Armygdala 💔 1
Muallif:#jeon_yuna
@Jeon_yunashi ❤️
Baxt va vaqt! Bir-biriga oʻzaro bogʻliq narsalar. Vaqt bu kutmoq degani. Qachongacha bilmaysan, ammo istalgan cheksizlikda kutishing mumkun. Chiroyli sabr ila kutganingni goʻzal tuhfasi, lazzatli yakuni esa bu - Baxt!*Uch aka-uka! Oʻzlarining bir vaqtlar ajoyib rang barang xotiralariga boy boʻlgan kattakon uylarida bugun qorongʻulik hukm surar va bu zulmat barchaning kayfiyatiga oʻz tasirini oʻtkazmay qoʻymasdi. Qorongʻu zal. Kamin atrofida olov choʻgʻlariga tikilgancha uch aka - uka oʻtirar ekan. Gulhan shulasi honani arang yoritar edi. — Uni bu holatiga ortiq chiday olmayman! Oradan 6oy vaqt oʻtdi. Nahot haligacha uni unuta olmasa! – Hoseok koʻzida qandaydir tushunarsiz gʻazab bilan bu gapni aytdi. — U allaqachon ruhiy hastaga aylangan. U borasida bir qarorga keldim. Uni ruhiy hastalar shifoxonasiga topshiramiz! Namjoon bir zum boʻlsada koʻzlarini yummasdan nigohlarini xonaning qorongʻu burchagiga tikkancha ushbu gapni aytar ekan aslida ichidan nimalar oʻtayotganini faqat oʻzi bilar edi. Jin va Hoseok hayrat bilan Namjoonga qarashdi.
— Ha shunday qilmoqchiman! 6 oydan beri harakat qilyapmiz. Ammo u oʻziga kelmayapti. Aksincha oʻz botqogʻiga botib boryapti. Aslida bu uning doimiy erkaliklaridan biri. Qachonki xaqiqiy jinnilar orasiga tushsa shundagina aqli kiradi. — Oʻziga bu holati yoqyapti deb oʻylaysizmi? Sizningcha u buni atay qilyapti ekanda?!— Buni atay qilmayapti! Ammo bu holatdan chiqishga ham urinmayapti. Bu uni qaysarligi mahsuli. Boshqa hech narsa emas!— Ammo u oʻsha qizni qattiq sevar edi...— Lekin u oʻldi! - Namjoon qoʻlini zarb bilan stolga urdi va uyni toʻldirgancha qichqirdi.
Qanday qilib unga hiyonat qilgan inson uchun bunchalik aza tutish mumkun. Qachongachaa..! Uni xatto oʻlgani ham maʼlum emas! Jasadi yoʻq. Oʻsha vaqt nima boʻlganini hech kim bilmaydi. Na guvoh bor, na dalil! U bilan tanishganiga xatto bir yil ham boʻlmagan edi...— Akaaa... — Ikkingiz ham bas qiling! - dedi boyadan beri sukut saqlab turgan yigit. Keyin esa Namjoonga yuzlandi. — Buni yaxshilab oʻylab koʻrding shundaymi? - dedi. Namjoon ha deb bosh siltagach Hoseokga qaradi va — Yoongining narsalarini tayyorlat! Ertagayoq uni kasalxonaga olib boramiz! - dedi.
Hoseok bor umidini ham yoʻqotgandek bir Jinga bir Namjoonga qaradi. U juda holsiz holga kelgandi. — Agar Yoongining oʻrnida u emas men boʻlganimda.. demak meni ham jinnixonaga tiqardingiz!Ikkisiga ham jirkangan nigohlari bilan qarardi. Ulardan sado kelmagach ortiq bu yerda qolishga madori qolmadi. U biladi doim katta akalarni aytgani boʻladi. Qoʻlidan hech bir ish kelmasligini anglagan holda katta qadamlar bilan bu yerni tark etdi va yuqoriga qarab yoʻl oldi.
Shundoqqina oʻz honasi bilan yonma-yon boʻlgan xona ostonasiga kelar ekan eshikga osib qoʻyilgan «Go away» yozuvini koʻrdi va uni ilk bor osib qoʻyilgan kunni esladi...— Ayshsh... Nega meni honamga hadeb kiraverasizlar! Bu hona menikimi yoki sizniki. Bu yerdan chiqing. Bu shaxsiy hudud - Yoongi dars stolida oʻtirib kompyuterda oʻyin oʻynar ekan honasiga bostirib kirgan Hoseokdan jahli chiqdi. — Yoʻq chiqmayman! Menga seni honang yoqadi. Xatto Jin hyungni ham xonasi bunchalik katta emas - deb samimiylik bilan gapirar ekan ortida uni gapini eshitib turgan Namjoon;— Chunki uni ichi tor! Shunga u hech qayerga sigʻmaydi - dedi. Hoseok Namjoonni gapi toʻgʻri boʻlgani uchun kulib yubordi. — Hoy ikkingiz ham qani tez honamdan daf boʻlingchi. Yoki haydab solaymi?— Bundan ortiq yana qanday haydashing mumkun? - deb ensa qotirgancha chiqib ketdi. Yoongi Hoseokga tikilgancha uni ham chiqishini kutar ekan— Yaxshi chiqaman - deb eshik oldiga bordi va qayta ortga oʻgirildi.— Avval meni yoqtirishingni ayt! - deb turib oldi.
— Nima hotiningizni aytayotgani yetarli boʻlmayaptimi? - dedi piching qilib. — Nima menga xasad qilyapsanmi? - dedi va Yoongini jahl bilan qosh chimirgancha turishga shaylanayotganini koʻrib eshikni yopgancha honadan chiqib ketdi.
Oʻsha kundan boshlab Yoongi honasini qulflab yuradigon boʻldi va aynan shu kundan keyin eshik oldida «Go away» degan yozuv joy oldi. Hoseok bir zum shularni oʻylab yuziga alamli tabassum yugurdi. Avvallari hech kim kirmasligi uchun qulf boʻladigon bu eshik hozirda u chiqib ketmasligi uchun qulf edi...
Yoongi yop yorugʻ honada qogʻozdan sanalyot yasab oʻtirar edi. Eshik ochilishi bilan yuzi oʻzgarib xona burchagiga turib oldi. Ichkariga Hoseok uni choʻchitib yubormaslik uchun asta moʻraladi. Yoongiga nim tabassum qilgancha ichkariga kirib uni yoniga bordi. Yoongi qoʻllarini orqaga qilib ayb qilgan boladek boshini egib turar edi. Hoseok Yoongiga bor mehri bilan tikilar ekan qoʻllarini uning yelkasiga tutdi. — Ukajon yaxshimisan? Ovozi titrab bu savolni berdi. Yoongi bir nuqataga qarab turaverdi. Hoseok qisqa jilmayib Yoongini quchdi. — Iltimos erta tonggacha aslinga qayt! - dedi. Yoongi esa Hoseokni itarib gʻalati tovush chiqargancha baqirishni boshladi. Tinimsiz oʻzini urib baqirar edi. Hoseok uni tinchlantirish uchun yaqinlashar ekan ovozini yanada kuchaytirib uyni boshiga kiyardi. Hoseok honani tark etishga majbur boʻldi. U chiqgach koʻp vaqt oʻtmay hona yana jimib qoldi. Eshikni sekin ochib xavotrlangancha ichkariga qaradi. U endilikdan yerga oʻtirib boshini changallagancha yigʻlardi. Uni tashqaridan kuzatib qanchalik qalbi achishmasin unga yordam berolmasligi ayni dam uni qiynar edi...Yoongi
— Mana hayotim men keldim! - deb charchagan boʻlishiga qaramay tabassum bilan uyga kirib keldi. Toʻgʻri oʻng qoʻldagi hona tomon oshiqdi. Uch yoshli bolakay ayolning yoqimli ovozini eshitishi bilan yugurib chiqib keldi. — Omma! - degancha onasini oyoqlaridan quchib oldi. Yure Minwooni quchib erkalata boshladi— Buni qaranglar meni oʻgʻlim bugun juda kuchlimi? - dedi Minwooni mitti mushaklariga hayrat bilan qarab. Minwoo ham mushaklarini koʻz koʻz qila boshladi. — Bu nima? - dedi Minwooni mitti jussasiga nisbatan boʻrtib tirgan qorniga urib – tarvuz pishgan koʻrinadi - deb barmoqlarini uni qorni ustida oʻynata boshladi. Minwoo esa qiqrab kulib oyisini qoʻlidan chiqishga urinar edi. Ularni orqadan kuzatib turgan qiz jilmaygancha— Kelganidan beri juda koʻp suv ichdi - dedi qoʻllarini hamon qovushtirib turgancha. — Hoo bugun ham bizni choʻktirib yuborar ekansanda - dedi koʻzlarini katta katta ochgancha.
— Yoʻq! - dedi Minwoo erkalanib. Yure oʻrnidan turib oshxonaga yoʻl olar ekan Hein ham uni ortidan ergashdi...— Hoʻsh bugungi ish kuni qanday oʻtdi - deb stollardan bitiga uni diqqat bilan eshitishga tayyor odamdek oʻrnashib oldi. — Nima ham boʻlardi. Doimgidek ish kuni... - dedi hoʻrsinib. — Bilmadm ammo yaqin orada hayoting butkul oʻzgaradi menga ishon - dedi xuddi barini oldindan biladigon odamdek ishonch bilan— Hayotimdan mamnunman. Oʻzgarishini istamayman. Bari shundayligicha qolsin...— Nega ekan. Hali yoshsan. Minwoo ham hali esini tanib ulgimadi. Hayotingda kimdr paydo boʻlishi uchun bu yil eng yaxshi vaqt. Minwoo ham oʻsha odamni otam deb qabul qilishi oson boʻladi....— Minwooga otaning keragi yoʻq. Biz oʻgʻlim bilan shundoq ham baxtlimiz. Yaxshisi oʻzing haqingda qaygʻur.. Yure bugun Minwooni bogʻchasidagi majlisga kirib bir oz ushlanib qoldi va ishga kech qoldi. Shoshgancha ishxonaga kirar ekan boshligʻi uni koʻrishi bilan koyib ketdi. — Nega buncha kech?! Erta tongdan qiyomat boʻlganini bilasanmi? Bu yangi bemor. Uni alohida palataga oʻtkazishlarini talab qilishyapti...— Ammo bizda yakka bemorlar uchun hona mavjud emas... - dedi Yure hayron boʻlib — Shuning uchun ikkinchi qavatdagi 154-xonani boʻshatasan. Bu bemorni varaqasi. U Kimlarga tegishli. Shunday ekan unga eʼtiborli boʻling! - deb chiqib ketdi. Yure varoqni diqqat bilan oʻqir ekan bemorni ismini oʻqishi bilan koʻzlariga ishonmay qayta qayta qaradi.
— Bu bemor hozr qayerda - dedi yonidagi hamshira qizga. Uni ovozidan asabiy ekani sezilardi. Hona raqamini aytishi bilan oʻsha tomonga yugurib ketdi. Yure shu qadar shoshar ediki xuddi sekinlashsa qadrli narsasidan ayrilib qoladigondek... Yure oʻsha hona eshigini shaht bilan ikkilanishsiz ochdi. U yerda koʻzlari qondek qizargan nigohlari yovuzlashgan yigit koʻzlarini olazarak qilgancha qarab turardi. Yure toʻxtab qoldi. — Bu rostan ham senmi? - dedi titroqli ovozida. Koʻzlari yoshga toʻlib borar ekan oʻziga erk berib oʻzini yigitni bagʻriga otdi. Uni mahkam quchoqlab oldi. Yigit qizni oʻzidan uzoqlashtirib — Yoʻqol! Kimsan sen? Sen ajinasan... Minani sen oʻldirding. U seni deb oʻldi. Endi uni topasan. Qayerdan boʻlmasin topasan! - dedi Yureni koʻksiga qattiq zarbalar berib turtgancha. Koʻzlari shu qadar yovuzlikga toʻlgandiki Yure qoʻrqib ketdi.
— Suga... bu menman! Yure. Qiz yigitga achinib qarardi. Yigitga qarab shu qadar ezilar ediki yuragi nimatalanayotganini sezish qiyin emasdi. Yoongi bir oz oʻzini bosib xuddi mushukdek yuvvosh boʻlib divan chetiga oʻtirib oldi. U huddi begʻubor bolakayni eslatar edi. Yure ohistalik bilan Yoongining yoniga oʻtirib qoʻrqqancha qoʻllarini yigitning qoʻllari ustiga qoʻydi. Yoongi etiroz bildirmagach muloyimlik bilan gap boshladi— Meni esladingmi? - dedi. Yoongi bir nuqtaga tikilishni davom etar ekan yoʻq deb bosh irgʻidi. Yure koʻz yoshlarini ortga qaytarishga urinar ekan — Aldoqchi - deb uni bagʻriga bosdi. Yoongini sochlaridan silab koʻz yoshlariga erk berdi. Yoongi ham hodadek jim turaverdi, qarshilik qilmadi...