February 23, 2025

La'nat Tushlari: Qora Tush Sohibasi

1 BOB
Tushlar va haqiqat o'rtasidagi bog'liqlik

~Bu yo'l meni qayerga chorlamoqda..??
Bu yog'duni ortidan borishim qanchalik to'g'ri yoki xato ekani meni umuman qiziqtirmayapti..
Bu yog'du meni o'ziga jalb qilyapti...

Atrof suv quygandek jimjit
Bu o'rmon juda sokin..
Shamol , qushlar ,daraxt barglari ... Hattoki oyog'im tovushlari ham eshitilmayapti..
Bu ancha shubxali..
Yog'duga yaqinlashib borar ekanman u mendan ancha uzoqlashib borardi..

Men sekin yurishdan yugurishga o'tdim.
Oppoq libosim shox-shabbalarga ilinib qolardi.

~Yorug'lik endi men tomon harakatlana boshladi bu biroz vahimali. Men biroz sekinladim . Endi u mendan 10 qadamcha narida turipti. Ne qilarimi bilmay joyimda tosh qotdim....
Bu yog'du meni oldimga kelib atrofimda aylana boshladi. Bu juda yoqimli☺️
U to'xtab qoldi...
U qulog'imdan sal nariroqda to'xtab turibdi ..
Men u tomonga qaradim
U tezda qocha boshladi.
Uni ortidan yugaray deganimda bir daraxt tomiriga ilashib qoqilib tushdim.

O'rnimdan turib ust-boshimni qoqar ekanman katta va sovuq qo'llar belimni quchdi.
Men ortimga tezlik bilan o'girilib qaradim va baqirib yubordim...

Xonani qizning chinqirig'i tutib ketdi. Qo'lini ko'ksiga g'ijimlagancha chuqur-chuqur nafas olib chiqarar ekan bu tush ekanini anglab yutinib qo'ydi.
Yuzlarini ter bosib , tanasi muz qotgan qiz sekin o'rnidan turar ekan oyoqlariga xona shippagini kiydi .

Beep-beep beep-beep!!!

Qiz birdan cho'chib tushdi.
Yotoq yonidagi tortma ustida turgan telefon budilnigi chalinar edi.

Qiz qo'liga telefonni olib uni o'chirdi.

Hammomga qarab harakatlanayotgan qiz o'zini g'alati his qilishni boshladi.
Huddiki uni kimdir zimdan poylab turgandek .

Hammomga kirib chiroqni yoqqan qiz devorga o'zini urib baqira boshladi

Hammayoq qon bo'lib ketgan oynada esa qon bilan yozilgan yozuv ..
Birdan chiroqlar o'chib qoldi...
Qizni battar vahima bosa boshladi..
Sekin eshik g'ichirlab ochilar ekan qizni yuragi hozir otilib shu eshikdan otilib chiqa yozdi.

Qiz ortga tisarilar ekan eshik kattaroq ochilib qadam tovushlari yaqqol eshitilardi..
Qiz vanna tomon orqalab yetib kelib to'xtadi uyog'iga yo'l yo'q ..

Vanna ichidan chiqqan uzun qo'llar qizni vanna tortib ketti....

~Yo'o'o'qq..
Qiz sapchib o'rnidan turib atrofga alang-jalang qaradi.
Hamma unga hayron nigohda qarab turardi.

Ustoz: Cheonsa agar bu fikr senga yoqmagan bo'lsa mayli men o'rningga boshqasini qo'yaman...
~Aa kechirasiz ustoz ..
Shu kunlarda biroz band edimda...

Xatosini to'g'irlagancha joyiga o'tirgan qiz yuz ko'zlarini ishqalab o'ziga kelishga urinardi...

Pov Cheonsa: Uhh.. Yana shu la'nati tushlar .
Qachon uxlashga ulgurdim o'zi ..

Barcha insonlar uxlaganda charchog'ini chiqaradi. Dam oladi..
Men esa uxlashdan qo'rquvchi yagona inson bo'lsam kerak..
Bu la'nati tushlar doimo meni taqib qilgani qilgan .

Hozir ham tushdamanmi yoki haqiqiy hayotda anig'ini bilmayman.

Men tushlarga asiraman ...

X: Hoy Lee Cheonsa shoshmaa

~Ha nima deysan Minsu..

Minsu: Sen nega doim bahona qilib ishlardan qochaverasan aaa??

~ Men har doim ishdan qochganimni qachon ko'rding??

Minsu: Doim bir bahona to'qib ishdan qochishingni butun kollej biladi..
Seni yaxshi o'qishing, ustozlarni erkatoyi bo'lishing mumkin lekin kollej o'quvchilari orasi hamma qatori bir pog'onadasan shuni unutma...

~ Minsu yaxshilikcha ko'zimdan yo'qol ..
Hozir seni piching gaplaringni eshitishga vaqtim ham hohishim ham yo'q..
Ha ishlarga kelsak men doim ishlarni qilib kelganman , bu safar ustozdan ruxsat olganimni va ustoz ruxsat berganini ko'rolmayotgan bo'lsang alaming mendan emas o'zingdan ol ...
Tushundingmi..??

Endi esa yo'limni bo'shat..

Cheonsa qizni oldidan o'tib ketar ekan Minsu jaxildan o'zini zo'rg'a tiyib turardi..
Yonidagi ikki o'rtog'i Minsuga gapirishar edi:
–Minsu nega uni adabini bermaysan ??
Qara uni qanchalar bezbet betkachopar...
~Ha rostan ham..Kollejdagi hamma qizlar sendan hiyiqishadi..
Bu esa seni pisant qilmaydi ham ..

Minsu: Bu bilan meni shundan qo'qadi demoqchimisiz aa??

Baland ovozdan ikki dugona uchib tushdi..

–Yo'q yo'q unday deyish niyatimiz yo'q edi..
Sen bizni noto'g'ri tushunding..
Biz uni aqlini kirzib qo'yish kerakdemiqchi edik...

Minsu : Bo'ldi qiling ..
U haqida umuman eshitishni hohlamayman..

–Ho'p bo'ladi . U haqida umuman gapirmaymiz..

Pov Cheonsa: Hech qayerda tinchlik yo'q ..
Na tushimda na o'ngimda.
Kollejga kelsam hayollarimancha yaxshi bo'lib tinchlanardi..
Endi esa bu yerda ham turib bo'lmas bo'lib qolibdi...

Yura: Cheonsaa shoshma...

Ortimdan kelgan tanish ovozdan to'xtab ortimga o'girildim.

Bu kollejda yagona men bilan dugona bo'lgan ajoyib qiz.

Meni shunday og'ir fe'limni ko'tarolgan yagona shaxs.

~Ohh Yuri qalesan..
Bu yoqqa kelchi

Men uni quchib salomlashdim

Yuri: Darsing tugadimi???

~Yo'q hali yana bir soat bor..

Yuri: Qaysi fan??

~Algebra

Yuri: Demak aniq qolasan.

~Ha meni juda yaxshi bilasan😅

Yuri: Hamma matematikadan qochsa sen matematikaga talpinasan-ku .

~ Nima qilay bu menga yoqadi..

Yuri: Sen qiz biror marta o'zing hohlab darsdanqochganmisan o'zi???

~O'ylab qarasam yo'q ..
Umuman darslardan qochmagaman..

Yuri: Kel bugun darsdan qochamiz...

~Nima
Yo'q unday qilmaylik..
Keyin ustozlar tergaydi..

Yuri: Qanaqa qo'rqoqsana hech narsa bo'lmaydi.
Shunchaki oxirgi soatga kirmaymiz ..

~Bilmadim ikkilanyapman..

Yuri:Nimasiga ikkilanasan..
Bo'pti agar bitor narsa bo'lsa o'zim javob beraman..
Endi rozimisan??

~Hmm ...Mayli faqat sen uchun va biror narsa sodir bo'lsa sen javob berasan .

Yuri: Kelishdik 🤝
Qani kettik.

~To'xta o'zi qayerga boramiz.

Yuri: Mrn bilan yuraver keyin ko'rasan..

~Yaxshi..

Yura . Men uni erkalatib Yuri deb chaqiraman.
Bu unchalik katta o'zgarish emasku lekin bu qandaydir uni yoshbolaga o'xshatib qo'yardi.

Yuri meni qo'limdan tortqilab olib ketar ekan chorraxada to'xtadik.
Halloslab nafas olib chiqarar ekanman Yuri esa svetafor tezroq yashil yonishini kutar edi.

Yuri u yoq bu yoqqa qarab mashina yo'qligini tekshirib svetaforni sariq chirog'ida yugurib ketdi.

Qayoqdandir mashina paydo bo'lib Yuri tomon katta tezlikda kelardi..
Yurini ko'rgan haydovchi sekinlashishga harakat qilar ekan Men Yurini itarib uni o'rniga chiqib qoldim..

Yuri: Cheonsaaa

By#Cheonsa