May 2, 2025

La'nat Tushlari: Qora Tush Sohibasi

7-qism

Cheonsa chuqur uyquda yotgan bo‘lsa-da, ich-ichidan bir narsa uni bezovta qilardi. Go‘yo qandaydir g‘alati, qorong‘i kuch unga yaqinlashayotgan edi. Bir mahal, xuddi qulog‘ining ichidan eshitilgandek, vahimali ovoz yangradi:

“Qora tush sohibasi... Tush sohibasii... Yovuzlik ruhi seni chorlamoqda...”

Bu ovozdan Cheonsa cho‘chib ko‘zlarini ochdi. U o‘zini... avvalgi hayotidagi xonasida ko‘rdi. Yonidagi to‘shak, devordagi rasm, deraza — hammasi o‘sha eski uyida edi. U sekin o‘rnidan turdi, tush ko‘rayotganini fahmlay olmasdi. Hammayoq shunchalik tanish, ammo bir paytning o‘zida g‘alati tuyulardi.

U pastga — zinapoyadan tushdi. Pastda onasi, otasi, Yuri va boshqa do'tlari — barcha yaqinlari bor edi. Ammo... ular unga g‘alati nigoh bilan qarashardi. Cheonsa bir qadam oldinga yurdi.

Shunda butun oila asta-sekin uning atrofini o‘rab, aylanishni boshladi. Ularning lablari bir ohangni takrorlardi:
“Yovuz ruh... Sen yovuzliksan... Yovuz ruh... Sen yovuzliksan...”

Cheonsa dahshatga tushdi. “To‘xtanglar!” deb baqirdi u, ammo ularning ovozi kuchayardi, harakatlari tezlashardi. U quloqlarini qo‘llari bilan berkitib, chokkalab o‘tirdi va qichqirdi:

“YETAR!!!”

Birdan ovozlar to‘xtadi. Tushingan edi — atrofdagi hamma va hamma narsa yo‘q bo‘lib ketdi.

U sekin ko‘zlarini ochdi. Endi u qorong‘u, tor va namlik bosgan xona ichida edi. Qo‘llari zanjirlar bilan yerga qotirilgan. Nafasi ichiga sig‘mas, yuragi vahimadan qattiq urardi. Zanjirlarni uzishga urindi, lekin bekor — ular og‘ir va mahkam edi.

Shu payt, xona ichida g‘uvillagan shamol ovoziga o‘xshash tovush eshitildi. Kimdir... yoki nimadir, bu yerdan o‘tayotgandek edi. Cheonsa hushyor tortdi. Yuragi dukkillardi.

Cheonsa to‘xtab qoldi. Yuragi qattiq urayotganini yuragining gursillashidan emas, balki bu ovoz butun tanasiga taralayotganidan sezdi. Har bir urish — dahshatning ichki chaqirig‘i kabi eshitilardi.

Birdan, qora tutun xuddi hayotning o‘zidan chiqqandek uning bo‘yniga o‘ralib, asta-sekin bo‘g‘ishni boshladi. Nafas olish tobora og‘irlashdi. U qo‘llari bilan bo‘g‘ilayotgan joyni tutib, ozod bo‘lishga urinardi, ammo bu urinishlar befoyda edi — tutun qo‘lga ilinmas, ammo halokatli edi.

Aks sado bilan butun xona qamrab olindi. U tovush, xuddi zulmat ichida o‘z hayotini topganidek, chuqur va ma’yus edi:

Sen men bilan bo‘lishing kerak...”“Sen — mening bir qismimsan...”

Tutun Cheonsani yerdan uzib, havoga ko‘tardi. Har soniya bilan nafas olish imkoniyati qisqarar, ong tobora xiralashardi. Quloqlarida faqat yurak urishining so‘nggi zarbalari va zulmatning da’vati qoldi.

O‘lim — bir nafas masofasida edi.

Ammo ayni shu paytda, qayerdandir, xuddi osmonda yoritilgan chaqmoqday oppoq narsa — hanjarga o‘xshash, lekin mo‘‘jizaviy porlaydigan bir kuch — cheksiz tezlik bilan uchib kelib, bo‘yniga o‘ralgan zulmatni yorib yubordi.

Qora tutun parcha-parcha bo‘lib havoda yo‘qolarkan, Cheonsa hushsiz holatda yerga quladi.

Ko‘zlarini yumish barobarida u shuni ko'rdi:
U yerda... Farishta misoli oq nurga burkangan inson qiyofasi unga yaqinlashardi.....

Cheonsa sekin qo‘llarini bo‘yniga olib bordi. Bir lahza nafas olishda qiynalgandek bo‘ldi. Ustidan noaniq bir qo‘rquv yurdi: go‘yoki birov uni… bo‘g‘ayotgan edi.

—Bu nima edi?.. Shu yerda bo‘g‘ilgan edimmi?.. Yo‘q, bu faqat tush edi-ku?..

Qo‘llari bo‘ynini silay boshlaganida nimagadir qattiq narsa tegdi. Cheonsa darrov uni nimaligini aniqlamoqchi bo'ldi.U buni yulish uchun harakat qildi, lekin bu harakat o‘tkir og‘riq bilan yakunlandi.

— Agh… — deya tishlarini g‘ijirlatdi u.

Sarosimaga tushgancha, oyna qidirishga tushdi. U o‘tirgan joyida biroz silkinib, yonidagi kichik javonchani ochdi. Ichidan yassi, eski oynani topib oldi va zudlik bilan bo‘yniga qaradi.

Ko‘zlari kattalashdi.

Bo‘ynining chap tomonida — terisi yengil shilgan, qon qotib qolgan edi.
Bu… haqiqat edi.

Shu onda Cheonsaning ongida kuchli chaqnash ro‘y berdi. Butun vujudida issiq to‘lqin yugurdi.

U esladi.

Tushda — yorug‘likdan yasalgan hanjarga o‘xshash narsa… u qora narsaning bo‘ynidagi narsani sindirayotganida, juda tez edi … va aynan o‘sha on Cheonsaning o‘z bo‘yni ham yengil shilib ketgandi.

Tush izsiz ketmagandi.

U yana o‘sha gapni eshitdi:
"Sen tanlanding… Bu faqat boshlanishi…"

— Bu yanaa nimasiiiii 😣

Cheonsa ko‘zguni sekin joyiga qo‘ydi. Nafasini rostladi, yuragidagi vahimani bosishga urindi.

—“Bu faqat tush edi,”

deb o‘ziga o‘zi qattiq takrorlardi. Ammo bo‘ynidagi iz, hanuz achishib turgan teri, va ayniqsa, yuragini g‘ash qilayotgan noaniq vahima — bularni oddiy tush deb bo‘lmasdi.

U deraza yoniga bordi. Quyosh hali to‘liq chiqmagan, salqin tong havosi xonaga kirib turardi. Cheonsa derazadan uzoqlarga tikildi. Uning nigohi bir nuqtada qotdi.

Soha xola ichkariga kirib keldi, qo‘lida issiq nonushta solingan idish bor edi.

— Men aytdim-ku, yurmasliging kerak deb! — dedi u ovozini pas saqlagan holda, lekin ohangida g‘amho‘rlik balqib turardi. Idishni stolga qo‘yarkan, Cheonsaga bir qarab qo‘ydi. — Oyoqlaring hali yaxshi emas, shoshma. O‘zingni asra, bolam.

Cheonsa kulimsirab bosh irg‘adi, so‘ng sekin lagan tomon cho‘zildi. Isitilgan guruch suvi va yengil sabzavotli taom hid taratib turardi.

Soha xola deraza yoniga bordi va parda chetini ochdi.

— Havo toza, bugun quyoshli kun bo‘lishga o‘xshaydi. Balki sening ham kayfiyating ochilar.

Cheonsa unga javob bermadi. Ichida tushlar, eshitilgan so‘zlar va bo‘ynidagi iz bilan band edi. Ammo Soha xolaning ishonchli, sokin ovozi biroz bo‘lsa-da, uni hozirgi hayotga qaytarayotgandek edi.


Saroy:

Saroyda bugun katta tayyorgarlik . Hizmatkorlar u yoqdan bu yoqqa yugurib o'z ishlari bilan band.
Saroydagi tozallikka juda katta ahamiyat qaratilmoqda.
Anchadan buyon saroy bunaqa gavjum bo'lmagan , bunaqangi katta tayyorgarlik ham kamdan kam bo'lib turadi .
To'g'ri saroyda tartib qoidalar , tozalik va qolgan saroy ishlari doimo o'z o'rnida va nuqsonsiz bajarilib kelgan lekin bugun saroyda huddi katta jangga tayyorlanayotgandek ish qilishmoqda.

Jk: U har qachon kelishi mumkin . U kelganida biror kamchilik ko'rsam hammangizni yaxshilik kun kutmaydi Tushunarlimi ...

Qirol hammaga shu so'zni aytgancha taxt turuvchi xonaga soqchilar bilan kirib ketdi

Oradan vaqt o'tib bir hizmatchi shoshgancha qirol oldiga ketardi

— Qirolim qo'shni mamlakt qiroli keldi .

~ Uni bu yerga kirgazing va qolganlar bu yerdan daf bo'lishsin

— hop bo'ladi qirolim

Hamma chiqib ketdi.
Xonaga u kirib keldi

— Oov qirol JK ... Yaxshigina tayyorgarlik ko'ripsizda men kelishimga .

~ Ha . Sen bilan yilda bir marta ko'rishardik. O'zing kelishingni aytganing uchun yaxshiroq kutib olishga harakat qildim. Sen bunga loyiq bo'lmasang ham .

— Tortishishni istamayman. Shunchaki ancha oldingi ishlarni deb haligacha mendan hafaligingni tasavvur qilish qiyin.

~ O'tmishni unutish qiyin

— Ha to'g'ri lekin bunda meni aybim yo'q.

~ Menimcha bu yerga o'tmishni kovlashtirgani kelmagansan to'g'rimi?
Qanday muhim habaring bor?

— Men uning belgisini ko'rdim

~ Nima?? kim haqida va qanaqa belgi haqida gapiryapsan .

— O'tmishimdagi qilgan qarorim tufayli o'lgan inson .... Aynan sen o'ylagan inson... Uning belgisini ko'rdim

~ Bo'lishi mumkin emas. Uni o'lganiga juda ko'p bo'ldi .

— Aynan men ham shunga hayronman . Ancha oldin yo'q bo'lgan insonning belgisi qanday qilib boshqa tanada ...

.
.
.
Davomi bor....