April 19, 2024

🇨🇳 Xitoy tili kuni.

Birlashgan millatlar tashkilotining xitoy tili kuni har  yili 20-aprelda nishonlanadi. Mazkur bayram 2010-yilda BMTning  Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan “ko‘p tillilik va madaniy turli-tumanlikni nishonlash hamda tashkilotdagi barcha rasmiy oltita tildan teng huquqli foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida” tashkil etilgan. 20-aprel taxminan 5000 yil muqaddam xitoy yozuvini ixtiro qilgan San Szega hurmat bajo keltirish uchun bu sana tanlab olinadi.  Ilk bor  Xitoy
tili kuni 2010-yil 12-noyabrda  nishonlangan ammo 2011-yildan buyon har yili 20-aprelda nishonlanadi, bu taxminan guyuy oyi Sin sulolasi davridagi Xitoy taqvimi boshlanishiga to‘g‘ri keladi. “Guyuy” so‘zi tom ma’noda “tariq yomg‘iri” degan ma’noni bildiradi. BMT "Guyuy" mavsumining boshlanishini Xitoy tili kuni sifatida qaraladi, chunki afsonaga ko‘ra, bu kuni xitoy yozuvini yaratgani uchun San Szega minnatdorchilik bildirish yuzasidan samoviy kuchlar samoviy bo‘g‘doy-non yomg‘irini yuborib, aholini ochlikdan qutqargan ekan.

Shu kabi qiziqarli malumotlarni o'qish uchun telegram kanalimizni kuzatib boring

👉 Telegram kanal