January 3

Sen va men - ep4

By: Ksena

Y/n ularga ergashib saroyga bordi. Bu yerga nima uchun kelganini bilmay atrofga tikildi. Soqchi uni shahzodaning xonasiga olib bordi va oʻsha yerda qoldirib oʻzi chiqib ketdi.

Y/n: Bu shahzodaning xonasimi? Nega meni bu yerga olib kelishdi? Laʼnati tarixni oʻqishim kerak edi.

Qiz oʻziga oʻzi gʻoldirab yerdagi yostiqchaga oʻtirdi. Soatlar oʻtdi, qiz oʻtirgan joyida mudrab qoldi. Keyin tashqaridan xizmatkorning ovozi eshitildi "Shahzoda Woo Seok qaytdilar."

Y/n koʻzlarini ishqalab oʻrnidan turib eshik tomonga burildi va bosh egib eshik ochilishini kutdi. Eshiklar ochilib qora libosdagi katta tana ichkariga kirdi. Y/n unga koʻz uchida qarab nafasi tiqildi.

Y/n: "James~ Qanday qilib... Bu... Boʻlishi mumkin emas... James~"

Y/nning hayollari shunday fikrlar bilan aylandi. Bir onga boshida qattiq ogʻriq turib oʻsha tushning soʻnggi qismi koʻz oldida aylandi. Qizaloq olovli ustunning ostida qolib ketib qanday chinqirgani yana koʻz oʻngida gavdalanib qizni aqldan ozdirdi. Y/n boshini ushlagancha yerga tizzasi bilan oʻtirib qoldi. Woo Seok uni birdan oʻtirib qolganidan havotirlanib katta ikki qadam bilan qizga yetib kelib u baravar tiz choʻkib uni yuziga tegindi.

Woo Seok: Senga nima boʻldi? Kasalmisan?

Y/n unga qaradi. Woo Seokning qoʻli y/nning yuzini silagan ondayoq bosh ogʻrigʻi yoʻqolib huddi quyosh charaqlab chiqgandek boʻldi.

Y/n: Men... yaxshiman...

Y/n oʻzini tuzatib oʻrnidan turib Woo Seokga tazim qilib bosh egdi. Woo Seok ham oʻrnidan turib qizni boshdan oyoq koʻzdan kechirdi.

Woo Seok: Oʻsha rasm haqida hech narsa aytmading.

Y/n eslay olmay unga qaradi. Woo Seok uning nigohini sezgach labi uchida jilmaydi.

Woo Seok: Bugundan boshlab mening shaxsiy xizmatkorim boʻlasan.

Y/n yana havotirli nigoh bilan unga qaradi. Miyyasi hayollarga toʻldi

Y/n: "Bu nima? Men iltijo qilganim uchun yaratgan menga uni yubordimi? Yoki hayotim davomida qilgan xatolarim uchun endi uni xizmatkori boʻlamanmi?"

Woo Seok: Nega jimsan qizaloq. Yoki buni uddalay olmaysanmi?

Y/n: Kechiring, shahzodam. Biroz hayratda qoldim. Sizga qarshi chiqa olmayman.

Woo Seok: Ajoyib. Unda hozirdan boshla!

Y/n: Kuting... Nima?

Woo Seok: Meni eshitding. Men ovdan qaytdim, choʻmilishni hohlayman.

Y/n nima qilishni bilmay ikkilanib qoldi. Uni ikkilanishini sezgan Woo Seok yuziga qoʻlini qoʻyib xoʻrsindi.

Woo Seok: Hovuzga issiq suv tayorla. Tanam uchun zararsiz issiqlik boʻlsin. Keyin qaytib kel. Hovuz kalidordagi soʻnggi eshik ortida. Suvni yonidagi xonadagi samovardan olasan.

Y/n darrov bosh egib chiqib ketdi. Suvni tayorlashga kirishdi. Koʻp oʻtmay qaytib kelib unga suv tayyor ekanini aytdi. Woo Seok uni yoniga chaqirdi. Y/n yaqinroq bordi.

Woo Seok: Kiyimlarimni yechishimga yordam ber... va choʻmilish uchun halat olib kel. Kiyimlar anavu javonda.

Woo Seok qarshisidagi javonni koʻrsatdi. Y/n Woo Seokning qilich gʻilofini belidan yechib oldi. Keyin zarlari sabab ogʻir boʻlgan toʻnini yechib chetdagi kiyim ilgichga ildi. Ortga qaytib yigitning ustidagi qora matoli kalta koʻylagini ham yechib oldi. Woo Seokning qorin boʻshligʻi va koʻkragi ochilib mushaklari tortildi. Y/n koʻzlarini undan olib qochib unga oq halatni kiydirdi.

Woo Seok: Orqaga oʻgiril. Pastki kiyimimni ham yechmiqchiman.

Y/n tezda undan uch toʻrt qadam uzoqlashib orqaga oʻgirildi. Yigit tugatgach hovuzli xonaga yoʻl oldi. Y/n unga ergashdi. Woo Seok hovuzga yetib kelgach qizga hovuzga gul barglari va koʻpik qoʻshishini aytdi. Qiz tayorlab qoʻyilgan suvga solsa koʻpuruvchi koʻk sovundan ikkitasini hovuzga tashladi. Ikki soniya ichida suv yuzasi koʻpik bilan qoplandi. Y/n koʻpik ustiga gul barglarini sochib chiqgach ortga chekindi. Woo Seok halatini yechib Y/nga uzatdi. Butkul yalangʻoch holda suvga tushdi. Koʻpik uni suv ostidagi qismini yashirdi.

Woo Seok: Meni tozala.

Y/n: N-nima?

Woo Seok: Nega takrorlashimga majbur qilasan. Nahotki meni yaxshi eshitmading.

Y/n: Aa... Yoʻq... Sizni eshitdim... Kechiring... Men hozir boshlayman...

Y/n uni yelkalarini yuvinish chotkasi bilan ishqalashni boshladi. Shunda Woo Seok uni bilagidan ushlab suvga tushurib oldi.

Y/n: Shahzodam... Men...