Sen va men - ep1
Erta tong. Quyosh asta koʻtarilar ekan qishloq hayoti allaqachon gavjumlashgan edi. Atrofdagi paxsali uylar kichik koʻrinsada hayot qaynar edi. Hoʻsh... qahramonimiz hech qayerda koʻrinmaydi... U qayerda ekan?
Qushlar chugʻillashib Y/nning yotoq xonasini oynasini choʻqishdi. Qiz javonga tahlayotgan koʻrpalarni bir chetga qoʻyib deraza pardasini ochib, derazani ochdi. Qushlar uni uygʻonganini koʻrishib yana uchib ketishdi. Ertalabki mayin shabboda derazadan kirib Y/nning yuzidan oʻpgandek boʻldi. Y/n tashqaridagi hayotni kuzatar ekan asta xonani tark etib tashqariga chiqdi. Qoʻliga savatcha olib olamon oralab bozor aylandi.
-Keb qoling ob qoling, hozirgina tandirdan uzulgan kulchalar!
-Nega anqayasiz qani toʻgʻri yuring, qarib quyilmagan chol
-Yoʻq xolajon, bu narxga bera olmayman. Biroz qoʻshing, axir bizning mehnatimiz ketgan
-Yoʻldan qoch bola, kattalarga yoʻl ber
Shu kabi turli ovozlarni eshitar ekan, qiz biroz jilmaydi. Rastalar oralab oxirgi qatordagi ayolning oldiga bordi
-Salom xolajon. Bugun yana ham ochilib ketibsiz
-Nimasini aytasan qizim, erim bugun safardan qaytadi. Chiroyli koʻrinay degan edim
-Voy rostdan ham. Hayolimdan koʻtarilib to. Amakimga salom aytib qoʻying
-Albatta, mana har doimgi mevalar. Sen uchun eng saralarini olib qoʻygan edim
Qiz kissasidan oʻn sakkiz sent chiqardi. Mevalar solingan haltani olib pulni ayolga uzatdi
-Raxmat xolajon, kuningiz hayrli oʻtsin
Qiz mevalarni savatchaga solib yoʻlda davom etdi. Novvoylar oldiga yetgach rastalar orasidan kumush rang sochli boʻyi 197 sm atrofidagi. Yelkalari keng, lablarida mayin tabassum, qoshlari qalamda chizilgandek tekis, koʻzlarining biri kumush rang ikkinchisi tilla rang yigit qizni bilagidan ushlab oʻziga tortdi.
-Ashh sen yaramas!- qiz yigitni yelkasiga yengil urdi
-Goʻzal qiz qayerga yoʻl oldi. Nahotki mening shirmoy kulchalarimni olmay ketmoqchi- yigit unga yaqin turib jilmaydi
-Nega sen yopgan nondan olishim kerak? Menga qariyaniki koʻproq yoqadi- qiz yigitdan uzoqlashib yurmoqchi boʻldi. Ammo yigit uni orqasidan quchib olib savatiga ikkita issiq shirmoy kulchalarni soldi
-Qariya bugun yoʻq. Faqat men borman. Va sen uchun mening nonlarim tekin- yigit uni yuzidan tishlab oldi.
Qiz uni tishlashidan biroz qizardi. Uni oʻzidan turtib kissasidan sakkiz sent chiqardi va yigitga uzatdi
-Buni ol. Albatta tekinga olgan boʻlar edim, ammo bu narsalar seniki emas. Qariyaga har bir sentni qaytar
Yigit pulni olar ekan qoʻli kerak boʻlgandan koʻproq vaqt uni qoʻlida qoldi. Qiz qayrilib sut mahsulotlari rastasiga yoʻl oldi. Savatchasi toʻlgach uyga qaytar ekan katta bogʻ oralab daryo boʻyidan oʻtishi kerak edi. Daryoning mayin ovozini eshitib biroz turib qoldi. Soʻng katta eman daraxti tagiga oʻtirib oyoqlarini bir yoniga bukdi. Daraxt soyasida suvning mayin tovushlarini tinglab moʻy qalam bilan sargʻish varoqga rasm chizgancha biroz oʻtirishni reja qildi.
-Qanday ajoyib, ammo begona- qiz mayin ovozda shivirlab oxirgi soʻzni ogʻriqli aytdi.
Moʻy qalamini har doim oldida olib yurishga odatlangani uchun ham har qanday qulay joyda rasm chiza olar edi. Varoqni qoralar ekan yarim soatdan koʻproq vaqt daraxt soyasida qoldi. Daryo va oʻrmonning shovqinlari qulogʻiga musiqa boʻlib uxlab qoldi. Moʻy qalam qoʻlidan asta maysa ustiga irgʻidi. Varoq shamolda uchib bir necha metr uzoqga yerga tushdi.
Uzoqdan barglar tovushi eshitilardi. Qadamlar yaqinlashib, katta va tomirlari boʻrtib turgan qoʻl yerdagi qogʻozni olib tushunmay qaradi.
-Bu nima? Yana qanday mahluq boʻldi? Insonmi yoki mahluq?
Keyingi qismini tezro yozishga harakat qilaman. Albatta oʻqishim sabab biroz kechikad lekin harakat qilaman 🙃