Sen va men - ep3
Yosh yigit shahzodaning yordamchisini koʻrib koʻzlari kattalashdi. Tezda harakat qilib ustozini olib chiqdi. Sochlari oqargan soqoli hiyol koʻringan usta Shin Taekjin bosh kiyimini rostlab yordamchi Yoonga yuzlandi.
Shin: Salomlar boʻlsin Gyonju. Bu yerga nima olib keldi.
Gyonju matoga oʻralgan moʼy qalamni olib unga uzatdi.
Yoon: Buni siz ishlagansiz, shunday emasmi?
Usta moʻy qalamni aylantirib naqsh qilib oʻyilgan yozuvni qaradi.
Shin: Ha bu qalam sobiq qilichboz Choining muhri. Uni shaxsan oʻzim oʻyib bergan edim.
Yordamch Yoon moʻy qalamni qaytib olib oldidagi askarga berdi.
Yoon: Raxmat usta Shin. Ishlaringizni baroridan bersin.
Yordamchi Yoon manzilni oʻzgartirib toʻgʻri Choi oilasining uyini ziyorat qilish uchun yoʻl oldi. Usta Shin ortidan qarab qoldi.
Shin: Ish qilin tinchlik boʻlsin.
Usta Shin shogirdini ishga solib oʻz ishiga qaytdi.
Katta yogʻoch darvozaga moʻy qalamdagi muhr tushurilgan edi. Eshikda ikki soqchi turardi. Bu uy qishloqda qoʻriqlanadigan yagona uy edi. Va doim eshiklar yopiq turar edi. Yordamchi Yoon soqchilarga kenja shahzodaning buyrugʻi ekanini aytib ichkariga kirdi.
Y/n: Bu gullarni koʻchirish lozim. Ildizi zararlangan koʻrinadi, barglari soʻlib qolyapti.
Hizmatkor ayol bosh chayqab uni ketidan yurdi. Yordamchi Yoon qizni koʻrganda uni chiroyiga mahliyo bolib qarab qoldi.
Yoon birdan choʻchib tushdi. Y/nning buvishi yordamchi Yoonning yonida belini biroz bukib y/nga qarab turar edi.
Yoon: Salom Choi xonim. Axvollaringiz qanday? Oxirgi bor koʻrganimga ham besh yil boʻlibti.
Kampir uni oyogʻiga hassasi bilan urib qoldi.
Saeri: Seni nevaramga qaraganing uchun jazolashga yetarli darajada yaxshi.
Kampir biroz kuldi. Yoon ham kulib biroz bosh egib uzur soʻradi. Keyin moʻy qalam esiga tushib uni soqchidan oldi.
Yoon: Honim bu moʻy qalam sizni oilangizga tegishlimi?
Kampir moʻy qalamni muhrini koʻrib bosh silkib tasdiqladi
Saeri: Bu mening nevaramga tegishli. U juda ajoyib rasm chiza oladi. Bazan nima chizganini tushuna olmayman, ammo u juda ajoyib chizadi.
Yoon: Xonim qarshi boʻlmasangiz nevarangizni oʻzim bilan olib ketsam. Bilasizmi, kenja shahzoda unga qiziqib qolgan. Men buyruqni bajarishim kerak.
Choi xonim biroz oʻylandi. Soʻng yordamchi Yoonning qulogʻidan burab oldi
Saeri: Unga koʻz quloq boʻlishga vaʼda bersang olib ketaver
Yoon: Unga oʻz singlimga qaragandek qarayman xonim.
Yordamchi Yoon Y/nni chaqirdi. Qiz guzordan bosh koʻtarib ularga yaqinlashdi.
Y/n: Buvijon biror muammo bormi?
Saeri: Qani quyoshim yaqinroq kel.
Y/n buvisining yoniga borib turdi. Kampir uning sochlarini silab unga jilmaydi.
Saeri: Kichik shahzoda seni koʻrmoqchi ekan. Yordamchi Yoon bilan borishing kerak.
Qiz yordamchi va soqchiga qaradi. Soʻng buvisiga jilmaydi.
Y/n: Albatta, buvijon. Siz shuni hohlar ekansiz men boraman.