June 1, 2025

Lunacyte - ep5

By: Ksena

4.Haqiqatlar uyqudan uygʻonganda.

Sohilni tuman bosgan. Yurining yelkalarida ikki belgining yaltirashi — suv va nur — o‘zini butunlay begona, ammo chinakam his qilishga majbur qildi. Bu hali boshlanish.

Hyunjin va San uning yonida. Lekin yuraklaridagi vazn har xil.

San: “-Sen endi oddiy emasligingni tan olding. Bu yaxshi. Ammo bu seni xavfdan holi qilmaydi.

Hyunjin yengil kulimsiradi: “-Xavf seni tanlagan. Endi sen unga javob berishing kerak.”

Yuri bir zumda ularning har bir so‘zini his qildi. Sevgi emas, bu safar — javobgarlik.

Yuri opasi bilan nihoyat yuzma-yuz o‘tirdi. Yuragi allaqachon savollarga to‘la. Nihoyat, opasi gapni ochdi:

X: “-Men ham Elaryn avlodidanman. Lekin kuch menga o‘tmagan. U seni tanladi, Yuri. Sening ko‘zingdagi nur… sening onang suvdan kelgan. Ammo otang – odam edi.”

Yuri chuqur nafas oldi.

Yuri: “Men… ikki olamning farzandimanmi?”

X: “-Ha. Shuning uchun ham sening kuching nafaqat suvga, balki… yurakka ham ta’sir qiladi.”

Yuri o‘zini tushunib ulgurganidan larzaga tushdi. Chunki yuragini o‘zgartirayotgan kuch… sevgiga ham, xavfga ham eshik ochmoqda.

Tungi jimjitlikda Yuri sohilga tushdi. U yerda San uni kutmoqda. Boshida — ohangdor shivirlar. Yuraklar ichidagi kurash sirtga chiqmoqda.

San: “-Men sendan voz kechmayman. Hatto sen yovuz kuch bo‘lsang ham, men seni sevaman. Men seni odam bo‘layotganingda ham, suv parisi bo‘layotganingda ham sevaman.”

Yuri jim turdi. So‘zlar yuragini titratdi, lekin u javob bera olmadi. U Hyunjinga nisbatan tuygʻular his qila boshlagan edi. Birinchi kunni oʻzidayoq. Hyunjin uni sohildan olib ketgan tundayoq. Ortidan Hyunjin keldi. Uning ovozi chuqur, ohangida iztirob bor:

Hyunjin: “-Men senga sevganimni tan olmayman. Men sening yoningda qolganimni tan olaman. Chunki ba'zida muhabbat — tan olish emas, qolib himoya qilishdir.”

Yuri bu safar ko‘z yoshsiz, lekin yuragidagi og‘irlik bilan ularga qaradi. Sanni tanlasa uni har qanday vaziyatda qabul qiladi. Hyunjin esa sevaman demasa ham Yurini yolgʻiz qoldirmaydi. Soʻng bir qarorga keldi. Hozir sevgi muhumi emas, asosiysi unga qaratilgan eʼtibor. Begona kuchlarning uni mojalga olgani.

Yuri: “-Siz ikkita yo‘lsiz. Ammo men endi tanlovchi sayohatchi emasman. Men manzilman.”

Tunda, Yurining tushida u qorong‘ulik ichida yurganday bo‘ldi. Yerni muz bosgan, havo harakatsiz. Shunda u koʻrindi.

Qorong‘u libosda, yuzi bilinmas, ammo ko‘zlar — Yurining o‘ziga o‘xshash. U gapirmadi. Yurining yuragida shunday ohang paydo bo‘ldi:

— “Sen meni yaratding. Sen meni rad etsang, o‘zingni rad etasan.”

Yuri qadam bosadi. So‘ng:

Yuri: “Men sen emasman. Lekin men sensiz butun emasman.”

— “Chunki sen bilasan”

Va u uyg‘onadi. Nafas olayotgan… ammo endi ichida Uni his qilgan.

Opasi yuragidagi muhrni ko‘rdi va aytdi:

X: “-Endi kuch to‘liq uyg‘ondi. Taqdir eshikda turibdi. Endi sen nafaqat sevgi, balki butun dunyoning barqarorligini saqlayapsan.”

Sohilda Yurining orqasida San. Unga yaqin. Ammo ehtiyotkor. Hyunjin esa biroz narida. Ko‘zlari sokin, lekin sergak.

Va osmonda — birinchi marta oy to‘liq bo‘lib qon rangida porladi. Bu Elaryn kuchining so‘nggi ogohlantirishi edi.

Ular uyga qaytishdi. Yuri oynaga tikilgancha jim turdi. Ko‘zlarida yoritilgan ikki olam. Suvning tiniqligi va qorong‘ilikning chaqnashi.

Oynada o‘zini emas, boshqa birini ko‘rdi. Uni.

Yuri: “-Sen men emassan,” - deydi u titroq ovozda.

Ammo nishonida turgan U shivirlaydi:

— “Men sensiz yo‘qman. Nahotki tushunmayapsan. Sen menga ruxsat berding. Endi men senman.”

Yuri oynani nigohining oʻzida parchaladi. Yigitlar uni gʻazablanganini sezishdi. San uni tashqariga olib chiqdi.

Sohilda San Yurining yoni bilan yura boshladi. Havo sukunatga to‘la. Uning nigohi og‘ir.

San: “-Yuri... men seni o‘zgarmaganingda ham sevardim. Ammo endi, seni o‘zgarayotganingda sevish — bu jang. Men bu jangni tanlayman.”

Yuri jim. Hyunjin uzoqdan qarab turardi. So‘ng orqadan yaqinlashdi.

Hyunjin: “-Men senga hech qachon ‘sen bunday bo‘lishing kerak’ demayman. Sen qanday bo‘lsang, men seni himoya qilaman.”

Yuri gʻazabdan baqirib yubordi.

Yuri: “-Jin ursin, siz meni majburan tanlashimni istayapsiz. Buni qanday qiyin ekanini bilasizmi?”

Yuri birinchi marta ularning sevgisiga javob bermadi. Ularga qatiqqoʻl boʻldi. Chunki bu safar — unga o‘zini qutqarish kerak.

Yuri kechasi uyg‘oq qoldi. Yuragi notinch. Ichidan kelayotgan kuch uni devorlarga urmoqda. U chuqur nafas olib, yelkasidagi belgilarni ushladi. Ammo bu safar ular yonmadi.

Behosdan hushini yoʻqotdi. U ko‘zini ochganda qorong‘ilikda turardi. Yagona nur — yuragidan chiqayotgan.

Qorong‘ulik ichidan U chiqdi. Bu mavjudot inson shaklida. Ammo ko‘zsiz. Uni ko‘rib yurak o‘zini qisadi.

— “Men sening soyangman, Yuri. Sen istamagan his-tuyg‘ularingman. Qorquving, g‘azabing, shubhang. Meni inkor qilma. Meni qabul qil.”

Yuri tishlarini gʻichirlatib hayqirdi:

Yuri: “-Men qorong‘ilikni inkor qilmayman. Lekin uni boshqaraman. Sen meni emas, men seni boshqaraman. Sen shunchaki meni salbiy soyamsan holos.”

Qorong‘u figuraning qaddini nur yorib o‘tdi. Uning tanasi parchalanib ketdi — undan tutashgan quvvat boʻlakchalari Yurining yuragiga oqdi. Yuri hushiga keldi. Ter ichida. Ammo endi yuragi jimjimador emas.

Koʻzlarini ochganida oʻzini Hyunjinning bagʻrida koʻrdi. Xona jim jit. Faqat tashqarida sohil oldida opasi va Sanning suhbatini sezdi. Hyunjinning koʻzlariga tikildi. Qirmizi koʻzlar uni himoya qila olishiga ishondi.

Yuri nigohini Hyunjinning labida to‘xtatdi. Qiz yuragini tinglab, so‘zsiz his etayotganini tushundi — bu yigit odatiy emasdi. Uning lablari... oh, u lablar. Gilosday emas — yo‘q, bu juda sodda bo‘lardi. Ular xuddi yozning oxirida quyoshda pishgan granat donasidek, chuqur qizil va sirli edi. Ko‘zlari chalg‘ishdan saqlanishga harakat qilarkan, yuragi allaqachon ularga qarab sudralardi. U lablar so‘z aytmasa ham, Yurining ichidagi tinchlikni buzardi.

“Go‘yo u lablar so‘zni emas, meni chaqirardi,” deb o‘yladi Yuri.

U o‘zini orqaga tortishga harakat qildi, ammo o‘sha lahzada, o‘sha bir qarashda, yuragi — lablari g‘amgin tabassum bilan bezalgan yigitga tegishli bo‘lib ulgurgandi.

Hyunjin: “-Seni kuzatayotgan paytim hushingdan ketding. Hozir ahvoling qanday. Men biroz qoʻrqdim. Seni yoʻqotishdan.”

Yuri: “-Men endi qochmayman. Ichimdagi qorong‘ilikni tan oldim. Endi men haqiqiy Elarynman.”

Hyunjin: “-Qaroringni hurmat qilaman.”

Hyunjin qizni quchogʻidan olib yotogʻiga joylashtirdi.

Hyunjin: “-Dam ol. Kunlar sen uchun ogʻir boʻlmoqda, men tashqarida boʻlaman. Havotir olma.”

Hyunjin ogirildi hamki Yuri uning koʻylagi etagidan ushlab qoldi. Yigit toʻxtadi. Qizga "Nima boʻldi?" degandek qaradi.

Yuri: “-Yonimda qola olasanmi? Xonada yolgʻiz qolsam, muzlab qoladigandek tuyuladi.”

Hyunjin qizni qoʻlidan ushlab yoniga oʻtirdi. Yurini sochlarini silab mayin ovozda qandaydur notanish musiqani hirgoya qildi. Yuri uyquga ketdi. Hyunjin uni kuzatgancha oldida qoldi.

Tunda, okean to‘lqini o‘zgardi. Suv ostidan yuzaga sirli belgilar chiqdi. Bu Elaryn avlodiga tegishli yozuvlar.

San bilan qiz sohildagi oʻzgarishni payqashdi. Opasi dahshat bilan pichirladi:

X: “-Bu... chaqiriq. Demak ular bilib bo‘lishdi. Ular kelyapti.”

Sohilda uzoqdan qora siluetlar ko‘rindi. Bu yirtqichlar emas. Bu qadimgi najotkorlar edi. Ular endi dushman.

Sohilda ilk marta qon tomchiladi.

💠 Kelasi epizodda:

~Yurining ichki kuchi sinovga olinadi — Elaryn qonini so‘radiganlar keladi.

~San va Hyunjinning qarorlari — ikkisidan biri eng og‘ir tanlovni qiladi.

~Qonli to‘qnashuv yaqin... va bu safar Yurining tanlovi dunyo taqdirini belgilaydi.