June 4, 2025

Lunacyte - ep7

By: Ksena

7.Suv ostidagi qasr: Xotiralardagi qamchi.

Yuri tongda uyg‘ondi, ammo hamma narsa g‘alati edi. U xona eshigini ochganida, uydagi har bir narsa o‘z o‘rnida emas. Yotoqxonaning devorida bolalikdagi rasmlar, oshxonada o‘zining kichkina holi yugurib yurgandi.

Ammo bu tush emas edi. Bu xotira ichidagi qamal edi. Uning atrofidagi xotiralar g‘ayritabiiy tus ola boshladi — opasi yo‘q, ota-onasi yuzsiz. Osmonda qora tuman.

Qulog‘iga sirli ovoz eshitildi:

Thyria: “-Sen o‘zingni kim deb o‘ylaysan? Elaryn? Qahramon? Sen — hech kimsan. Faqat xotira. Qolganlar seni orzu qildi, men esa sening asl holingni ko‘raman.”

Bu Thyria edi. U Yurining ongiga kirib, uni parchalashga harakat qilmoqda.

Yuri qochmoqchi bo‘ldi, ammo oyoqlari joyida qotib qoldi. O‘tmishdagi o‘zini ko‘rdi — cho‘kayotgan, yolg‘iz, yig‘layotgan.

Ammo bu safar — u qizaloqni koʻrgach qochmadi.

Yuri: “-Ha, bu men edim. Lekin endi men shunday emasman. Bu oʻtmish holos. Endi men kuchliman. Menga qarshi kurashish uchun — sen ham meni tan olishing kerak.”

Xotiradagi qora tuman yorildi.

Yurining hushsiz tanasi yotoqda. U shifoxona tubidagi Elaryn xonalaridan birida. San devorga suyangancha diqqat bilan Yuriga boqardi.

Hyunjin shivirladi: “-Uning ongiga hujum bo‘lyapti. Uni o‘sha joydan olib chiqish kerak, yo‘qsa qaytmaydi.”

San: “-U mustahkam. U qaytadi. Ammo agar qaytmasa…”

Hyunjin keskin aytdi: “-U qaytadi. Chunki u endi yolg‘iz emas.”

Ular Yuri uchun bir maqsadda birlashdi.

Yuri xotiralarning eng qorong‘usiga yetdi: onasining o‘lim sahnasi.

Bu sahna o‘ta shafqatsiz. Onasi uni suv ostiga olib tushyapti — ammo himoya qilish uchun emas, yashirish uchun.

Yuri hayqirdi: “-Onam meni qutqargan edi! Sen meni buzolmaysan!”

U qichqirgan lahzada yoritilgan nur ichidan onasining haqiqiy qiyofasi chiqdi. Yurini quchdi.

— “Sen tanlading. Endi bu kuch sendan emas — bu kuch sening tanlovingdan tug‘iladi.

U hushiga keldi.

Yuri koʻzlarini ochdi. Yonida San va Hyunjin. Uning yuzida chuqur sokinlik bor.

Yuri: “-Men kimligimni ko‘rdim. Men ko‘rganimdan qo‘rqmadim. Endi meni hech kim qaytara olmaydi.”

San yuragini siqdi: “-Ular qaytadi. Thyria to‘xtamaydi.”

Hyunjin: “-Unda biz ham tayyorman deyishga majburmiz.”

Yuri jilmaydi: “-Unda biz urushni kutmaymiz. Uni o‘zimiz boshlaymiz.”

Yuri opasi qoldirgan yozuvni ochdi. Unda suv ostidagi qadimiy xarita mavjud. Xarita faqat Elaryn qonidan chiqqan suv bilan yuvilganda ko‘rinadi.

Yuri barmog‘ini tilib, suvga aralashtirdi. Xarita jonlandi. Yorug‘lik ichra bitta joy alohida porlardi:

“Veltharys – Elaryn ilk qudrati qoldirilgan qasr.”

Hyunjin va San Yurining qon hidi sabab oʻzlarini zoʻrgʻa ushlab turishdi. Hyunjin chiday olmadi. Yuriga tashlanmaslik uchun oʻzini qoʻlini tishladi. Qon tami uni tinchlantirdi, ammo yetarli emas. San unga oldida yuradigan sharob idiahini uzatdi.

San: “-Bu kamyob qon. Uni oz miqdori ham seni tinchlantiradi.”

Hyunjin raxmat aytib uni oldi.

San, Hyunjin va Yuri qorong‘u va sernam tunnellar orqali suv osti qasriga borishdi. Yengil chiroq, chuqur sukunat, va... Yurining yuragidagi tars-tars urish. Bu joy unga g‘alati tanish.

San past ovozda pichirlardi:

San: “-Yurak bunday ursa, u narsa seni kutayotgan bo‘ladi.”

Hyunjin sovuq ohangda: “-Yoki seni chaqirayotgan bo‘ladi.”

Ular qasrga yetishdi. Ichkariga kirishganda har biri o‘zining eng zaif nuqtasiga duch keldi.

San: Yurining Hyunjinga qaragan mehrli nigohini ko‘rdi — bu unga xiyonatdek tuyuldi.

Hyunjin: Yurisiz kelajakni ko‘rdi — bo‘sh, mohiyatsiz.

Yuri: Onasining o‘limini qayta boshdan kechirdi, bu safar u cho‘kayotgan onasini qutqara olmadi.

Ammo Yuri boshini ko‘tardi. Bu illuziya ekanini tushundi. U o‘rta markazdagi ko‘zguga qarab baqirdi:

Yuri: “-Bu mening qo‘rquvim emas! Bu meni to‘xtatolmaydi!”

Ko‘zgu sindi. U ortida yaltiragan Elaryn nayzasi yotibdi — Lunacyte Nayzasi.

U nayzani qo‘liga olayotganda orqa tomonda sovuq ovoz:

Thyria: “-Yaxshi. Endi men seni chinakam qismatingda ko‘raman.”

Bu Thyria edi. U nihoyat ko‘rinadi: oppoq soch, qora ko‘zlar, tanasidan qora suv oqib turadi.

Yuri unga to‘g‘ri tikildi.

Yuri: “-Men sening so‘zingdan emas, o‘zimning haqiqatimdan kuch olaman.”

Thyria jilmaydi: “-Biz hali tugatmadik, Elaryn qizi. Men seni quvvatdan emas, tanlovingdan mahrum qilaman.”

Thyria gʻoyib boʻldi. Yuri nayzani qo‘liga oldi. Uning badani porlab, ko‘zlarida qadimiy ramzlar paydo bo‘ldi. Nayza yonib turardi — bu Elaryn kuchining uyg‘onish belgisi edi.

San asta unga yaqinlashdi, yuragini siqib:

San: “-Endi ular seni jismoniy o‘ldira olmasligi mumkin… ammo qalbing uchun jang endi boshlanadi.”

Yuri tushkun holatda koʻrindi. San uni bilagidan ushlab oʻziga tortdi. Lablarini birlashtirdi. Mayin boʻsa oldi. Yuri Sanning qaynoq lablarini his qilganda bir on oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Soʻng uni oʻzidan itardi.

San: “-Kechir. Seni koʻrinishing yomon edi”

Yuri: “-Yana shunday qilsang, lablaringni kesib olaman. Qoʻllaringni esa qovurib itlarga tashlayman.”

Yuri shunday qatʼiyat bilan gapirganidan San kulib yubordi.

Hyunjin jim. U Yuriga qaradi, ammo nigohini yashirdi. Ich ichidan Sanni oʻldirish hirsi uygʻongan boʻldi, ammo oʻzini tinchlantirdi. Yurining qarshisida endi faqat dushman emas — tanlovlar, hislar, va qasos bor. San esa hozir kerak

💠 8-epizodda:

Yuri Lunacyte Nayzasini ishlatishni o‘rganadi, ammo bu kuch narx talab qiladi.

Thyria Yurining hislariga ta’sir qiladigan sirni ochadi.

San va Hyunjin Yurini tanlash haqida ochiq gaplashadi — lekin bitta yurak sinadi.