Sen va men - 5ep
Y/n suvga tusharkan yigit uni tizzasiga tortib oldi. Qizni yengil shoyi libosi suvga tushganda tanadiga yotib egri chiziqlari konturini ochib berdi. Woo Seok uni belini ikki yonidan ushlab turib, tilini ogʻzi ichida aylantirib jilmaydi.
Y/n: Shahzoda... Bu toʻgʻri emas... Meni qoʻyib yuboring...
Qizni yuragi tez ura boshladi. Nafasi boʻgʻildi.
Y/n ishdan uyga kelar ekan eshikni ochib ichkariga kirdi. Qizchasi onasini kelishini eshtishi bilan qoʻlida quyonchasi bilan yugurib kelib onasi etagiga osildi.
Y/n: Bunday yopishqoq boʻlma, axir oʻynab kelayotganim yoʻq.
Jeri onasini kayfiyatini tushunib biroz orqaga yurdi.
Jeri: Dadam bilan sizni kutib televizor koʻrdik. Dadam taom pishirgan. Sizga oshxonada dasturxonga tayorlab ustini yopib qoʻydik.
Qiz quvnoq gapirarkan Y/n jilmayib uni boshini uy hayvonini silagandek silab qoʻydi. Keyin uni qoʻliga koʻtarib oldi. Jeri onasini boʻynidan bir qoʻli bilan quchoqlab quyoncha ushlab turgan qoʻlini oldinga choʻzim mehmonxonasiga ishora qildi.
Jeri: Dadamni maydoniga yurushni boshlaymiz!
Y/n qizining yuzidan oʻpib qoʻyib toʻgʻri eri oʻtirgan xonaga kirdi. Xona saramjon edi. Toʻgʻridagi aylanma joylashtirilgan divanlardan birida eri Kim Jay oʻtirardi. Oldidagi oynali stulda bir necha sneklar kino koʻrish paytida yeyish uchun patnizga solingan edi.
Jay oʻrnidan turib Y/nni yoniga kelib Jerini uni qoʻlidan olib yerga qoʻydi.
Jay: Jeri filmni oʻzing davom ettirasanmi?
Jeri: Uka sovgʻa qilsangiz mayli.
Jeri kulib qoʻyib divanga sakrab oʻtirib filmni sozlab oʻzi yoqtirgan multfilmni qoʻydi. Jay unga qarab jilmaydi. Keyin rafiqasini belidan ushlab oʻziga tortib qoʻliga kelinchak uslubida koʻtarib olib oshxonaga olib bordi. Y/n Jayni boʻyniga qoʻlini oʻrab yuzini uni yelkasiga qoʻydi.
Jay: Shu ishni tashlashga nima deysan. Axir men oilamni boqa olaman. Puldan muammo yoʻq.
Y/n: Kun boʻyi bir uyda oʻtirishni istamayman.
Jay xoʻrsinib qoʻyib rafiqasini krisloga oʻtirgizdi.
Jay: Jeri seni kutib bazan uxlab qolyapti. Ish vaqtingni almashtirsang boʻlmaydimi? Bilasan Jeri oʻjar. Huddi sen kabi.
Jay dasturxondagi toʻrli qopqoqni ochib Y/nga ovqatlarni tayorladi.
Y/n: Boshligʻim bilan gaplashdim. Ishchi soni kamligi sabab biroz kutishimni aytdi. Yangi ishchilar saralanib olingach ish vaqtini sozlab berar ekan.
Y/n qovurilgan mol goʻshti boʻlagini tayoqcha bilan olib piyoladagi guruch ustiga qoʻyib yeyishni boshladi. Jay unu ovqatlanishini kuzatib onda sonda yuzini salfetka bilan artib qoʻydi. Y/n ovqatlanib boʻlgach Jay idishlarni yuvib tahlab qoʻydi. Y/n dasturxonni yigʻishtirib oldi. Jay uni ortidan kelib quchoqladi.
Jay: Jerini istagi nima boʻladi? Unga uka beramizmi?
Y/n Jayni oʻynoqi turtib kulib yubordi.
Y/n: Jerini har bir gapini ham jiddiy olish kerak emas
Ammo qiz gapini tugatmasdan oʻzini Jayni yelkasida koʻrdi. Jay uni koʻtarib olib yotoqxonaga olib bordi. Xonani eshigini oyogʻi bilan ochib uni toʻshakga yotqizdi. Ortga qaytib eshikni bir chertish bilan qulufladi. Keyin yaramas jilmayib oʻrtiga oʻgirildihamki qattiq kulib yuborib qoʻli bilan peshonasini ushladi.
Chunki Y/n allaqachon yotoqdan turib vannaga kirib ketgan edi. Jay uni chiqishini kutib tungi kiyimini kiydi va toʻshakga yotib kitob oʻqidi. Yigirma daqiqalarda Y/n oq halatda vannada chiqdi. Jay uni koʻrib kitobni tungi stulga qoʻydi. Y/n toʻshakga kelib oʻtirdi. Halatini yechib yerga tashladi. Jay uni ortidan quchib yalang yelkadidan oʻpib qoʻllarini Y/nning qorniga oʻradi. Qizni oʻziga tortib olib quchogʻida belanchak qilib biroz vaqt boʻynidan oʻpib turdi.
Y/n boshini orqaga tashlab Jayni jagʻ chizigʻidan oʻpib qoʻydi. Jay uni yengil harakat bilan toʻshakga yotqizib ustidan hukmronligini oʻrnatdi.