June 12, 2025

Kuzda izlangan bahor

Kuz derazadan jimjimador ranglarda emas, xira tuslarda qarar edi. Yaproqning to‘kilishi bu safar shunchaki fasl o‘zgarishi emas, hayotdan uzilib ketayotgan umidga o‘xshar edi.
Shamol o‘ynayotgan barglarni ilib, yerda aylanadi. Deraza oynasidan oqib tushayotgan tomchilar go‘yo vaqtning sirg‘alayotgan daqiqalarini eslatadi.

Jin kasalxonaning tor xonasida, derazaga tikilgancha yotardi. Uning nigohi har bir tomchida o‘zining tugashini ko‘rardi.

Jin (pov):
Yomg‘ir... nega bu yomg‘ir yuragimdagi og‘riqni yuvib ketmaydi? Nega har bir tomchi menga hali aytilmagan so‘zlarimni eslatadi? Bu palata... bu deraza... bu kuz... bu sukunat — bari mening tugashimga guvoh bo‘lishga hozirlanayotgandek.Bu kuzni men ko‘rayotgan oxirgi kuzim bo‘lishi mumkinmi?

Xona eshigi ohista taqqilladi va eshik ochilib Hada tabassum bilan kirib keldi

Hada: Men keldim 😊 yaxshimisiz

Ustida qizil koja boshida qizil boshkiyim , qo'lida sumkacha bilan kulib kirib keldi va yomg'irda ho'l bo'lgan ustini suvini silqidi.

Hada: Bugun juda ko'p yomg'ir yog'yapti ... Ustim shalabbo bo'lib ketibdi

Jin Hadani kelganini ko'rib yuziga siniq tabassum oldi

Hada: nega homush derazaga tikilib o'tiribsiz ? Nimadir bo'ldimi? Ahvoliz yaxshimii??

Jin: Ha.. shunchaki kunlar ham ancha sovib qoldi .
Balki shu sabab biroz kayfiyatim tushgandir ....lekin sen kelding , huddi quyoshga o'xshab. Endi kayfiyatim ancha yaxshi 😄

Hada: Doim hursand bo'lishingiz kerak
Shunda tezroq tuzalasiz

Jin:... Haa...albattaa...

Birdan Hada sumkasini shoshib titqilashni boshladi

Hada: voy men sizga bir narsani ko'rsatishim kerak. O'zi men atay shuni ko'rsatish uchun kelgandim...

Hada telefonini olib bir nimalarniqidirardi

Hada: Mana bularga qarang .. men bularni har xilidan kiyib ko'rdim . Atay siz uchun rasmga olib keldim

U telefonida har xil to'y ko'ylaklarini rasmlari va o'zi kiyganlarini ham ko'rsatdi

Hada ularni ko'rsatayotgan paytda Jinning yuzi biroz homushlashdi
Buni Hadaga bildirmaslik uchun u qaraganda yuziga soxta tabassum joyladi .

Hada: Qarang mana bunisi sizni didingizga mos ekan ..etaklari uzun, bejirim qilib bezatilgan ... Aaa mana bunisi esa meni didimga mos ...
Qay biri yaxshiroq ekan ???

Jin: Libos seni emas , sen liboslarni go'zallashtiryapsan

Bu so'zlardan Hada biroz uyaldi

Hada: hoy... Meni uyaltiryaptsiz ... Undan ko'ra menga qaysi biri yaxshiligini ayting

Ularning suhbati juda shirin lekin shu bilan birga juda katta og'riqlarni yashirib turibdi

Jin: Manashu ..menimcha shunisi qolganlaridan ko'ra yaxshiroq

Hada: Haa...

Eshik taqqillab xonaga doktor kirib keldi

Sh: kechirasiz sizlarni bezovta qildim .. bemor bilan gaplashadigan ishim bor edi

Hada: aytavering qanday gap

Sh:.... Aaaaaa.. buni bemorni o'zi boilan gaplashishimiz kerak
Iltimos chiqib turolasizmi

Hada: nega endi....

Jin: Hada iltimos chiqib tur . Men doktor bilan gaplashib olaman

Hada: Hh ha mayli unda men ketaman . Ko'ylakni borib olaman .. bo'pti yaxshi dam oling

Jin: Yaxshi bor .. ehtiyot bo'lib keeett..

Hada xonadan chiqib Mina bilan bog'lanib kasalxonani tark etdi

Xonada doktor va Jin qoldi. Tashqaridagi yomg‘ir ohangda davom etmoqda.

Jin:
— Doktor... iltimos, yashirmang. Qancha vaqtim qoldi?

Doktor (cho‘kkan ohangda):
— Biz qo‘limizdan kelganini qilyapmiz. Ammo... yurak sustligi kuchaymoqda. Operatsiya zarur, lekin... xatarli.
— Jin-ssi... agar bu oyda qilinmasa... ko‘pi bilan bir necha hafta. Balki kamroq ham. Operatsiyadan so'ng umrizni bir ikki yilga cho'zishimiz mumkin. Lekin buni tezroq qilmasak bo'lmaydi ...

Jin:
— Bilardim... faqat... unga aytmagan edim. U kulayotganida men yashayotganimni his qilaman. Shuni tortib olishga haqqim yo‘q edi.. u mening butun borlig'im . Agar unga nimadir bo'lsa men osha damning o'zida o'lib bo'laman .....

Oradan bir hafta o'tdi

Bu orada Jinning ahvoli kundan kunga yomonlashardi . Tez charchardi . Yurishga qiynalardi . Yuragi tez sanchiq berib og'riry boshladi .

Bu vaqtda Hada Jinning oldiga kelib ketib uninv ahvoli yaxshilanish o'rniga yomonlashib borayotganini sezib turardi .
Jin qancha Hadaga bildirmaslikga harakat qilsa ham uning ko' rinishidan hamma narsani bilib olsa bo'lardi

Hada o'zi shaxsan doktor bilan gaplashish uchun uning xonasiga bordi

Doktor uni yaxshi kutib olib suhbatni boshladi

Hada: maqsadga o'taman. Jinga nima bo'layotganini menga ayting. Sizlar mendan nimanidir yashiryapsizlar

Doktor va Hda uzoq bahslashishdi . Doktor Hadaga haqiqatni aytolmasdi . Buni Jin iltimos qilgan axir .
Lekin Hada doktorni gapirishga majburladi .

U hamma haqiqatni bilib oldi .. Endi u o'zini ichki dunyosidan qulagandek his qilardi . Hech nimani eshitmasdi . Ko'ziga hech narsa ko'rinmasdi. Hayolida faqat doktor aytgan gaplar aylanardi

Hada(pov) : Buu nimasi ... Nega aynan biz . Bunday ishlar nega doim baxtga yetishay degaar bilan sodir bo'ladi . Mening yarim bo'lagim so'nib boryapti . U...uu u o'lishi mumkin ekan. Men buni eshitib undan oldin o'lib bo'ldim ....💔😭

Hada ichida o'zini ayblardi,taqdirdan nolirdi, o'lishni hohlardi

U rostan ham o'lib bo'lgandi . Uning ruhi o'lgandi . Faqat tanasi turardi. Insonning eng yomon o'limi bu – o'lmasdan o'lish Hammaga ham baxt nasib qilavermaydi ... Bu hayotninh achchiq haqiqati...

U bildi . Hada hammasidan habardor .
Doim yolg'iz qolishdan qo'rqadigan , yqqinlari tashlab ketishidan qo'rqadigan qiz uchun bu katta yo'qotish . Lekin u o'zini buni sezmagandek , bilmagandek tutishni afzal ko'rdi .
Ikki inson bir-birini sevsa , bu ularni birga bo'ladi degani emas...

Hada Jinning ruhiy tushkunlikka tushib qolmasligi uchun o'zini uni oldida yig'lamaslikka va noto'g'ri gaplarni gapirmaslikka harakat qildi. Doim uning yonida bo'lib yolg'iz qoldirmadi. O'zini ich etini yeb bitirgan bo'lsa ham iloji boricha , kuchi yetgancha kulib turishga harakat qildi va buni yaxshi epladi .

Lekin bu soxta tabassumlar va birdaniga o'zgargan muomala Jinni e'tiboridan chetda qolmadi . U nimadir boshqacha ekanini sezib turardi ...

Bir kuni Jinning palatasida:
Kechlik uchun taomni olib kirayotgan Hada Jinning g'amgin yuzini ko'rib o'zini yig'lamaslikka undadi . Shunda ham uning yuzidan ikki tomchi yosh tomdi . Hada darrov yuzini artib Jinni chaqirib tabassum qildi

Hada: Jin oppa men yeyishingiz uchun mazzaaliii taom olib keldim 😊

Jin Hada tomonga qaradi va horg'in jilmayib qo'ydi

Hada : Keling birga yeb olamiz

Jin: Hmm...mayli

Hada stulchaga o'tirib qo'lidagi patnisni stol ustiga qo'ydi

Hada: Men suv olib kelishni unutibman .... Hozir olib kelaman — deb stuldan turib ketayotganida Jin uning qo'llaridan tutib qoldi

Biroz sukutdan so'ng Hada nima bo'layotganini tushunmay Jinga qaradi

Hada: Nimadir bo'ldimi ?? Yoki sizga nimadir kerakmi ??

Jin: ...... — sukut

Hada: Ahvolingiz yaxshimi ... To'xtang doktorlarni chaqiraymi ??? — havotir bilan gapirdi

Jin: Men yaxshiman .. hech narsa kerak emas .....kel biroz suhbatlashamiz

Hada: Aa..haa albatta

Jin deraza tomonga qarab o'yga toldi

Hada esa jimgina uni kuzatib o'tirdi

Jin: Sen....bilib qolding , shundaymi?

Hada: Nima haqida gapirsiz

Jin: Menimcha nima haqidaligini bilib turibsan

Hada: ........

Jin: Meni kasalim......

Shu so'zlarni aytganidan so'ng Jin Hada tomonga o'girildi va o'z tanasiga zarb bilan urilgan tanani xis qildi

Hada: Jin ... Men..nima qilishni bilmayman..lekin ...lekin..hech bo'lmasam operatsiya qilaylik . Iltimos
Hiqqillab yig'lab Jinni bo'yniga yopishgan qiz nimadandir umid qilardi.

Jin Hadani tinchlantirib yuzini o'ziga qaratdi va uni qo'llaridan tutdi .

Jin o'zi taqib qo'ygan uzugiga qarab uni biroz kuzatdi.

Jin: Qachonlardir men senga bu uzukni taqib "doimo birga bo'lamiz" deb va'da qilgan edim. Endi esa bu uzuk abadiylikni emas ayriliqni eslatib turishidan qo'rqaman....... Hada kel ertaga mening kelinim bo'l .... Hech bo'lmasa bir marta seni oq libosda , ko'zlarimga porlab turgan ko'zlaring bilan boqib turganingni ko'ray ... Shunda hech qanday armonim qolmaydi.

Kasalxona tashqi tomoni

Qish o'z sovuq jozibasi bilan yuraklarni muzlatib kirib keldi . Ilk kunlardan qishni hamma qor bilan qarshi oldi .

Kasalxona karidorida qishga monand holda kiyingan qiz qo'llarida guldastazi yerga , nigohlari operatsiya xonasiga olib ketilayotgan bemorga , hayoli esa osmonlarga qaratilgan . Uning yuragi o'zida emas balki bemorning yuragi oldida kettii....

15 daqiqa oldin

Kasalxonada bugun o'zgacha kun . Bu hammasi bir bemor uchun qilinayotgan ish. Kasalxonaning bir xonasida oq liboslarini kiyayotgan qiz va unga yordam berayotgan uning dugonasi va hamshiralar .
Hammalari bu qayg'uga to'la quvonchli kun uchun mehnat qilyapti. 5- 10 daqiqada hamma narsa tayyor bo'lib bir insonning oldiga kelin sifatida yo'lga tushdi.

Hada oq ko'ylakda yuzida sokinlik , yuragida qiyomat. U Jin tomon yurar ekan xonasidan bir nechta hamshira va doktorlar shoshilinch chiqishdi.

Doktor :Yo'l bering , operatsiya xonasini tayyorlang .. zudlik bilan .. biz bemorni yo'qotyapmiz...

Jinni palatadan shoshilinch tashqariga olib chiqishmoqda . Uning ko'zlari yumuq ,sochlari nam, yuragi sust .

Hada qotib qoldi , turgan joyida guldasta pastga, nigohlar bemorga , hayol esa osmonlarda ....
Uning ruhi sindi . Hozir uninv ko'zlaridan yosh emas , uning ruhi oqmoqda...

Go'yo u Jin bilan birga operatsiya xonasiga kirib ketti . Go'yo uning yuragi ham bemor yotqizilgan to'shakka yotdi...

Atrof sukutga chomdi ...
Yuraklar esa to'fonda....
Vaqt o'tmoqda hali habar yo'q .

Vanihoyat eshiklar ochildi , u yerdan esa nigohi – xuddi kechirim so'ragandek doktor chiqib kelmoqda..

Doktor: Uu....u ketdi ....

Oyoqlarida turolmagan Hada yerga tizzaladi . Endi u yuragidagi to'fonni tashqariga sochdi . Bor ovozi va alami bilan baqirib yig'ladi . U ...u ulgurmadi . Jinning oxirgi istagini bajarishga ulgurmadi .. U bilan vidolasholmadi . So'ngi do'zini unga yetkazolmadi ...
Bu shunday ayriliq edi . Na vidolashuv va na so'zlar bilan.....

Sal bo'lsa ham yuragingiz tasirlangan bo'lsa bu men uchun eng katta yutuq 💔❤️‍🩹

Hali bu oxiri emas ....

DAVOMI BOR...

#Cheonsa 😢