April 19, 2024

Bo'stonliq tumani

Boʻstonliq tumani  – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi tuman. Maʼmuriy markazi Gʻazalkent shahri.

Toshkent viloyati xaritasi. Boʻstonliq tumani 2-soni bilan belgilangan.

Tarixi : Boʻstonliq tumani hududi 1876-yilgacha Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan.

Tarixi : Boʻstonliq tumani hududi 1876-yilgacha Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan.
Qoʻqon xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng uning hududlari yangi tuzilgan Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritiladi.
1917-yil 27-noyabrdan 1918-yil 22-fevralgacha Turkiston general-gubernatorligining sharqiy qismi Turkiston Muxtoriyati tarkibida boʻlgan.Rossiya imperiyasi parchalanib, sovet hokimiyati oʻrnatilgach, Turkiston general-gubernatorligi hududining bir qismi Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kiritilgan. 1924-yil oktyabrda SSSR tomonidan Oʻrta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishini amalga oshiriladi, buning natijasida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida turli darajadagi 5 ta maʼmuriy birlik tashkil topadi.
Bu chegaralanish natijasida hozirgi Boʻstonliq tumani hududi RSFSR tarkibidagi Qirgʻiz Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga oʻtkazilgan. 1929-yilda bu yerda Boʻstonliq qoʻzgʻoloni boʻlgan. 1936-yilda tugatilgan Qirgʻiz ASSR oʻrnida Qozogʻiston SSR tashkil topgandan soʻng tuman Bostandiq tumani nomi bilan Janubiy Qozogʻiston viloyati tarkibiga oʻtkazilgan. 1956-yil 13-fevralda tuman [[Qozogʻiston SSR] tarkibidan Oʻzbekiston SSRning Toshkent viloyati tarkibiga oʻtkaziladi va nomi Boʻstonliq tumani deb oʻzgartiriladi. 1962-yil 24-dekabrda tuman Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga kiritilgan, 1968-yil 25-dekabrda esa yana Boʻstonliq tumaniga aylantirilgan.

Geografiyasi : Boʻstonliq tumani Toshkent viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Shimoldan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan va sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Qibray tumani, janubdan Parkent va Ohangaron tumanlari, janubi-sharqdan Namangan viloyatining Pop tumani bilan chegaradosh. Tumanning maydoni 4940 km² (Toshkent viloyatidagi eng katta tuman). Boʻstonliq tumani hududi Oʻzbekistonning eng baland togʻli hududlaridan biri hisoblanadi.
Tuman hududida sharqiy Tyan-Shan, Qorjontov, Piskom, Ugom va Chatqol togʻ tizmalari joylashgan.

Tabiati Iqlimi : Iqlimi moʻtadil kontinental, havosi yozda issiq va qishda ancha sovuq boʻladi. Yillik oʻrtacha harorat +15,0 °C; yanvarning oʻrtacha temperaturasi −9,0°, iyulniki +21,0°. Mutlaq minimal harorat −26 °C, mutlaq maksimal harorat + 46 °C.
Tumanda yiliga oʻrtacha 500-600 mm yogʻin tushadi (yogʻinning asosiy qismi bahor va kuzda sodir boʻladi). Vegetatsiya davri 210-215 kun davom etadi. Boʻstonliq tumanining relyefi nisbatan bir xil boʻlib, asosan adirlar, togʻlar va baland togʻlardan iborat.
Tumanning gʻarbiy va qisman janubiy qismlarida pasttekisliklar keng tarqalgan. Faqat baland togʻlar joylashgan shimoliy qismidan tashqari, adirlar hamma joyda uchraydi.
Tumanning deyarli butun qismini sharqiy Tyan-Shan, Qorjontov, Piskom, Ugom va Chatqol togʻ tizmalari joylashgan togʻlar egallagan.
Tumandagi tepaliklar gʻarbdan sharqqa va janubdan shimolga qarab koʻtarilgan. Tumanning janubiy va gʻarbiy qismlari dengiz sathidan oʻrtacha 1000 metr balandlikda joylashgan. Tumanning togʻli hududlari ustunlik qiladigan qolgan qismi esa dengiz sathidan 1200 metrdan 4000 metrgacha balandlikda joylashgan.
Tumanning eng baland nuqtasi balandligi 4301 metr boʻlgan Piskom tizmasining Adelunga choʻqqisi hisoblanadi. Balandligi boʻyicha 2-oʻrinda Piskom tizmasining yana bir choʻqqisi balandligi 4299 metr boʻlgan Beshtor turadi. Qayd etulgan choʻqqilardan tashqari yana koʻplab baland togʻlar va choʻqqilar mavjud boʻlib, ular dengiz sathidan 1000 metrdan 4000 metrgacha balandlikda joylashgan. Tumanning eng yirik va ahamiyatli choʻqqilari Oqtosh, Katta Chimyon, Qizilnura, Mingbuloq, Poʻlatxon kabilardir.

Shu kabi qiziqarli malumotlarni o'qish uchun telegram kanalimizni kuzatib boring

👉 Telegram kanal