
Umr , Hayot , Taqdir , Yashash , O'lim ..... Bu jumlalarning har biri bir-biriga bog'liq, ular shunday daomliki har bir inson bu g'ildirak kabi aylanib qaytariluvchi daomlilikdan o'tadi. Umr otadi , hayot davom etadi , inson yashashda davom etadi , ahiri bir kuni uni ham muqarrar o'lim qarsha oladi...

Kuz derazadan jimjimador ranglarda emas, xira tuslarda qarar edi. Yaproqning to‘kilishi bu safar shunchaki fasl o‘zgarishi emas, hayotdan uzilib ketayotgan umidga o‘xshar edi. Shamol o‘ynayotgan barglarni ilib, yerda aylanadi. Deraza oynasidan oqib tushayotgan tomchilar go‘yo vaqtning sirg‘alayotgan daqiqalarini eslatadi.

Cheonsa chuqur uyquda yotgan bo‘lsa-da, ich-ichidan bir narsa uni bezovta qilardi. Go‘yo qandaydir g‘alati, qorong‘i kuch unga yaqinlashayotgan edi. Bir mahal, xuddi qulog‘ining ichidan eshitilgandek, vahimali ovoz yangradi:

Erta tong Mayin shabboda esib daraxt shoxlarini ohista shivirlatdi.Qushlarning tongi rohatbaxsh kuyi yurakni larzaga keltirar, xuddi uyg'onayotgan tabiatga ohang baxsh etayotgandek edi.Dengiz to'lqilari sekinlik bilan harakatlanar , ularning sokin shovqini esa yurakka qandaydir g'aroyib tinchlik olib kelar edi. Go'yo tabiat orkestri barcha uyg'onishi uchun ajoyib kuy chalayotgandek.

Hayot ipdek nozik... Bir chiziq tortiladi va hammasi tugaydi. Yo'q, bu tugash emas. Bu boshqa yo'lning boshlanishi. Kimdir qichqiradi , kimdir yig'laydi , kimdir esa sukut saqlaydi . Ammo oxir - oqibat , o'limning sukunati ancha so'zlardan ko'ra ko'proq narsa so'zlaydi...

O'lim.... Bu so'z avval ham tanish edi, lekin endi u faqatgina kitoblardagi yoki filmlardagi tushuncha emas edi. Endi bu haqiqat edi. Qizning haqiqatiga aylangan, ich-ichidan o'yib tushayotgan haqiqat.

~Bu yo'l meni qayerga chorlamoqda..?? Bu yog'duni ortidan borishim qanchalik to'g'ri yoki xato ekani meni umuman qiziqtirmayapti.. Bu yog'du meni o'ziga jalb qilyapti...