La'nat Tushlari: Qora Tush Sohibasi
Mashina shinalarining chiyyillashi quloqni qomatga keltirardi.
~Oyoqlarimda bazo'r turar ekanman , mashina tizzalatimga tekkanini his qildim
Mashina to'xtashga ulgurgan edi.
~Qo'llarimni boshimga changallagancha turgandim.
Yuri oldimga yugurib kelib meni quchdi..
Yuri: Cheonsa yaxshimisan .??. Menga qara hech qayering jarohatlanmadimi???
Iltimos meni kechir😭
Hammasi meni deb bo'ldi..
X: Hoy ikkingiz yaxshimisizlar...
Nega katta yo'lga yugurib chiqasizlar
Agar tormozni vaqtida bosmaganimda hozir biringiz qattiq jarohat olgan , men esa qamalishim mumkin edi.
Yuri: Amakijon bizni kechiring ..Hamma ayb mendan o'tdi.
~Bu amaki menga savol berar ekan men hozir shockda umuman uning gaplarini anglamasdim..
Yuragim hali hamon dukkullab urishda to'xtamagan edi..
Boshimda qattiq og'riqni his qildim. Og'riq zo'rida yerga o'tirib baqira boshladim
Buni ko'rgan Yuri va amaki meni turg'izib mashinaga olib chiqishar edi.
Yuri: Cheonsa senga nima bo'ldi ??
O'rningdan tur . Yaxshimisan???
Amakijon uni ahvoli yaxshi emas iltimos unga yordam bering ...
Amaki meni turg'izib mashinaga solib kasalxona tomon tez xaydab ketti.
Yo'lda Yuri menga nima deb ketayotganini umuman anglamasdim
Shuni bilardimki u mendan juda havotir olmoqda..
Ora - orada amaki ham menga qarab nimadir deb savol berib qo'yardi..
Kasalxona eshiklari oldiga to'xtadik . Yuri mashinadan tushib meni tushurdi.
Amaki ham yordamlashdi.
Birdan qulog'imda shang'illash eshitilib burnimdan qon oqa boshladi.
Ovoz balandligidan hushimdan ayrildim...
Yuri kasalxona eshigidan kirib doktorlarni chaqira boshladi.
Ular chiqib Cheonsani ichkariga olib kirib ketishdi. Yuri ham ular bilan kirib ketti.
Cheonsani palataga olib kirishganidan so'ng Yuri boyagi amaki bilan gaplashib unga raxmat aytib ketaverishini aytdi.
Pov(Cheonsa ): Uxlab turgan odamdek ko'zlarimni ochib ishqalay boshladim.
Kasalxonada ekanimni bilib turardim. Meni o'ylantirayotgan yagona narsa shuki , esimni tanidim deguncha g'alati va qo'rqinchili tushlar ko'rardim. Biroq ilk marta hech qanday tush ko'rmasdan uyg'ondim.
Men bunga o'rganib qolganman va bu toki men o'lmagunimcha davom etadi deb o'ylardim .
Lekin birinchi marta tushlarsiz uyg'onishim .
Men bunga ishonmasdan qo'limni chimchib ko'rdim
~ Ayy... Og'ridii...
Men uxlamayapman. Demak bu tush emas.
Bunda juda hursand bo'ldim.
Ishongim kelmayapti. Hozir bu ham tush bo'lib chiqsachi degan fikr meni o'ylantirayotgandi. Lekin bu tush emas .
Eshik ochilib xonaga hamshira kirib keldi.
H: Uyg'ondingizmi . O'zizi qanday his qilyapsiz.
~Ha uyg'ondim . O'zimni juda yaxshi his qilyapman.
H: Men doktorlarni chaqirib kelaman .
~Aha hop
Cheonsa telefonini olib Yuriga telefon qila boshladi.
...tut
...tut
...tut
Aloqa ulandi.
Yuri: Cheonsa uyg'ondingmi???
Yaxshimisan???
~Ha uyg'ondim qayerdasan?
Yuri: Men doktorni oldidan chiqib ketyapman hozir oldinga kiraman.
~Nega doktorni oldidan kelyapsan?
Yuri:kirsam aytib beraman.
~Yaxshi tezroq kir.
Bir necha daqiqadan so'ng Yuri kirib keldi.
Yuri: Cheonsaaa🥹 Nega meni bunaqa qo'rqitasan😢
~To'xtachiii🤨
Seni deb shu axvolga tushib o'tirippan shekilli..
Yuri: Haa Meni deb bo'ldi.
Iltimos meni keechiirr.🙏
~Muhimi sen jarohat olmading va men ham yaxshiman .
Yuri: Boya doktor bilan gaplashgan edim.
~Ho'sh u menga qachon javob berishini aytdimi?
Yuri: Yo'q .. u seni yana bir qancha tekshiruvlardan o'tib ko'rishing kerakligini aytdi.
~Unga ham pul kerak .
Men bosh tortaman .O'zimni yaxshi his qilyapman. Boshqa tekshiruvlardan o'tishni nima foydasi bor.
Yuri: Buni doktor talab qilmoqda .
Balki senda qandaydir kasallik bezovta qilayotgandir.
~Men hech qanday kasal emas va bu gaplarni ota-onam eshitsa nima bo'lishini ta'savvur qilyapman.
Yuri: Ular faqat seni yaxshi bo'lishingni hohlaydi.
~Yuri kelishib olaylik bu voqealar haqida ota-onamga yetkazmaysan.
O'zi ular meni fobiyam sababli ancha qiynalishdi.
Bularni eshitishsa yana meni kasalxonaga asira qilishadi.
Yuri: Lekin...
~Yuri sen meni tushunasanku.
Iltimos qilaman ularga aytma..
Yuri: Ehh ota-onang sen uchun harakat qilishmoqda .
~Ular mendan havotir olishadi. Lekin kim ulardan havotir olsin.
Men ham ularni tashvishsiz va meni baxtimni ko'rib hursand yurishlarini hohlayman.
Yuri: Mayli sen aytganingdek bo'lsin.
Lekin ular eshitib qolishsa mendan ko'rma.
Ota-onangni tanishlari ko'p ,o'zing ham yaxshi bilasan.
~Ha uyog'idan havotir olma. O'zim hal qilaman.
Yuri: Yaxshi .
Doktorga nima deymiz?
~Sen emas men gapiraman.
Yuri:Nima deysan?
~Nega doim shunaqa axmoqona savollar berasan-aa😂
Yuri: Nimasi axmoqona
~Axmoqona emas juda ma'noli.
Shunchalik ma'noliki, ma'no qayerdaligini topolmaysan kishi🤣
Yuri: Bo'ldi qil . Ustimdan kulishni bas qil.
~Yaxshi ..yaxshi..
Suxbatimizni bo'lib doktor kirib keldi.
D: Lee xonim ahvolingiz joyidami?
~Ha janob . Axvolim yaxshi. Qachon menga javob bera olasiz?
Doktor bu savoldan biroz hayratomus Yuriga boqdi.
D: Dugonangiz aytmadi shekinli. Sizni yana bir ikki ko'riklardan o'tkazsak degandim.
~U aytdi . Men rozi bo'lmadim.
D: Lekin axvolingiz joyidaligiga ishonchingiz komilmi?
~Ha men yaxshiman .
Faqat shu yerdan tezroq ketishni istyapman.
Doktor tezroq menga javob bering.
D:bemor istamas ekan biz nima ham qilolarmiz. Yaxshi sizga javob beramiz.
~Qachon? Hozirmi?
Ketsak bo'ladimi?
D: Bir licheniya olsangiz yaxshi bo'lardi.
Keyin ketaverasiz.
~Yaxshi roziman.
D:Hamshiralarga ta'yinlayman o'zlari sizga qarab qo'yishadi.
~tushundim
Shu yerdan tezroq ketsam bas...
Licheniyalardan so'ng ikki dugona kasalxonadan chiqishdi.
Ikkisini xayolida ikki xil narsa aylanar edi.
Cheonsa pov: Nima bo'lmasin ota-onam bilib qolmasligi kerak. Agar bilib qolishsa yana men sababli siqilib qolishadi.
Yuri pov: Yaxshi ham-ki Cheonsani axvoli yaxshi.
Lekin doktor menga aytgan gaplarni eslasam yuragim g'ash bo'lyapti...
Ertasi kuni ham Cheonsa hech qanday tush ko'rmagani uchun hursand kollejga keldi.
Yuti ikkisi kecha darsdan qochgani uchun bugun ancha dakki eshitishini bilib kelishardi.
Yuri bilinmaydigan airpots taqib ustozni gaplarini eshitmay turardi.
Cheonsa bo'lsa ilk bora qochgani tufayli anchagina gap eshitdi.
Ustoz ikkisiga katta jazo tayyinladi.
Bir kun davomida kollejda navbatchilik qilib butun kollejni tozalash topshirildi.
Sport zall, butun kollej karidori va Xojatxonalar ham. Buning ustiga ertasi kuni butun kollej o'quvchilari o'rtasida sinov bo'lib o'tadi.
Prezentatsiya tayyorlab butun kollejga taqdim qilish kerak.
Bu oddiy sinov emas. Bundan o'quvchilar o'ta olmasa kollejdan haydaladi.
Cheonsa bu bolganlarga Yurini ayblab ishni tez-tez qilardi.
Yuri bo'lsa har bir gapida kechirim so'rab qo'yardi.
Yuri: I'm sorry. Chin dildan sorry. Qo'llarim bilan ham sorry😅
~ko'p gapirmay menga yordamlash tezroq tugataylik shularni.
Ha aytgancha xojatxonani sen tozalaysan . Men bu yerni tozalab boldim senga omad...
Yuri: Hoy nega men xojatxonani tozalashim kerak.
Shoshma to'xtab tur ...
~Tozalab turib keyin kirarsan oldimga .
Xayr👋👋
Yuri: Unday qilmaa😭
~Men hech narsani eshitmayapman lalala....
Yuri: Uf endi nima qildim...
Cheonsa qizlar yotoqxonasiga kirib ertangi kun uchun prezentatsiyani tayyorladi.
2 soatlardan so'ng Yuri kirib keldi.
~ sendan yomon xid kelyapti yuvinish xonasiga kirib chiq
Yuri: o'zim ham o'sha yerga ketyapman.
Cheonsa prezentatsiyani takrorlab ko'zlari yumilib ketardi. Yuri bo'lsa o'z prezentatsiyasini bir-ikki marta takrorlab charchab uxlab qolgandi.
Ertalab hamma sinov uchun qattiq tayyorgarlik qilardi.
Ba'zilar esa o'zlariga oro berib o'tirardi.
Yuri ikkingiz tayyorlanib ular orasiga o'tirdingiz .
Zallda har bir o'quvchi o'z loyihalarini namoyish qilib yoritib berardi.
Navbat Cheonsaga yaqinlashar ekan unda hayajon kuchayardi.
Cheonsadan oldin Yuri o'z prezentatsiyani topshirdi.
So'ng navbat Cheonsaga yetib keldi.
Minbarga chiqib ekranda o'z loyihasini juda yaxshi boshlagan qiz birdan hushidan ketdi.
Buni ko'rgan ustozlar va o'quvchilar tez yordam chaqirib uning ota-onasiga habar berishdi.
Tez yordam mashinasida Cheonsa , bir ustoz va Yuri ketar edi.
Tez yordam mashinasida unga birinchi yordam ko'rsatildi.
Kasalxonaga kelishlari bilan Cheonsani tekshirishni boshlashdi.
Qon analizlari, Miya va yurak tamagrafiyasi.
Cheonsani ota-onasi yetib kelishi bilan ustozi ularga bo'lgan voqealarni yotig'i bilan tushuntirib berdi.
Lee xonim Yuri bilan ona boladek edi. Shu tufayli Lee xonim Yurining oldiga kelib yig'lay boshladi.
Yuri Lee xonimni ovutishga urinardi.
Yarim soatlardan so'ng Lee xonim ancha tinchlanib oldi.
Yuri gap boshladi:
–Xolajon men sizga haqiqatni aytishim kerak.
Lee xonim: Qanday haqiqat.
Yuri Cheonsa bilan bo'lgan voqeani aytib berdi va doktor Turiga aytgan gaplarini ham aytdi.
D: Yuri siz bilan Cheonsa haqida gaplashib olsak bo'ladimi?
Yuri: Ha unga nimadir qildimi.Faqat ahvoli yomon demang.
D:Yo'q uning axvoli hozir yaxshi .
Yuri: Unda nima haqida gaplashmoqchisiz.
D: Uning ahvoli hozircha yaxshi. Lekin mening nazarimda unda og'ir kasallik bo'lishi mumkin.
Yuri: Nimalar deyapsiz.
Qanday kasallik?
D: Hali qanday kasallik ekaniga amin emasman lekin unda kasallik belgilari ko'rinmoqda.
Shu tufayli uni tekshiruvlarga ko'ndirsangiz yaxshi bo'lardi.
Yuri: Va'da berolmayman lekin harakat qilaman.
D: U uchun bu foydali bo'lishi mumkin . Kasallikni avvalroq aniqlasak shuncha davolash oson bo'ladi.
Yuri: Men uni yaxshi bilaman .Uni ko'ndirish qiyin.
D:Siz urinib ko'ring..
Yuri: Yaxshi . Harakat qilaman.
Doktorlar Cheonsani palataga olishdi.
Endi esa tahlil natijalarini kutish qoldi.
5 soat ichida hamma tahlil javoblari chiqdi.
Doktor Cheonsani ota-onasini chqirtirdi.
Janob Lee va Lee xonim qo'rquv aralash yuzlar bilan o'tirishar ekan doktorning yuz ko'rinishi yaxshi emasligi ularni qo'rquvini yanada kuchaytirardi.
D: Hozirgi aytadigan gapimdan yomon ahvolga tushib qolmang!
Lee xonim: Nima qizimizga yomon narsa bo'ldimi 🥺😢
Titroq to'la lablarida gapirar ekan , Yig'lamaslik uchun o'zini bosishga urindi.
D: Qizingizni tahlil natijalarini ko'rib chiqdik.
D: Qizingizda bosh miya o'simtasi aniqlandi....
Bu so'zlardan shockka tushib qolgan ota-ona nima deyishini bilmay qoldi.
Shunda Janob Lee gap boshladi:
–Uni davolash yo'li bormi?
O'simtani olib tashlasak bo'ladimi?
Nech pul desangiz beraman. Butun boyligimni berishga ham tayyorman faqat u tuzalib ketadi deng . Iltimos doktor..
D: Qizingizni o'simtasi rivojlanib bo'lgan.
Afsusdaman buni operatsiya yo'li bilan olib tashlab bo'lmaydi.
Janob Lee: Qizim yoshligidan kasalliklarga tez yengiladigan edi.
Lekin nega bizdan yagona farzandimizni bag'rimizdan olmoqchi bu dunyo..
D: Janob ,xonim qizingizni uzog'i bilan yarim yil vaqti bor...
Lee xonim: Kasallikni davolash sizlarni ishingizku nega shuni ham qilolmaydizlar.
Nega meni qizim o'lishi kerak? Negaa? Nega aynan meni qizim??😭
Janob Lee ayolini tinchlantirishga xarakat qilar ekan doktor ularni ko'rib ich-ichidan ezilardi.
Yuri bo'lsa tashqarida ular chiqishini kutib turardi.
Lee xonim Yurini oldiga borib ho'ng-hi'ng yig'lay boshladi.
Yomon habar ekanligini anglab u ham ko'zlariga yosh oraladi.
Lee xonim barchasini Yuriga aytib berdi.
Yuri bu gaplarga ishonishni istamadi.
Eng yaxshi kòrgan do'stini o'lishini eshitgan har bir inson bunga ishonmasligi aniq.
Lekin bu haqiqat edi...
Bu gaplarni qanday qilib Cheonsaga aytishni bilmay hammaning boshi qotdi...
Cheonsa pov: 4 marta tushsiz uyqudan uyg'ondim. Bu safar kayfiyatim yaxshi emas . Menga nima bo'ldi o'zi??
O'sha payt hammaning oldida yaxshi loyiha topshirayotgandim.
Lekin boshimda qattiq og'riq va qulog'imda shang'illash eshitib bir zumda hushdan ayrildim.
Menga o'zi nimalar bo'lmoqda..??
Bemor uyg'onganini bilgan hamshiralar tez doktorga habar berdi.
Doktor va Cheonsaning yaqinlari uni oldiga shoshishdi.
Doktor bemorning yaqinlari unga berilgan tashhisni ayta olishmasligini bilib o'zi bagurja tushintirishga qaror qildi.
Bu gapni ko'tarolmasligini bilgan Lee xonim tashqariga chiqib ketti.
Ko'zlarida yosh bilan chiqib ketgan onasini ko'rgan qiz o'zini yomon hodisaga ruhan tayyorlardi.
Doktor gapini sekinlashtirib jimib qoldi
~Davom etavering men eshitishga tayyorman.
D:Sizda Bosh miya o'simtasi aniqlandi.
~Bu gaplardan so'ng men hech qanday hissiyot sezmadim. Na yig'lagim keladi, na qo'rquv bor edi menda.
Inson o'z o'limi qachonligini bilsa hayotining har bir daqiqayu soniyadan lazzatlanishni hohlab qolarkan.. O'limni kutib yashash qanday og'ir tuyg'u ekanini boshimga tushib his qildim.
Aniq qachon kelishini bilmaysan lekin o'liming aniq.
Har soniyada o'lishing mumkin .
Bunday hayot juda achinarli...