Forbela - ep10
Tungi shahar sokin edi. Derazalardan faqat ko‘chadagi chiroqlar nuri tushardi. Chan stol ustida o‘zining mushtlarini siqib o‘tirardi. Ko‘zlari qizargan, yuragi esa go‘yo bo‘g‘ilib qolayotgandi. Qarshisida esa Ksena – ohangdor, xotirjam va xavfli jilmayish bilan turardi.
— "Y/N tirik," — dedi Ksena ohangida kuchli urg‘u bilan. Chan shiddat bilan boshini ko‘tardi.
— "Qaerda u? Unga nima bo‘ldi?" — dedi u, qo‘rquv va umid aralash ohangda.
Ksena ozgina oldinga egilib, qo‘lini stoldagi chashkaga qo‘ydi.
— "U xavfsiz joyda. Lekin bu xavfsizlik sening tanlovingga bog‘liq."
Chan yuragini siqib kelayotgan og‘irlikni his qildi.
— "Nimani istaysan?" — deb so‘radi u, bo‘g‘iq ohangda.
— "Menga uylanishingni. Rasmiy. Qonuniy. Shunchaki emas. Agar Y/N omon qolishini istasang — menga uylanasan."
Chan birdan yuragiga qattiq zarba yeganidek jim qoldi. Nafasini rostlay olmadi. Uning yuragi “Yo‘q!” deb qichqirardi, lekin miyasida faqat bitta obraz: Y/N — adashgan, qo‘rqqan, uni izlayotgan...
— "Nega? Nega bu qadar shafqatsizsan?" — dedi u past ovozda.
— "Chunki men seni hali ham sevaman. Sen meni tashlab ketganingdan beri men faqat seni orzu qildim. Endi esa, men tanlayman. Yoki men... yoki Y/Nning hayoti."
Chan boshini egdi. Ko‘zlaridan jimjimador yoshlar siljidi, lekin u ovoz chiqarmadi. Bir lahza jimlik cho‘kdi.
— "...Roziman," — dedi u nihoyat. Bu so‘z uning labidan emas, yuragidan tortib olinayotgandek chiqdi.
Ksena jilmaydi. G‘alaba labida porladi.
— "Zo‘r. To‘y ertaga bo‘ladi."
— "Aqldan ozdingmi? Bu yana qanaqa hazl." — dedi Chan
— "Yaxshi bir haftadan soʻng."
Ksena xonani tark etdi. Chan nafas ololmayotgandek. Yuragi har qadamda Y/Nga "Kechir..." deb faryod solayotgandi. U bilardi — bu tanlov uni Y/Ndan abadiy ayirishi mumkin edi. Ammo u uni hech bo‘lmasa tirik saqlab qolardi.
Orolda esa Y/N bir o‘zini yolg‘iz his qilib, to‘lqinlar tomon qarab o‘tirardi. U hali bilmasdi — sevgisi evaziga o‘zining eng yaqin odamidan ayrilish arafasida ekanini.
Channing otasi safardan qaytdi. Chan uning hotirjam ekanidan hayratlandi. Fursat poylab uning telefonini titkiladi. Lekin Y/N dan yuborilgan rasmlar unga yetib bormaganini koʻrdi. Hafsalasi pir boʻldi. Oʻgay onasini sirlarini fosh qila olmadi.
Oradan bir hafta ham oʻtdi.Hyunjin jim yurardi. Y/N orqasida oʻtirgan, mototsiklning harakati bilan yuragi qattiq ura boshlagandi. Nihoyat u shaharga qaytdi. Soʻzsiz, ogʻir nafaslar orasida uni mashhur zal oldiga olib keldi.
Hyunjin jim turdi, soʻng asta boshini egdi.
— "Kechirasan. Buni yashira olmadim..."
Y/N zaldan kelayotgan musiqa va odamlar shovqiniga quloq soldi. Yon devordagi katta ekran... va unda — Chan va Ksena.
Toʻy libosida. Rasmiy tabriklar. Kamera oldida tabassum qilayotgan... Chan.
Y/Nning nafas yoʻli birdan torayib ketgandek boʻldi. Nigohi chaqnadi.
— "Yoʻq... Bu yolgʻon. Bu qanday qilib
U orqaga chekinayotgandi, ammo Hyunjin uni ushlab qoldi.
— "Men seni olib ketishni istamadim. Lekin haqiqatni bilishing kerak edi."
Y/N yugurib toʻy zaliga kirdi. Zalda odamlar koʻp edi. Chan esa toʻy stolidan asta turdi. Uning koʻzlari Y/Nni ko‘rib qotib qoldi. Hamma jim boʻlib qoldi. Faqat yurak urishlari, faqat ogʻriq.
Y/N Channing oldiga keldi. Koʻzida yosh, ammo qaddini tik tutgancha:
Chan jim edi. Undan "Seni sevaman, bu majburiyat edi" degan soʻzlarni kutdi. Lekin Chan boshini egdi, soʻng… qattiq, sovuq nigoh bilan unga qaradi.
— "Men hech qachon seni sevmaganman, Y/N. Faqat foydalanmoqchi edim. Sening oddiy hislaring menga hech nima emas edi. Men sevgimni yoʻqotgan paytim oʻzimni aldashim uchun kimdir kerak edi. Kechir Y/N"
Y/N jim. Koʻzidan toʻkilgan yoshlar labiga yetdi, yuragini esa oʻsha soʻzlar tilka-pora qildi.
U astalik bilan orqaga yurdi, Hyunjin uni ushlab qoldi. Y/N past ovozda, lekin keskinlik bilan dedi:
— "Unda men ham seni unutaman."
U Hyunjinga qarab jilmaydi. Koʻzida esa hanuz yosh:
— "Iltimos meni olib ket. Oʻsha biz bir necha hafta dam olgan sohilga olib bor. Men shaharda qolishni istamayman."
Hyunjin birdan hayratda qoldi. Yuragi ikki tomon orasida yoʻqolgan edi, lekin endi Y/N unga yonboshlayotgandek edi.
— "...Agar bu sening istaging boʻlsa," — dedi u past ovozda.
Chan uzoqdan ularni kuzatardi. Ko‘zida hech narsa yo‘qdek tuyular edi. Lekin aslida, u oʻz yuragini titkilab yotardi. Uni oʻzi sindirgan edi. Ammo bu sevgi… bu alam… faqat Y/Nni himoya qilish uchungina qilingan edi.
To‘y ortidan kechgan ilk tun... Chan o‘zining yangi hayotiga sig‘mayotgandi. U Ksena bilan bir xonaga kirganida, devorga tikilib qoldi. Ksenaning ko‘zlarida esa kutish, ehtiyoj, va ichki bo‘shliq yondi.
— “Chan… kechikma,” — dedi Ksena past ovozda, ammo yuragi dod solayotgandi.
Chan esa past ovozda javob berdi:
— “Menga biroz vaqt kerak. Men... boshqa xonada uxlayman.”
Ksena yolg‘iz qoldi. Ko‘z yoshini artib, yuragini bo‘g‘ayotgan sukunatga cho‘mdi. Chan esa devor ortida, qorong‘ulikda, o‘zining yagona azobi — Y/N haqida o‘ylayotgandi.
> "Nega uni unutolmayapman? Nega bu to‘y, bu majburlik yuragimdagi portlashni bostirmayapti?"
Y/N esa boshqa yo‘ldan ketayotgandi. U ham Chandan alamini olishni oʻyladi. Hyunjin bilan yaqinlik u uchun chorasizlikdagi najotdek tuyulgan edi. Har safar unga jilmayganida, ichida bir bo‘shliq tug‘yon ko‘tarardi. Ammo u shunday dedi:
— “Men Chan haqida endi o‘ylamayman.”
— “Va men seni o‘ylayman,” — deb javob berdi Hyunjin.
Ikki yolg‘iz yurak qorong‘ulikda bir-biriga suyanayotgandek edi. Ammo bu sevgi — tug‘ma emas, yaradan qonayotgan edi. Y/n keskin taklif kiritdi.
— "Hyunjin kel uchrashishni boshlaymiz! Esingdami menga taklif berganding. Men oʻylab koʻrdim."
— "Buni uzoq vaqt kutgan edim Y/N." — Hyunjin dadil gapirdi.
Mayin esayotgan shaboda. Qorongʻu tun va sohilning yoqimli ovozi Hyunjinni toʻlqinlantirdi. Y/nni oʻziga tortgancha undan iliq boʻsa oldi.
Hyunjin Y/n bilan uchrasha boshlaganini Changa aytdi.
— "Men sevgan ayolni sevma Hyunjin." — qatiq ohangda dedi Chan.
— "U endi sen sevgan ayol emas, sen undan voz kechding. Men unga dalda berdim. Dardkash boʻldim."
— "Unga dardkash boʻladigan dalda beradigan kimsan?" — Chan oʻzini bosishga urundi.
— "Sen uni hafa qilding, ranjitdimg. Endi u yetarlicha mehr topganida bizga toʻsqinlik qilma!" — Hyunjin suhbatni yakunladi. Y/nni uyga olib kirib ketdi.
Y/n Hyunjin bilan yashay boshladi. Bir necha kun atrofni oʻrgandi. Kunlarning birida Y/N saroy arxivlaridan Hyunjinga tegishli qirollar toji va ba’zi yozuvlarni topib oldi. Ichki tuyg‘usi uni bu sirlarni o‘g‘irlashga undadi. Ular bilan qochib ketmoqchi bo‘ldi. Ammo chiqish yo‘lida, unga kutilmaganda Ksena yo‘lini to‘sdi.
Ksena qurollangan edi. Ko‘zida g‘azab va alam porlab turardi.
— “Sendan nega hamon kechmaganman bilasanmi? Chunki sen meni o‘g‘irlagan ayolsan. Chan hech qachon menga qaray olmagan. Chunki yuragi haligacha senga tegishli.”
Y/N ham olib qochgan qurolini ko‘tardi.
— “Chan menga qaytmaydi. Ammo u seniki emas. Uning qalbi hech qachon seni tanlamagan.”
Gaplar so‘nggi bo‘ldi. Alam, rashk va xiyonatning uchi ochilgan edi. Qorong‘ilik ichida ikkisi ham bir zumda tortinmadi.
Y/Ndan — bir... ikki... besh... yetti...
Ksenadan — bir... ikki... uch... to‘rt... Va soʻnggi oʻq
Qon yerga oqdi. Nafaslar siqildi. Ikkisi ham jarohatlangan. Ular shunchaki yotib qolmadilar — ular titrayotgan holatda, hali ham qurolini qo‘ymagancha bir-birlariga qarab yotardi.
Y/N yuragini ushlab, qiynalayotgan bo‘lsa ham, past ovozda shivir qildi:
— “Chan... sening sevging... meni o‘ldiryapti...”
Ksena esa yerdan yuzini ko‘tardi.
— “Va men... seni Chan uchun yo‘q qilolmaganim uchun... o‘zimni yomon ko‘ryapman
Uzoq sukut... Qon izlari. Qorong‘ilik va umidsizlik...
Qorong‘i kech tushgan, tanholik jimgina guvoh edi. Shamol yaproqlarni silkitdi, osmon esa yelkasi cho‘kkan g‘amni bosib turgandek edi. Y/N va Ksena — ikki ayol, ikki sevgi, ikki qurbon — tuproq ustida qon ichra yotar edi.
Chan, olisdan yugurib kelib, ularning holatini koʻrdi.
— “Y/N!!!” — qichqirib, bor ovozini havoga purkdi u.
U Y/Nning yoniga cho‘kkalab, yuragini ushlab ko‘rdi. Hali ham urayotgan edi. Nafasi juda sust edi, ammo tirik edi.
Ksena esa… u qimirlamasdi. Ko‘zlari ochiq, ammo jim. Tanasidan oqayotgan qon yerga singib ketayotgan, ichida azobga to‘la so‘nggi so‘zlari qolib ketgandi.
Chan titragan qo‘llari bilan Y/Nning qo‘lidagi qurolni ehtiyotkorlik bilan oldi. Uni bag‘riga oldi, peshonasini peshonasiga tekkizdi.
— “Meni kechir... sen bu azobga loyiq emas eding...” — dedi u, so‘ng Y/Nni ko‘tarib, hayotga qaytarish umidida atrofga qaradi.
Ammo... shu payt orqadan o‘q ovozi yangradi.
Chan birdan orqaga burildi — ammo allaqachon kech edi. Ko‘kragiga zarba tekkan edi. U qurolni tushirib yubordi. Qon ko‘ylagining ustida tarqalib, yuragini qoplay boshladi.
Hyunjin undan olisda turardi. Uning qo‘lida esa — har doim yonida olib yuradigan kichik qora to‘pponcha.
Ko‘zlarida yosh yo‘q edi. Faqat sovuq, jim qarash.
— “Sen… uni o‘ldirding deb o‘yladim,” — dedi u.
— “Men... men uni qutqarishga kelgandim…” — dedi Chan, zo‘rg‘a nafas olib. Qon tomchilab, lablari oqardi.
Hyunjin bir necha qadam oldinga yurdi, Y/Nga qaradi — u hali ham hushida emas edi. Chan esa zaif, yerga cho‘kdi.
Hyunjin unga qarab past ovozda, ohangida g‘am va g‘azab qorishgancha dedi:
— “Opamni har doim birinchi o‘ringa qo‘yardim. U seni sevdi. Va men uni yo‘qotdim. Endi sen ham menga tegishli hech narsaga ega emassan.”
Chan yerga yotarkan, ko‘zlari osmon sari tikildi. Yulduzlar jimjit guvoh edi. Qon, sevgi va kechikkan so‘zlar... barisi shu yerda tugadi. Y/N ham muzlagan tanasi bilan yerda yotardi.
Qoʻra rangga burkangan yigit qabr boshida oʻtirar ekan yuragi titradi.
— "Opa meni kechiring. Men sizga munosib uka boʻla olmadim. Hammasi meni aybim edi." — hech kim yoʻq joyda qabr boshida koʻzlari yoshga toʻlgan Hyunjin asta oʻrnidan turdi. Telefoniga sms kelgani bois ekranga qaradi. Y/Nning rasmi. Uni yuragi yana tirnaldi. Ammo bu Y/ndan qolgan yagona birga tushilgan rasm edi.
Oʻsha oʻtishma kechasi. Bir vaqtda 3 ta qurbon boʻldi. Har biri oʻz sevgisi uchun kurashdi. Ammo ularning ortidan Hyunjin qoldi. Ogʻir musibat ichida yolgʻiz.