyomat qo‘pdi. 0 ‘sha kuni eshikdan qo‘sh
tobut chiqdi.
Kelin tushadigan yasatug‘li uy huvillab qoldi. Tur-
g‘unboyning yorqin orzulari qora yerga ko‘mildi. To‘yga
atab qazilgan o‘choqqa o‘t yoqilmay qoldi. Yigirma yetti
yil «sen» demay, sizlab yashagan xotinidan, o‘n sakkiz yil
bagbriga, mehriga o‘rab o‘stirgan bolasidan tumanga qorishiq
xotiralargina qoldi. U ichdi, ichaverdi. Yor-birodarlarining
nasihatini olmadi. Tani bosh q a-d ard bilmas, o‘zimdan
o ‘tganini o‘zim bilaman, dedi-yu, ichaverdi.
Bugun dam olish kuni emas. Turg‘unboy odati bo‘yicha
faqat dam olish kunlarigina ichardi, bugun u ichdi.
Ichmasa boimasdi. 0 ‘g‘liga unashtirilgan qizni kecha dan-
g‘illama to‘y qilib, yor-yor aytib kuyovga chiqarishdi. Tur-
g‘unboy kechasi bilan mijja qoqmay, tebranib-tebranib o‘tirdi.
Sahar payti bir dunyo g‘am bilan, sudralgandek qabristonga
bordi. Qo‘shmozor bo‘lib yotgan xotini bilan o‘g‘li poyiga tiz
cho‘kkanicha ko‘z yoshlarini tiyolmay, uzoq tilovat qildi.
G o‘rkov kelib qo‘ltig‘idan ko‘tarmaganda hali-beri o‘r-
nidan turmasdi.
- Bolam, o‘zingizni qo‘lga oling. Axir siz er kishisiz.
Manavi yotgan yuzlab marhumlaming ham ota-onasi,
farzandlari bor. Qandoq qilamiz, bu Xudoning irodasi.
Turg‘unboy bir so‘z demay, boshini eggancha darvoza
tomon ketdi.
Qaytishda u ichdi. To‘yib-to‘yib ichdi.
Uning dardini aytadigan odami yo‘q edi. Aka-ukalariga
yorilmasdi. Umuman, ulami ko‘rishga toqati yo‘q. Qilayot-
gan ishlarini ko‘rib bir otadan, bir onadan tug‘ilganiga
pushaymonlar yerdi.

Bir vaqtlar akasi Nurmat tog‘aning daranglagan paytlari
bo‘lgan. Poyabzal bazasida mudir paytlari da aytgani-aytgan,
degani-degan, besh ming, o‘n ming so‘m degan gaplar og‘zining
yeli edi. Shaharda o‘nta «Pobeda» bo‘Isa, bittasi shuniki bo‘lgan.
Uzoq-yaqin yurtlardan keladigan mijozlar shundoq shahri
azimdan uning uyini topishi juda oson edi. X o‘roz tamovli
oq uy qayerda, desa bo‘ldi, yosh bola ham mana, deb ko‘r-
satib berardi.
U qilgan to‘ylar hali-hali og‘izlarda doston. Uning
to‘yiga bir marta kelgan hofiz qistir-qistirdan tushgan pulga
bemalol o‘g‘il uylasa bo‘lardi. Otasiga, onasiga bag‘ishlab
o‘tkazgan m a’rakalariga ham har ehtimolga qarshi ikki
guruh hofiz aytib qo‘yardi. Ashula aytsa aytar, aytmasa osh
yeb ketaveradi, derdi.
Uning orqasida qancha ipirisqilar ro‘zg‘or tebratishardi.
Shahaming pastqam mahallalarida xufiya «iskalat»lari bo‘-
lardi. Nurmat tog‘a bu joylarga biron marta bormagan. Bu
ishlami singlisi Robiya boshqarardi. Chex tufli lari u vaqt-
larda otliqqa ham yo‘q, piyodalarga y o i bo‘lsin paytlar
edi. Nurmat tog‘a bazaga kelgan bu xil tuflilaming hidini
chiqazmay, o‘sha birovning nazari tushmaydigan xufiya
«iskalat»larga jo ‘natar edi.
Nima bo‘ldi-yu mahallaning «qitmirlari» hid olib, xufiya
ombor to‘g‘risida tegishli joyga xabar qiladilar. Kechasi
melisa bosadi. Uyning egasi sakson yoshlarga borib, hilvirab
qolgan kampimi so‘roq qiladilar.
Yer tagida ilon qimirlasa biladigan Robiya bo‘lgan
voqeani o‘sha kechasiyoq eshitadi. Mahallaga bormay qo‘-
yadi. «Ombor»da ming juft tufli bor edi. Yaxshiyam uch
kun oldin olti yuz juftini olib ketgani, bo‘lmasa salkam
mingta tufliga kuyib qolardi.
Hovlining egasi Robiya qayerda turadi, ash oti nima, bil-
masdi. Ijara pulini vaqtida to‘lab turganidan keyin surishtirib
nima qilaman, deb o‘ylardi.
Robiya u yerga borganda qora xalat kiyar, oq doka ro‘mol
o‘rab qari xotinlarga o ‘xshab olardi. Kampiming nurdan
qolayozgan ko‘zlari uning yuzlarini durustgina ko‘rmagan.
Shu sabab hovli egasi bo‘lmish bechora kampir militsiya
savollariga tayinli biron javob berolmagandi.
Shundoq shahri azimda Robiyani qidirish oson gap
emasdi. Uni izlash qora po‘stakdan burga qidirishdek gap
edi. Hilvirab, omonat b o iib , ana kctaman, mana ketaman,
deb turgan kampir uch kundan keyin jon taslim qildi.
Sakson yil toat-ibodat qilgan, tong saharlarda Xudodan
imonimni salomat qil, deb iltijolar qilgan bir mushtipar
kampir yuzi qaro bo‘lib, Alloh dargohiga ko‘chdi. Militsiya
tintuv paytida olgan tuflilami egasiz mol sifatida davlat
hisobiga o ‘tkazdi.
0 ‘sha kezlari bayram arafasida militsionerlarga yangi
yozlik forma berishga tayyorlanayotgan edilar. Faqat qora
tufli topish muammo bo‘lib turgan edi. Shahar militsiyasining
boshlig‘i yuqori idoraning ruxsati bilan pul o‘tkazib, tuflilami
o‘zlariga olib qoldi.
Bayram namoyishini tartibga solib turgan militsio-
nerlaming oyog‘ida qora tufli ko‘rgan Robiya, «Qora tufli
kiygan oyoqlaring sinsin», deb qarg‘ardi.
U bo‘ldi, bu bo‘ldi, aka-singil bir m o‘min-musulmon,
mushtipar kampiming fojiaviy o‘limiga sabab bo‘ldi.
Bu sir sirligicha qoldi deb o‘ylashadi. Ammo Turg‘unboy
bu gaplardan xabardor. Shuning uchun ham aka-singillami
ko‘rishga toqati yo‘q. Ko‘rdi, so‘kaveradi. Ayniqsa, ichib olgan-
dan keyin ulami charchaguncha, kayfi tarqaguncha so‘kardi.
Uning bunaqa chidab boflmas haqoratli so‘zlariga chidamay
ilojlari yo‘q edi. Bu tentak piyonista ukamiz simi ochib
qo‘yishdan ham toymaydi, deb mum tishlab o‘tirishardi.
Avvallari oilasi jam, tinch paytlarda Turg‘unboy jiyani
Nasibjondan xabar olib turardi. Dam olish kunlari o‘g‘lini
yuborib, uni oldirib kelardi. Ichiga issiq kirsin, deb o‘zi osh

damlab yedirardi. Ketayotganida cho‘ntagiga zo‘rlab pul
solib qo‘yardi.
Birgina Nasibjon xotini bilan borib uyini yig‘ishtirib,
hovlisini supurib kelishardi. Uyda biron tansiqroq ovqat
qilsalar nasiba olib borardilar. Turmushi tangroq Salima
degan singlisi ham ko‘p kelardi. U serfarzand, qurilishda
betonchi b o iib ishlaydigan erining topganini uchma-uch
qilib ro‘zg‘or tebratadigan munglig‘gina bir xotin edi.
U tez-tez kelib, javrab-javrab uyini supurib-sidirib kelardi.
- Agar shunaqa ichaveradigan boisangiz, bilib qo‘-
ying - kelmay qo‘yaman! - deb tahdid qilar, baribir akasi
ichishni, Salima esa kelishni qo‘ymas edi.
Turg‘unboy b o isa, ichib olib akasinikiga, opalarinikiga
borib, erinmay so‘kib kelishini qo‘ymasdi. Shu «vazifa»sini
bajarib b o iib , Nasibjonnikiga gandiraklab kelardi-yu,
choфoyada oyogini osiltirib uxlab qolardi. Nasibjon uni
to‘shakka yotqizib qo‘yardi.
Ertalab uyg‘onib jiyanidan, kelinidan uyalganidanmi, ular
turishguncha ketib qolardi.
Anzirat uning bu xil kelishlarini malol olmasdi. Faqat,
«Attang, shunday odam», deb qo‘yardi.
Turg‘unboy urugiari oiirgan xonaga sherday o‘kirib
kirdi.
- Nima qilib oiiribsanlar?! Bu bolaga yetti yot bego-
na edilaring-ku! Amaldor boigandan keyin gim irlab qoldi-
laringmi? Qani, jo ‘nalaring!
Aka-singillaming dami ichiga tushib ketdi. Suhbatning
guli b o iib oiirgan Nurmat akasi tilini yutib yuborgandek
jim edi. Har haftada uyiga kelib, aytadigan sassiq gaplari
opasiga yod b o iib ketgan: «Chayqovchisan... Puldan boshqa
darding yo‘q... Harom yemagan kuning uyqing kelmaydi...
Sen odam xoisan, ay lay mi, qanaqa odam xoiligingni? Mana-
vi sheriklaringga aytaymi? Q o‘rqasan-a!»
Turg‘unboy munkib-munkib choy xo‘pladi.

Eshitdilaringmi, tish do‘xtirlaming omadi kepti.
- Nima balo bo‘pti?! - dedi tog‘asi, gap boshqa yoqqa
burilganidan suyunib.
- lya, hali xabarlaring yo‘qmi?! Shaharda yangi
toifa y o ito ‘sar-qaroqchilar paydo bo‘pti. Tramvaydami,
avtobusdami, ko‘chadami - tilla tishli odamni ko‘rsa, og‘ziga
ombir tiqib, tishini sug‘urib olyatkanmish. Ko‘chada, do‘x-
tirxonada lunjini bog‘lab olganlaming son-sanog‘i yo‘q!
- Gaping o‘lgur o‘zingdan ham sovuq!
Robiyaning gapi og‘zida qoldi.
- Itiga tilla tish qo‘ydirgan otarchi artist bor edi-ku, shu
bcchoraning boshiga qora kun tushib qopti. Itining kallasini
kesib, olib ketishipti. Itning kallasini olgan qaroqchilar tilla
tishli odamni tinch qo‘yarmidi!
- Hoy, yaramas, topib kelgan gaping shumi?
- Gapning kattasini hozir eshitasanlar. Ketasanlarmi-
yo‘qmi? - U atrofga alangladi. Tokchadagi dazmolni ko‘rib,
chayqala, chayqala borib qo‘liga oldi. - Ketmasalaring, shu
bilan urib, dabdala qilaman.
Q o‘ziqoringa o‘xshagan mehmon birinchi b o iib o‘zini
eshikka urdi. Katta xolasi Robiya, dod, degancha yugurib
hovliga chiqib ketdi. Birpasda uy bo‘shab qoldi. Q oiida
dazmol bilan hovliga chiqqan Turg‘unboy:
- 0 ‘rtoqlar, bugun tozalik kuni, ya’ni «sanden», uy
dezinfeksiya qilinadi! - dedi tantana bilan. - Gap shu - bu
uyga ikkinchi qadam bosmaysanlar! Qoralaringni ko‘rmay!
Sen qol, ketma! - dedi u Salimaga. - Sen bular toifasiga
kirmaysan. Onam rahmatli oidakning tuxumini bosgan
ekanmi, bilmadim, ochib chiqqanlaming bittasiga ham suv
yuqmaydi-ya!
- Onam rahmatliga til tekkizma, diydoring qursin!..
Opasi uni qarg‘ay-qarg‘ay, akasi so‘ka-so‘ka chiqib ketdi.
- Endi menam ketay, - dedi Salima. - Borib, bolalarga
ovqat qilay.

Nima qilasan ovqat qilib?! Mana, ko‘ryapsanmi, bir
qozon palov damlogMik turibdi. Shundan bitta tog‘oraga
bosib beramiz! Opalaringni haydaganimga xafa bo‘ldingmi?
Q o‘y, xafa bo‘lma! Ular odammas. Achinma.
Turg‘unboy har galgidek javray-javray chorpoyada uxlab
qoldi.
Nasibjon yigirma yildan ortiq yo‘q bo‘lib ketgan, och-
yalang‘och qolganda, holing ne deb bir marta xabar olmagan,
bir kosa oshini ravo ko‘rmagan, brezent tuflida qor kechib
kelganda uch so‘m pulini ayagan, sakson ming g‘isht quydirib,
haqqini bermagan, endi yurtga qo‘shilib, mehnati bilan el
nazariga tushganda, hukumat iltifotiga erishganda, vazirlik
lavozimiga loyiq topilganda, go‘sht isini sezgan aridek paydo
bo‘lgan urug‘laridan nafratlanib ketdi.
Turg‘unboy tog‘asi mast bo‘lsa ham, rost aytdi:
- E-e, jiyan, bulaming gapiga. kirma! Ulami qishdan
qolgan qarg‘alar deb, o‘z ishingni qilaver! Bilib qo‘y, saraton
qancha qizisa, sovuq kunlami sog‘ingan qarg‘alar shuncha
qattiq qag‘illaydi.

9 - S. Ahmad

129