April 29, 2025

La'nat Tushlari: Qora Tush Sohibasi

La'nat Tushlari: Qora Tush Sohibasi

6 - qism

Tungi osmon yulduzsiz, tun dunyodan ajralgan kabi qorong‘i edi. O‘rmon — so‘zsiz va harakatsiz. Uning chuqur yuragida hech bir qush sayramas, hech bir jonzot yurmasdi. Faqat shamol — asta esib, daraxt tanalariga ohangrabodek tegib o‘tardi. Bu shamol yolg‘izlikni ham, sirli bir dardni ham o‘zida olib yurayotgandek tuyulardi.

Qadimiy daraxtlar go‘yo asrlardan beri bu yerda turibdi. Ularning uzun, egri shoxlari bir-biriga suyanib, osmonga yetmagan ko‘ngillarini yerdan so‘rayotgandek egilib turardi. Yer esa jim, sovuq va nam — go‘yo har bir qadamning ostida o‘tmish so‘rilayotganday.

Birdan, bu qorong‘ulik orasidan xira, lekin barqaror nur paydo bo‘ldi. Avval bitta. Keyin yana biri. So‘ngra yana… Butun o‘rmon yuragidan o‘nga yaqin fonuslarning nurlari otilib chiqdi. Har biri o‘ziga xos ohangda miltillab, qorong‘ilikni yutolmayotgan tong oldi nurlaridek ko‘rinar edi. Ularning atrofi tuman bilan o‘ralgan, nur esa go‘yo havoda muallaq turib, bu joyda oddiy insonlar yurishi mumkin emasligini eslatib turardi.

Fonuslar bir nuqtaga jamlangan, ular atrofida esa hayot alomatlari yo‘qday tuyulardi. Fonuslarni tutayotgan insonlar qorong‘u va tuman orasida ko‘rinmas, go‘yo ularning o‘zi ham bu tuman bilan birlashib ketgandek edi.

Ormonning boshqa bir tomonida ot choptirganicha bir inson ketar edi...
U to'g'ri ormon markaziga – fonuslar tomonga harakatlanardi . U yerga yetib olishga ancha vaqt ketishi aniq. Hattoki u otda bo'lsa ham . U otini iloji boricha tez lekin shovqinsiz boshqarishga harakat qilardi .

Fonuslar uzoq vaqtdan beri bir joyda turibdi . Kimnidir kutayotgandek

Chavandoz ancha o'rmon ichkarisiga kirib kelgandi . Fonuslargacha yaqin masofa qoldi .

U otini to'xtatib , undan tushdi . Otni bir daraxtga bog'lab , undan fonus oldi va uni yoqdi .
O'zi esa qolganiga piyoda yurishni boshladi

--------------------------------
Shu vaqtda ormon va dengiz sohili orasida joylashgan qishloqdagi bir uyda:

Kulba ichida o‘choq gumburlab yonar, yong‘oq daraxtidan yasalgan tokchalarda shifobaxsh giyohlar osilib turardi. Havo giyohlarning achchiq hidi va olovning iliqligi bilan to‘lgan edi.

Cheonsa karavotda harakatsiz yotar, oyog‘i bandaj bilan bog‘lab qo‘yilgan. Har bir harakatda yuziga og‘riq ohangi yugurardi. Soha hola qizning yoniga kelib, qo‘lida iliq paxtali mato bilan bandaj ustidan ohista bosdi. Uning yuzida xavotir va g‘azab aralash bir ifoda bor edi.

— Aytdim-ku, uzoqqa bormang deb! — dedi u ovozini ko‘tarmay, lekin qat'iy ohangda. — Ertalab “tezda qaytaman” deding. Qani endi? Tez deganing shu bo‘ldimi? Kamiga jarohat ham olibsan

Cheonsa ko‘zlarini pastga soldi, ichida aybdorlik hissi ko‘tarilayotganini yashira olmasdi.

— Kechirasiz, Soha xola... Men bunday bo‘lishini xohlamagandim. Men faqat...

— “Faqat ozroq meva termoqchi eding ”, shundaymi? O‘rmon — o‘yinchoq emas, Cheonsa!
O'zi seni yolg'iz jo'natgan men axmoq
U yerda nima bor, nima yo‘q, sen bularni bilmaysan-ku. Yaxshiyamki oyog'ing qayrilgan holos
Agar singanida uni to'g'irlash ancha qiyin bo'lardi

Cheonsa ohista bosh irg‘adi, ovozi xirillab chiqdi:

— Endi bunday qilmayman...

Soha xola chuqur xo‘rsindi. U g‘azablanayotgan bo‘lsa-da, qizni o'z farzandidek yoqtirardi.

— Endi dam ol. Tabib aytdi, oyog‘ing kamida bir hafta tinchlikda bo‘lishi kerak. Agar yana zeriksang va biror joyga borging kelsa — avval menga aytasan. Yolg‘iz bir qadam ham bosmaysan, tushundingmi?

Cheonsa yana bosh irg‘adi

Tuman ichida asta-sekin olg‘a yurarkan, fonuslar tobora yaqqol ko‘rina boshladi. Har bir fonusning nuri xuddi jimjitlikni yorib o‘tayotganday, tuman ichida chaqnab turardi. Nihoyat u yetib keldi.

U yetganida, u yerda turgan insonlar bir zumda jim bo‘lib qolishdi. Ularning yuzi tuman soyasida to‘liq ko‘rinmasa-da, fonus nuri ularga g‘ayritabiiy jilo berib turardi. Ularning teng yarmi u insonga ta'zim qildi , so'ng hammasi ikkiga ajralib unga yo'l berdishdi. Bu insonni kutishgani aniq edi.

U esa hech qanday shoshilmasdan, og‘ir qadamlari bilan ular orasidan o‘tib bordi. Atrofda sukut. Faqat oyoq ostidagi barglarning shitirlashi eshitilardi.

Yo‘l oxirida yirik, qora matoga o‘ralgan kimsa uni kutib turardi...

Qora shoyi matoga burkangan shaxs o‘rtada turgan edi. Chavandoz yondan kelib u odamga yaqinlashdi. Barcha fonus ko‘tarib turganlar jim bo‘lishdi, ularning nigohlari qora shaxsga emas — aynan yangi kelganga qadalgan edi.

— Kechikding, — dedi qora shaxs qat'iy va sovuq ohangda — Bu marosim juda muhim . Shu yodingdadir?

Chavandoz egilib fonus ko‘targanlardan birining yoniga keldi va unga oz fonusini berdi. So‘ngra boshini qora shaxsga burdi:

— Qirol Jeon Jungkook
Uzur so'rayman. Men kechikishimni yordamchilarimga aytgandim. Qo'shni mamlakat qirolini kuttirish bu hurmatsizlikdir.
Shu sabab bu xatoyim uchun uzr so'rayman

Qirol Jungkook bir zum sukut saqladi. Shundan so‘ng atrofdagi odamlar sekin-sekin fonuslarini pastga tushira boshlashdi. Yurakni siquvchi sokinlik ustida faqat yengil shamol va fonuslar ichidagi olovning shitir-shitiri eshitilardi.

— Biz boshlaymiz, — dedi qirol — Yangi oy chiqmasidan marosimni boshlashimiz zarur.

Fonus ko'targanlar katta aylana hosil qilishdi.
Aylana markazida esa ikki mamlakat Qirollari
Fonus ushlaganlar fonuslarini qo'yib qandaydir narsalar aytishar edi .
Ular sekinlik bilan aylanani tashqari tomoniga qadam tashlashdi va fonuslar qo'yilgan joylardan chiziq tortilib fonuslar sinishni boshladi
Fonuslardagi yorug'liklar kok tusga kirdi va aylana atrofida tezlik bilan aylanishni boshlashdi

Aylana markazida ikki inson sehr qobilyatini chiqarishni boshladi ...

— Dunyodagi jamiyki yomonliklarning markazi bolmish shu joyda yovuzlik ruhini muhrlash uchun yig'ilganmiz – dedi qirol Jeon
— Yana bir yil muddatga yovuzlik ruhini muhrlaymiz – qirol Park shunday dedi

Olov sehri
Va

Suv muz sehri bilan uni muhrlash....

— Sen egallagan inson tanalari va ruhlarini tinch qo'y

~ Ularning orom olishiga qo'yib ber .

— Aldangan va halok bo'lgan ruhlar azob chekishiga yo'l qo'yma

Kuchlar birlashdi ,
Aylana ustida qobiq kabi shaffof to'siq paydo bo'ldi
Birdan qobiq ichi qora tutun bilan to'lib ketdi
Aylana ichida qolgan odamlarga nima bo'lganiga qiziqqan odamlar hayron boqishar edi .
Bu o'xshadimi yoki yo'q shuni bilish uchun hamma hayron turardi ...


Butun bir qishloq uyquga ketgan ..
Yog'ochdan qilingan yotoq ustida yotgan qizning yuzi ter bilan qoplandi
U alahsirayotgandek u yoqdan bu yoqqa ag'darilardi...


Shaffof to'siq ichidan haligacha hech nima ko'rinmayapti
Odamlar bu o'xshamaganidan havotirlana boshladi

Birdan qobiq ichida yorug'lik ko'rina boshladi
Yorug'lik tobora yorqinlashib qobiq ichidagi qorong'ulikni kesib tashlayotgandi .
Yorug'lik endi butunlay qobiqni ichidan o'rab oldi
Qobiq yorilib hamma joyga yorug'lik tarqaldi

Yorug'lik har bir burchak har bir uyga yetib bordi

U qayerga kirgan bo'lsa singib so'nib borardi
Lekin bir yorug'lik bitta uy derazasidan kirib ketganidan so'ng u uydan juda katta yorug'lik porladi.
So'ngra so'ndi .......

By#Cheonsa