November 8, 2025

Sen va men - ep2

By: Ksena

Atrofda olov uchqunlari sezildi. Qiz qochishga urindi. Shahar chekasidagi bu yongʻin sabab qizni deyarli yarim yuzi kuyib jarohatlandi. Ogʻriqdan igrab zoʻrgʻa qochishga muvofiq boʻldi.

Qichqiriq eshitildi. Qiz ortiga qaradi. Choʻgʻ boʼlib yonayotgan katta toʻsin chamasi besh yoshdagi qizchani oyogʻini bosib qolgan edi. Y/n koʻz oʻngidagi voqeani koʻrib orqaga qochdi

-Kechir... Kechir... Qoʻlimdan kelmaydi... Qila olmayman...

Y/n yongʻin sodir boʻlgan joydan qochib ketdi. Orqasidan qizchaning qichqiriqlari eshitilib qoldi holos. Ammo Y/n orqasiga ham qaramay qochdi.

Katta cherkov oldida paydo boʻlganida birdan ogʻzidan qon kelib, yerga tizza va qoʻliga tayanib turib qoldi. Bir qoʻli bilan labini artar ekan qonni koʻrib aqldan ozayozdi. Cherkov qarshisida ekanidan oʻzini toʻgʻirlab qoʻllarini qovushtirib iltijo qila boshladi

-Iltimos qilaman... Meni oʻldirma. Hali oʻlishni hohlamayman. Bir imkon ber... Imkon ber... Xatolarimni qaytarmayman... Faqat toʻgʻri hayot kechiraman... Bunday oʻlimni hohlamayman...

Yelkasiga tegkan qoʻldan choʻchib uygʻongan qiz atrofga qaradi. Daryo boʻyi daraxt soyasida ekanini koʻrib xoʻrsinib qoʻydi.

-Hoy choʻri. Bu rasmni sen chizdingmi?

Y/n yigitga qaradi. Qora dopo kiyib olgan, kiyim etagidan ichki qismida qizil mato ishlatilgani koʻrinardi. Boshida qora ipakdan yasalgan gat kiygan yigit. Qoʻlida qora gʻilofiga tilla yozuvlar tushurilgan qilich tutgan, oyoqlarida esa qora charm etik kiygan edi. Yigitga bir qarashda uni saroyning qora jangchisi ekanini payqash oson edi.

Y/n darrov oʻrnidan turib boshini bukib yigit qarshisida turdi. Yigit unga rasmni koʻrsatdi

-Sendan soʻradim. Buni sen chizdingmi?

Y/n rasmga qarar ekan xato qiganini payqab darrob rasmni oldi

-Kechiring janob- qiz belini ikki uch marotaba qayta qayta bukib unga tazim qildi

-U nima edi? Nima ekanini tushuntirmaysanmi?- yigit qizni engagidan ushlab oʻziga qaratdi. Tabiiy qizil sochlar, uzun va qayrilma kiprik, kamondek qoshlar, qirmizi yuz va bejirim ammo oʻziga tortuvchi pushti lablariga birin ketin qarar ekan, Wooseok qizni lablariga bosh barmogʻi bilan tegindi.

Y/nning koʻzlari kattalashib yigitni qoʻlidan chiqib ketdi. Wooseok qizni lablariga tegkan barmogʻini boshqalariga ishqalab biroz tirjaydi.

-Umrim bino boʻlib hech bir choʻri menga qarshilik qilmagan edi. Qayerdansan?

Y/n nima deyishni bilmay savatini olib qochib ketdi. Tez ketganidan moʻy qalamni unutganini payqamadi. Wooseok qizni ketishini kuzatib qoʻllarini belini orqasiga tutib turdi. Keyin ortga oʻgirilayotgan payt maysa ustidagi naqsh oʻyib ishlangan moʻy qalamni koʻrdi. Uni olib oʻzi bilan oʻlib ketdi.

-Zota oliylari, ogʻlingiz tashrif buyurdilar- vazir ikki bukilib qirolga tazim qilib oʻgʻli kelganini xabar berdi

-Kirsin- qirol yozmalardan bosh koʻtarmay buyurdi

Wooseok otasini oldiga kirgach boshini biroz egib hurmat bildirdi.

-Yana yozuvlar bilan bandmisiz?

-Sen taxtni hohlamasang, akang ayollardan beri kelmasa, yana nima qilishim kerak. Qayerdan ham sizlarni erka qilib tarbiyaladim-a!

-Men taxtni hohlamasligim sababini yaxshi bilasiz ota.

-Ha topib olgan bahonang tayyor. Akang bilan raqobatlashishni hohlamaysan.

-Har holda mendan koʻra u qirolichaning farzandi. Kanizakni emas

-Sen bolaga aql kirmaydi. Tomiringda meni qonim oqmoqda. Nega taxtni olmaysan. Jangovor holating yetuk. Siyosatda ham yomon emassan

-Mazur tuting, ota. Men ketishim kerak. Safar oldidan siz bilan hayrlashmoqchi edim

-Qoch, qochib qol. Men gapirganda tezda qochib qolishing odatiy hol axir. Ex yaramas bola. Aqling ham chehrang kabi boʻlganda, taxtni oʻsha xotinboz akangga ishonmagan boʻlarding

Wooseok jilmayib qoʻyib qirol xonasini tark etdi. Saroydan chiqib yordamchisiga moʼy qalamni berdi.

-Bu kimniki ekanini aniqla va oʻsha qizni safardan qaytgunimcha menga tayyor qilib qoʻy

Yordamchi bosh egib buyruqni qabul qildi.

Davomi bor...

Tungi 3da yozishi boshladim. Xatolar uchun uzur. Ota bola suhbatini aslida rasmiy yozish kk edi lekin erindim😁