April 19, 2024

Boyovut tumani

Boyovut tumani

Boyovut tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1955-yil 19-aprelda Toshkent viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1960-yilda Yangiyer tumaniga qoʻshilgan. 1963-yil Sirdaryo viloyati tarkibida qayta tashkil etildi. Boyovut tumani Sirdaryo viloyatining sharqida joylashgan. Sharqda Toshkent viloyatining Bekobod tumani, janubi gʻarbda Xovos tumani, shimolida Guliston tumani, gʻarbda Mirzaobod tumani va janubda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,435 ming km². Boyovut tumani Mirzachoʻl dashtining janubida joylashgan. Relyefi tekislik boʻlib, yer yuzasi allyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental iqlim. Iyulning oʻrtacha temperaturasi „26—28“, yanvarniki —2°, —4°. Yiliga oʻrtacha 200- 300 mm yogʻin tushadi. Tuman hududida Bekobod shamolining taʼsiri kuchli. Tuman hududidan Janubiy „Qalin matn“ Mirzachoʻl kanali va Toshkent viloyati Bekobod tumani chegarasidan „Doʻstlik“ kanali oʻtgan. Grunt suvlari shoʻr va shoʻrtob. Tuproqlari lyoss ustida vujudga kelgan har xil boʻz tuproqlar. Koʻp yerlarini shoʻr bosgan. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, quyon, sudraluvchilardan turli xil ilonlar, suvda va qurukda yashovchilardan choʻl qurbaqasi uchraydi. Sultonhovuz koʻlidan baliq ovlanadi.

Shu kabi qiziqarli malumotlarni o'qish uchun telegram kanalimizni kuzatib boring

👉 Telegram kanal