Armygdala 💔 3
Oʻz uyida, oʻz honasida ikki kundan beri oʻtirgan yigit oʻzini ish bilan chalgʻitgancha kompyuterga tikilib oʻtirardi. Eshikdan Namjoon kirib keldi.
— Hyung ahvolingiz qanday? Ofisga bormasdan uyda ishlayotgan ekansiz!
Jin Namjoonni koʻrib oʻrnidan qoʻzgʻaldi.
— Yaxshiman! Bir oz uyda qolgim keldi... - deb qoʻli bilan Namjoonga divanga oʻtirishini ishora qildi va oʻzi ham u yerdan joy oldi.
Jin
Yoongini yonidan kelyapman. U bilan xatto xayrlashmadingiz! - dedi.
— Bir kun qaytib keladi-ku. Shunday ekan xayrlashishga hojat bormikin?!
— Albatta. Bir kun qaytadi...
Oraga bir ozlik sukut tushar ekan bu orada Namjoon nimadan gap boshlashni bilmay turdi. Nihoyat Jinning oʻzi undan soʻradi
— Muhim gaping bormi? Odatda uyda boʻlsam qoʻngʻiroq qilib keyin kelar eding.
— Sirlar asta sekinlik bilan fosh boʻlyapti - deb gapni qoq oʻrtasidan boshladi. Jin aynan nima ekanini tushunmay qoldi.
— Qanaqa sir ekan...
— Ha uzr! Anavi qiz. Mina... U black gruop azosi ekan.
— Hoʻsh...
— Agar chindan oʻsha kun Yoongi uni oʻldirgan boʻlsa jasadni ular olib ketishgan...
— Seningcha ular jasadni olib uni qotilini trik qoldirishganmi?
Jinning gapidan soʻng ikkisi ham jimib oʻylanib qolishdi.
— Uni oʻlik yo trikligi muhum emas! Asosiy masala u nega Yoongiga yaqinlashdi. Undan nima hohlashgan boʻlishi mumkun. Ular nimanidr hohlashsa erishmay qoʻyishmaydi. Yoongiga doimgidan ham etiborliroq boʻlishimiz kerak!
— Aka... yana bir gap! Politsiya bu ishni surishtiryapti.
— Jin ursin ularni. Aqillari yetmagan ishga burinlarini tiqishadi.
Aka-uka nima qilishlari haqida suhbat qurib nimalarnidr rejalashtirishdi. Namjoon turib honani tark etar ekan Jinning ovozi uni toʻxtatdi.
— Hoseokni bunga aralashtrma! U avval oʻz hayotini toʻgʻirlab olsin - dedi.
— Bundan havotr olmang. U hech narsani sezmaydi!
Heey qiz! Vertalyoting qachon keladi. Meni aldayapsanmi yoki! Hozir poltsiya chaqiraman bu yerga!
Yoongi
— Nima? Politsiya! Bu yerda politsiya menman! Kimni hibsga olish kerak - dedi boyadan beri qum oʻynab Yoongini gapiga etibor bermay turgan qiz tilga kirib.
— Nn..nima sen politsiyamisan?! - dedi Yoongi qoʻrqib.
— Ha! Seni qamoqqa olaman. Yoʻq yaxshisi kaltaklayman - deb Yoongini yelkalariga boladek sakrab shapatilay boshladi.
Sohy
Bas qil tentak! Men seni boshligʻingman! - deb baqrib qizni oʻzidan itarib yubordi. Sohy lablarini burishtirib yigʻlashga tayyor turarkan
— Nega shuni avvalroq aytmadingiz - dedi burnini tortib.
— Qani barcha oʻz honasiga - degancha hamshiralar kelib barchani oʻz honasiga olib kirib ketishdi.
— Hoʻsh u bilan gaplasha oldingmi? - dedi Jimin
— Ha gaplashdim! Ammo undan bir foyda chiqmasa kerak!
— Ammo nima boʻlganini faqat u biladi. Uni gapirtirishing kerak!
— Buni anavi oyimchang istayaptimi? - dedi qiz jahli chiqib.
Jimin
Bu joy oʻsha qoʻgʻirchoq uchun emasdi!
Qizning soʻngi soʻzi, hatti harakati va nigohlaridan uni bu joydan umid qilganini sezish qiyin emasdi.
— U ham bekorga u joyga oʻtrgani yoʻq. U bunga oʻz kuchi bilan erishdi.
— Men ham osmondan tushib qolganim yoʻq! Albatta meni emas uni yonini olasan! Chunki uni sevasan! - qiz jahl bilan baqrdi.
— Men u bilan huddi sen bilan boʻlgani kabi faqat doʻstman!
— Oʻzingni aldashni davom et! Aslida u senga beetibor boʻlgani uchungina shunday deyapsan!
Jimin borgan sari qizga qahr bilan qararkan ortiq bu yerda qololmasligini sezib chiqib ketdi.
Jimin u yerdan chiqib tashqarida uni oʻz mashinasida kutib turgan Lunani yoniga nim tabassum qilgan holda chiqdi.
Luna
Nima gap ekan Jimin? Hech narsa aniqlamaptimi? - dedi shoshib.
— Unga bir oz vaqt kerak! Biror narsa topsa oʻzi aloqaga chiqadi!
— Eplolmasachi? - dedi Luna hoʻrsinib.
— Uni qoʻlidan keladi. Faqat oʻz holicha ishlashga oʻrganib qolgan.
— Mayli..!
Lunani koʻzlarida aybdorlik hissi bor edi. Jimin buni koʻrib chidab turolmadi
— Kel biror joyda ovqatlanamiz? - dedi. Luna Jiminga koʻzlarini katta ochgancha qararkan
— Kechirasan Jimin ammo bugunga boshqasiga vada bergandim. Boshqa kuni oʻtrsak boʻladimi?
Bu gapdan soʻng endi Jiminning koʻzlarida tushkunlik paydo boʻldi. Ammo buni sezdirgisi kelmay «yaxshi» degancha kulimsiradi...
Jimin
Ikki kundan soʻng
Yure bugun ishlarini tezroq tugatishga urinib shoshardi. Ishlarini yakunlab boshliqdan ketish uchun ruhsat oldi va ketish oldi Yoongidan xabar olish uchun uni yoniga kirdi. Ichkarida hamshira bor ekan. Bunga parvo qilmay ichkariga kirib Yoongini yoniga bordi. Yure hamshirani ukol tayyorlayotganini koʻrib « bunga hali erta emasmi?» dedi
— Menga shunday deyishdi - dedi hamshira. Soʻng ishini davom etdi.
— U hozr tinch holatda! Tabletkani oʻzi ham yetarli...
— Buni boshliqga oʻzingiz tushuntiring!
Yure hamshirani sinchkovlik bilan tekshira boshladi. Oldin uni koʻrmagan. Avvaliga boshqa boʻlimdan oʻtgandr deb oʻyladi ammo kiyimdagi ism tanish!
Yure qizni sochidan ushlab oʻziga tortdi. Qoʻlidagi ukolni olib qizni qoʻyib yubormagancha uni ichiga koʻz yugurtirdi. Hamshira Yureni qoʻlidan chiqib uni oʻyogʻiga tepib yerga qulatdi va qoʻlidan shpiristni olib qoʻydi.
Yure ham oʻrnidan turib qizga kutilmaganda yuziga zarba berdi. Muvozanatni yoʻqotganidan foydalanib sochini ushlab yuzini devorga urdi. Qizni yuzi qon boʻlgancha yerga hushsiz yiqildi.
Yure
— Sora sendan yana bir bor soʻrayapman qizimiz uchun ham birga yashashimiz kerak! Aslida uni sendan shunchaki olib qoʻyish qiyin ish emas... Lekin u ota onasi bilan ulgʻayishga haqli...
Oradan bir oz vaqt oʻtgach qizaloqni olib kelishdi. Hoseok hali ikki yoshga toʻlmagan mitti qizchasini avaylab qoʻliga olarkan eng avval oʻzini mittivoyning boʻyniga koʻmdi. Uning iforidan mast boʻlgudek hidlarkan bu hidni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqardi. Qiz ham otasini tanigandek unga qirmizi lablari ostidan shrin tabassum hadya qilar, mitti qoʻllari bilan yuzini siypalab burnini chimchilardi. Hali toʻliq yurib ulgurmagan qizchani yerga qoʻyib qoʻlidan yetalay boshladi.
— Oʻgʻlim qara bu yerda ajoyib oʻyinlar bor ekan. Ham qorningni toʻydiramiz ham koʻngil hushlik - deb oʻgʻliga koʻz qisib qoʻydi.
Ular ichkariga kirar ekan vidio oʻyinlarni koʻrib Minwooni qorni ochligi yodidan koʻtarilib oʻyinga berildi.
— Yuraqol endi ovqatlanamiz - Yure Minwooni yetaklab ichkariga olib kirar ekan oyna ortida yorqin tabassum qilgancha kichkina qizchani sirpanchigʻda uchirayotgan yigitni koʻrdi. Bir zum toʻxtab qoldi...
Uni yorqin keng tabassumiga termulib turarkan oʻgʻlini uni turtkilashi oʻziga keltirdi. Ular boʻsh stollardan biriga borib oʻzlariga yoqqan taomlarga buyurtma berishdi. Minwoo juda xursand edi. Boisi koʻpincha onasini u bilan aylanishga vaqti boʻlmaydi.
— Oyi ovqat juda mazli ekan. Ammo qornim toʻydi - dedi Minwoo erkalangancha yonidagi likopchani chetga surib
— Ohirgacha yemasang meni qanday himoya qilasan... Shunday ekan ohirgacha ye oʻgʻlim...
Minwoo istamasada oyisini gapi uchun ovqatini tugatishga harakat qildi. Yure uni maroq bilan kuzatarkan komdr stolga bir parcha qogʻoz qoʻydi. Yure qogʻozni koʻrib darhol yuqoriga rangi oqargancha qaradi. Yuqorida sovuq va hissiz nigohlar unga tikilib turardi...
— Biror gap boʻlsa menga qoʻngʻiroq qilishingizni aytgandim... Hoyna hoy raqamimni unutgan boʻlsangiz kerak! - dedi.
— Bugungi voqeadan xabarim bor. Akam mendan nimani yashirayotganini ham bilaman. Keyingi safar shunday hol takrorlansa unga emas menga qoʻngʻiroq qiling!
— Kechirasiz ammo hyungga vada berdim - deb vizitkani uni qoʻliga tutqazdi. Hoseok jiddiy qiyofada turar ekan qoʻlidagi rad etilgan vizitkani gʻijimladi va uni yonida turgan telefonini olib unga oʻz raqamini yoza boshladi. Yure vahima bilan oʻrnidan turib uni qoʻliga yopishdi. Yuragi shu qadar tez urardiki koʻksidan chiqishga urinardi. Hoseok esa unga etibor bermasdan raqamini terdi va ajablangancha Yurega qaradi. Yure koʻzlari yoshlanishga ulgurgandi. Shu holda Hoseokga moʻltirab qararkan unga bir zum tikilib turdi.
— Telefonimni qaytaring! - dedi Yure nigohlarini yashirgancha. Hoseok qoʻngʻiroq qilish tugmasini bosdi va oʻz telefonini qoʻlga oldi. Yure ortga burilib sumkasini odi. Stolga pul qoʻyib Minwooni koʻtargancha chiqib ketdi...