Skz Legacy - ep1
Zalda sukunat. Sahnani faqat yurak urishiga o‘xshash yumshoq musiqa to‘ldirdi. Straykids sahnaga chiqmoqda ammo bu oxirgisi.
Mikrofonlar oldida sakkiz siluet. Ularning ko‘zlarida yosh yo‘q, lekin yuraklarida og‘irlik bor. Hamma buni his qilmoqda.
“Bu yakun emas… Bu biz tanlagan tinchlik.”
Va nihoyat Stayni qaqshatgan oʻsha kun keldi. Straykids shartnomasi boʻyicha vazifani yakunlanmoqda.
Ohang ohista o‘chdi. Qarsaklar to‘lqin bo‘lib zalni bosdi. Faqat bu safar qarsaklar — sog‘inchga o‘ralgan minnatdorlik. Hech kim ulardan norozi emas. Muhlislarning koʻzlaridan yosh arimaydi.
Sahna ortida hech kim gapirmadi. Felix birinchi bo‘lib mikrofonini stolga qo‘ydi. Hyunjin chuqur nafas olib, orqaga — oynadagi o‘ziga — qaradi. Seungmin esa jimgina... o‘zini musiqasiz tasavvur qilishga harakat qildi. Jeongin esa... hozircha kulib turibdi. U hali bu og‘irlikni to‘liq tushunmayapti.
Bang Chan hammasini kuzatib turdi. Yillar davomida yetakchilik qilgan yurak bugun sukut bilan xayrlashadi.
Chan: "Biz sahnani tark etyapmiz... lekin hayot endi boshlanadi," dedi u nihoyat, chuqur ohang bilan.
Ular o‘zaro quchoqlashdi. Sukunat ichidagi so‘zlar — ko‘z qarashlarida. Bu guruhni hech kim tarqatgani yo‘q.
Bu qaror edi. Ularning oʻz tanlovi.
📰 "2028-yil: Stray Kids a’zolari birin-ketin turmush qurmoqda."
📰 "Bang Chan’ning ayoli haqida gapirgan intervyusi ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi!"
📰 "Hyunjin san’at maktabi ochdi – ammo rafiqasi hali ham koʻrinish bermadi. Qiziq kelin kim?"
📰 "Changbin va rafiqasi Heso Los-Anjelesda ko‘rinish berdi."
Ular har kim o‘z hayotini topmoqda. Sahna chiroqlari endi o‘zga yo‘nalishda porlaydi.
Ular sahnani kelajak avlod uchun qoldirishdi. Ammo Stay hali hamon ularni sevishdan toʻxtamadi. Hatto ular oʻz ijtimoiy tarmoq profillariga farzandi va rafiqasini joylasa ham ular Straykidsdan voz kechishmadi.
Straykids har yili Stay tugʻulgan kuni uchun bir xil post joylar unda yigitlar oʻz lighstiklarini va kanvertga joylangan hatlarni joylashar edi. Ular oila tashvishlari bilan boʻlib yegʻila olishmay qolar. Baʼzan har oy koʻrishar edi.