June 1, 2025

Lunacyte - ep6

By: Ksena

6.Elaryn tarixi: Dovuldan oldingi sukunat.

Tong endi yorishmoqda. Yurining ustida qalin kurtka, ammo ichida titroq. Ko‘ksidagi Elaryn nuri u endi bir umr farqli bo‘lishini bildiradi.

Opasi unga yaqinlashdi:

X: “-Ular seni izlab kelishdi. Sen tanlading. Endi ular seni hukm qilmoqchi.”

Yuri sekin bosh irgʻadi:

Yuri: “-Men hech kimni yomonlik bilan tanlamadim. Lekin men tanlovimdan qochmayman.”

Sohilga sakkizta qora siluet yaqinlashdi. Ko‘zlarida muhr, yuraklarida hukm bor. Elarynning eng qadimiy homiylari. Ular bu qizni himoya qilish emas — hukm qilish uchun kelgan.

Ularning rahbari — Vaelis — qora plash ostida yurib, sokin ovozda dedi:

Vaelis: “-Yarim qon. Yarim suv. Yarim qorong‘u. Sen Elarynga dog‘san.”

Yuri oldinga chiqadi, orqasida San va Hyunjin. Uni kuzatib turishdi, shu bilan birga har qanday harakatga tayyor turishdi.

Yuri: “-Men yarim emasman. Men to‘liqman. Men tanlaganman, men kurashganman. Endi menga hukm emas, javob bering.”

Vaelis: “-Sen urushni chaqirding.”

Hyunjin ko‘zlarini toraytirdi, ilk bor vahshiylik yuzida ko‘rindi:

Hyunjin: “-Agar bu urush bo‘lsa... unda men Yurining yonidaman.”

San: “-Men ham. Uning uchun — u bilan birga jang qilaman.”

Vaelis jilmaydi: “-Ikki vampir avlodi. Biri ikkinchisi bilan bitim tuzgan. Kunduzi Choe sulolasi, kechasi Hwang sulolasi hujum uyushtirishi mumkin. Asosiysi esa ular bir yerda turgani. Qiziq? Unda sizlar ham yuraksizlar qatoridasiz.”

Vaelis jangni boshladi. To‘satdan yer titradi. Suv qaynadi. Vaelis belgi havoda chizdi va pastdan suv ajdarhosi ko‘tarildi.

Yuri ko‘zlarini yumdi, yuragidagi chaqnashni his qildi. Suv uni o‘rab oldi. U endi nafaqat suv parisi. U endi Elarynning so‘nggi ko‘zidir.

U qo‘lini ko‘tardi, ajdarhoni ikki bo‘lib yubordi. Ko‘kda suvdan yasalgan qanotlar paydo bo‘ldi.

Hyunjin qorong‘ilikdan qilich yaratdi. U jimjit, lekin g‘azab bilan kirishdi.

San esa havo ustida harakatlanib, yondirib yuboruvchi tilla uchqunlar bilan dushmanlarni chalg‘itdi.

Uch ovlon birlashdi. Ularni yengish biroz qiyinlashadigan koʻrinadi.

Yuri ohangdor hayqiradi:

Yuri: “-Men yarim emasman! Men — ELARYNMAN!”

Va bu lahzada — barcha to‘xtaydi.

Ajdarho qulab tushganda, yer titradi. Suv yana sokinlashdi. Vaelis hushini yo‘qotganday ketdi.

Yurining qulog‘ida tanish, ammo begona ovoz:

— “Sen uyg‘onding. Endi biz ketyapmiz. Biroq bu hali boshlanish.”

Yuri osmonga qaradi. U yerda — qonrang oy yana ko‘rindi. Ammo bu safar — unga boqib turgan ko‘zlar bor edi.

Jang uzoqqa bormay tugadi, ammo Yurining ichidagi urush hali tinmadi.

U San va Hyunjinga qaradi. Ularga qarshi emas, ular bilan birga kurashgani uchun... ichidan minnatdorlik oqdi. Lekin yuragi ikkiga bo‘lingan.

Sevgi. Kuch. Qorong‘ilik. Tinchlik. U nafas oldi.

Yuri: “-Endi kimligimni bilaman. Lekin hali kim bo‘lishimni o‘zim hal qilaman.”

Yuri o‘sha kechasi uxlamadi. Opasi unga qadimiy yozuvlar tushirilgan kitobni uzatdi — Elaryn ajdodlarining “Nashrnomasi.”

Har bir varaqqa qo‘l tekkizganida Yurining ko‘z o‘ngida sirli lavhalar jonlandi. U ko‘rdi:

— Suv ustida yurgan ayol. — Olamni yorug‘lik va zulmat o‘rtasida ushlab turgan quvvat. — Va oxirida… Uning o‘zi. Ammo u hozirgi emas — kelajakdagi Yurining versiyasi.

Kitobning oxirgi sahifasida bitta ism:

“Yelisseya – So‘nggi Elaryn.”

X: “-Bu sening onang edi. U sening himoyang uchun o‘zini fido qilgan. Shuning uchun sen Elaryn quvvating uyg‘onishdan avval hech narsa bilmading. Koʻldagi voqea esa quvvating uygʻongani uchun onang merosni berish uchun qaytgan.”

Yuri ko‘zlarini yumadi. Ko‘zlaridan yoshlangan suv emas — suvdagi yong‘in edi.

San Yurini yolg‘iz holatda topib, unga yengil jilmayib dedi:

San: “-Sen qanchalik qudratli bo‘lsang, men shunchalik seni asl holingda koʻraman. Sen kurashchi bo‘lishing shart emas, Yuri. Sen… shunchaki sen bo‘lishing yetarli.”

Hyunjin uzoqdan kuzatib turardi. Uning yuragi zirqirardi. Ammo u jim. Yurining nigohi San bilan to‘qnashganida, yuragida nimadir qimirladi. Tinchlik. Yengillik. Ammo…

Hyunjin yaqin kelib, ovozini titratmay deydi:

Hyunjin: “-Agar yuragingga kimdir kirsa, o‘ylab tanla. Chunki kimni tanlasang ham… ikkinchi qalb sinadi.”

Yuri ularning har biriga boqadi. Va jim qoladi. Hozir tanlash niyati yoʻq.

Suv ostida yashiringan bir maqbara. Vaelis hushiga kelgan, yonida sirli ayol — qora ko‘zli, oppoq sochli. Bu Thyria — Elarynning quvg‘in qilingan avlodi.

Thyria: “-Yuri uyg‘ondi. Demak bizda vaqt oz. U o‘z qadrini bilsa, sening kuching bekor ketadi. U Elarynni birlashtiradi.”

Vaelis g‘azab bilan tishlarini g‘ijirlatdi.

Vaelis: “-Unda biz u uyg‘onishdan avval… uni yo‘q qilishimiz kerak.”

Yuri opasi bilan so‘nggi sahifani ochdi. Bu yerda faqat bitta jumla:

> “Elaryn so‘nggisi bir lahzada tanlaydi: yo olamni, yo yuragini.”

Yuri opasiga qarab deydi:

Yuri: “-Agar men tanlashim kerak bo‘lsa… avval yuragimni tushunishim kerak.”

U derazadan tashqariga qaradi. Tun yana tinch. Ammo u biladi — bu faqat bo‘rondan avvalgi sukunat.

💠 Kelasi epizodda:

~Yuri haqiqatni qidiradi — Thyria haqida sirlar ochiladi.

~San va Hyunjin o‘rtasida ochiq to‘qnashuv.

~Vaelis va Thyria Yurinining kuchini yo‘q qilish uchun ichki xotiralariga hujum qiladi.