July 28, 2025

𝐌𝐲 𝐝𝐚𝐝 𝐒𝐬 𝐏𝐚𝐫𝐀

2qism
𝐌𝐲 𝐝𝐚𝐝 𝐒𝐬 𝐏𝐚𝐫𝐀 π‰π’π¦π’π§πŸ–€β›“

Luna: Nega mening hayotim unday? Men nolimaslikni hoxlayman va harakat qilyapman. Qo'limdan kelmayapti. Boyman to'g'ri yeganim oldimda yemaganim ortimda. Lekin bu kamlik qiladi. Qaniydi kambag'al bo'lsam ham mehribon oilaning farzandi bo'lsam. Rozi edim shu la'nati boylikni qurbon qilishga.) Luna o'ziga o'zi gapirar ekan sekin ko'zlari yumuldi. Uyquga ketdi.

Luna faqat uyqusida hotirjam va baxtli bo'la olardi holos. U tashqaridagi insonlarga ko'nglini tez ocha olmaydi. O'zini doim baxtsiz his qiladi. Tashqaridagi insonlarga o'zini doim baxtlidek, hayotdan hursanddek ko'rsatadi.
....................................................
Jimin: Inve men keldim.) Stulda telefon kovlagancha o'tirgan ayol mayin ovoz eshitilgan tomon qaradi va yuziga tabassum yugurdi.
Park Jimin

Park Jimin

Inve: Salom Jimin. Yaxshi keldingmi.) Yigit tomon yurdi va uni mayin quchoqlab oldi.

Jimin: Men sen bilan bir masalada gaplashib olmoqchiman. Bu juda muhim. Kel endi o'tiraylik.

Inve: Yaxshi. Gap nimada Jimin. Nimadur bo'ldimi?

Jimin: Ha gap shundaki men seni sevaman va senga uylanmoqchiman. Bilaman bu gapni keskin oshkor qildim. Ammo o'ylab ko'rishing uchun vaqt bor.
....................................................
Luna quyoshning iliq nurlari orqali mamnuniyat bilan uyg'ondi. O'rnidan turdi va dushga kirib ketdi. Eng qimmat va eng yoqimli vositalardan foydalanar ekan, uning doimiy ifori insonni o'ziga rom etmay qolmaydi. 30 daqiqadan so'ng banniy halatda hammomdan chiqib xonasidagi vaziyatdan biroz asabiylashdi.

Hizmatkor: Haligi xonim s..siz chiqib ketgansiz deb o'ylagandim. X.x..xonada yo'q edingiz.) boshini eggancha titrab javob berardi.
Luna: Men qachon bu mahal xonamdan tashqarida bo'lganman? Shu soatda qayerga ketishim mumkin? Kelganingga qancha bo'ldi?

Luna: Shu ikki oy ichida menga o'rganmadingmi? O'rningda boshqasi bo'lganida shu 2 oy ichida mening rejimimga allaqachon o'rgangan bo'lardi. Ishdan bo'shashni istamasang boshqa qaytarilmasin.

Hizmatkor bosh chayqab chiqib ketayotgan edi Luna tomoq qirib unga to'xta ishorasini qildi.

Luna: Men 15 daqiqada pastga tushaman. Nonushta tayyorla. Agar nonushtadan kamchilik topguday bo'lsam ishdan bo'shashing aniq.

Hizmatkor: Xo'p bo'ladi xonim.
Luna: Men bugun o'qishga barvaqt boraman oyimga aytib qo'yarsan. Agar unga qiziq bo'lsam.) Xizmatkor xo'p ishorasini qilgancha xonani tark etdi.
15 daqiqadan so'ng Luna doimgidan boshqacha stilda kiyinib tushdi va nonushta qila boshladi. U nonushtadan keying uyni tark etdim.
Lunaning bugungi stili.

Tasia: Lunaa. Men keldim.) Boshini partaga qo'yib o'tirgan qiz birdan Tasiaga qarab ko'zlari porlab ketdi.

Luna: Xush kelibsan. Tasia bugun klubga boraylik iltomos yo'q demaaa.) Qiz dugonasiga lablarini cho'chaytirgancha mo'ltillab qaradi.

Tasia: Kechirasanu Luna menga bunday aktrisalik mahorating o'tmaydi. Bugun kutubxonaga kirishni rejalashtirgandim. Undan ko'ra sen ham yur. Hech bo'lmasa ozroq bilim olarmiding.) Uning bu javobini kutmagan Lunaning ko'zlari osmonga uchdi.

Tasia: Hey menga ensangni qotirma axir imtihonlarda va nazorat darslarida asqotamanku yaramas.) Luna 32 tishini ko'rsatib huddi hijolat bo'lgandek tabassum qildi.
Tasia

Luna: Nega tashqarida odam ko'p. Yangi o'quvchi kelarkan deb eshitgandim. Yur ko'raylikchi.

Tasia: yaxshi.) Ular universitet bog'iga chiqishdi. Mana buni haqiqiy olomon desa bo'ladi. Maktab darvozasi oldida qora lambargini to'xtadi va undan kelishgan bir yigit tushdi. Ortidan esa yana bir qator mashinalar to'xtadi va yigitning yugurdaklari o'z mashinalaridan tushishdi. Yigit hech kimga parvo qilmay universitet tomon yurarkan birda Lunani ko'rdi va u tomon qadam tashlay boshladi. Ayyorona tabassum bilan Lunaning oldiga yaqinlashgan yigit iliq ammo soxta salomlashdi.

Jungkook: O'uuu. Kimlarni ko'ryapman. Bizning mashhur Kim Luna. Sen bilan uchrashaman deb o'ylamagan edim qizaloq.
Luna: Salom Jeon. Nega bu yerdasan?) Mensimagancha kinoyali gapirdi.

Jungkook: Haa juda iliq salomlashish. O'zgarmabsan. O'sha jasoratli, hech kimni mensimaydigan, burni osmonda bo'lgan Luna...

Luna: Adashasan Jungkook jasoratim yanada oshgan va juda go'zal qiz bo'lganman. Buni payqaganing aniq.
Jungkook: Ha payqadim. Aslida sen doimo go'zal bo'lgansan azizam.) Jungkookning ko'zlari qo'rquvdan titrayotgan Tasiaga tushdi.

Jungkook: Salom dunyo go'zali. Meni sog'indingmi?) Ayyorona tabassum qildi. Qiz nima qilishni bilmay qoldi va ko'zlarini olib qocha boshladi. So'ng chiday olmay u yerdan ketib qoldi.

Jungkook

Luna: Undan uzoq tur Jungkook. Bo'lmasa burdalab tashlayman. O'z o'rningni bilib yur.

Jungkook: O'uu ancha tiling burrolashib qolibdi. Sen meni tanimagan ko'rinasan. Men Jeon Jungkookman va hoxlagan odamimga yaqinlasha olaman, istasam o'sha yerning o'zida jonini olaman. Meni hech kim to'xtata olmaydi. Sen kim bo'lipsan.

Luna: Odobli bola bo'l Jeon. Shunda ikkimiz ham jim yuramiz. Unga yana zarar bersang aytib qo'yay murdangni itlarga talataman.) Qiz gapini tugatgach dugonasining izidan ketdi. Qizlar xonasidan yeg'i ovozi kelardi. Luna yugurib bordi.

Luna: Tasia dugonajon o'zingni bos. Yeg'lama. U senga ortiq azob bera olmaydi. Men yoningdaman. Seni himoya qilaman.
Tasia: Iltimos Luna meni yolg'iz qoldirma. Men undan qo'rqaman. O'tmish takrorlanishini istamayman. Yana o'sha onlardek xo'rlanishni hoxlamayman.) Qiz yeg'idan to'xtab to'xtab gapirar edi. Allaqachon yuzlari shishishga ulgurgan Tasia o'rnidan turdi va Lunaning yordamida o'zini tartibga keltirdi.
Hizmatkor: Hayrli tong xonim.) Hizmatkor Invega ta'zim qildi.

Inve: Nonushta tayyormi?) E'tibor bermay gapirdi.

Hizmatkor: ha honim tayyor. Haligi xonim Luna xonim bugun vaqtli ket...
Inve: Qiziq emas. Sendan buni so'ramadim.) Stulga o'tirib nonushta qila boshladi. Hizmatkor esa oshonaga kirgancha o'ziga o'zi gapirdi.

Hizmatkor: Yo tovba. Kim bu insonni ona deydi. Ko'zlarida bir tomchi ham havotir yoq.

Inve: Hizmatkor.
Hizmatkor: Labbay xonim?
Inve: Mana bu xatni Luna kelganida unga berib qo'y.) Hizmatkor bosh chayqadi. Inve sumkasini olib mashinasiga o'tirdi va ofisga jo'nadi.
.......................................................
Davomi bor...