Ma'lumki, televideniye ancha-muncha murakkab texnikaviy jarayondir. Uning manbalarini uzoq o’tmishdan izlash kerak bo’ladi. Ishonch bilan aytish mukinki, televideniyening taraqqiyotiga son-sanoqsiz odamlar hissa qo’shishgan. Ya'ni uni yolg’iz bir kishi tomonidan ixtiro qilingan deb bo’lmaydi. Televideniyening ixtiro qilinishiga olib kelgan voqealar zanjiri 1817-yilga, ya'ni shved kimyogari Yens Berseleus selen kimyoviy elementini kashf etgan davrga borib ulanadi. Keyinchalik, selen orqali o’tkazilgan elektr tokining miqdori selenga ta'sir ko’rsatadigan yorug’lik miqdoriga bog’liq ekanligi aniqlandi. Bu xususiyat «fotoelektr» hodisasi deb ataladi. 1875-yilda bu kashfiyot amerikalik ixtirochi G.Kerriga birinchi, hali takomillashmagan...

Rim , Qadimgi Rim — qad. davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan miloddan avvalgi 754/753 yilda asos solingan. Rivoyatlarda 8 — 6-asrlarda hukmronlik qilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (miloddan avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi 3-asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan R. yirik davlatga aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida gegemon boʻlishga intilgan, bu R.ni Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni urushlaritsan soʻng miloddan avvalgi 146 yil Karfagen ustidan gʻalaba qozongan R., Oʻrta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron...

Yelizaveta II ommaviy shaxs bo’lishiga qaramay uning shahsiy hayoti sir pardasi orqasida yashiringan. Oramizdagilarning ko’pchiligi qirolicha qanday yashashi to’g’risida juda kam ma’lumot va taassurotga egadirlar. U 2015 yilda Britaniya tarixidagi eng uzoq vaqt boshqarib kelayotgan monarx bo’lib qolganiga qaramay aynan shunday. Oldingizda Yelizaveta II boshqaruv davridagi va hali qirolicha bo’lmagan davridagi xayotidan eng qiziqarli ma’lumotlar. Qirolicha texnikani ta’mirlay oladi va otishni biladi. Yelizaveta 1945 yilda ayollar o’zini mudofaa qilish guruhlariga qo’shildi. U hech qachon jangovar harakatlarda qatnashmagan, ammo mexanik mutaxassiligini va yana ko’p foydali ko’nikmalarni xosil qilishga erishgan.

1920-yildan boshlab hozirgi Navoiy viloyatining bir qismi Qozoq SSR tarkibiga kirgan boʻlsa, 1956-yilda esa oʻsha paytda Qozogʻiston SSR tarkibiga kiruvchi boʻlajak viloyatning bir qismi paxtachilikni rivojlantirishni ko'zlab O'zbekiston SSRga oʻtkazilgan.
Birlashgan millatlar tashkilotining xitoy tili kuni har yili 20-aprelda nishonlanadi. Mazkur bayram 2010-yilda BMTning Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan “ko‘p tillilik va madaniy turli-tumanlikni nishonlash hamda tashkilotdagi barcha rasmiy oltita tildan teng huquqli foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida” tashkil etilgan. 20-aprel taxminan 5000 yil muqaddam xitoy yozuvini ixtiro qilgan San Szega hurmat bajo keltirish uchun bu sana tanlab olinadi. Ilk bor Xitoy tili kuni 2010-yil 12-noyabrda nishonlangan ammo 2011-yildan buyon har yili 20-aprelda nishonlanadi, bu taxminan guyuy oyi Sin sulolasi davridagi Xitoy taqvimi boshlanishiga to‘g‘ri keladi. “Guyuy” so‘zi tom ma’noda “tariq yomg‘iri” degan ma’noni bildiradi. BMT...

Yosh Gitlerning hayoti Bo‘lajak siyosatchi 1889-yil 20-aprelda Avstriyada, Braunau-am-Inn shahrida tug‘ilgan. U bu yerda uch yoshigacha yashagan. 1892-yil Gitlerning otasi yangi lavozimga ko‘tariladi va oila Passua shahriga ko‘chib o‘tdi.

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi — madaniy-maʼrifiy, ilmiy muassasa; Oʻrta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey. 1918 yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan; keyinchalik Markaziy badiiy muzey, 1924 yildan Toshkent sanʼat muzeyi, 1935 yildan hozirgi nomda. Muzey Toshkentda yashagan knyaz N.K.Romanovning shaxsiy toʻplami (rus va Gʻarbiy Yevropa rassomlari yaratgan portret va tarixiy kartinalar, grafika va hay kaltaroshlik asarlari, badiiy mebel, chinni buyumlar va boshqalar) negizida vujudga kelgan. Turkiston oʻlkashunoslik muzeyining badiiy boʻlimidan va boshqalar muzeylarning fondlaridan, shaxsiy toʻplamlardan sanʼat asarlari keltirilib boyitilgan (V.L. Borovikovskiy, K. P. Bryullov...

Boyovut tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1955-yil 19-aprelda Toshkent viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1960-yilda Yangiyer tumaniga qoʻshilgan. 1963-yil Sirdaryo viloyati tarkibida qayta tashkil etildi. Boyovut tumani Sirdaryo viloyatining sharqida joylashgan. Sharqda Toshkent viloyatining Bekobod tumani, janubi gʻarbda Xovos tumani, shimolida Guliston tumani, gʻarbda Mirzaobod tumani va janubda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,435 ming km². Boyovut tumani Mirzachoʻl dashtining janubida joylashgan. Relyefi tekislik boʻlib, yer yuzasi allyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental iqlim. Iyulning oʻrtacha temperaturasi „26—28“, yanvarniki —2°, —4°. Yiliga oʻrtacha 200- 300 mm yogʻin tushadi. Tuman...

Boʻstonliq tumani – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi tuman. Maʼmuriy markazi Gʻazalkent shahri.

Bundan 54 yil oldin, 1970-yili 19-aprelga o‘tar kechasi Tolyatti avtomobil zavodida Sobiq Ittifoq davrining eng mashhur avtomobillaridan birini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. “Kopeyka”ning birinchi avlodlari 1970-yildan 1988-yilga qadar ishlab chiqarilgan: bu davr oralig‘ida modelning 4,8 million ortiq nusxasi sotilgan. “VAZ-2101” o‘z tarixi davomida o‘n martadan ortiq modifikatsiyaga uchragan bo‘lib, versiyalari orasida maxsus xizmat, poyga modellar, shuningdek, eksport nusxalari o‘rin olgan.