March 3, 2025

La'nat Tushlari: Qora Tush Sohibasi

3-qism

O'lim.... Bu so'z avval ham tanish edi, lekin endi u faqatgina kitoblardagi yoki filmlardagi tushuncha emas edi. Endi bu haqiqat edi. Qizning haqiqatiga aylangan, ich-ichidan o'yib tushayotgan haqiqat.

Dunyo birdaniga sekinlashdi. Ko'z oldidan o'tgan yillar lip-lip o'tdi — bolaligida kulgan onlari, eng baxtli kunlari, afsuslangan lahzalari, kichik orzulari....
Bularning barchasi endi qum zarralaridek barmoqlar orasidan sirg'alib ketayotgan edi.

Qo'rquv yo'q edi. Hayrat bor edi. Qanday qilib ? Nahotki hamma narsa shu qadar tez tugashi mumkin.

Ko'zlaridan marjon-marjon yosh sizib , yuzlarini yuvayotgan qizni lablarida anglab bo'lmas ma'nodagi tabassum yugurdi...

Bu manzarani kuzatib turgan har inson qanchalik bag'ri tosh bo'lmasin ich-ichidan qizga achinardi.

Ko'zlarini chirt yumib yuzidagi ko'z yoshlarini artdi. Yuri hech qanday tasalli berolmasdi. Doktorlar ham yordam berisha olmasdi...

Cheonsa pov: Bu menga berilgan eng og'ir jazo va eng shirin siylashdir...
Balki shuning uchun ham yomon tushlarimdan halos bo'lgandirman.
Hayot meni so'ngi kunlarimni qo'rquvsiz yashashimni istakandir...

Ota-onam meni kasalxonada davolanib turishimni aytishdi. Vaholangki baribir kasalimni davosi yo'q.
Men bunga rozi emasdim.
Kasalxonada o'limimni kutish yashash men uchun eng qiyini edi.
Shu tufayli men odatiy hayotimga qaytdim.
Kollejga qaytdim. Ota-onam bunga qarshi bo'lsa ham meni rayimni qaytarishmadi . Balki ular meni ranjishimni hohlashmagandir..
Men kichik kichik orzularimni amalga oshirishni reja qildim.

Kundaligimda bir qancha orzular ro'yhati bor edi:

1. Umrimda bir marta bo'lsa ham yomon tushlarsiz uyg'onish

2: Hech qachon yemagan mazali taom tatib ko'rish.

3: Ilk muhabbatimni topish

4: Qayiqdan dengizga sakrab suzish....

Bu royhatda yana ko'pgina orzularim bor.

Birinchi orzum amalga oshgan.
Navbat ikkinchisiga
Ho'sh birorta mazali taomni tatib ko'rishni hohlayman.
Menga Fransuz taomlari yoqadi , shu sababli men Fransuz taomlaridan eng mashxurini tatib ko'rishni hohladim.

Men Yuri bilan fransuz restoraniga bordik . U yerning estetikasi juda chiroyli edi. Men o'zimni Parij minorasidagi restoranda o'tirgandek his qildim.
Menu :
1 Tarte Tatin
2 Escargots de Bourgogne
3 Macarons
4 Crěpes
5 Ratatouille

Yuri Macarons pechenyesini buyurtirdi men esa Ratatouille

Bu juda mazali edi . Shu payt hayolimga bir multfilm esimga tushdi.
Kalamush Fransiya oshxonasida ovqat pishirishi haqida . Multik nomi ham men yeyayotgan taom nomi edi...

Men 2chi orzuyimni ham amalga oshirdim.
3 chi orzumni amalga oshirish men uchun oyga chiqishdan qiyinroq tuyulardi.
Men bu orzumni chetga olib qo'ydim.
Va yana bir boshqa orzumni qayiqdan suvga sakrab dengizda suzish . Shuni amalga oshirish uchun yo'lga chiqdim.
Albatta Yuri bilan birga .
Otamni eng yaxshi yaxtalaridan birini olib bir kunimni shu orzumga bag'ishlashga qaror qilgandim. Yaxtada ketar ekanmiz shamol sochlarimni to'lqin misoli uchirardi.
Men sakrash uchun tayyorlana boshladim.

Yuri: Cheonsa kel bugun sakramay qo'yaqol .
~Nega shu yergacha keldim endi o'z orzumga yetishay deganda orqaga qaytmayman.
Va sen meni tushunasan deb o'ylayman.
Yuri: osmonda bulutlar ko'paymoqda. Yomg'ir yog'ishi mumkin.
~Biroz suzaman keyin ketamiz...

Yuri o'rtog'iga qarshilik qilishni hohlasada bunday qilolmasdi.

Cheonsa suvga sakrash uchun sochlarini yig'ib oldi.
Qayiq sekinladi .

Cheonsa

Suvga birdan kalla tashlagan qiz uni ichiga kirib ketti.
Biroz vaqtdan so'ng suv yuzasida ko'rinish berdi. Yuri yaxtadan Cheonsani videoga olar , uni baxtli ko'rish Yurini ham quvontirardi. Biroz muddat suvda o'z maromida suzdi. Keyin esa havo yomonlashishni boshladi.
Cheonsa yaxtaga qaytdi.
Ular qirg'oq tomon suzib ketishdi

Ertasi kuni

Cheonsa kollejga otlandi.
Kollejga kirib borishda janjal ustidan chiqdi.
Kollej hovlisi o'rtasida hamma to'planib olgan .

O'rtada Minsu va bir qiz turardi.
Qolgan hamma bularga tomoshabin bo'lib turibdi.
Mizsu qizni mazah qilib ustidan kulyapti va zo'ravonlik qilyapti.
Boshqa o'quvchilar telefonda bu manzarani suratga olib turibdi. Ba'zilari u qizga achinishyapti lekin yordam berishga jur'atlari yetmayapti.
Minsu qiz ustidan bir chelak suv quyib yubordi.
Cheonsani oldiga Yuri keldi.
Yuri endi bu ishlarni to'xtatmoqchi bo'lgandi Cheonsa Yurini ushlab qoldi.

Yuri: Nima qilyapsan?
Bularni ko'rmayapsanmi ? Ajratmiqchiman.
~Sen shu yerda turib tur.
Men o'zim hal qilaman.

Cheonsa sumkasini Yuriga tutkazgancha to'g'ri Minsuni oldiga bordi.

Minsu: Sen bu yerda nima qilyapsan? Yo'qol!!!
~Hoziroq bas qil !!!
Minsu: Senga nima ??
Meni ishimga burningni suqma
~Men senga yaxshilikcha aytyapman. Bu qizni tinch qo'y.
Minsu : Sen kimsanki menga aql o'rgatadigan-aaa??

Minsu qo'llarini Cheonsani sochlariga olib borib uni mahkam ushladi .

~Yaxshilikcha sochimdan qo'lingni ol
Minsu: Olmasam nima qilasan. Yana o'zingni hushingdan ketkanga solvolasanmi 😏
~ Hh . Oldindan raxmat senga
Munsu: Nima?? Nega raxmat deyapsan?? Telbamisan nima ??
~Meni yana bir orzuyimni amalga oshirishim uchun yordam beryapsan .
Minsu: Nima ?? Yana qanaqa orzu?? Sen aqildan ozgansan.
~Yoshligimdan hech kim bilan soch yulishmagandim.
Shunaqa bemani bo'lsa ham orzuyim bor edi.
Amalga oshirish bugunga nasib qilarkan

Cheonsa bir aylanib sochini Minsuni qo'llaridan tortib oldi. Minsuni yoqasidan ushlab yuziga tarsaki tushirdi.
Sochlaridan tortib yerga yotqizib ura boshladi.
Hamma hayratdan yoqa ushlab turardi. Minsuni dugonalari Cheonsaga yaqinlashayotganda Yuri ularni tepib ura boshladi.
Hamma joy changib ketti huddi bir to'da tuyaqushlar yugurib o'tkandek.

Ahiyri qizlar janjalni bas qilishdi. Qayerdandir ustozlar professorlar kelishdi.
Hammani direktor xonasiga olib ketishdi...

Ichkarida qator terilib turgan qizlar bir-biriga qarab yuzini burishtirardi.
Birini burni qonagan , birni ko'zi ko'kargan , yana birini labi yorilgan.
Hammasini sochlari to'zigandi.

Ustoz: Nima qilishding ??
Bir-biringni o'ldurgudek do'pposlapsanlarku.
Minsu har doimgidek . Seni kollejdan haydatib yuborishim kerakmi endi.
Senlar ikking ham Minsuga qo'shilib rasvo bo'lishgansan.
Lekin sen nega bular orasiga qo'shilib qolding Cheonsa??
Eng a'lochi va og'ir bosiq o'quvchidan bu narsalarni kutmagandim.
Sen ham Yuri .
Jim yuradigan qizlardan edingku nima jin urdi o'zi sizlarni??

Hammangiz tushuntirish xati yozasizlar. Bir kun kollejda navbatchilik qilib chiqasizlar. Tushunarlimi endi chiqib ketinglar xonamdan....

Hamma uf tortgamcha xonadan chiqib ketti.

Tushuntirish xatlarini yozib bir kun kollejda navbatchilik qilishdi.
Navbatchilik vaqtida ham urushib ketishiga ozgina qoldi. Navbatchilik tugab hamma tarqaldi.

Shu zayilda oradan 3 oy ham o'tib ketti.

Cheonsani ahvoli kun o'tgan sayin yomonlashib borardi.
Qattiq charchash, hotira sussayishi, gaplarda chalkashlik va bosh aylanishi.

Cheonsa:
Yaqin kunlardan beri ahvolim og'irlashib borayotganini sezib turipman. Tez-tez charchab qolyapman. Oddiy ish bo'lsa ham holim bo'lmayapti. Hotiramda ancha zayiflashish kuzatilyapti.
Biror narsa o'qisam u esimdan chiqib qolmoqda. Eng yomon alomatlardan biri bu boshim juda qattiq og'tib aylanishi bo'lyapti
Men bu vaziyatda o'zimni zo'rg'a ushlab turipman.

Ho'sh bugun ham kollejga boraman. Yuri bilan bo'lsam kasalligimni sal unitgandek bo'laman. Lekin kasalligim har har zamon o'zini namoyish qilib turadi.

Ertalabdan kollejga otlandim. Yuragim notinch.
Nimadir sodir bo'ladigandek uryapti.
Kollejga kirib bordim .
Odatiy kun .
Hech qanday g'ayrioddiylik yo'q.
Darslarda o'tirar ekanman bir-bir boshimda og'riq bo'lardi.

Darslar tugab hamma uyga ketayotgandi.
~Yuri men bilan bir joyga borib kelasanmi??
Yuri: Qayerga ?
~Doimgi men yoqtiradigan joyga
Yuri: Mayli roziman.
~Unda kettik...

Biz ikkimiz men yoqtirgan hiyobonimga jo'nadik.

~Bu yer men uchun qadirli
Yuri: Bilaman. Bu yerda yaxshi xotiralaring ko'p.
Ularda men borligim ham meni quvontiradi
~Yuri qo'ysangchi , bunday yurakni ezadigan gaplarni gapirma .
Yaxshisi yur doimgidek birinchi marta tanishgan joyimizga boramiz.
Yuri: Yaxshi yuraqol.

Biz gul dokoniga kirdik.

Birinchi marta Yurini shu dokonda uchratgan edim.
Men onam uchun gul sotib olmoqchi bolgandim. U esa o'sha paytlar shu dokonda ishlardi. Men uni juda qiynaganman😅

Juda injiqlik qilganman
Huddi yosh boladek .
Gulni qayta qayta o'ratgandim . Har xil qog'ozlarda o'rab chiqqandi.
Keyinchalik esa uni kollejda uchratib qolganman. Boshida bir-birimizni o'lgudek yomon ko'rardik lekin hozir uning aksi.

Biz gul dokoniga kirdik.
Bu yer o'sha o'sha . Deyarli hech narsa o'zgarmagan.
Sotuvchi: Xush kelibsiz. Qnday gul hoxlaysizlar.

Biz bir birimizga qarab kulib qo'ydik.

~Hmm menga qizil atirgul bersangiz.
Yuri: Menga bo'lsa lolalar...

Sotuvchi: Yaxshi hozir tayyor qilib o'rab beraman.

Gul dokondan gullarni olib bir-birimizga tazim qilib uzatdik . Bu harakatni teng qilganimiz uchun kulib yubordik. Yuri qizil atirgullarni yoqtirardi , men esa lolalarni .

Bog'da ketar ekanmiz menda savol paydo bo'la boshladi:
Nahotki endi hech qachon shu go'zallikni ko'rolmasam?

Qanday achinarli...

Birdan shu payt oldimdan velosipetda bir bola sal turtilib o'tib ketti.
Qo'llarimdan lolalar tushib , sochilib ketti.
Men ularni terish uchun egilganimda lola yaprog'iga qon tomdi
Burnimni ushlab ko'rsam qonayapti. Yuriga qaraganimni bilaman, boshimda og'riq turib yerga yiqildim....

Tez yordam mashinasi:
Yuri: Xolajon... Cheonsa....
Lee xonim: Yuri qizim nima bo'ldi??
Cheonsaga nimadir bo'ldimi??
Yuri: Xola.. Cheonsani ahvoli og'irlashdi.
Lee xonim: Yo'q.. Qayerdasizlar??
Men yetib boraman..
Yuri:Hozir tez yordamda shahar shifoxonasiga ketyapmiz...
Lee xonim: Men tezda o'sha yerda bo'laman...

Tez yordam mashinasi kasalxonaga yetib keldi. Mashinadan tushib ichkariga kirib ketishdi.

Shifokorlar jonlantirish bo'limida shoshilinch harakat qilishmoqda.
Yurak manitorda bir tekis chiziq paydo bo'ldi:
Biiip......

Shifokor: Yurak urishi to'xtadi . Tez defibrilliyatorni tayyorlang.

Hamshira: Tezroq biz uni yo'qotyapmiz !

Shifokor defibrilliyatorni ko'tardi:
Bir...ikki... Uzoqlashing!!

Zarb berildi—Cheonsaning tanasi yengil silkina tushdi.

Yurak manitorda hech qanday o'zgarish yo'q

Shifokor: Yana urinamiz!!!
Uzoqlashing! – ikkinchi zarb berildi...

Yana hech qanday o'zgarish yo'q...

Shifokor: Taslim bo'lmaymiz!
Yana , Uzoqlashing!

Tana tepaga ko'tarilib tushdi.

Cheonsaning qo'llari bo'shashdi... Kafti orasidan lola yaprog'i sekinlik bilan tusha boshladi....