July 20, 2025

Armygdala 💔 4

Hoseok Sora qizchasini olib ketgach bu yerni tark etayotgan edi. Ammo Yurega koʻzi tushdi. Bugungi voqealardan xabardor boʻlgan yigit ayolni yoniga borib vizitkasini qoʻydi. Yure tahliklali nigohlari bilan Hoseokga qaraganda shundoq ham bir oz avvalgi oilaviy suhbatdan jahli chiqayotgan yigit qoʻrqinchili nigohlar bilan qarab turardi.
— Biror gap boʻlsa menga qoʻngʻiroq qilishingizni aytgandim. Hoyna hoy raqamim esingizdan chiqqan koʻrinadi - dedi xuddi tahdid qilgandek. Ayol vizitkani qaytib berganidan jahli chiqib ayolni telefonini olib unga oʻz raqamlarini muhrlay boshladi. Ammo soʻngiga yetmasdan uni raqami paydo boʻldi. Qizigʻi bu raqam " H.K🖤... " Shunday saqlab qoʻyilgan. Hoseok Yurega qaradi. Ayolni nigohlarida qoʻrquv havotr aralash edi. Koʻzlari yoshlanayotgan ayol Hoseokga qaramagancha telefonini qaytarishini soʻradi. Hoseok bir zum qaytib berish haqida oʻyladi ammo nimadr uni qoʻngʻiroq qilish tugmasini bosishga undadi. Va bosdi ham. Bu orada Yure oʻgʻlini olib shoshgancha chiqib ketdi. Hoseok jiringlayotgan telefonini olib undagi “Notanish" yozuvini oʻqidi... Bir zum hech narsani eshitmayotgandek jim boʻlib qoldi... Atrofda nima boʻlayotganini his qilmas shunchaki shok holatida ikki telefonni birlashtirib yozuvlariga qayta tikilardi...
H.K🖤... ~ H.K bu Hoseok ismining bosh va ohirgi harflari. Yurak bu muhabbat, sevgi ramzi. Ammo u qora. Demak bu sevgi qora. Qora doim zulmat, yovuzlik ramzi. Demakki bu sevgi kim uchundr azob keltrgan yoki kimnidr baxtsiz qilishi mumkun! Yakuni esa davom etishi mumkunligini anglatuvchi mavxumlik ramzi boʻlgan uch nuqta... Bu balki degani. Balki davomi boʻlar... Balki boʻlmas! Uch nuqta bu umid degani! Yana davom etishiga umid qilish! Yakunini bilmaslik ammo umid qilishlik.

Hoseok tong otguncha bu yozuvlarni tahlil qilib chiqdi. Va oʻsha "Notanish" deb saqlangan raqamdan kelgan qoʻngʻiroqlar va suhbatni esladi

Bu notanish raqamdan qoʻngʻiroq kelish ancha yillar avval boshlangan. Boshlanishiga uch nuqtali xabar. Va Hoseokning bunga soʻroq belgisi bilan bergan javobi. Shundan soʻng xabar notanish tomonidan oʻchirildi. Oradan bir oy vaqt oʻtmay esa qoʻngʻiroq boʻldi. Hoseok javob berdi ammo qiz bir oz sukut saqlab turdi. Hoseok esa uni kimligini va unda nima ishi bor ekanini soʻrashni davom etdi. Qiz adashganini aytib uzr soʻrab qoʻyib qoʻydi. Shundan soʻng boshqa qoʻngʻiroq qilmadi. Oradan toʻrt yil oʻtdi va yana qoʻngʻiroq boʻldi. Bu vaqt ichida Hoseok uylangan edi... Notanish raqam bu safar shunchaki jim turdi. Xatto adashganini ham aytmadi. Keyin esa goʻshakni qoʻydi. Hoseok shularni eslarkan bu notanish raqam ortidagi inson bu Yure boʻlishi hayoliga ham kelmagandi. Umuman bu notanish raqam kim ekaniga xatto qiziqmagandi ham... Hozir esa bu qachon va qanday boshlangani haqida oʻylay boshlashdi. Bu qiz avvaldan Yoongi bilan doʻst ekanini va akalari bilan ham yaqinligini, uylariga tez tez tashrif buyurishini bilardi ammo u bilan suhbatlashganini eslolmadi...
Pov.Hoseok

Toʻgʻri u doim mendan oʻzini olib qochardi. Men kelishim bilan ketar, men turgan joyga kelmas xatto Namjoon akam bilan ham yaqin edi lekin meni xatto yuzimga qaramasdi. Koʻpincha uni Yoongi bilan yurib janjallarga aralishib qolishar keyin esa Jin ularni mahkamadan olib chiqardi. Keyin nima boʻldi oʻzidan oʻzi yoʻq boʻlib ketdi. Unga mutlaqo etibor bermaganman. Jin ursin! Nega bularni oʻylab uxlolmayapman. Uni telefonini nega oldim oʻzi... Olmasligim, soʻraganida qaytarishim kerak edi...

**

Yure uyga qaytganidan beri yuzi yorishmadi. Faqat bu boʻlayotganlar aslida boʻlmasligi kerakligini oʻylardi. Telefonini nima boʻlganda ham qaytarib olishi kerakligini oʻylab siqilardi.

*

— Ketishing uchun vertalyot boʻlishi shartmi? - dedi Sohy erkalanib. Yoongi hayron boʻlgancha yelka qisdi.

— Kel bu yerda qochamiz- dedi Sohy.
— Qara qoʻllarimni. Ular menga ukol qilishyapti.

Juda ogʻriyapti - dedi Sohy koʻzlari yoshlanib.
— Ogʻriyaptimi? - dedi Yoongi qizni koʻkargan qoʻllariga rahmdillik bilan tikilib. Kafti bilan uni koʻkargan joylarini avaylab siladi va labini ohistalik bilan bosib oʻpib qoʻydi...
— Yaxshi bu yerdan chiqib ketamiz - dedi Yoongi. Sohyni qoʻlidan tutib keta boshladi. Sohy hayron boʻlgancha unga ergashar ekan ular toʻgʻri darvoza yoniga kelishdi. Bu yerdan hech kim qocholmasligiga ishongan qorovul beparvolarcha uxlab yotarkan Yoongi ohistalik bilan kalitni oldi va eshikni ochib shunchaki chiqib ketishdi.

**

— Nimalar deyapsiz? Qanaqasiga qochib ketadi... Nima eshikdan. Qoʻriqlash tizimingizga qurt tushganmi? - Jin baqrgancha telefonini oʻcjirib uloqtrdi. Unfa xavotr bilan tikilib turgan Namjoon undan javob kutar ammo savol berishga ham qoʻrqardi...

— Jin ursin! Yoongi qochib ketibdi. Hammasi seni deb boʻldi. Uni u yerga joʻnatmasligim kerak edi...
— Qanday qochibdi...

— Qorovulni kalitini olib rshikdan shundoqqina chiqib ketibdi

— Nimasi yaxshi buni. U yoʻq tushunyapsanmi?

— Aka qaysi ahmoq qorovuldan kalitni sezdirmay olib rshikdan qochadi. Bu faqat bizni Yoongi boʻlishi mumkun... - dedi jilmayib.

— U yolgʻiz emas! Bir qiz bilan qochibdi. Uni tezroq topish kerak!

Namjoon bir qiz bilan qochganini eshitib u ham xavotrlana boshladi. Odamlarini olib uni istagani yoʻlga chiqdi.

**

Yure bugun kechagi bosh ogʻriqlari sabab ishga bormadi. Uyda televizr koʻrib oʻtirar ekan Hein ketish uchun tayyor edi.

— Bugun bormoqchi emasdinku. Nima boʻldi.

— Menimcha suhbatdan oʻtdim. Meni chaqirishyapti. Kech qolishga haqqim yoʻq! - deb rshik tomon borar ekan eshik qoʻngʻirogʻi chalindi. Hein hozr degancha borib eshikni ochishi bilan bir yigit uyga otilib kirdi va qarshisida notanish ayolni koʻrib toʻxtab qoldi
— Yureni uyimi? - dedi yigit. Hein hayron boʻlgancha ha deb ichkarini koʻrsatdi. Yigit huddi oʻz uyidadek oyoq kiyimini ham yechmasdan toʻgʻri televzr ovozi kelayotgan tomon yurdi. Yure qattiq oyoq ovozlaridan ortga qararkan qarshisida uni koʻrib darhol oʻrnidan turib ortga tisarildi.

— Siz..? nima kerak..? - dedi Yure duduqlanib.

— Yoongi. U yoʻq! Shuning uchun bu yerga keldim..

Yure buni eshitib darhol vahima bilan savollar yogʻdira boshladi.

— Uni qayerga borishi mumkun. Meni hayolimga hech narsa kelmayapti.

Yureda ham hech qanday tahmin yoʻq edi. Ular birgalikda chiqib ketishdi. Hoseok mashinani haydar ekan asabiylashayotgan ayolni koʻrib

— Nimalar qilyapsan. Tinchlanginda u borishi mumkun boʻlgan joylar haqida oʻyla...

Yure javob bermasada tinchlanishga urinib oʻylay boshladi. Qoʻlidagi kichik kopkali telefonni mahkam siqib turarkan bu Hoseokni etiborini tortdi.

— Bunday telefonlar yoʻq boʻlib ketgan derdim... - dedi koʻz qiri bilan telefonga ishora qilib.

— Bu.. uyda anchadan beri bor edi - dedi.
Yure telefoni haqida gapirayotganini sezib bu mavzudan uzoqlashishga urindi.

— Nega... ?
Hiseokni qoshlari hayrat bilan chimirildi.

Yure pinagini buzmagan holda oʻzini magʻrur tutishga urindi.
— Menga sovgʻalar yoqadi - dedi Hoseok lab chetida jilmayib.

— Oʻyin klubi! - dedi yoʻl chetidagi klubni koʻrib.

— Shumi - deb Hoseok darhol toʻxtadi.

— Yoʻq! Bu emas. Avval oʻsha yerga borardik. Hozr u yer ishlamaydi. Ichi ham boʻsh. Balki... - deb ikkilana boshladi.

— Oʻsha yerga boramiz!
Hoseok mashinani u aytgan tomon burib hayday boshladi.

— Bu yer qanaqa joy - dedi Sohy qorongʻu va chang joyni koʻrib burin jiyrigancha.

— Bir necha kun shu yerda boʻlamiz! - dedi Yoongi va kichik kresloni ustidagi changni qoqa boshladi. Joy toza boʻlgach Sohyni u yerga oʻtkazib atrofni koʻzdan kechira boshladi.

— Bu yer chiroyli ekan - dedi Sohy divanga oʻtrgach bolalarcha sakrab. Yoongi uni koʻrib nigohlari bilan kulib qoʻydi. Atrofdan oʻzlari uchun kerakli buyumlarni izlay boshladi...

*

— Shu yer! - dedi Yure eski kichik binoni koʻrsatib.

Mashina toʻxtashi bilan Yure darhol mashinadan tushib oʻzini ichkariga otdi. Berk eshikni bir tepishda ochib ichkariga kirdi va hech kim yoʻqligini payqadi. Ichkariga sinchkovlik bilan qararkan Hoseok ham kirdi.
— Ular bu yerda yoʻq! - dedi Yure. Hoseok ham yengil koʻz yugurtirib hoʻrsingancha asabiy bosh ushladi. Jahl bilan polni tepib qichqrdiyu chiqib ketdi. U chiqib ketgach Yure burchakdagi stol yoniga keldi. Uni olib ortiga berkingan Yoongi va Sohyni koʻrib jilmaydi. Yoongi unga jim ishorasini qildi. Yure unga qoʻl choʻzib oʻz ukasini erkalatgamdek yuzini siladi. Hech narsa demasdan chiqib ketarkan stol ustiga oʻsha kichik telefonini qoʻydi. Choʻntagidan buklangan bor pulini chiqarib qoʻydi. Bu pul koʻp emas ammo suv va non uchun yetkazsa boʻlardi. Yana u tomon qaradida chiqib ketdi.
Hoseok mashinada Yureni chiqishini kutib turardi. Ayol madsinaga kelib oʻtrdi va hoʻrsindi.

— Bittada topsak hayron boʻlardim. Tushkunlikga tushma. Yana biror joyni bilasanmi? - dedi Hoseok. Yure endi xavotrlanmayotgan edi. Chunki u biladi uni qayerda ekani va u bilan aloqaga chiqishi mumkun. U nega xatto oʻz akalaridan ham qochayotganiga tushunolmasdi. Bir muddat oʻzini oʻylayotgandek tutdi va

— Pusanda. Daryo atrofidagi dalahovli. Bu yerga krugimiz bilan tez tez borib vaqt oʻtkazardik. Bu Mingyu ismli doʻstimizniki. Ammo krugdagi barchada uni kaliti bor!

— Yaxshi - degancha Hoseok oʻsha tomonga haydadi...

4-Qism tugadi. Yoqimli mutola

Fikir reak kutaman💞