March 7, 2025

La'nat Tushlari: Qora Tush Sohibasi

2 BOB 4 - qism
Ikkinchi hayot

Hayot ipdek nozik... Bir chiziq tortiladi va hammasi tugaydi. Yo'q, bu tugash emas. Bu boshqa yo'lning boshlanishi. Kimdir qichqiradi , kimdir yig'laydi , kimdir esa sukut saqlaydi . Ammo oxir - oqibat , o'limning sukunati ancha so'zlardan ko'ra ko'proq narsa so'zlaydi...

— hhhaaaahh...hhhh
hhhaaaaahhh...hhh....
Cheonsa ko'ksini ushlagancha ko'zlarini kosadek ochib chuqur nafas ola boshladi....
Nafas olganida mayin " shhhh" ovozi, chiqarishda esa "ffff..." eshitildi, go'yo u uzoq yugurgandek...

Ko'z qovoqlari og'ir edi. U asta ko'zlarini ochib yumdi...
Shiftga qaradi – eski yog'ochlar , g'ira-shira yorug'lik. Havoda yoqimsiz chang hidi bor edi. U chuqur nafas oldi " hhaaa..." Yuragi g'alati guppullardi. Qo'llarini sekin harakatlantirdi – tanasi og'ir, xuddi uzoq vaqt harakatsiz yotgandek.

Atrofga ko'z yugurtirdi. Yog'och devorlar , eski qishloq uyiga o'xshash faqat bu yer xuddi qadimgi korea qishloqlaridagi kulba. Xonada arabcha raqs o'ynayotgan qizdek lippillayotgan sham yog'dusi ko'rinib turardi.
Bu qayer??
U qayerga kelib qoldi ?
Xotirasini titkiladi , lekin oxirgi eslay olgan narsasi... Qonga belangan kafti va Yurining hayron va qo'rquv bosgan nigohlari edi.

Yuri

U o'rnidan turishga harakat qildi , ammo tanasi og'ir edi. Qo'llarini sekin ko'tara boshladi – barmoqlari muzdek. Yuragi hanuz tez urardi..

Birdan eshik g'ichirlab ochildi..
Cheonsa beixtiyor ko'zlarini katta-katta qilib ochdi.
Nafasi ichiga tiqilib qoldi. Kimdir ichkariga qadam qo'ydi - oyoq tovushlari taxtalar ustida g'ichirlardi. Budan qizni yuragi gup gup urardi.

U shoshib boshini burdi. Eshik oldida uncha baland bo'lmagan erkak sharpasi ko'rindi. Yuzini aniq ko'rib bo'lmasdi.
U Cheonsaga biroz tikilib qoldi , keyin og'ir ovozda gap boshladi:

Sen uyg'onding...

O'rta bo'yli , soch soqoli nisbatan uzun va oq oralagan , yoshi 50 lar atrofida , ust boshi qadimgi oddiy va eskirgan , ovozidan esa yoshi kattaligi bilinib turardi.

Qiz qo'rqqancha ortga sitarilardi:
~M..men.. Qayerdaman ??
Siz kimsiz ??

U odam biroz jimib qoldi va gap boshladi:
– Men seni o'rmonda hushsiz ahvolda topib oldim. Ko'ylaging qonga botgan. Yurak urishing sust edi...

Cheonsa:
Bu gaplarni miyamga sig'dirolmay turipman. Qanday qilib..??
Bo'lishi mumkin emas..??
Axir men..men.. hushimdan ayrilganim esimda . Balki ahvolim og'ir edi. Men deyarli o'lgandim.
Lekin bu yerga qanday kelib qoldim..???

Bu odamning gaplarini anglab bo'lmasimdan eshik ochilib qo'lida savat ko'targan ayol kirib keldi..

~Bu yer qayer? Men qayerdaman ?
Sizlar kimsizlar ?
Qiz hanuz hushyor edi.

Eshikdan kirgan ayol unga mehr bilan boqdi . Yoshlari 40 dan oshgan . Oddiy kiyingan bo'lsa ham kiyimlari toza sochlari esa yig'ilib to'g'nog'ich bilan qotirilgan.
Qo'lidagi savatni stol ustiga qo'yib , Cheonsa tomon yaqinlashib uni oldiga o'tirdi.

– Qo'rqma - dedi u yumshoq ovozda.
– Mening ismim Kim Soha. Bu esa mening erim Kim Gon. Biz seni o'rmonda o'tin terayotganimizda topdik. Hushsiz eding. Kiyimlaring qonga botgan. Seni u yerda yolg'iz tashlab keta olmasdik.

Cheonsa ayolni gaplarini tinglar ekan bu yer u uchun umuman boshqa dunuo ekani anglab yetdi.
Lekin u o'tmishga tushib qoldimi yoki umuman boshqa hayot....

~Men.. menga oyna kerak.

Ayol tezda unga oyna uzatdi.
Oynada o'zini ko'rar ekan ko'rganlariga ishonish qiyin.
Bu uning o'zi edi. Hech qanday o'zgarish yo'q .

Oynaga tikilib nima qilarini bilmay qolgan qizni oqarib ketganini ko'rgan ayol savol berdi:
– qizim yaxshimisan ?
Nima xotirangni eslolmayapsanmi?
Ismingni eslay olasanmi?
~Aniq amin emasman. Lekin boshimda har hil narsalar aylanmoqda..

Yolg'on gapirdi Cheonsa..

Bu olamda boshqa inson sifatida tushib qolgan bo'lsa ismi boshqa bo'lishi mumkin. Agar o'zi bo'lib tushganda kiyimlari bu olamnikiga o'xshash bo'lmasdi.

Ancha sukutdan so'ng:
~Endi nima qilaman ?🥺
Axir kimligimni ham eslolmasam .
– Unda biznikida qolishing mumkin😊
Ayol gapirdi.
~Sizlarga ortiqcha yuk bo'lishni hohlamayman
–Havotir olma ortiqcha yuk bo'lmaysan.
Xotirangni tiklashga harakat qilamiz
~Raxmat sizlarga
–Arzimaydi
Endi turib yuz qo'lingni yuvib ol. Anchadan beri o'rningdan turmagansan. Ehtiyot bo'lib tur.
~Aha hop

Cheonsa sekin o'rnidan turar ekan ayol uni qo'llaridan tutdi. Xuddiki ona bolasini yurishga o'rgatayotgandek
Oyoqlari qaltirab zo'rg'a o'rnidan turdi. Ancha o'ziga kelib olib , yurishga urindi. Turib yuz qo'lini yuvib tashqariga chiqdi....

Atrof juda go'zal ...

~ Kechirasiz sizni xola desam bo'ladimi??
–Ha albatta ona desang ham bo'ladi . Bizni farzandimiz yo'q .
~Yaxshi sizni ona deyman.
Yana bir narsa so'rasam.
Hozir qaysi davr??
– Hozir Koryo davri
Qirollik Jeon sulolasida
~Demak Koryo..
– ha endi yuraqol seni bu yerlar bilan tanishtiraman.
Balki xotiralaring qaytar...
~Albatta 😊

Cheonsa pov:
Ho'sh ... Men avval bu yerga qanday tushib qolganimni aniqlashim kerak.
Jeonlar sulolasi...🤔 Aniq eslayman tarixda bunday sulola bo'lmagandi .
Aahh nega bu yer bunday g'alati 😩
Ortga qaytishni hohlayman. Ota-onamni , Yurini sog'indim 😢....

.
.
.
.
.
Keyingi qismlarda:

~Ayyy , ming la'nat ...
Bu juda og'riqli...

£££££££££££££££

– Qizim biz bilan saroyga borishing kerak.
~Nega ???
– Biz u yerga bir narsa olib borishimiz kerak....

Mana qizlarjonlar fanficni davomi...
By# Cheonsa