Kuzda izlangan bahor
Umr , Hayot , Taqdir , Yashash , O'lim .....
Bu jumlalarning har biri bir-biriga bog'liq, ular shunday daomliki har bir inson bu g'ildirak kabi aylanib qaytariluvchi daomlilikdan o'tadi.
Umr otadi , hayot davom etadi , inson yashashda davom etadi , ahiri bir kuni uni ham muqarrar o'lim qarsha oladi...
Bahor kelgan
Tabiat uyg'ongan...daraxtlar kurtaklarini yoygan...qushlar qaytgan
Hamma uchun bu yangi bosqich.
Lekin Hada uchun emas...
Chunki u hali ham kuz va qishning sovuq va hasratga tola yomg'ir qorlarida qolib ketgandi.
Yuragi – sarg'aygan yaproqlarga to'la
Nigohi – so'nmagan yomg'ir , qorlarda
Nafasi – Jin bilan ketgan sovuq havoda qolgan.
Uning ich ichidan bir jumla aylanardi:
"Men hali ham uni sevaman...u ketgan bolsa ham..."
Tong otgan, yana bir yangi kun boshlanmoqda
Hada doimgidek erta turib ishga ketishga tayyorlanishni boshlagan. Holbuki bunga hali ancha vaqt bor .
Hada u yoqdan bu yoqqa yurib otar ozini chalg'itishga harakat qilardi. Shu zaylda ish ketish vaqti ham yaqinlashib qoldi. U tayyor , ishga ketishga biroz erta ,lekin u ancha vaqtdan beri erta borishga odatlanib qolgandi.
Uydan chiqish uchun sumkasini yelkasiga ilib eshik tomon yaqinlashdi . Oyoq kirimini kiyib , eshikka qol cho'zdi va biroz qotib qoldi. So'ng ortiga o'girilib stol ustidagi suratga qarab uni oldi.
U Jinning suratiga qarab o'ziga buni tan olmay so'rardi:
— Jin...nega bu bahor menga biror narsani qaytarmadi?
Qo'lidagi surat jilmayib turardi.
Ammo bu jilmayishni korayotgan inson uchun og'riq edi – bu jilmayish.
Ish . Qahvaxona. Issiq kofe hidi, mijozlar , yumshoq musiqa. Hada doimiy ravishda jilmayishga urinardi, lekin bu jilmayish o'tmishdagi og'riqni yashirishga urinish edi.
Minsu har doimgidek uning yonida. U Hadaning ichki boshlig'ini ko'rib qiynalardi.
Minsu Hadaning haddan tashqari kop ishlayotganini , yuzi kulib tursa ham ichi chil parchin bolganini bilib turardi.
Minsu Hadani oldiga bordi va :
– Hada ancha vaqtdan beri kop ishlaydigan bolib qolgansan.
Hada ....hayoting shunchalik jimjit bo'lib qoldi... Sen so'z demasang ham men seni eshityapman. Men seni bir joyga olib boraman, hopmi?
Hada rozi boldi. Ular birgalikda yolga tushishdi.
Minsu uni kichik karaoke klubiga olib bordi. Hada bu yerga kirganida ozini noqulay his qildi.
Ikki bir honaga kirib Minsu qo'shiq kuylashni boshladi.
Hada vazmin otirar va bazida Minsuga jo'r bolib turardi.
Minsu bu harakatlarni korib uni birga raqsga tushishga majburladi.
Bir lahza Hada hamma narsani unutgandek boldi. Kongli yorishgandek kuldi. O'nadi. Qo'shiq kuyladi. Lekin bu kulgular ortida Hadaning kozlarida doimiy namlik yashiringan edi.
"Kulayotganim — unutganimdan emas.Yashayotganim — haligacha seni yuragimda tutganimdan..."
Ertasi kuni Hada doimgidek ishga keldi.
Mijozlarga xizmat ko'rsatib kunni shu zaylda o'tkazayotgan edi.
Bir mijozga sharbat olib ketayotganida ,behosdan bir yigitga turtilib , qo'lidagi patnis yerga tushib ketti. Sarosimada yerdan siniqlarni olib gapirdi Hada:
– Ooh ..kechirasiz
– Hechqisi yo'q , men aybdorman – dedi yigit yumshoq ,past ovozda.
Yigit qahvaxonadan chiqib ketti.
Hada esa bu ovozni bir zum tinglab qoldi.
– Bu.... ovoz...juda tanish...
Kechga yaqin Hada Minsu bilan ishdan chiqib birga uyga ketishmoqchi edi.
Ular taksi chaqirishdi
Mashina ichida Minsuning og'dan - bog'dan gaplari va savollari , Hadaning esa har-har zamon "ha" , " hmm" deb javob qaytarishlari eshitilardi.
Yo'l yarmiga yetib qolishganida Minsu g'alati bir narsani payqab qoldi.
Mashina ruli yaqinida qandaydir kameraga o'xshash matoh o'rnatilgandek turardi. Minsu tezda telefonini tayyorladi va haydovchiga baqira ketdi.
– Hey siz nima qilyapsiz?– haydovchi hayron javob berdi
–Bizni suratga olayotganingizni ko'rmayapmanmi sizningcha?
– Tez mashinani to'xtatib kamerani menga bering.
– Tez bo'ling ..yo'qsa politsiya chaqiraman.
Hada nima bo'layotganini tushunmay bir Minsuga bir haydovchiga qarardi.
Ular mashinadan tushishdi. Mimsu Hada bilan tushib haydovchini tushirishdi .
Minsu shu darajada jahli chiqqandiki Hada hayolida yo'q haydovchi bilan urishardi xolos.
Oxiri ish cho'qqiga chiqdi. Minsu politsiya chaqirdi.
Hada bu janjalga aralashmay shunchaki tinchlik hohlab chatda turardi.
Politsiya yetib keldi va haydovchini shtrafga solib undan tasvirlarni tortib olishdi va o'chirib yuborishdi.Voqea hal boldi. Ammo bu janjal Hadani yanada charchatdi.
Hadaning hayoti oddiy davom etardi.
Kunlar kunlarga , oylar esa oylarga ulanib vaqt ko'z ochib yumguncha o'tib borardi.
Hada ham bunga monand ishga borar kelar , hayotni oddiy yashardi.
U hayotini oddiy degani bilan uning hayotida g'alati narsa sodir bo'layotganini seza boshladi. Yaqin ikki-uch kundan beri uni kimdir kuzatayotganini payqadi.
U ishga ketayotganida bekatning narigi tomonida bir yigit doimiy ravishda unga termulib turardi.
Hada pov: Bu nimasi ...har kuni osha yerda turib meni kuzatadi. Boylari uzun , doimiy qora kiyimda , yuzini korib.bolmaydi. Bu biroz meni cho'chitmiqda.
Balki meni kuzatmayotgandir....shunchaki e'tibor berma....
Shu tariqa oradan yana vaqt o'tdi. Kuz ohirlab kunlar ancha sovigan , qish o'z tasirini oldindan sezdirayotgan edi.
Odamlar kuzning ohirgi kunlarida ancha g'amgin bo'lib qolgandek edi go'yo...
3- dekabr
Hada bu kunni ish uchun emas balki muhim bir uchrashuv uchun sarflashni rejalashtirgan edi. Atrof suv quygandek jimjit . Hech bir sado yoq . Kimning ham ovozi kelsin bu joylardan. Axir bu yerda barcha abadiy uyquga ketganku.
Qabrlar oralab o'zi izlagan inson qabriga keldi. Ko'zlarida yosh qalqidi. U bilan bolgan har qanday yomon va yaxshi kunlar endi uning hotirasidagina muhrlanib qoldi.
Hada Jin bilan suhbatlashishni hohlab qabrning oldiga tizzaladi.
Hada: Salom... Men yana sizni oldingizdaman . Ahvolingiz qanday ?
Yaxshimisiz?
Sovuq emasmi?....– har gaplarida yuzlariga yoshlari sirg'alib yerga tushib singib yetardi – Mening ahvolim yaxshi.... Yo'q.. sizni aldashni hohlamayman...ahvolim...unchalik ham yaxshi emas... Qiyin bolyapti hamma narsa.....
Hada biroz sukut saqlab faqat yig'lardi. U gapni boshqa yoqqa burish uchun yana gap boshladi
Hada: Ertaga sizni yo'qotganimga roppa-rosa bir yil bo'ladi. Aslida ertaga sizni oldingizga kelmoqchi edim ....lekin bugun ko'rgim keldi.
Qabriston qabrlarga to'la va hammaning kelar so'ngi manzili ham shu yer , aslida.
Qabristonda odamlar kam . Balki kun sovuqligiga ,balki yaqinini esdan chiqarishgandir , balki yana boshqa sabablar.
Hada Jin bilan uzoq suhbat qurdi. Ba'zi ,ba'zida esa so'z topolmay jim qotdi, yig'ladi , ko'nglidagini yig'isi orqali ifoda etdi. Kun kechlab qoldi . Hada endi Jin bilan hayrlashib , "yana uning oldiga" kelishi haqida aytib qabristondan chiqib ketdi.
Qabriston ichida kam odamlar bor edi. Ularning orasida esa bir yigit ham...uzoqdan Hadaga termulgancha yerga tikildi.
4 - dekabr ...
(Soat 9:50. am.)
Hasa bugun har kungidanda kech turdi. Ish kuni bo'lishiga qaramay bormadi. U hech kimga javob bermasdi . Minsuning qo'ng'iroqlariga ham.
Nonushta qilishni ham hohlamadi . Keyin yana uxlashga tushdi .
Kun qiyomga kelgunicha uxladi . So'ng boshi og'rib turishga majbur bo'ldi. O'ziga unchalik oro bermadi. Ko'cha kiyim kiydi va bir shisha olib uyni tark etdi .
Shahar ko'chalari... Jin bilan birga yaxshi xotiralar qolgan joylar . Hiyobonlar , ko'chalar , sohil bo'ylari , o'rindiqlar , fonarlar... Har bir joy – xotira .
Soat 23:48.pm.
Hada biroz mast edi. U Seul ko'prigi oldiga yetib keldi. Atrofda hech kim yo'q edi.
Shamol qizning yuzlaridan silab sochlarini to'zg'itdi. Oqayotgan suv ,shamol , tun — hammasi og'riqli...
U yig'ladi , ba'zida kulib yig'lardi. Yuragi siqilar. Nafasi bo'g'ziga tiqilardi.
Hada(pov): "Bugun siz ketganizga bir yil bo'ldi.
Menga aytishgandi:" Vaqt hamma narsaning davosi ..." Ular yolg'on gapirishgan .
Vaqt men uchun azoblanishning og'irlik bosqichi kabi og'irlashib bordi. Bir chidoldim , lekin uyog'iga chidolmayman .
Men ko'nikishga harakat qildim lekin foydasi bo'lmadi. Sizni unutolmadim...har urinish – sizning xotirangiz bilan kuchaydi.
Tanam tirik edi , lekin ruhim siz bilan bir yil oldin o'lib bo'lgandi. Keling bu kun hammasiga yakun bo'lsin. Endi.... Men ham sizning oldingizga boraman – sovuq toproqqa.
Meni kuting...
Bu tun – yakun.
U ustunga chiqdi . Ko'zlarini yumdi . Nafas oldi.
Hada: Qancha jonlarni olinganini ko'rding sababchi bo'lding . Kel menikini ham ol ...
Qo'llar ko'prik tutqichidan sirg'alar ekan , yurak borgan sari qattiqroq urardi ... Ko'z yoshlar suvga qo'shildi .
Qayerdandir kimgadir tanish , baland , ammo umid bag'ishlovchi ovoz keldi.
Lekin endi kech edi . Qo'llar ko'prik tutqichidan uzilgan boshlar orqaga tashlanga edi.
Suv qattiq sachradi. Tana suvga qo'shildi.
Orqasidan yana bir qalqish yana bir tana o'zini suvga uloqtirdi.....
Sen ko'zlaring bilan " kut " deding , men yuragim bilan " qaytaman " dedim.Bugun va'damiz bajariladi – biz yana birgamiz , garchi bu dunyoda bo'lmasak ham...❤️🩹