Living legend - final
Hyuho bosh ogʻrigʻidan uygʻondi. Telefonini tekshirar ekan Feyadan oʻtkazib yuborilgan 38ta qoʻngʻiroqni koʻrdi.
H: Y/n baribir boribtida. Axmoq qiz, zahar ichmagan boʻlsin. Y/n nega menga uyqu dori berding.
Hyuho shoshilgancha uydan chiqib ketdi. Yotgan devanida esa turganida choʻntagidan bir shaffof idish tushdi. 100ml suyuqlik solingan shaffof shisha idish.
Hyuho labaratoriyaga yetib keldi. Toʻgʻri kampyuter oldiga bordi. Oʻylaganidek, kecha uni xonasidan topib olgan zaharni ichishni rejalashtirgan. Yaxshiyamki Hyuho uni almashtirib qoʻygan edi. Hyuho dasturga yangi buyruq kodlarini kirgazdi. Y/nning yurak urushi tana harorati yana ekranda aks eta boshladi.
H: Axmoq qiz. Men bor ekanman sen oʻlmaysan. U yerga qaytgan ekansan, arzirli sababing bor. Men seni oʻzing qaytishingni kutaman
Y/n Kuzuro tomon yurdi. Orada ikki qadam masofa qolganda toʻxtadi. Qoʻllari biroz qaltirar, koʻzlarini olib qochardi
K: Senga tegmayman. Shunchaki yelkamda jarohat bor. Unga malham surib qoʻy
Y/n hayron boʻlib Kuzuroga qaradi
K: Ha umi havotir olma, bu jiddiy emas edi. Shunchaki seni baholamoqchi edim
Y: Meni jarohatimni soniya ichida davoladingiz ammo oʻzingizchi? Nega jarohat bilan yuribsiz?
K: Onam meni yomon koʻrardi. Yoshligimda jahlim chiqsa uy hayvonlarimni boʻlaklarga boʻlib tashlardim. Onam shu sabab meni sehr kuchlarimni oʻzimga taʼsirsiz qilib qoʻygan.
Y/n malham surtar ekan, besabab koʻzlariga yosh keldi. Qoʻllari harakatdan toʻxtab pastga jonsizdek osilib qoldi. Kuzuro orqasiga oʻgirilganida qizning yegʻlayotganini koʻrdi. Uni bagʻriga bosdi.
K: Y/n agar yegʻlashda davom etsang seni saroydan chiqarib yuboraman.
Y: Meni boradigan jiyim yoʻq. Endi aytganingizni qilishim kerakka oʻxshaydi
Kuzuro qiz malham surtib boʻlgach boshqa xonaga borishlarini aytdi.
Yoʻlak boʻylab keyingi xonaga oʻtishdi.
Y: Nega meni oʻzingizniki qilishni oʻylamayabsiz? Nega?
Kuzuro biroz oʻylanib qoldi. U oʻzi ham bilmas edi. Nega Y/nga teginmadi? Nega unga bunday gʻamhoʻrlik qilmoqchi?
K: Balkim bu foydasiz ekani uchundir.
K: Sen men haqimda qiziqasanmi? Aytsam nima boʻlishini bilmayman. Balkim oʻlishing kerak boʻlar.
Y: Oʻlim qoʻrqinchli narsa emas, oʻlim sen tinchlikka erishadigan joy. Albatta tinchlikka yoki zulmatga, bu insonning harakatlariga bogʻliq.
K: Demak keyin nima boʻlishi seni tashvishlantirmaydi
K: Aha yaxshi aytganim boʻlsin
Kuzuro xonadagi stulga oʻtirdi. Y/n yoniga joylashgancha uni tinglashga shaylandi
K: Senga aytganimdek, men yoshligimdan qonxoʻrlashib ketkanman. Bu esa onamga yoqmasdi. U meni sehr yordamida quluflagan. Kuchim faqat oʻzimni himoya qilganimda yuzaga keladi. Boshqa paytda ham ishlata olaman. Agar uni yovuzlik uchun ishlatsam. Tanam ogʻriqdan qaqshaydi. Bu boshida chidab boʻlmas edi. Hozir esa men uchun hech narsa emas. Faqat kechasi uyqim buzulishi mumkin.
Kuzuro gapirar ekan, qoʻllari biroz titragandek tuyuldi. Ularni ushlab olib oʻzini sezmagandek koʻrsatishga harakat qildi.
K: Men sulolani davom ettira olmayman. Sehr sabab oʻzimdan voris qoldira olmayman. Senga teginmaganimning sababi ham shu. Nafsim uchun seni zoʻrlashim mumkin, ammo befoyda ishni qilishni istamadim.
Y: Onangiz bunday qilishga qanday botina oldi.
K: Oʻzing tasavur qil. Farzanding begʻubor boʻlishi kerak boʻlgan davrda hayvonlarni boʻlaklarga boʻlib rohatlansa, oʻzingni qanday tutasan?
Y: Men uni bir necha yilga kuchlarini muhrlardim, ammo zuriyoddan mahrum qilish. Menimcha onangiz oshirib yuborgan.
Y: Men esa uni sevib qolgandim
K: Yaxshisi men seni xonada yolgʻiz qoldiraman. Sevgi hikoyalaridan koʻnglim ozadi. Hafa boʻlma
Kuzuro qoshlarini chimirgancha Y/nni gapini boʻlib xonani tark etdi.
Ayres saroy tepasidan shaxarchani kuzatar ekan, ayvon tokchasiga kabutar uchib kelib qoʻndi. Oyogʻidagi xatni olib oʻqidi
Sulh tuza oldik. Uyga qaytyapmiz. LeeKnow bilan baʼzi muammolar sodir boʻldi. Y/n qanday qilib Noharaga kelib qolganini bilmay qoldik. U sogʻ salomat degan umiddaman. Kuzuro bizni yaxshi kuzatib qoʻydi. Ammo LeeKnow hozir juda yomon holatda. Bolamizni ehtiyot qil. Oʻpib qolaman malikam"
Ayres biroz jilmaydi, ammo hayollari Y/n tomon uchdi.
Pov As: Endi u nima qiladi? Sogʻ omonmikin? Sulh tuzishga katta hissa qoʻshdi, ammo oʻzini qurbon qildi. Men unga oʻxshab seva olmasam kerak
Oradan 2 yil 14 kun oʻtdi(hozirgi payt bilan hisoblasa bir oy).
Tong Nohara shaxri ustini qizgʻish rang bulutlar qoplagan. Tongi shaboda hazonlarni u yoqdan bu yoqqa uchurmoqda. Y/n uyqusizlik sabab oʻzini holsiz his qildi. Saroy hovlisiga chiqdi. Toza havoda aylangisi keldi. Qoʻlidagi belgiga qarab qoldi. Asta silagancha shaxarchani aylanib biroz chetroqga bordi. Kuzuro bu payt hali uygʻonmagan.
Y/n shaxardan chiqar ekan sotuvchidan qogʻoz va siyohdon oldi. Shaxarchadan chetroqdagi dalada katta qaragʻay daraxti bor. Y/n uni oldiga koʻp boradi. U daraxt oldiga joylashdi. Qalamchani olib siyohga botirgancha xat yoza boshladi
" LeeKnow qalbingda men uchun hali ham joy bormi bilmayman. Lekin seni ismingni har tun jimlikda chaqiraman. Sokinlik ichra faqat bir marotaba ismingni tilga olaman. Bu xat senga hech qachon yetib bormasligini bilsam ham, soʻzlarni yuragimdan yozmoqdaman. Chunki sukunat meni ezmoqda"
Koʻzlari yoshlangancha yozishda davom etdi
"Men seni tanladim. Har doim seni tanladim. Ammo hayot tanlovi har doim ham sevgiga yon bermas ekan. Men bu yurtda qolishga majbur boʻldim. Chunki bu tanlov seni himoya qilishi kerak edi. Havotir olma Kuzuro meni tanladi. Ammo menga teginmadi. Na istak, na orzu. Faqat vaʼda va tinchlik uchun. Biz bir-birimizni sevmasak ham, men unga tayansam boʻladi. U ishonchli yoʻldosh. U ham bazan menga suyanadi. Bu ham sevgini boshqacha shakli emasmi?"
Qoʻllari qaltiradi, lekin davom etdi
"Meni kechira olasanmi LeeKnow? Sen ketkan kuning yuragimda bir narsa oʻldi. Lekin men oʻsha oʻrinni gʻam bilan emas, minnatdorlik bilan toʻldiraman. Chunki sen sevganing uchun men kimligimni angladim."
Soʻng xatning chetiga qalinroq qilib bir satrni qoʻshdi.
"Biz bu dunyoda birga boʻla olmadik. Balki boshqa bir dunyodan, boshqa vaqt oraligʻida... Nihoyat jimliksiz sevishishni oʻrganarmiz."
U xatni tahladi. Soʻng daraxt ostiga qoʻyib ustiga oq toshni bostirdi. Soʻng soʻngi bor orqaga qarab asta aytdi:
Y: Xayr LeeKnow. Sen mening yuragimni eng chuqur joyidagi, eng sokin, eng shovqinsiz sevgisisan
Shu bilan Y/n ortga, yangi hayotiga yurdi. Qadamlarida og‘riq bor edi, lekin ko‘zlarida chidam, yuragida esa — abadiy sevgi jimjimador emas, ammo halol shaklda abadiy yashardi.
Vaqt bu davo emas. U dardni yuvmasdi, faqat chuqurroq yashirardi.
Oradan ikki yil oʻtgan boʻlsa ham LeeKnow boshqa hech bir qizga Y/nga qaraganday qaramadi. Kunlari har doimgidek oddiy sokinlik bilan oʻtar, baʼzan oʻgʻriqlarni biroz boʻlsada unutish uchun Ayresni oʻgʻliga qarab turishni hohlardi. Jajji shagʻzoda emaklagancha xonani boshiga koʻtarib oʻynardi.
LeeKnow Y/nni tashlab qaytgan kundan beri hayolchan boʻlib qolgandi. Auren bilan yanada koʻproq yerlarni oʻzlashtirishsa ham LeeKnow bu dunyoga sigʻmay qolayotgandek edi. Uxlashga yotganda xona ustunlari qulayotgandek, devorlar uni bosib qolayotgandek tuyulardi.
Auren va LeeKnow cheka bir qishloqchada aylanishar ekan, LeeKnowni qarshisidan bir qizcha chiqib qoldi. U unga etibor bergisi kelmadi. Qarshisidagi qizchani yoʻlini toʻsib olgani uchun turtib oʻtib ketdi. Qizcha ham bunga jim qarab turmadi. Yugurib borib LeeKnowni oyogʻiga tepdi
LeeKnow oʻgʻriq sabab qoshini chimirib ortiga oʻgirildi
L: Hoy tirrancha kimligimni bilmaysanmi?
Q: Kimligingiz bilan ishim yoʻq
Q: Axir oʻzingiz turtib ketdingiz
LeeKnow bir soniya jim boʻlib qoldi. Hayollari Y/n tomon yugurdi. U bilan ilk uchrashib qolgan paytidagi dovyurak Y/n koʻz oldidagi oʻsha qizchada gavdalandi
L: Oʻzing yoʻlimni toʻsib olding
Q: Men koptokchamni yerdan endi olgan edim. Siz ogohlantirmay turtib ketdingiz
L: Yaxshi yaxshi unda avval sen kechirim soʻra
Ikkisi bir gapdan qolmay bir biri bilan tortishardi. Auren qizcha va LeeKnowni bir biri bilan yosh bolalardek tortishishlarini zavq bilan tomosha qildi. LeeKnow anchadan beri bunday ohangda gapirmagan edi.
Hyuho bir oydan beri kapsulada yotgan qizini koʻzdan kechirdi. Sochlariga oq oragan Hyuho qizidan boshqa hech narsaga ahamiyat bermas edi. Feya ishdan boʻshadi. Professor Yuni ishdan haydashdi. Oʻsha kuni Hyuho qizini oldiga kelgandan soʻng kampyuterda ishlayotgan payti Feya va Yu uni payqashmadi va Y/nni daf qilish ilinjisida baʼzi ishlarni qilishmoqchi boʻlishdi. Ammo Hyuho ularni qoʻlga oldi. Shu sabab Feya oʻz hohishi bilan ishdan boʻshadi. Yu ketishni istamay hamma aybni Feyaga toʻnkay boshlaganida Hyuho uni ishdan haydadi.
Y/n ortga qaytar ekan yoʻlini bir necha bezorilar oʻrab oldi. Ular qizga tashlanib qolishdi. Bu orada Y/nga havf tugʻulgani bois qoʻlidagi olmos jilovlandi. LeeKnow koʻz oldida Y/nni oʻrab olgan bezorilarni koʻrdi. Xonadan shoshib chiqib derozadan pastka sakradi. Boʻriga aylangancha tezlik bilan Y/nni qidira boshladi. Bu orada Y/nni kuchi yigitlarga yetmas ular esa uni zoʻrlashga harakat qilishardi. Shu payt Y/n qoʻllarini mahkam ushlab turgan ikki yigitga tayangancha oyoqlari bilan qarshisidagini tepdi. Yana biri unga tashlanmoqchi edi, uni oyoqlari oʻrtasiga zarba berdi. Yigit ikki buklanib baqirib yubordi. Qoʻlidan ushlab olgan yigitlar esa olmos kuchi taʼsirida falaj boʻlib qoldi. Olmosning bor kuchi ikki yigitni falaj qilar ekan birinchi yigit ortdan kelib Y/nga uch marotaba pichoq sanchib oldi. Qiz oyoqlarida tura olmay yerga quladi. LeeKnow yetib kelganda allaqachon qiz jon holatda yerda yotardi. Yigitlar esa ketishga ulgurgan edi. LeeKnow odam qiyofasiga oʻtgancha Y/nning oldiga borib uni koʻtarib uygʻotishga urundi. Qiz koʻzini ochdi.
Y: LeeKnow. Sen... Seni koʻrish... koʻrishni istagan... istagandim
L: Y/n gapirma. Men seni davolashga harakat qilaman
Y: Ovora... boʻlma men... men oʻlishim kerak
LeeKnow bor qobiliyati bilan uni yaralarini davolashga harakat qildi. Ammo u bu yaralarni davolash uchun hali zaiflik qiladi
Y: Men seni... seni... se..va..
Qiz soʻzini tugatmasdan joni uzildi. LeeKnow uni bagʻriga bosgancha dunyoni larzaga solar darajada dodlab yegʻlar, uni yuzini silagancha oʻziga bosardi.
Y/n asta koʻzini ochdi. Kapsula ochildi. Y/nning koʻzlaridan yosh oqa boshladi. Hyuho uni uygʻonganini koʻrib oldiga bordi.
H: Oʻsha kuni xonangga kirganimda bir narsaga koʻzim tushdi. Va uni almashtirib qoʻydim
Qiz dod solib yegʻlay boshladi. Hyuhoni belidan quchgancha yegʻlashda davom etdi.
H: Boʻldi, hammasi oʻtib ketdi. Endi oʻzingni qoʻlga ol.
Shu sayilda Y/n qaytib labaratoriya tashrif buyurmadi. Hyuho esa tajriba samarasiz yakunlandi deya barcha ishlarni toʻxtatdi. Kapsulani boʻlaklarga boʻlishdi. Zelandiyadan olimlar kelib vaqt kapsulasi evaziga katta miqdorda pul taklif qilishdi. Hyuho ularga kapsulani bergancha labaratoriyani yopdi. Kapsulani olimlar Zelandiyaga olib ketishdi. Y/n ishlash haqida oʻylaganida otasi unga oʻzi yoqtirgan mashgʻulotni tanlashini aytdi.
Shunday qilib, hikoyaning oxirida, siz har doim ham sevgan insonlaringiz bilan birga bo'lolmaysiz.
Siz qolishni tanlagan odam bilan yakun topasiz.
Ba'zida sevgining o'zi etarli emas.
Haqiqiy majburiyat shunchaki his-tuyg'ulardan ko'ra ko'proq. Hikoyalar har doim ham biz hohlagandek tugamasligi esa hayot va hikoya orasidagi chegarani belgilaydi.