Qirolicha Yelizaveta II ning hayoti to’g’risidagi ko’pchilik bilmaydigan 10 ma’lumot
Yelizaveta II ommaviy shaxs bo’lishiga qaramay uning shahsiy hayoti sir pardasi orqasida yashiringan. Oramizdagilarning ko’pchiligi qirolicha qanday yashashi to’g’risida juda kam ma’lumot va taassurotga egadirlar. U 2015 yilda Britaniya tarixidagi eng uzoq vaqt boshqarib kelayotgan monarx bo’lib qolganiga qaramay aynan shunday. Oldingizda Yelizaveta II boshqaruv davridagi va hali qirolicha bo’lmagan davridagi xayotidan eng qiziqarli ma’lumotlar. Qirolicha texnikani ta’mirlay oladi va otishni biladi. Yelizaveta 1945 yilda ayollar o’zini mudofaa qilish guruhlariga qo’shildi. U hech qachon jangovar harakatlarda qatnashmagan, ammo mexanik mutaxassiligini va yana ko’p foydali ko’nikmalarni xosil qilishga erishgan.
U kinoda suratga tushgan
Qirolicha Jeyms Bond (Deniel Kreyg) bilan qisqa metrajli filmda suratga tushgan va xatto eng zo’r “Bondning dugonasi” deb tan olingan ham.
Qirolicha o’z tug’ilgan kunini 2 marta nishonlaydi: 21 aprelda (oila davrasida) va rasmiy ravishda yozning boshida. Bu an’ana noyabrda tug’ilganiga qaramay o’z tug’ilgan kunini rasmiy ravishda yilning issiq faslida o’tkazishni yaxshi ko’rgan qirol Eduard VII tomonidan joriy qilingan.
Uning qirolicha bo’lib qolishini hech kim kutmagan edi
Yelizaveta tug’ilganidan keyin taxtga faqat 3-chi nomzod edi, shuning uchun ham, uni qachonlardir qirolicha bo’lib qolishini hech kim kutmagan edi. Biroq, Yelizavetaning amakisi taxtdan voz kechdi, shuning uchun, uning otasi Georg VI toj sohibi bo’lib qoldi. Shunday qilib, u to’g’ridan to’g’ri merosxo’r aylandi.
U 14 yoshidanoq omma oldida so’zga chiqqan
1940 yilda, 14 yoshligida, xamma uchun qiyin davrda qirollik bolalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Yelizaveta radio orqali rasman so’zga chiqqan.
Qirolichaning qutqaruvchi guvohnomasi bor
Qachonlardir Yelizaveta suzish bilan jiddiy shug’ullangan va xatto qutqaruvchi guvohnomasini qo’lga kiritishga sazovor bo’lgan.
U bo’lajak eri bilan 8 yoshida tanishgan
Yelizaveta o’zining bo’lachak eri Filipp Mauntbattenni 8 yoshligida uchratgan edi. U bir qarashdanoq sevib qolgan, lekin Filipp dastlab javoban o’z xissiyotlarni namoyon qilmagan. Yelizavetaning butun oilasi ularning nikohiga qarshi bo’lgan, lekin Yelizaveta xamma narsani yengib 21 yoshida sevgan insoniga turmushga chiqqan.
Yelizavetaning oilasi katta
Uning 4 farzandi, 8 nabirasi va 5 chevarasi bor. Uning xukmronligi davrida 7 rim papasi, 2 bosh vazir va 7 kenterberiya arxiepiskoplari almashdi.
Uning Margaret Tetcher bilan munosabatlari og’ir
“Tetcher xonim men gapirganimda hech qachon quloq somaydi”, — deb noligan edi bir marta qirolicha.
Qirolicha 3,5 million xatga javob bergan
Unga juda ko’p xatlar keladi va nafaqat Britaniyadan. Qirolichaga xar kuni bir necha tavakkaliga tanlab olingan xatlarni o’qib eshittirishadi va u maktublarga javob beradi. U shunday qilib qirolichalik davrida 3,5 milliondan ortiq xatga javob bergan.
Shu kabi qiziqarli malumotlarni o'qish uchun telegram kanalimizni kuzatib boring