April 5, 2025

Unfinished love - final

Pov T: Bunga mening haqqim yoʻq. Men uni ushlab turishim unga nisbatan nohaqlik hisoblanadi. U baribir meniki boʻlmasdi. Agarda uni hozir olib qolsam ham keyin bu tanani asl egasining rafiqasi boʻlishga majbur boʻlardi. Ha aynan oʻsha qotilni. Insonlarning azoblanishiga shunchaki imkon yaratib bera olmayman. Hozir tanani men nazorat qilar ekanman Yurini Joongining tuzogʻidan ozod qilishim lozim. Shoshma agar men oʻz tanamga oʻtsam Joongi yana oʻz odatlarini boshlashi mumkin. Balkim tanada qolganim maʼqulmi? Ha tanada qolsam Yuri bilan ham tez tez suhbat qurib turishimiz mumkin. Lekin oʻz tanamchi? U ham komada boʻlsa, uni shunchaki tashlab qoʻyishim toʻgʻri yoʻl boʻlarmikin?

Soat 14:00 larga yaqin Yuri Taehani oldiga kirdi. Qizda hech qanday his tuygʻu yoʻq kabi goʻyo

Y: Taeha men buni qilish usulini bilaman

T: Yoʻq

Y: Nima?

T: Biz buni qilmaymiz

Y: Nega bunday deyapsan?

Taeha jilmaygancha Yuriga qaradi

Hwang Joongi (hozirda tanani Taeha boshqarmoqda)

T: Yuri nega bunday qora rangga burkanib olding

Taeha usti boshini qora rangli kiyimlar bilan burkagan Yuriga qarab hayron boʻldi

Kim Yuri

Y: Aa.. Haa bumi? Men bugun shifoxonaga boramiz deb oʻylagandim. Axir seni oʻz tanangga oʻtkazishimiz kerak

T: Yoʻq. Men buni qila olmayman

Y: Nimaga?

T: Agar men bu tanani tark etsam Joongi yana oʻsha qotilga aylanadi

Y: Qanday qotil?

T: Bu tananing asil egasi bir qancha qotilliklar qilgan, men bu tanaga oʻtib qolganimdan keyin qotillik qilishga talpingan payti ruhlar almashib qolmoqda va men bir qotillikni oldini olmoqdaman. Agar tanani tark etgudek boʻlsam, uni hech qanday kuch toʻxtata olmaydi. Balkim bu qismatimga yozilgandir. Aynan uning tanasiga tushib qolib jinoyatlarni oldini olish

Taeha Yuriga muloyim qaradi ammo bu muloyimlik ortida qandaydir sir sinoatlar yashiringan. U jilmaygancha Yurining ikki yelkasidan ushlab oʻziga qaratdi.

Y: Nima boʻldi?

T: Ammo men bir ish qilishing kerakligini aytdim

Y: Yaxshi ayt buni qancha tez bajarsam shuncha yaxshi

Taeha jilmaydi, ammo jilmayish samimiy emas edi. Huddiki yovuzlikni yashirish uchun ishlatiladigan aldamchi jilmayish edi

T: ...


Hyunjin Yurini izlab tepa qavatga koʻtarildi. Yurini xonasini qaradi ammo u boʻsh. Hyunjin xonadan chiqib ketayotib koʻzi Yurini javoniga tushdi. Chamasi 8 yashar qizaloqning issiq kunlarning birida olingan foto surati ramka ichida turardi. Uni olgancha Yuri haqida oʻylay boshladi. Shu payt uni topish tuygʻusi yana kuchaydi. Suratni joyiga qaytarib qoʻyib xonani tark etdi. Akasining xonasi oldiga kelar ekan Yurining ovozi qulogʻiga chalindi

Y: Nima boʻldi?

T: Ammo men bir ish qilishing kerakligini aytdim

Y: Yaxshi ayt buni qancha tez bajarsam shuncha yaxshi

T: Bu tun men bilan qol

Hyunjin uning gaplarini eshitgandan soʻng gʻazab otiga minib eshik tutquchiga qoʻl choʻzdi. Ochmasidan ichkaridan yana ovoz eshitildi

T: Men sen bilan oxirgi bor doʻstona kecha uyushtirmoqchi man. Hohlasang Hyunjinni ham chaqir

Hyunjin bu gaplardan soʻng hovuri bosildi. Oʻzini hayollari sabab biroz uyaldi ammo yoqimli jilmayib qoydi

T: Shu tun ajoyib kino koʻramiz uch kishi boʻlsak yanada ajoyib boʻladi

Y: Albatta

Taeha Yurini quchoqlab qoʻydi va kecha uchun boʻsh xonani tayorlash uchun xonani tark etdi. Eshikni ochar ekan tashqarida Hyunjinni koʻrdi

T: Ouv shu yerdamisan?

H: Ha hozirgina kelgan edim

Hwang Hyunjin

T: Yurini senga gapi bor shekilli uni oldiga kir

Taeha Hyunjinning yelkasiga yengil urgancha xonaga kirgazib yubordi va oʻzi ketdi

Y: Salom Hyunjin

H: Salom

Y: Men bir narsani aytmoqchiman

Hyunjin Yurini qolgan gaplarini eshitishni istamadi va uni bilagidan ushlab oʻziga tortgancha boʻsa oldi. Yurining ikki yanogʻi qizarib ketdi. Hyunjinning koʻkragiga asta urgancha ortga tisarildi

H: Nima? Yoqmadimi?

Y: Axmoq Joongi kelib qolsachi?

H: Hech narsa qolmaydi. U sen va meni bir-birimizni sevishimizni yaxshi biladi

Y: Baribir odobdan emas. Senga bir taklifim bor. Bugun kechqurun kino koʻramizmi? Sen, men va Joongi

H: Nega Joongi?

Y: Chunki bugun bu uydagi oxirgi tunimiz boʻladi.

H: Taxshi

Kechasi bilan bu uchalsi kino koʻrib chiqishdi. Tong saharda Taeha Yuri va Hyunjinni yangi uyga kuzatib qoʻydi.

Hyunjin kompaniyadan voz kechgani bois Taeha unga mashina uy-joy va zerikmasligi uchun Yuriga kichik bir oshxona tayorlatirib berdi. Yuri oshxonani ishga qoʻygandan koʻp oʻtmay haridorlar soni ortib bordi. Hatto Hyunjin ham unga ishlarda qatnashishiga toʻgʻri keldi


Vaaa nihoyat ff yakunlandi😊