Kuzda izlangan bahor
Yurak – kuzda , umid – bahorda ...
Kuzning yomg'irli kuni
Atrofda daraxtlarning sarg'ish zarg'aldoq va tillarang yaproqlari
Hiyobonda kuzning sokin ovozini eshitib yuraklari birlashishga ulgurgan ikki juftlik so'zsiz gaplashishardi ...
Na imo-ishora va na so'zlar ... Ular uchun bular shart emas . Bir -birlarining ko'zlariga boqishsa , qollarini birlashtirishsa — shuni o'zi yetarli
Bu jimlikni qizning yigitga bergan savoli buzdi
Hada: Jin men sizga savol bersam maylimi ..
Jin: Albatta .. ho'sh mening yovvoyi mushukcham qanday savol bermoqchi ..
Bu gaplardan so'ng Hada Jinning qo'lini ohistalik bilan o'ziniki bilan birlashtirdi
Hada: Siz meni hech qachon yolg'iz qoldirmaysiz, to'g'rimi ??
Jin: Bu qanday g'alati savol bo'ldi 🤨
Men seni o'lganimda ham tinch qo'ymayman 😁
Yigit o'zinging hazilomus gapidan kulib qizning burnini chertib qo'ydi
Jinning bu qilig'idan o'zini jahli chiqqanga o'xshatgan qiz birdan jiddiy nigohda yigitga yana yuzlandi
Hada: Men hazillashmayapman .. siz meni bir bo'lagim bo'lib qolgansiz ..
Sizsiz hayotimni tasavvur ham qilishim qiyin ..
Bu gapdan so'ng Jin jiddiy qiyofada ammo vazmin ohangda gapirdi
Jin: Hech qachon seni tashlab ketmayman ...
Biz baxtli bo'lamiz ... Har qanday sinovlarni birga yengib o'tamiz .Har doim oldingda bo'laman ...
Senga va'da beraman
Hada: Raxmat sizga ... Hammasi uchun ...
Jin: Agarda ... Mobodo menga biror narsa bo'lsa ham seni o'zim bilan olib ketaman 😂
Jiddiylikni birdaniga yo'q qilgan yigit bu safar rostan ham qizning jahli chiqishiga sabab bo'ldi
Hada: Hoy siz... Sizni qaranguu .. men nima deyapman-u siz nima deyapsiz 😑
Jin: Hoy men hazillashdim ...
Shunga arazlash kerakmi yovvoyi mushukcha
O'rindiqdan turib orqaga qaramay ketishni boshlagan qizni qo'llaridan tutgan Jin uni o'ziga qaratdi
Jin : Mushukchamiz mendan xafa bo'ldimi ..
Qani menga qarasin ...
Yigitning qo'lini siltab yo'lida davom etgancha plgapirdi qiz
Hada: Boring... menga gapirmang .
Yigit yana borib qizning qo'llarini tutdi va tiz cho'kdi
Jin: Malikamiz kechirishi uchun nima qilishim kerak ...
Balki... Menga turmushga chiqarsiz ...
Jin qo'llarini shimining cho'ntagidan chiqardi
Qutichani ochib Hadaga qaradi
Birdan bo'lgan ishdan esankirab qolgan qiz nima qilishni bilmay qoldi
Jin: Ho'sh mrs Hada... Menga turmushga chiqasizmi ???
Hada : Aa.. aa .. yo'q unday emas ...
Bunday demoqchi emas edim .... To'g'risi .. men anglolmayapman ...
Jin: Shunchaki javob ber ...
"HA" yoki "YO'Q"
Hada : Haa ... Men roziman ..🥹
Yigit qizning qo'llarini asta tutib barmog'iga uzukni taqdi
Ikki juftlik kuzning g'amginli ,yomg'irli kunini o'zlari uchun baxtning bahoriga aylantirishdi
Oradan ikki kun o'tdi
Eshik qo'ng'irog'i chalinmoqda:
Eshikni hotirjamlik bilan ochgan Hada keyingi soniyalarda do'sti Minaning havotirli yuzidan qandaydir nohushlik borligini aniqladi
Mina: Hada nega telefoningga tushib bo'lmayapti??
Hada: Nima bo'ldi .. Telefonimni uztaga bergandim ,shuga oldimda emasdi
Mina: Menda nohush xabar bor ...
Hada: Nima .. yana qanday xabar ..
Hada : Aytsangchi Mina ...Nima bo'ldi o'zii ???
Ikki qo'llari bilan do'stining yelkalaridan tutgancha Mina gap boshladi
Mina: Hada ichkariga kiraylik keyin aytib beraman.
Ular ikkisi ham ichkariga kirishdi va mehmonhonadagi divanga o'tirishdi
Hada: Ho'sh qanday xabar aytmoqchi eding ..
Mina: Avval o'zingni qo'lga ol ...
Hada : Bu nima deganing .. meni bunday ichimni yondirishni bas qil endi ...
Mina: Hada Jin motosiklda avtohalokatga uchrabdi ....
Nohush xabarni eshitgan Hada o'zini yo'qotib qo'ydi
Hada: Nima ?? Bo'lishi mumkin emas .. nega u ..Nega aynan Jin 😣
Mina o'rtog'ining holatini ko'rib uni mahkam bag'riga bosdi
Mina: U tirik .. hozir kasalxonada aperatsiya bo'lyapti ekan..
Buni eshitishim bilan seni oldingga keldim ..
Hada: U tirik shundaymi .. tezroq..tezroq uni oldiga borishni hohlayman iltimos meni uni oldiga olib bor
Mina: Tur o'rningdan . Tezroq bo'l .. uni oldiga boramiz ..
Hada tez o'rnidan turib kiyimlarini almashtirdi .
Kerakli narsalarni oldida Mina bilan taxi to'xtatib kasalxonaga shoshishdi
Hada kasalxona eshiklaridan yugurib kirar ekan tezda Jinni qayerda ekanligini so'rashga tushdi.
H: Xonim sizga biror yordam bera olamanmi ..
Hada : Jin ... Kim Seok Jin..
Qaysi palatada yotibdi ?
Hodim kompyuteridan qidirar ekan Hada va Mina sabrsiz turishar edi
H: Xonim janob Kim Seok Jin hozir operatsiyada ekan .. 3 - qavat 2 - bo'limda
Qavat va bo'limni eshitgan Hada hodimga javob ham qaytarmay liftga shoshildi
Liftning tugmasini asabiy bosar ekan lift eshiklari ochilib odamlar tushishdi .
Ulardan so'ng liftga ikki qiz kirib 3 raqamli tugmani bosishdi va havotir bilan lift tepaga tezroq ko'tarilishini kutishdi
Lift eshiklari ochilar ekan undan otilib chiqqan Hada ikkinchi bo'limni qidirishni boshladi
U yoqdan bu yoqqa borib ikkinchi bo'lim operatsiya xonasi oldiga yetib keldi
Eshiklar yopiq ... Operatsiya bo'layotgani haqida yozuvlar kichik ekranchada yozilgan .
U yerda Kim Seok jin , shifokorlar hamshiralar ismlari va operatsiya qanchadan beri davom etayotgani yozilgandi
Operatsiya sal kam 3 soatdan beri bo'lmoqda
Yo'lakda operatsiya yaxshi tugashini iltijo qilib o'tirgan ikki qiz bor
Har daqiqa har soniya eshikka umid bilan termulishar ekan yomon hayollardan o'zlarini tiyishardi
Soat millari birin-ketin odimlar , vaqt hamma uchun har xil o'tardi
Shifokorlar uchun juda tez
Tashqarida natijani kutayotganlar uchun juda sekin
Operatsiya stolida yotgan bemor uchun to'xtab qolgandek
Vanihoyat ...operatsiya xonasi eshiklari ochildi
Shifokor chiqar ekan o'rnidan dast turgan ikki qiz uning oldiga yaqinlashishdi
Yuzidan niqobni olish barobarida gapirgan shifokor ancha charchagani yaqqol sezilib turardi
Sh: Kim Seok Jinning yaqinlari sizlarmisizlar
Hada: Haa bizmiz .. Uni ahvoli yaxshimi .. U ...u tirikmi 🥺
Bu gapni eshitib birdan bo'shashgan tanani Mina ushlab qoldi
Hada: haa..ha yaxshiman .. men yaxshiman 🥹
Men .. men qo'rqqandim . Uni yo'qotib qo'yishdan qo'rqqandim
Mina: doktor biz uni qachon ko'ra olamiz
Sh: uni palatag olishimiz kerak . Ahvolini bir sutka davomida kuzatamiz ahvoli qoniqarli bo'lsa keyin ko'rishga ruxsat beramiz
Hada: Uni oldinroq ko'ra olmaymizmi
Sh: Yo'q bu bemor uchun xavfli bo'lishi mumkin
Shu tufayli iltimos uyingizga borib dam oling ertaga kelasizlar
Hada: Men bu yerdan bir qadam ham jilmayman .. Qachon men uni ko'raman va o'ziga keladi , shundagina men dam olishim mumkin
Shifokor ular oldidan barcha gaplarni aytib ketdi
Mina: Hada sen charchagansan . Dam olishing kerak .
Hada: Yo'q Mina . Aytdimku men uni ko'rmagunimcha tinchimayman
Mina: Hada tushunib turipman . Lekin sen bu yerda qolsang o'zing ham kasal bo'lib qolishing mumkin ,shuni o'ylayapsanmi ..
Mina: Hada o'ylab ko'r u hushiga keldi ham lekin seni bu ahvolda ko'rsa hursand bo'ladi deb o'ylaysanmi
Hada: .... Baribir men shu yerda qolaman
Mina: .......
Yaxshi men ham sen bilan bo'laman
Bir sutka davomida Jinning ahvolidan habar olib turishdi . Xavf ortda qoldi . Endi yaqinlariga uni ko'rishga ruxsat berishadi
Hada xonaga kirar ekan Jinni ko'rib yuragi yana bir bor siqildi
Uning ahvoli juda achinarli edi . Xattoki operatsiya yaxshi bo'lib o'tgan bo'lsa ham
Hada: Siz...siz menga va'da bergandiz .. meni yolg'iz tashlab ketmaslikka qasam ichgandiz .
Lekin siz nima qildiz? Meni o'zimni tashlab ketmoqchi bo'ldiz .....
Bu gaplarni lablarida qaltiroq bilan sekin lekin jahl bilan aytgan qiz boshini quyi solib yig'lamaslikka urinardi
Eshik ochilib Mina qo'llarida idish bilan kirib keldi
Mina: Hada men keldim tushlik olib keldim .
Ovqatlanib olishing kerak
Mina:Bo'ldi qilsangchi Hada . Jinni ko'rding mana u oldingda .. Endi qaysarlik qilishni bas qil .
Sen Jinga qaraysan , lekin o'zingni o'ylamaysan ham . Jinga shifokorlar ham qarashadi , senga esa men ko'z-quloq bo'lishim kerak , yo'qsa sen ham aniq bir nima bo'lib qolasan
Minaning havotirli va jiddiy so'zlarini eshitib Hada biroz o'ylanib uning oldiga borib o'tirdi va Mina olib kelgan tushlikni yeyishni boshladi
Mina bundan biroz o'zini yengil his qildi
Shu kunlar ichida Hada va Mina Jinning oldidan hech ketishmadi
Hada Jinnga Mina esa Hadaga g'amxo'rlik qilishdi
Lekin shu kungacha Jin ko'zlarini ochmadi
Har daqiqa Jinni ko'zini ochishini kutayotgan qiz uni oldida boshini kravat ustiga qo'yib uxlab qolgandi.
Jinning barmoqlari qimirlashni boshladi .
Sekin-sekin qo'llar ham qimirlamoqda
Jin ko'zlarini sekinlik bilan ochar ekan o'zi qayerda ekanligini umuman anglolmasdi
Hamma joy g'ira - shira ko'rinar ekan u yaxshiroq va tiniqroq ko'rish uchun ko'zlarini ikki uch martalab ochib yumdi
Jinning qimirlaganini sezib turib ketgan qiz unga yuzini qaratdi .
Hada: Jin .. Jin yaxshimisiz ... Men ...men sizdan ayrilib qoldim deb qo'rqqandim ....
Duduqlanib ,ko'zlarida yosh bilan zo'rg'a gapirdi
Hada: Men.. men hozir doktorlarni chaqirib kelaman
Hada shoshgancha shifokorlarni chaqirish uchun chiqib ketdi.
Biroz vaqt o'tgach doktorlar bilan qaytib kelgan qiz xonaga kirish uchun qo'l cho'zganida hamshira uni to'xtatdi
Doktorlar xonaga birin-ketin kirib eshikni yopishdi . Tashqarida qolib ketgan qiz ularni oynadan kuzatardi
Dokotrlarni gaplari umuman eshitilmasdi . Lekin shuni aytish lozimki ular aniq hursand emaslar , bu ularning yuz ifodasidan ham payqash qiyin emas
Doktorlar chiqqach xonaga kirish uchun yurgan qizni asosiy shifokor to'xtatdi
Sh: Bemor ko'zlarini ochdi , lekin bir muddat uning oldiga kirmay turishingiz lozim
Hada: Lekin nega .. Axir u ko'zlarini ochdi . Endi uni oldiga nega kirgizmay qo'yasiz?
Sh: Bemorga tinchlik kerak va agar siz uning oldida ruhiy ezilsangiz bu bemorga ham ta'sir qilishi mumkin. Shu sababdan bemor oldiga kirishingiz taqiqlanadi
Shifokor o'z so'zlarini aytib qizning oldidan ketdi
Hada esa ming xil savollar bilan karidorda yolg'iz qoldi
Kasalxonadagi ilk haftada Jin ko'zlarini ochib imo-ishoralar qilardi ,lekin gapirmas va harakatlanolmasdi .
Keyingi haftaga borib Jin ancha harakatlanadigan va gapiradigan bo'ldi
Bu orada Hada u bilan , uning oldida dalda bo'lib turdi
Avtohalokatda oyog'i va boshidan jarohat olgan Jin jismonan tiklanishi qiyin bo'ldi . Oyog'i singan , bosh qismi esa qattiq shikastlangandi . Shu sabab ko'zlarini ochganidan so'ng bir haftacha gapirishga qiynaldi
Bugun esa u nogironlar aravachasida kasalxona bog'ini kuzatib o'tiribdi
Hada esa uning oldida u bilan manzaradan bahramand bo'lmoqda
Jin: Hada senga bir savol bersam bo'ladimi – sokinlik bilan savol berdi Jin
Jin: Tasavvur qil men sening oldingda bo'lmayman yoki seni butunlay tark etaman . Xatto buni o'zim istamasam ham
Hada: Bu bilan nima demoqchisiz
Jin: Savolimni eshit ...
Shunday bo'lsa meni o'ylamay baxtli bo'lishga va'da bera olasanmi ???
Bu g'alati savolga hayron qolgan Hadaning yuz ifodasi o'zgardi. Ko'zlarida qo'rquv va g'azab jamlandi
Hada: Nega unday deyapsiiizz . Nega meni tashlab ketish haqida o'ylayapsiz ... Aaaaa...
Jin: Men shunchaki agar shunday bo'lsa dedim . Iltimos yig'lama , bo'pti men hazillashdim . Seni tashlab ketmayman
Hadaning ko'zlaridan tomgan yoshlarni artgancha gapirdi Jin
Sh: Kim Seok Jin siz bilan bir masalada gaplashib olishimiz zarur
Sh: Sizda yana bir kasallik bor . Bu haqida bilarmidingiz
Jin o'ylanib qoldi . Yuzi ma'yus tortdi va boshini quyi solib xo'rsindi
Jin: Haa... Menda opka arterialar gipertenziyasi bor va bu kasallik yurak yetishmovchiligiga olib kelishini ham bilaman .....