Tanlangan 13
Jungkook : Minso nimadir boʻldimi?
Eshik ochilib Jungkook xonaga kirib keldi. Minso ham unga qarab.
Minso : Hech nima. Shunchaki biroz asabiylashyapman. Men hammasini Taehyung va Hoseokdan eshitdim. Ertaga muvozanat toshi oldiga boramiz.
Jungkook : Demak sen uni toʻgʻirlashga kuchim yetadi deb oʻylaysan shunaqami?
Minso : Rostini aytsam ishonchim komil emas lekin harakat qilib koʻrishim kerak.
Jungkook : Minso. Sen men hayotimda uchratgan eng irodali va kuchli qizsan. Bu albatta sening qoʻlingdan keladi. Men bunga ishonaman.
Jungkook : Aslida hayotimda paydo boʻlganing uchun men raxmat aytishim kerak senga.
Jungkook
Jungkook Minsoning qoʻlini tutib uning peshonasidan oʻpib qoʻydi va qattiq bagʻriga bosdi. Minso ham unga javoban maxkam quchib oldi. Minso Jungkookning bagʻrida xuddi kichkina qizchalarga oʻxshab qolgandi. Ular shu holatda turishganida Minso bu tinchlikni buzdi.
Minso : Agar...agar men vampirlar qoʻliga tushib qolsam. Meni oʻzing oʻldir hoʻpmi.
Jungkook bu gapni eshitib Minsoni tezda bagʻridan chiqardi.
Jungkook : Nimalar deyapsan Minso? Men aslo bu ishni qilmayman.
Minso : Jungkook iltimos qilaman. Men ular qoʻlida ayanchli jon berganimdan koʻra sening qoʻlingda oʻlganim yaxshi.
Jungkook : Minso bu gaplarni bir marta ayting boshqa qaytarma. Sen oʻlmaysan. Men bunga yoʻl qoʻymayman. Sen menga keraksan.
Minso : Jungkook. Iltimos shunchaki vada ber. Men ham oʻlish niyatim yoʻq. Lekin men hammaga xavf solishni istamayman.
Jungkook chuqur uh tortgancha boshini silkidi.
Jungkook : Vada beraman Minso sen vampirlar qoʻlida oʻlim topmaysan.
Minso : Raxmat Jungkook.
Minso
Minso mayin jilmayib Jungkookdan boʻsa oldi. Jungkook ham uning boʻsalariga javob qaytardi.
Jungkook/pov : Men oʻzimni yaralangandek his qilyapman. Huddi yuragim urishdan toʻxtamoqchidek. Menga nima boʻlyapti oʻzim ham bilmayman ammo Minsong oʻlim haqidagi soʻzlari meni xavotirga soldi. Huddi eng yaqinimni yoʻqotgandek his qildim oʻzimni. Bu qanday tuygʻu tushuna olmayapman.
Jimin Tannie yotgan xonaga uning axvolini soʻrash uchun kirdi.
Tannie : Ha hammasi joyida. Ancha tuzalib qoldim. Raxmat sizga Jimin.
Jimin : Nega raxmat aytasan. Aslida men aybdorman. Senga otda sayr qilamiz demasligim kerak edi.
Tannie : Yoʻq Jimin unaqa emas. Bu hayotimdagi ajoyib onlar boʻldi. Bu ogʻriqlar ham undan esdalik boʻlib qoladi.
Jimin unga jilmayib qarab qoʻydi. Tannie ham har doimgi xush chaq chaq holatini saqlagan holda turardi. Oraga sukunat choʻmdi. Bu tinchlik ikki yoshni biroz bezovta qilardi. Ikkovi ham gapni nimadan boshlashni bilmasdi.
Jimin : Tannie...
Tannie : Jimin...
Ular bir birining ismini baravariga aytishdi. Bundan ikkovi ham kulib yubordi.
Tannie : Mayli siz birinchi ayta qoling.
Jimin : Ayollarning xurmati bor.
Jimin
Tannie yana kulib qoʻydi.
Tannie : Yaxshi men birinchi aytganim bolsin. bilasizmi...haligi...haligi
Jimin unga tikilib turardi Tannie nima deyishni bilmay koʻzini yumib oldi.
Tannie bir nafasda aytishga qiynalayotgan gaplarini shartda aytdi. Koʻzlari yumilgan Tannie Jiminning reaksiyasini bilish uchun sekin koʻzlarini ochdi. Ochishi bilan Jiminning qaynoq lablarini Tanniening lablari bilan toʻqnash keldi. Tannie hayrat bilan koʻzlarini katta katta ochgan holda hech bir harakatlarsiz qotib turardi. Bu holatni Jimindan hech ham kutmagandi.
Tannie/pov : Sevishimni aytishga rosa qiynaldim. Lekin oʻzimni boʻsh qoʻyib xuddi aytishga ulgurmay qoladigandek bir nafasda aytdim. Koʻzlarim hali ham yumilgan edi. Jimin tomondan hech bir soʻz javoban qaytarilmasdi. Men uning yuz tuzilishi qay axvoldaligini koʻrish uchun sekin koʻzlarimni ochdim. Ammo ochishim bilan u mendan boʻsa oldi. Men qotib qoldim. Nima qilishni bilmasdim. Na oʻzimdan itarishni na boʻsalariga javob qaytarishni bilardim. Bu juda kutilmagan boʻldi.
Bir necha daqiqalik boʻsadan soʻng Jimin Tannie dan uzoqlashdi. Uning koʻzlariga qarab biroz jilmaydi.
Jimin : Toʻgʻrisini aytsam men ham seni sevib qolganga oʻxshayman. Negadir yuragim sen tomon talpinyabdi. Tannie men ham seni sevaman.
Tannie quvonib Jiminni qattiq quchib oldi. Hursandchiligi ichiga sigʻmasdan Jiminni qanday bogʻib qoʻyganini bilmasdi.
Tannie
Jimin : Ta...Tannie boʻgʻib...boʻgʻib qoʻyding.
Tannie Jiminni ovozini eshitib tezda uni qoʻyib yubordi.
Tannie : Kechirasan. Men haligi shunchaki quvonib ketdim.
Jimin kulib uning burniga tegib qoʻydi.
Jimin : Hech qisi yoʻq kichkintoy. Endi esa yotib dam ol. Men esa borib ertangi kunga tayyorgarlik koʻray.
Tannie : Nima uchun tayyorgarlik?
Jimin : Taehyung senga aytmadimi?
Tannie : Yoʻq u shunchaki axvolimni soʻrab bilib chiqib ketdi holos.
Jimin : Minso kuchini boshqara olyapti. Ertaga muvozanat toshi oldiga boramiz. Minso uni oʻz holiga qaytarmoqchi.
Tannie : Nega menga avvalroq aytmadingiz. Men ham tayyorlanishim kerak axir.
Tanni endi yotoqdan turaman deganda Jimin uni toʻxtatib qoldi.
Jimin : Yoʻq yoʻq sen bormaysan.
Tannie : Nega? Men Minsoni oldida boʻlishim kerak.
Jimin : Chunki sen jarohatlangansan. U yer esa xavfli. Men senga biron nima boʻlishini xoxlamayman. Bundan tashqari akang ham ketishni istamayapti.
Tannie : Lekin Jimin...
Jimin : Lekin pekini yoʻq. Men uchun birinchi oʻrinda sogʻliging. Hoseok ham sen bilan birga qoladi. Xavotir olma biz tezda qaytamiz. Endi esa dam ol.
Jimin Tanniening peshonasidan oʻpib uni tinchlantirdi.
Tannie : Yaxshi. Faqat vada bering hech qanday jatohatlarsiz.
Jimin jilmayib xonadan chiqib ketdi. Chiqishi bilan kulib turgan yuzi yana xomush boʻlib oldi.
Jimin/pov : Men seni sevib qolganimni aniq bilmayman Tannie lekin seni sevgingni qabul qilganim uchun afsuslanmayman deb umid qilaman. Balki kelajakda seni sevarman ammo hozir men shunchaki majburlikdan bu ishni qilyapman. Tannie meni kechir. Ertaga nima boʻlishini ham bilolmayman. Har qanday xavf xatarga duch kelishimiz mumkin. Sening hayotingni qil ustiga qoʻyishni xoxlamayman.
Jimin shularni oʻylagancha xonasiga chiqib ketdi.
Hamma ketishga tayyorgarlik koʻryapti. Minso asabiylashgancha otga minishga harakat qilardi. Taehyung buni payqab uning yoniga keldi.
Taehyung : Minso. Hammasi yaxshi boʻladi. Sen uddalaysan. Nima boʻlganda ham men sening yoningdaman.
Taehyung
Minso : Raxmat Taehyung.
Taehyung Minsoni quchib oldi. Buni uzoqdan koʻrgan Jungkook negadir gʻazablana boshladi. Ammo buni oʻzi ham tushunmasdi.
Taehyung Minsoni otga minib olishiga koʻmaklashdi. Ketish vaqti boʻldi. Muvozanat toshi yoniga Minso, Taehyung, Jungkook, Jimin va yana bir ikkita perilar ketishayotgandi. Tannie ularning ketishini saroy tepasidan kuzatib turardi. Negadir yuragi gʻash boʻlib ular uzoqlashishini tomosha qilardi.
Taxminan 1 soatlik yoʻldan soʻng ular chegaraga yetib kelishdi. Bu huddi jannat va doʻzax chegarasidek edi. Vampirlar tomon qop qorongʻu qalin oʻrmon bilan qoplangan edi. Minsoning borgan sari hayajon va qoʻrquv bosa boshladi. Ular chegara boʻylab yurib borishar ekan bir manzilda toʻxtashdi.
Ikkita katta xarsang tosh oʻrtasida bir chiroyli koʻzga yaqqol tashlanuvchi tosh turadi. Faqat u nursiz edi. Huddi guldek soʻnib qolgan. Hamma otdan tushishdi.
Muvozanat toshi
Taehyung : Manashu muvozanat toshi. Minso bu yogʻi seni ishing. Sen buni qila olasan. Qani boraqol.
Taehyung Minsoga dalda bergancha uni muvozanat toshi oldiga boshladi. Minso oyoq qoʻllari qaltiragan holda ikki xarsang ustiga muvozanat toshi oldiga chiqdi. Nima qilishni bilmay har tarafga alanglardi. Hamma unga qarab turgan Minso esa qoʻrquv ichida qolgandi.
Minso/pov : Eplay olmasamchi? Qoʻlimdan kelmasachi? Men nima qilishim kerak oʻzi? Hattoki kuchimni boshqara olmayman. Yoʻq Minso. Yoʻq. Oʻzinga kel. Sen buni qila olasan. Lianniening gaplsrini esla. Kuchingni his qil. Men buni eplayman.
Minso
Minso chuqur uh tortib koʻzlarini yumdi. Oʻzini erkin his qilib. Kuchini yurak bilan his qilishni boshladi. Koʻzlari yumiq holda qoʻlini muvozanat toshiga tekkizdi. Bor his tuygʻularini jamlab muvozanat toshini jonlantirishga harakat qilardi.
Oradan soniyalar oʻtib Minsoning atrofi yana barglar bilan toʻla boshladi. Ular atrofni oʻrab olib huddi Minsoni himoya qilayotgandek edi. Hamma hayrat bilan Minsoga qaradi. Sekin uning qoʻllaridan nur koʻrina boshladi. Muvozanat toshi sekin gullay boshladi. Pastki qismidan oʻsimliklar oʻsib uni oʻradhni boshladi. Huddi unga jon kirayotgandek.
Taehyung : U uddalayapti. U buni qila olyapti. Minso yana biroz.
Taehyung
Taehyung Minsoga gapirgancha unga yana davom ettirishini soʻrardi. Minso Taehyungning gaplaridan soʻng koʻzlarini sekin asta ochdi. Muvozanat toshinining tiklanayotganini koʻrib ich ichidan quvonib ketdi. Yana koʻproq kuch berishga harakat qilaman deganda kamon oʻqi kelib Minsoning qoʻlini tilib ketdi.
Minso muvozanatni yoʻqotib xarsang toshdan qulay deganda uni Jungkok ushlab oldi.
Atrofni tezda vampir va boʻri odamlar egallab oldi. Ular koʻpchilik bolgani uchun Taehyung va boshqalar tuzoqqa tushgandi.
Jimin qanotlarini yoyib uchaman deganda zanjir otilib uning qanotlarini oʻrab qoʻydi. Jimin ogʻriqdan yerga yiqildi. Qanotlari qayrilgan va shikastlangan holatda zanjirlar bilan oʻralgandi.
Boshqalar ham boʻsh kelishni istamay jang qila boshladi. Ayovsiz jang boshlandi. Ammo kuchlar tenglik qilmay Taehyungning odamlari taslim boʻla boshladi. Lekin Taehyung buning aksi edi.
Minso tepadan yiqilgani uchun xushini yoʻqotgandi. Jungkook uning yuziga urib oʻz holiga keltirdi. Minso ogʻriqdan koʻzlarini ochib atrofga qaradi. Deyarli Perilarning hammasi oʻlgan Jiminning qanotlari zanjir bilan bogʻlangan ogʻriqli boʻlsada jang qilardi. Taehyung ham ular bilan olishardi lekin toʻsatdan orqadan vampir kelib unga xanjar sanchdi. Taehyung sekin asta yerga oʻtirib oldi.
Suga qattiq kula boshladi. Orqa tomondan Isuu va Jungwoon ham kelishdi. Isuu atrofga qaradi izlagan odamini koʻrib quvondi lekin yonidagi Minsoni koʻrib gʻazabi oshib ketdi.
Isuu
Suga : Demak oʻsha Tanlangan qiz sen ekansanda. Sening qoningni ichish bir umrlik orzuyimga aylangandi.
Suga Minso va Jungkookning oldiga yaqinlasha boshladi. Minso ham uning nima qilmoqchiligini tushunib kecha Taehyung unga bergan xanjarni Jungkookga uzatdi.
Minso : Iltimos vadangni unutma.
Minso
Minso yigʻlab Jungkookga gapirardi. Jungkook qoʻlidagi xanjarga qarab uni Minsoga toʻgʻirlab koʻtardi. Minso koʻzini yumib oʻlishga ta
yyorlanganda Jungkookning gaplarini eshitib hayrat bilan unga qaradi.