March 28, 2021

HAR XIL DUOLAR

Robbig‘fir varham vahdin`i ilat-tor`iqil-aqvam va ta-j`avaz ’amm`a ta’lam, innaka antal-az`izul akram.
All`ohumma inn`i as’alukal-’afva val-’`afiyata fid-duny`a val-`axiro.
Parvardigorim, meni rahmat va mag‘firat et. To‘g‘ri yo‘lga boshla. O‘zing bilgan gunohlarimni kechir. O‘zing karamlisan. Iloho, Sendan afv va ofiyat tilayman ikki dunyoda.

All`ohumma inn`i as’alukal-hud`a vat-tuq`o val-’af`afa val g‘in`a.
All`ohummag‘firl`i varhamn`i vahdin`i va’`afin`i varzuqn`i.
All`ohumma y`a musorrifal-qul`ubi sorrif qul`ubana ‘al`a t`o’atik.
All`ohumma inn`i a’`uzu bika minal ‘ajzi val-kasali val-jubni val-harami val-buxli va a’`uzu bika min fitnatil-mahy`a val-mam`ati va doli’ ad-dayni va g‘olabatir-rij`al.
Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, o‘rtacha boylik tilayman. Iloho, meni mag‘firat et va rahmatingga sazovor qil. Iloho, qalbimizni o‘z toatingga moyil qil. Iloho, Sendan ojizlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, baxillik kabi illatdan panoh berishingni so‘rayman. Yana Sendan hayot va mamot fitnalaridan, ortiqcha qarzdor bo‘lishdan va g‘animlarga mag‘lub bo‘lishdan panoh tilayman.

All`ohumma inn`i a’`uzu bika minal-’ajzi val kasali val jubni val buxli val hammi va ‘`azabil-qobri.
All`ohumma `ati nafsi taqv`ah`a va zakkih`a anta xoyru man zakk`ah`a, anta val`iyuha va mavl`ah`a.
Iloho, Sendan ojizlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, baxillik, g‘am-tashvish, qabr azobi kabi narsalardan panoh so‘rayman. Iloho, menga taqvo nasib et, nafsimni pok et. Sen barcha insonlarning sohibi – egasisan.

All`ohumma inn`i a’`uzu bika min sharri sam’i va min sharri basari va min sharri lis`ani va min sharri qolbi va min sharri niyyati.
Iloho, men Sendan eshitish, ko‘rish va gapirish va dildan o‘tkazish jarayonida uchraydigan yomonliklardan panoh berishingni so‘rayman.

All`ohumma inn`i a’`uzu bika minal barosi val-jun`uni val-juz`ami va sayyi’il-asqom.
All`ohumma inn`i a’`uzu bika minnat-taraddiy va a’`uzu bika minal-g‘aroqi val harfi val-harami va a’`uzu bika an yataxabbatonish-shayt`onu ‘indal-mavt va a’`uzu bika an am`uta f`i sab`ilika mudbiron va a’`uzu bika an am`uta lad`ig‘on.
Iloho, men Sendan yomon kasalliklardan va qattiq bemorliklardan panoh so‘rayman. Iloho, turli ofatlardan va balolardan, og‘ir damda shaytonning vasvasasidan va yomon fojiali o‘limlardan asrashingni so‘rayman.

All`ohumma inn`i as’aluka min xoyri m`a sa’alaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollall`ohu ‘alayhi va sallam va na’`uzu bika min sharri m`a ista’azaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollall`ohu alayhi va sallam va antal-musta’anu va ‘alaykal-bal`ag‘u va l`a havla va l`a quvvata ill`a bill`ah.
Iloho, payg‘ambaring Muhammad alayhissalom so‘ragan narsalardan men ham so‘rayman, payg‘ambaring panoh tilagan narsalardan men ham panoh tilayman. O‘zing yordam beruvchisan. Sendan o‘zgada kuch-quvvat yo‘q.

All`ohumma solli va sallim ‘al`a Muhammadin va ‘al`a `ali Muhammad.
Iloho, payg‘ambaring Muhammad alayhissalomga salovot va salomlar nozil et.

All`ohumma innaka qulta ud’`uni astajibu lakum va innaka l`a tuxliful-m`i’`ad, va inn`i as’aluka kam`a hadaytan`i lil’isl`ami an l`a tanza’ah`u minn`i, hatta tatavaffan`i va an`a muslim`un.
Ey bor Xudoyo, duo qilinglar menga, ijobat qilaman, deb O‘zing aytding, albatta Sen va’dangga xilof qilmagaysan. Ey bor Xudoyo, hidoyat ne’matini berib meni Islomga musharraf qilding, endi uni mendan judo qilmagin va to o‘lgunimcha Islomda bo‘lishimni nasib et. Iloho, O‘zing bizlarni bu dinda sobitqadam et.

All`ohumma inn`i as’aluka iym`anan d`a’iman va yaq`inan s`odiqon va ‘ilman n`afi’an va qolban x`oshi’an va lis`anan z`akiran va as’aluka ‘afva val-’`afiyata val-ma’`af`atan d`a’imata fid-duny`a val-`axiro.
Iloho, Sendan doimiy imon, mustahkam e’tiqod, foydali ilm, qo‘rquvchi qalb, zikr etuvchi til, afvu ofiyat va dunyoyu oxiratda doimo xotirjamlikni so‘rayman.

All`ohumma y`a muqollibal-qul`ubi sabbit qolbi ‘al`a d`inik.
All`ohumma a’inn`i ‘al`a zikrika va shukrika va husni ‘ib`adatik.
Iloho, Sen dillarni o‘zgartirib turuvchisan, mening dilimni O‘z diningga sobit et.
Iloho, O‘zing Seni zikr etishimga, Senga shukr etishimga va chiroyli ibodat qilishimga yordam qil.

Subh`anall`ohi ‘adada xolqih`i, subh`anall`ohi riz`oa nafsih`i, subh`anall`ohi z`inata ‘arshih`i, subh`anall`ohi mid`ada kalim`atih`i.
Allohga barcha maxluqlarining adadicha tasbih aytamiz va Unga o‘zining rizoligi barobarida va arshining og‘irligi barobarida va so‘zlarining siyohlari barobarida tasbih aytamiz.

Robban`a l`a tu`axizn`a in nas`in`a av axto’n`a.
Robban`a va l`a tahmil ‘alayn`a isron kam`a hamaltah`u ‘alal-laz`ina min qoblin`a.
Robban`a va l`a tuhammiln`a m`a l`a t`oqotalan`a bih, va’fu ‘ann`a vag‘fir lan`a varhamn`a, anta Mavl`an`a fansurn`a ‘alal-qovmil-k`afir`in.
Parvardigoro, agar esimizdan chiqarsak, xatoga yo‘l qo‘ysak, bizlarni javobgar qilma, bizlarning zimmamizga oldingi ummatlarga yuklaganingdek og‘ir yuklarni yuk lama, toqatimiz, imkoniyatimiz yo‘q narsalarni bizlarga qarz qilma, bizlarni kechir, afvu mag‘firat et, rahmatingga ol, Sen bizlarning hojamizsan, kofirlar ustidan bizlarga yordam ber.

All`ohumma inn`i a’`uzu bika minal-qosvati val g‘oflati val-’aylati vaz-zillati val maskanati. Va a’`uzu bika minalkufri val faqri val-fus`uqi vash-shiq`oqi van-nif`aqi, va su’il-axl`aqi, va ziyqil-arz`oqi, vas-sum’ati, var-riy`ai, va a’`uzu bika minas-somami val-bakami val-’am`a val-jun`uni val-juz`ami val-barosi va sayyi’il-asqom.
Iloho, Sendan toshbag‘irlik, g‘aflat, qashshoqlik, xorlik, miskinlik kabi illatlardan panoh so‘rayman. Yana Sendan kufrdan, faqirlikdan, fisqu fujurdan, nizo va ixtilofdan, yomon ruhlardan, rizqi tanglikdan, riyokorlikdan, ko‘ru kar bo‘lishlikdan, jinnilik va yomon kasalliklardan panoh so‘rayman.

ZAM-ZAM ICHILGANDA O‘QILADIGAN DUO

All`ohumma inn`i as’aluka ‘ilman n`afi’an va qolban x`oshi’an va n`uran s`ati’an va rizqon v`asi’an va shif`aan min kulli d`ain. All`ohumma inn`i ashrobuh`u litag‘firol`i. All`ohumma fag‘firl`i. All`ohumma inn`i ashrobuh`u mustashfiyan bih`i. All`ohumma fashfin`i.
Iloho, Sendan foydali ilm, taqvoli qalb va yorug‘ nur va keng rizq va barcha illatlardan shifo tilayman. Iloho, bu Zam-zam suvini Sendan mag‘firat so‘rab va dardlarimga shifo talabida ichmoqdaman, O‘zing shifo ber.

RAVZAI MUBORAKDA O‘QILADIGAN DUO

Assal`amu ‘alayka y`a ras`ulall`ohi! Assal`amu ‘alayka y`a xiyratall`ohi min xolqih`i! Assal`amu ‘alayka y`a hab`iball`ohi! Assal`amu ‘alayka y`a sayyidal-mursal`ina va x`otaman-nabiyy`ina! Assal`amu ‘alayka va ‘al`a `alika va ash`abika va ahli baytika va ‘alan-nabiyy`ina va s`a’iris-s`olih`ina! Ashhadu annaka ballag‘tar-ris`alata va addaytal-am`anata va nasohtal-ummata, fa jaz`akall`ohu ‘anna afzola m`a jaz`a ras`ulan ‘an ummatihi.
All`ohumma solli ‘al`a Muhammadiv-va ‘al`a `ali Muhammad. Kam`a sollayta ‘al`a Ibroh`ima va ‘al`a `ali Ibroh`im. Innaka ham`idum-maj`id.
Va b`arik ‘al`a Muhammadiv-va ‘al`a `ali Muhammad. Kam`a b`arokta ‘al`a Ibroh`ima va ‘al`a `ali Ibroh`im. Innaka ham`idum-maj`id.
All`ohumma innaka qulta: «Va lav annahum iz zolam`u anfusahum ja’uka fa-stag‘farull`oha va-stag‘fara lahumur-ros`ulu l`a vajadull`oha tavv`aban roh`ima». Va qod ataytuka y`a ras`ulall`ohi mustag‘firon min zun`ubi, mustashfi’an bika il`a robb`i, fa as’aluka y`a robb`i an tuj`iba liyal-mag‘firota kam`a avjabtah`a liman at`ahu fi hay`atihi. All`ohumma-j’alhu avva lash-sh`afi’`ina y`a arhamar-r`ohim`in.
Ma’nosi: Yo Rasululloh sizga salom, ey xalqlarning eng afzali, sizga salom, ey Habibulloh, sizga salom, ey payg‘ambarlarning sayyidi, sizga salom, ey payg‘ambarlarning xotami, sizga salom! Sizga va ahli ayolingizga va sahobalaringizga va barcha payg‘ambarlar va solih bandalarga salomlar bo‘lsin. Guvohlik beramanki, siz payg‘ambarlik vazifangizni to‘g‘ri ado etdingiz. Allohning omonatini topshirdingiz, ummatlaringizga nasihat qildingiz, Sizga Alloh ajru azimlar ato qilsin. Iloho, Muhammad alayhissalomga, oli ashoblariga O‘zing salavotlar yuborgin va U kishiga va oli ashoblariga barakotlar nozil qilgin, chunonchi Ibrohim alayhissalomga nozil qilganing kabi. Iloho, O‘zing Qur’oni karimda marhamat qildingkim, «Agar ular o‘zlariga o‘zlari zulm qilganlaridan ke-yin payg‘ambarim huzuriga kelib istig‘for etsalar va payg‘ambarim ham istig‘for etsa, Alloh taolo ularning tavbalarini qabul etuvchi, mehribon zotdir», degansan. Mana, Rasululloh huzuriga istig‘for aytib, Allohdan gunohimiz ni so‘rab keldik, Uni shafoatchi qildik, Parvardigor huzuriga tavba qildik, Alloh o‘zi Rasulullohning shafoatlari bilan bizlarni mag‘firat qilishini so‘raymiz.

HAJDA VA UMRADA O‘QILADIGAN DUOLAR

Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q. Alloh ulug‘dir, Unga ko‘p hamdlar aytamiz. Butun olamning Parvardigori bo‘lmish Allohga tasbih aytamiz, hech qanday kuch-quvvat Allohdan o‘zgada yo‘qdir. U Azizu Hakimdir. Iloho, meni mag‘firat et va rahmat qil va hidoyat yo‘liga boshla va rizqimni ziyoda qil. Iloho, Sendan roziligingni so‘rayman va xotirjam tirikchilik qilish va vafotimdan keyin ham tinch bo‘lishni so‘rayman va Sening diydoringga nazar qilishlik lazzatidan nasib etishingni so‘rayman va Senga hech qanday zarar ko‘rmagan holimda yo‘liqishni so‘rayman. Birovga zulm qilishdan va birovlar ham menga zulm qilishidan O‘zing asra. Halol kasblarni nasib et. Gunohlarimni kechir. Iloho, men Sendan mustahkam iymon va tuganmas ne’mat, doimiy shodlik va payg‘ambaring Muhammad alayhissalomga rafiqlikni so‘rayman. Ey Xudoyo, barcha pok narsalarni va xayrli ishlarni va gunohlardan uzoqlashishni, kambag‘al bechoralarni do‘st tutishni bizga nasib et. Sendan muhabbat va Seni suymoqni va Sen sevgan bandalarni ham sevmoqni so‘rayman, muhabbatingga sabab bo‘ladigan amallarni bildirishingni so‘rayman va tavbalarimizni qabul etib, mag‘firat etishingni so‘rayman va fitnalardan tinch qilishingni iltijo qilaman.
Iloho, O‘zingga taqvo qiladigan, gunohlariga o‘kinadigan va Senga tavakkul qiladigan qalblarni bizga nasib et. Iloho, Sendan ulug‘ ishlarni ado etishni, mag‘firatingni va rahmatingga sabab bo‘ladigan amallarni qilishni nasib etishingni so‘raymiz. Gunohlardan salomatlik va yaxshi ishlarni g‘animat bilishlikni bizlarga ato et, jannatingga erishishlik va do‘zaxingdan omonda bo‘lishlikni nasib ayla.
Yakka Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Barcha mulku ashyo Unga xosdir. Unga hamdu sano aytamiz. U barcha narsalarga qodir. Iloho, namozimiz ham ibodatlarimiz, hayotu mamotlarimiz barchasi Sening uchundir. Sening huzuringga borurmiz va mulklarimiz Senga meros qolur. Iloho, men o‘z nafsimga o‘zim zulm qildim, faqat o‘zing gunohlarni kechirguvchisan. O‘zing kechir va rahmat et, Sen kechirguvchi mehribon Zotsan. Bizlarga haqiqiy tavbani, qaytib gunoh qilmaydigan tavbalarni ato et. Bizlarni to‘g‘ri yo‘lga boshla, gunoh ishlardan uzoqlashtir. Halol rizqingni ber. O‘zingdan boshqaga muhtoj etma. Qalbimizni va qabrimizni munavvar qil, barcha yomonliklardan panoh ber, barcha yaxshiliklarni ato et. Iloho, o‘zimga-o‘zimni topshirib qo‘yma. Qiyinchiliklardan saqla. Iloho, haqiqiy, asosiy ishim bo‘lmish dinimni isloh et, yashab turar joyim sanalmish dunyoyimni isloh et, boradigan joyim bo‘lmish oxiratimni isloh et. Hayotimni faqat yaxshiliklarni ziyoda qilishlikka sarf qilishimni va o‘limni esa barcha yomonliklardan rohat bo‘lishini nasib qil. Iloho, bizni, ota-onalarimizni, zurriyotlarimizni, birodar va ahlimizni va g‘oyib musulmon-mo‘minlarni O‘zing mag‘firat et. Iloho, ofiyat va tinchligimizni bizdan judo qilma, g‘azabingdan O‘zing asra. Iloho, bu dunyo va oxiratda hidoyat qil va mag‘firat et. Tirikchiligimizni yaxshila va baytingni ziyorat qilib, haj ibodatlarini ado etadigan hojilardan qil. Iloho, Sen mening so‘zlarimni eshitasan, turgan joyimni bilasan, maxfiy va oshkora ishlarimdan xabardorsan, Senga biror narsa maxfiy emas. Men esa bir bechora faqirman, O‘zingdan najot so‘rayman. Gunohimga iqrorman, Sendan bir miskin kabi so‘rayman va iltijo qilaman, duolarimni ijobat et. Iloho, ijobatdan mahrum etma. Iloho, Sen mehmon-do‘stlikni yaxshi ko‘rasan, biz Sening mehmonlaringmiz, bizni jannating bilan ziyofat qil. Mehmonlarga mukofot va sovg‘a beriladi, Sen bizga o‘z rahmating va mag‘firating va jannatingni sovg‘a et. Biz Sening baytingga har tomondan keldik, umid bilan kelgan bandalaringning duolarini ijobat qil.

ISMI A’ZAM DUOSI

Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu: «Hazrati Pay-g‘ambarimiz huzurlarida bir odam namoz o‘qir edi. Odam namozdan so‘ng duo qilib, shunday dedi: «All`ohumma inn`iy as’aluka bi anna lakal-hamdu l`a il`aha ill`a Antal Mann`anu b`adi’us-sam`av`ati val-arzi, y`a zal-jal`ali val-ikr`om, y`a Hayyu y`a Qo‘yy`um».
«Allohim, Sendan ushbular hurmatiga so‘raymanki, hamd Senga xosdir. Sendan O‘zga hech bir iloh yo‘qdir. Sen Mannonsan: mo‘l-ko‘l beruvchisan, osmonlaru yerni bemisl yaratgan Sensan. Ey jalol va ikrom egasi! Ey mavjudotga hayot berguvchi, ularning hayotini davom ettirguvchi Allohim! Duoyimni qabul ayla!»
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, bu duoni eshitib, shunday marhamat qildilar:
«Alloh taologa ismi a’zami bilan duo qildi. Alloh, u ismining haqqi-hurmati, istasa, duoni qabul qiladi».

* * *

Sa’d ibn Abi Vaqqosdan (r.a) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: «Zunnun (Yunus) alayhissalom baliq qornida bunday duo qilgan: «L`a il`aha ill`a anta subh`anaka inn`iy kuntu minaz-z`olim`iyn».
«Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen barcha nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim» (Anbiyo, 87).
Shunisi aniqki, bir musulmon biror narsa istab, bu bilan duo qilsa, Alloh qisqa paytda uning duosini qabul qiladi» (Termiziy. «Da’vat», 3505-hadis).
Hazrati Oyisha (r.a.): «Bir kuni Alloh Rasulining, sollallohu alayhi va sallam, bunday duo qilayotganlarini eshitdim: «All`ohumma inn`iy as’aluka bismikat-t`ohirit-toyyibil-mub`arokil-ahabbi ilaykal-laz`iy iz`a du’iyta bih`i ajabta va iz`a su’ilta bih`i a’toyta va izas-turhimta bih`i rohimta va izas-tufrijta bih`i farrojta».
«Allohim, Sening pok, chiroyli, muborak va Sen uchun eng sevimli va go‘zal bo‘lgan isming haqqi-hurmatiga Sendan so‘rayman. U isming-la duo qilinsa, qabul etasan. Uning hurmatidan Sendan bir narsa so‘ralsa, berasan. Uning hurmatidan marhamat istalsa, marhamat etasan. Uning hurmatidan Sendan qiyinchiliklardan xolos bo‘lish so‘ralsa, qutqarasan. G‘am-anduhlarni ketkazasan» (Ibn Moja. «Duo», 3859-hadis).
Asmo binti Yaziddan (r.a.): «Janob Payg‘ambarimiz shunday marhamat qilganlar: Ismi A’zam ushbu ikki oyatdadir: «Va il`ahukum il`ahun v`ahid, l`a il`aha ill`a huvar-rohm`anir-roh`iym».
«Sizning ilohingiz yakkayu yagona Tangridir. U mehribon va rahmli bo‘lib, Undan boshqa iloh yo‘qdir». (Abu Dovud. «Solat», 1496-hadis).
Ikkinchisi «Ol-i Imron» surasining ilk oyatlaridir: «Al`if, l`am, m`im. All`ohu l`a il`aha ill`a huval-hayyul-qoy-y`um».
«Alif, lom, mim. Alloh — Undan o‘zga iloh yo‘qdir. U tirik va abadiy turuvchidir» (Abu Dovud. «Solat», 1496-hadis).

KASALLIKDAN SHIFO ISTAB O‘QILADIGAN DUO

Biror kasallikka yo‘liqqan kishi, bu kasallikdan xalos bo‘lishi uchun hech vaqt o‘tkazmay, mutaxassis shifokorlarga murojaat qilishi, uning tavsiyalariga amal qilib, ayni paytda duodan ham foydalanmog‘i lozim. Bu duolarni bemorning o‘zi o‘qishi yoki birov unga o‘qishi mumkin.
Tahoratli holda avvalo Fotiha surasi, so‘ngra Qur’oni karimdan shifo oyatlari o‘qiladi.
Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. Va yashfi sud`uro qovmin mu’min`iyna va yuzhib g‘oyzo qul`ubihim.
«Alloh mo‘minlar qavmi siynalariga shifo beradi va dillaridagi alamni ketkazadi» (Tavba, 14-15).
Y`a ayyuhan-n`asu qod jaatkum mav’izotun min Robbikum va shif`aun lim`a fis-sud`uri va hudan va rohmatan lil-mu’min`iyn.
«Ey odamlar! Sizlarga Robbingizdan va’z (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo va mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi» (Yunus, 57).
Va nunazzilu minal Qur’`ani m`a huva shif`a’un va rohmatun lil-mu’min`iyn.
«(Biz) Qur’onda(n) mo‘’minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz» (Al-Isro, 82).
Qul huva lil-laz`iyna `amanu hudan va shif`aun
«Ayting: «(Ushbu Qur’on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va shifodir».
Bu oyatlar o‘qilgach, bunday duo etiladi: «All`ohumma Robban-n`asi azhibil-ba’sa, ishfi Antash-sh`af`iy l`a shif`a’a ill`a shif`a’uka, shif`a’an l`a yug‘`odiru saq`oman».
«Allohim, ey insonlarning Rabbi, kasallikni mahv etuvchi! Ortda kasallikni qoldirmaydigan shifo ber. Shifo berguvchi faqat O‘zingsan. Sendan o‘zga shifo berguvchi yo‘qdir» (Abu Dovud. «Janoiz», 3107-hadis).
All`ohumma ishfi ‘abdaka yanka’laka ‘aduvvan av yamshi laka il`a sol`atin.
«Allohim, shu bandangga shifo berginki, Sening bir dushmaningga ziyon yetkazsin yoxud Sening rizoligingga erishmoq uchun namoz o‘qishga yurib borsin».
Bismill`ahi arq`ika min kulli shay’in yu’zika min sharri kulli nafsin av ‘aynu h`asid`iyn. All`ohumma yashf`iyka, bismill`ahi arq`ika.
«Senga iztirob beruvchi hamma narsadan, har hasadgo‘y nafsdan yoxud ko‘zdan Allohning nomi ila senga shifo so‘rayman. Alloh nomi ila senga shifo so‘rayman» (Termiziy. «Janoiz», 972-hadis).

NIKOH KECHASIDA O‘QILADIGAN DUO

Ikki rakat namoz o‘qib, Allohdan mas’ud bo‘lishlarini so‘rab, duo qilgach, «Bismillah...» aytib «Robban`a hablan`a min azv`ajin`a va zurriyy`atin`a qurrota a’y`unin va’j’aln`a lil-muttaq`iyna im`ama».
«Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko‘z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin» (Furqon surasi, 74-oyat) oyatini o‘qib, zavjasi bilan birga bo‘lishdan oldin «Bismill`ahir roh-m`anir roh`iym. All`ohumma jannibnash-shayt`ona va jannibish-shayt`ona m`a rozaqtan`a».
«Allohim, shaytonni bizdan va bizga ato etganing farzanddan uzoqlashtir» (Buxoriy. «Nikoh», 66) duosini o‘qiydi.

HOMILADOR AYOL O‘QIYDIGAN DUO

Homilador ayol tibbiy muolajalardan o‘tish bilan birga diniy vazifalarni ado etishi va fursat topishi bilan «Oyatal kursi» va «Sharh» surasini, so‘ng ushbu duoni o‘qishi maqbuldir:
«All`ohumma a’tin`a sihhatan va ‘`afiyatan va avl`adan s`olihan va rizqon v`asi’an va du’`a’an maqb`ulan».
«Allohim, bizga sog‘liq va ofiyat ber. Xayrli farzandlar ehson et. Mo‘l rizq ber, duoimni qabul ayla».

KO‘Z YORARDA O‘QILADIGAN DUO

Bunday paytda ayolning yaqinlari uning yonida yoxud qo‘shni xonada «Oyatal kursi»ni, so‘ngra A’rof surasining 54-oyatini o‘qishadi:
«Inn`a robbakumullaz`iy xolaqos-sam`av`ati val-arzo f`iy sittati ayy`amin summas-tav`a ‘alal-’arshi, yug‘shil-laylan-naharo yatlubuh`u has`isan vash-shamsa val-qomaro van-nuj`uma musaxxorotin bi amrih, al`a lahul-xolqu val-amru tab`arokall`ohu Robbul-’`alam`iyn».
«Darhaqiqat, Rabbingiz osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan, so‘ngra Arshga istivo qilgan, kunduzga tunni qoplatadigan-uni (ya’ni, tun-kunni) shitob quviydi – quyosh oy, yulduzlarni O‘z amriga musaxxar (mute) qilib qo‘ygan Allohdir. Ogoh bo‘lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir. Olamlarning rabbi Alloh barakotlidir».
Bu oyatdan keyin Ixlos, Falaq, Nas suralari va Fotiha o‘qiladi. Xayrli bir farzand berilishi uchun duo qilinadi.

SOLIH FARZANDNING DUOSI

Islomiy tarbiya ko‘rgan inson ota-onasi keksayganda, ularni xorlamaydi, dillarini ranjitmaydi. Ularning haqlariga bunday duo qiladi:
Robbir-xamhum`a kam`a robbay`aniy sog‘`iyro.
«Parvardigoro, ota-onamga marhamat et, ular meni marhamat-la voyaga yetkazganlari kabi» (Tahrim, 8).

MASJIDGA KIRAYOTGANDA...

All`ohumma-aftah l`i abv`aba rohmatik.
«Allohim, menga rahmat eshiklaringni och».

MASJIDDAN CHIQAYOTGANDA...

All`ohumma inn`i as’aluka min-fazlik.
“Allohim, Sening fazling va karamingni so‘rayman”.

QABR ZIYORATIDA O‘QILADIGAN DUO

Assal`amu ‘alaykum y`a ahlal-qub`ur. Yag‘firull`ohu lan`a va lakum, antum salafun`a va nahnu bil-isri.
«Assalomu alaykum, ey qabr ahli. Alloh bizni va sizlarni mag‘firat etsin. Sizlar bizdan oldin kelganlardansiz, biz ham sizlarning orqalaringizdan kelamiz».

HOJATXONAGA KIRISHDAN OLDIN...

All`ohumma inn`iy a’`uzu bika minar-rijsil-xob`isil-muxbisi minash-shayt`onir-roj`iym.
«Allohim, iflos va yomon narsalar bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Sening panohingga qochaman».

HOJATXONADAN CHIQQANDA...

Alhamdulill`ahillaz`iy azhaba anniy m`a-yu’z`in`i va amsa-ka ‘alayya m`a yanfaun`iy subh`anaka g‘ufr`onaka robban`a va ilaykal-mas`iyr.
«Mendan aziyat beruvchi narsani ketkazib, foydalisini qoldirgan Allohga hamd bo‘lsin. Allohim, Seni nomingni poklab yod etaman va mag‘firatingni so‘rayman. Ey Robbimiz, qaytishimiz Sengadir».

UYDAN CHIQAYOTGANDA...

Bismill`ahi tavakaltu ‘alall`ohi, va l`a havla va l`a quvvata ill`a bill`ah.
«Alloh nomi ila, Allohga tavakkal qilgan holda... Kuch va quvvat faqat Allohdandir» (Abu Dovud. «Adab», 5094-hadis).

UYGA KIRAYOTGANDA...

All`ohumma inn`iy as’aluka xoyrol-mavlaji va xoyrol-maxroji bismill`ahi va lijn`a va bismill`ahi xorojn`a va ‘alall`ohi Robban`a tavakkaln`a.
«Allohim, Sendan kirayotganim va chiqayotganim joylarning yaxshisini so‘rayman. Allohning nomi ila kirdik. Allohning nomi ila chiqdik. Robbimiz Allohga tavakkul etdik».

UYQUDA QO‘RQQAN KISHINING DUOSI

A’`uzu bi-kalimatill`ahit-ta`ammati min-g‘ozabih`i va sharri ‘ib`adih`i va min hamaz`atish-shay`at`iyni va an yaxzur`un.
«Allohning g‘azabidan, qullarining yomonligidan, shaytonlarning har turli yomonligidan Allohning barcha kalimalariga yukinaman» (Abu Dovud. «Tib», 3893-hadis).

DASTURXON DUOSI

Alhamdulill`ahillaz`iy at’aman`a va saq`ona vaja’alan`a minal-muslim`iyn.
«Bizni yedirib-ichirgan va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin».

FARZAND TILASH DUOSI

Robb`i l`a tazarni fardav va anta xoyrul v`aris`iyn.
«Parvardigorim! Meni (vorissiz) yolg‘iz qoldirma. (Agar voris bermasang ham) Sening O‘zing vorislarning eng yaxshisisan» (Anbiyo, 89).

G‘AZABLANGANDA O‘QILADIGAN DUO

All`ohummag‘fir l`iy zanb`iy va azhab g‘oyzo qolb`iy va ajirn`iy minash-shayt`onir-roj`iym.
Allohim, gunohlarimni kechir, qalbimning hiddatini (g‘azabini, alangasini) ketkaz va meni shaytonning yomonligidan asra.
Shunda ham g‘azab ketmasa, imkon topilsa, tahorat olib ikki rakat namoz o‘qish, «Alam nashroh laka...» surasini tilovat qilish va yuqoridagi duoni takrorlash lozim.

UY SOTIB OLIB, JOYLASHGACH O‘QILADIGAN DUO

Tahorat olib ikki rakat namoz o‘qiladi va: «Alhamdulill`ahi robbil ‘`alam`iyn. Vas-sol`atu vas-sal`amu ‘al`a ra-s`ulina Muhammadin va ‘al`a `alih`i va sahbih`i ajma’`iyn. A’`uzu bill`ahi minash-shayt`onir-roj`iym. Bismill`ahir rohmanir roh`iym. La in shakartum la az`iydannakum va lain kafartum inna az`ab`iy lashad`iyd», degach, quyidagicha duo qilinadi:
Allohim, menga oilam bilan birga yashaladigan bir maskan nasib etding, Senga shukrlar bo‘lsin. Meni va oilam ni bu uyda mas’ud va baxtiyor ayla. Bizni har turli balo-qazolardan, falokatlardan saqla. Allohim, biz ojiz bandalarmiz. Bu uy gunohlar emas, balki faqat xayrli va go‘zal ishlar haqida gapiriladigan va ezgu amallar bajariladigan joy bo‘lsin. Rabbim, qo‘shnilarimga aziyat yetkazishdan meni asra. Yaxshi qo‘shnilar nasib et. Allohim, Senga hamdu sano, suyukli Payg‘ambaringga salotu salomlar bo‘lsin.

KO‘Z TEGISHGA QARSHI O‘QILADIGAN DUO

Ko‘z tegishiga qarshi Fotiha surasi va «Oyatal kursi»dan so‘ng ushbu oyatlar o‘qiladi:
Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. Va in yak`adullaz`iyna kafar`u layuzliq`unaka bi abs`orihim lamm`a sami’uzzikro va yaq`ul`una innah`u lamajn`un. Va m`a huva ill`a zikrul-lil-’`alam`iyn.
«Albatta, kofir kimsalar Zikrni (Qur’onni) eshitgan vaqtlarida, Sizni ko‘zlari bilan yiqitayozurlar va «albatta, u majnun», derlar. Holbuki, u (Qur’on barcha) olamlar uchun eslatmadir» (Qalam,51–52).

SADAQA BERAYOTGANDA...

Robban`a taqobbal minn`a innaka antas-sam`i’ul ‘al`iym.
«Ey Robbimiz, bizdan uni qabul ayla, chunki Sen eshitguvchi va bilguvchisan».

AKSIRGAN KISHIGA AYTILADIGAN DUO

Aksirgan kishi, yonida biror odam bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham, «Alhamdulill`ah» deydi. Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aksirgan kishiga yonidagilarning «Yarhamukall`oh» (Alloh senga rahmat etsin) deyishini tavsiya qilganlar. Aksa urgan kishi esa «Yarhamukall`ohu va iyy`akum va yag‘firu lan`a va lakum» (Alloh bizga ham, sizga ham rahmat aylasin, bizni ham, sizni ham afu etsin) yoxud «Yahd`ina va yahd`iykumull`oh» (Alloh bizni ham, sizni ham hidoyatga boshlasin) deydi.

HILOL (YANGI OY) KO‘RINGANIDA...

Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yangi oyni ko‘rganlarida bunday duoni o‘qiganlar: All`ohumma ahillahu ‘alayn`a bil-yumni val-iym`ani vas-sal`amati val-isl`am, robb`iy va robbukall`oh.
Allohim, bu oyni bizga qutlug‘ va barakotli bir oy ayla. Imon, salomat va Islom-la liq to‘lib bezangan kechalarda chiqsin. Ey hilol! Sening ham, mening ham Rabbimiz Allohdir (Termiziy. «Da’vat», 3677-hadis).

ULOVGA MINILAYOTGANDA O‘QILADIGAN DUO

«Oyatal kursi» o‘qilgach, «Subh`anallaz`iy saxxoro lan`a h`az`a va m`a kunn`a lah`u muqrin`iyn. Va inn`a il`a robbin`a lamun-qolib`un. Bismill`ahi majr`oha va murs`oha. Inna robbiy la G‘of`urur-Roh`iym» deyiladi.
Davomida quyidagicha duo aytilsa ham bo‘ladi: Allohim, Sening noming bilan yo‘lga chiqmoqdaman. Menga sog‘liq va halol kasb nasib etganing uchun Senga shukrlar aytaman. Yo‘l davomida meni va ulovimga mingan yo‘lovchilarni balo-qazolardan, har turlik xavfu xatarlardan O‘zing asra, yordamingni darig‘ tutma bizdan, yo Rabbiy. Biz qanchalar gunohkor bo‘lmaylik, Sen bizni mag‘firat et. Manzilimizga eson-omon yetib borishni nasib ayla. Farzandlarimizni yetim qoldirma, Parvardigoro. Qaytishimizda oilamizni g‘am-anduhsiz ko‘rmoqni lutf ayla. Sen hamma narsaga qodir Zotsan, Allohim.

FARISHTALARNING MO‘MINLARGA DUOSI

Arshni ko‘tarib turgan va uning atrofidagi farishtalar mo‘minlar haqiga bunday duo qilishadi: Robban`a vasi’ta kulla shay’in rohmatan va ‘ilman fag‘fir lillaz`iyna t`ab`u vattaba’`u sab`iylaka vaq`ihim az`abal-jah`iym. Robban`a va adxil-hum jann`ati ‘adninillat`iy va adtahum va man solaha min `ab`aihim va azv`ajihim va zurriy`atihim innaka antal az`izul hak`iym. Vaq`ihimus-sayyi`ati, va man taqis-sayyi`ati, yavmaizin faqod rohimtah va z`alika huval favzul ‘az`iym.
«Parvardigoro, O‘zing rahmat va ilm jihatdan barcha narsada kengdirsan. Bas, tavba qilgan va yo‘lingga ergashgan kishilarni mag‘firat et va ularni do‘zax azobidan saqla. Parvardigoro, ularni ham, ularning ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih bo‘lgan kishilarni ham O‘zing ularga va’da qilgan mangu jannatlarga doxil qilgin. Albatta, Sen qudrat va hikmat sohibidirsan» (Mo‘min surasi,7-9).

DO‘KON YOXUD ISHXONANI OCHAYOTGANDA...

All`ohumma y`a mufattihal-abv`ab, iftah lan`a xoyril-b`ab. All`ohummarzuqn`a rizqan hal`alan toyyiban, va rizqon v`asian birohmatika y`a Arhamar –R`ohim`iyn, va Anta xoyrur-R`oziq`iyn.
Ey eshiklarni ochuvchi Allohim! Bizga xayrli eshiklarni och. Allohim! Bizga halol va toza rizqlar ehson ayla, rizqimizni kengaytir, ey marhamatlilarning marhamatlisi! Rizq berguvchilarning eng xayrlisi Sensan!

KAMBAG‘ALLIKDAN QUTULISH DUOSI

Bismill`ahi ‘al`a nafs`i va m`al`i va d`in`i. All`ohumma rozzini bi qoz`oika va b`arik l`i f`im`a quddiro l`i hatt`a l`a uhibba ta’j`il`a m`a axxarta va l`a ta’x`ira m`a ajjalta.
O‘zim, molim va dinim xususida Alloh nomi bilan (so‘rayman). Allohim, qazo va hukmingga meni rozi qil, menga taqdir etganing narsalarni barakatli et. Shunday bo‘lsinki, keyinga qoldirganingni hozir, hozir beradiganingni keyin so‘rab yurmayin («Al-azkor», 116-bet).

DARS TAYYORLASHDA YOKI IMTIHONGA KIRISHDA O‘QILADIGAN DUO

(Tahoratli holda dars tayyorlagan yaxshi. Duolar «`Bismilloh...»dan so‘ng o‘qiladi.)
Robbi zidn`i ‘ilman va fahman val-hiqn`i bis-s`olih`in. Robbishroh l`i sodri va yassir l`i amr`i vahlul ‘uqdatan min lis`ani yafqoh`u qovli y`a H`afiz, y`a Roq`ib, y`a N`asir, y`a All`oh. Robbi yassir va l`a tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri.
Rabbim! Ilmimni va zehnimni orttir va meni solih bandalaring qatoriga qo‘sh.
Rabbim! Ko‘ksimni och, ishimni oson ayla va tilimning tugunini yechgin, so‘zimni tushunsinlar. Yo Hofiz, yo Roqib, yo Nosir, yo Alloh.
Rabbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Rabbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.
(Imtihonga kirishdan oldin uch, besh yoki yetti marta `Oyatal kursi” o‘qiladi.)

SAFAR DUOSI

All`ohumma ilayka tavajjahtu va bika i’tasomtu. All`ohumma akfin`i m`a ahamman`i va m`a l`a ahtamtu lah`u.
All`ohumma zavvidnit-taqv`a, vag‘firl`i zanb`i va vajjihn`i lil-xoyri ayna m`a tavajjahtu.
Allohim, Sen tomon intildim. Senga yukindim. Allohim, meni andishalantirgan yoxud andishalantirmagan xususlarda Sen menga kifoya qil. Taqvoni menga ozuqa qil, Allohim! Gunohimni kechir va qaerga bormayin, meni doimo yaxshilikka boshla, yo Rabbiy. (Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, har gal yo‘lga chiqqanda ushbu duoni o‘qir edilar.) («Al-azkor», 195-bet).

Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. Subh`anallaz`iy saxxora lan`a h`az`a va m`a kunna lah`u muqrin`iyn. Va inn`a il`a Robbin`a la munqolib`un.
«Bu ulovlarni bizning xizmatimizga bergan Alloh buyukdir. U barcha aybu nuqsonlardan munazzahdir. Yo‘qsa, bizning bularga kuchimiz yetmas edi» oyati o‘qiladi va uch marta «Alhamdulillah» va uch marta «Allohu akbar» degach:
Subh`anaka inn`i zolamtu nafs`i fag‘firl`i, innah`u l`a yag‘firuz-zun`uba ill`a Anta.
Allohni aybu nuqsonlardan poklab yod etaman, men o‘z nafsimga zulm qildim. Allohim! Meni kechir. Chunki Sendan boshqa kechirguvchi yo‘q («Az-azkor», 145-bet).

O‘LIM XABARINI ESHITGANDA O‘QILADIGAN DUO

Inn`a lill`ahi va inn`a ilayhi r`oji’`un. All`ohummaktubh`u fil-muhsin`iyna vaj’al kit`abah`u f`iy illiyy`in. Vaxlufhu ‘al`a ‘aqobih`i fil-g‘`obir`in. All`ohumma l`a tuharrimn`a ajroh`u val`a taftinn`a ba’dah`u vag‘fir lan`a va lah.
Bizni Alloh keltirdi, yana Unga qaytamiz va albatta Rabbimizga qovushamiz. Allohim! Uni(mayyitni) dargohingdagi yaxshi kishilar qatoriga yoz, kitobini fazilatlilarnikidan ayla. Ortda qolganlariga kafil bo‘l.
Allohim! Bizni uning ajridan mahrum etma. Undan ke-yin bizni fitnaga yo‘liqtirma, bizni va uni afv et.