July 14, 2025

Armygdala 💔 2

Yure buyurilgan honani tartibga keltirib boʻlishi bilan bu yerga mahsus mebellar kelib oʻrnatildi. Bu kichik hona hashamdor mebellar bilan butkul oʻzgarib ketdi. Shohona holga keldi. Honaga Yoongini olib oʻtishdi.

— Birgina shu jinnini deb shuncha harakat! Kim jinnixonaga bunday yotoq olib keladi. Ichi huddi mashgʻulot maydonini eslatadi.
Hamshiralardan biri Yoongiga burnini jiyrib qarab shu gaplarni sherigiga aytar ekan ularni gapini eshitgan Yure
— Buni sizlarga biror ogʻrligi tushyaptimi? Barchangiz oʻz ishingiz bilan shugʻullaning! - dedi. Qizlar unga yov qarash qilib ortlariga qaytib ketishar ekan
— Bor yoʻgʻi yugurdak boʻlsa! Buyrugʻ bergani nimasi? - deb shvirlashdi.
Koʻp oʻtmay Hoseok shaxsan tekshirish uchun shifoxonaga tashrif buyurdi. Bu vaqt Yure bemorlarga ovqat tarqatayotgandi va ayni dam Yoongini honasida edi.
Yure Yoongi uchun ovqat quyar ekan Yoongi uyalgancha uni kuzatardi. Buni sezib Yure ham koʻz qisib qoʻydi. Yoongining paxtadek oq yuzlari yanada qizarib ketgach boshini pastga egib oldi. Yure uni qiligʻiga kulib oʻz ishini davom etdi. Ovqatni uni yoniga qoʻyishi bilan Yoongi ovqatga tashlanib shosha pisha ovqatlana boshladi. Yure uni erkalatib qoʻllari bilan uni oʻsib ketgan sochini toʻzgʻitdi...

Yoongi

Ularni boyadan beri kuzatib turgan Hoseok tomogʻ qirishi bilan Yure choʻchib tushdi. Ortiga oʻgirilar ekan olgan nafasi shu qadar qiyinlik bilan oʻpkasiga yetib borar ediki... Qiz darhol nigohlarini yerga qadab bir qadam ortga tisarildi. Birdan ovqat yerga Yureni oyoqlari ustiga toʻkildi. Yure shoshib gilamni tozalashga tushdi. Hoseok ham yugurib kelib yordamlashmoqchi boʻldi ammo Yure uni yuziga ham qaramagan holda oʻzi tozalab olishini aytdi. Yoongi esa yana boshqa narsalarni uloqtirishni boshladi.
— Uka tinchlan! - deb Hoseok qaytarar ekan bu befoyda edi.
Darhol shifokorlar shovqinni eshitib yetib kelishdi va Yoongiga tinchlantiruvchi ukol qilishdi. Yoongi lanjlashib oʻtirib qoldi asta uyquga ketdi...
Yure uni koʻrib qanchalik achinmasin bu yerda qolaolmas edi. Narsalarni yigʻib darhol bu yerdan chiqib ketishga oshiqdi. Biroq eshik oldida kutilmaganda ulkan gavdaga urilib ketdi. Yure uzr soʻrab shoshgancha yoʻlini davom etdi...
Namjoon Yoongidan xabar olish uchun Hoseok bilan birga kelgandi. Yoʻlda bosh shifokor bilan suhbatlashib bir oz ushlanib qoldi. Yoongining honasiga kirar ekan bir ayol unga urilib ketdi... Namjoon oʻziga tanish boʻlgan bu ayolni yuzini yaxshi koʻrmagan boʻlsada tanidi. Uni toʻxtatmoqchi boʻldi ammo ichkariga kirishi kerak edi.

— Yoongini ahvoli yaxshimi? - dedi Namjoon atrofdagilarga qarab.
— U yana oʻzini bilmay qoldi. Hamshiralar tinchlantiruvchi ukol qilishdi - dedi Hoseok sovuqqonlik bilan Namjoonga uncha etibor bermay
— Yaxshi men toʻlovlarni qilib chiqay. Keyin ketamiz!
Namjoon kassaga borib toʻlovni amalga oshirdi. Va yana oʻsha ayolga koʻzi tushdi. Bu safar uni ismini baland ovozda aytib chaqirdi. Ayol bu doʻngʻillagan ovozdan ortga oʻgrilib yuziga tabassum yugurdi.
Namjoon

Namjoon

Bu yerda nima qilyapsan..? Bu yerni xoʻjayniman deya koʻrma - dedi Namjoon kulib.
— Unday emas! Oddiy ishchiman. Otamdan keyin... - Yure bir oz qiynalib gapiar ekan Namjoon kaftlarini Yureni yelkasiga bosib uni tinchlantrdi.
— Kechir... Afsusdaman - dedi.
— Hech qisi yoʻq. Qani hyung oʻzingizda nima gaplar! - dediyu nojoʻya gap aytgandek oʻgʻzini toʻsdi...
— Suga..? Shundaymi? - dedi. Namjoon bosh silkidi.
— Uni koʻrdingmi? Men aslida uni bu yerga olib kelishni istamasdim... Ammo bir oz vaqt shu yerda boʻlsa yaxshi boʻladi deb oʻyladim. Hoseok esa bu qarorimdan qattiq jahli chiqib mendan arazlab yuribdi... Aslida sezdirmaslikga urinyapman lekin uni bu holidan eng koʻp qiynalayotgan odam menman - Namjoon oʻksinib Yurega bor dardini toʻkib sochdi. Yure ham uni tushunib
— Hyung siz sabrlisiz! Sabr qilgan doim gʻolib boʻladi. Niyatingiz holis boʻlganini ukangiz ham tushunib yetadi. Bir kun xatto minnatdor ham boʻlishadi.
— Yure modomiki shu yerda ishlar ekansan bir iltimosim bor. Yoongi. Unga koʻz quloq boʻlib tur! Uni bu holga tushishi tasodif emas menimcha. Uni yoniga kim kirib chiqayotganidan ogoh boʻlib tur. Nimadandr shubxalansang menga ayt...
Yure

Yure

Ular kulishib suhbatlashishar ekan Hoseok keldi

— Toʻlov qilib boʻlgan boʻlsangiz ketarmiz... - dedi yov qarash qilib. Uni koʻrgan Yure darhol kulgusi oʻchdi...

— Hoseok bu Yure! Eslaysanmi Yoongi bilan birga yurishardi... - deb Yureni tanishtrdi.

— Eslolmadim! Ammo bu yerda uni doʻsti boʻlishi bu yaxshi - deb choʻntagidan vizitka chiqarib Yurega tutqazdi
— Unga nimadr boʻlsa darhol menga qoʻngʻiroq qiling!
Hoseok
Namjoon va Hoseok binodan chiqib ketishdi. Yure esa vizitkani ushlagancha turgan joyida qolar ekan koʻzi yoshlanib ulgigan edi...

Pov_Yure

Qoʻlimdagi bu qogʻoz parchasi! Unda yozilgan raqamlar ketma ketligi... Ular menga allaqachon yod boʻlib ulgurgan! Har tun bu raqamlarni terib qoʻngʻiroq qilish yoki qilmaslik haqida oʻylayman... Negadr raqamlarni terayotganimdagi jasoratim qoʻngʻiroq qilish tugmasini bosishga kelganda toʻxtab qoladi... Qoʻngʻiroq qilsammi, yoki yoʻq?! Balki xabar yuborarman! Bir paytlar qilgan juratsizligim sabab endi oʻzimni yoʻqdek, boʻlmagandek tutishga majburman... Uni yonida boʻlishga endi haqqim yoʻq. U oilali! Men ham farzandli... Bordiyu unga qoʻngʻiroq qilgan taqdirimda ham, xabar joʻnatsam ham bu hech narsani oʻzgartirmaydi... Faqat oʻzimni yerga urganim qoladi... Bu raqamga qachondr qoʻngʻiroq qilishdan yoki bu raqamdan qoʻngʻiroq boʻlishiga yoʻl qoʻyolmayman...

Pov_avtor

Yure qogʻozga qarab hotiralarini yodga olar ekan uni ahlat chelakka uloqtrdi. Bu haqida ortiq oʻylamaslikni hayol qilib oʻz ishini davom etdi...

Hesun
Ruhiy hastalar shifoxonasi hiyoboni...
Barcha bemorlar har kuni shu hiyobonda aylanib yurishadi. Atrof ulkan panjaralar bilan berkitilgan ammo tabiati chiroyli...
Sohy ismli qiz yerga oʻtirgancha turpoqni qoʻli bilan kovlab chuqurcha qazirdi. Shu yaqin atrofda esa Yoongi hech kimga etibor bermasdan quyoshga tikilib oʻtirardi... Bu yerdagilarni barchasini oʻz olami mavjud boʻlib bir biriga etibor bermas bazilari oʻzi bilan oʻzi gaplashar ayrimlari bir soʻz demasdan hodadek jim turar yana kimlardir yosh boladek harakat qilardi. Ularni orasida bir biri bilan urushib ketadigonlari ham topilardi...
Sohy maroq bilan oʻz ishini qilar ekan quyosh nuri issiq boʻlgani uchun unga halaqt berardi. Sohy atrofga yuzini burushtirib qararkan uzoqdagi yigitga qoʻl siltadi. Yigit uni koʻrib koʻrmaganlikga oldi. Qizni bundan jahli chiqib Yoongini yoniga shahd bilan bordi. Yoongi qizga bir bir koʻz tashlab qoʻyar ekan nigohlarini boshqa tomonga burib olardi. Sohy yigitni kiyimidan ushlab tortob qayergadr yetalab ketdi. Yoongi qizni qoʻlini olib ortga oʻgrildi Sohy esa qaysarlik qilib yana uni tortqilay boshladi. Ohiri Yoongi tilga kirib
Sohy

— U haligi uzuuun mashinami? Manashuuunchaa- deb qoʻli bilan oʻlchab koʻrsatdi.
— Yoʻoʻq! U hoʻoʻ anavi daraxtdan seni yoninggacha keladi - dedi. Sohy menimi deb oʻzini koʻrsatib kular ekan oʻsha saraxtni yoniga borib uni ushlab koʻrdi keyin esa Yoongiga qarab
— Yolgʻonchi? - deb tilini chiqardi.
— Seni limuzining juda kichik ekan. Sen oʻyinchoq oʻynaysanmi? - deb kuldi. Yoongi arazlab qoʻllarini bogʻlagancha yuzini burushtrdi. Sohy uni xafa boʻlganini koʻrib yoniga keldi.
— Xafa boʻlma..! Men senga oʻzimni vertalyotimni beraman. Birga bu yerdan uchib ketamiz - dedi. Yoongiga darhol jon kirib
Yoongi

— Rostanmi? - dedi.
— Qanday?
— Vertalyot juda katta! Uni bu yerga kirgizishmaydi. Shuning uchun men uni bu yerga kira olishi uchun maxfiy yoʻlak qaziyapman. - dedi pichirlab. Yoongi ham koʻzlarini katta ochgancha hayratlanib ogʻzini berkitdi.
— Sen meni boshqalarga koʻrinmasligim uchun toʻsib turishing kerak! Yuraqol - deb Yoongini olib ketdi. U avvalgi joyiga borib ishini davom etirar Yoongi esa uni tepasida turar edi. Sohy yigitni soyasi ostida oʻz oʻynini davom ettirar lekin Yoongi chindan bu yerdan Vertalyot kirishiga ishonardi...

2-qism tugadi.
Fikr yozib ilhom kapalaklarini menga joʻnatilar kutaman🤗
Sizlarni love you...❤️💜

Reaksiya bosish esdan chiqmasin goʻzallarim.
Fikrni ham ayamelar ❣️

@Jeon_yunashi