June 4, 2025

𝐇𝐀𝐏𝐏𝐈𝐍𝐄𝐒𝐒

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃𝐄_10❤️‍🔥

Mingi Bora bilan birga Taehyungning kabineti tomon yurdi. Koridor bo‘ylab tovushsiz yurishayotgan ikki qiyofa – biri hushyor, biri esa hali ham zarbadan qaltirayotgan... Nihoyat, ular yetib kelishdi. Kabinet eshigi ochildi.

Xona ichida yorug‘lik past, havo esa og‘ir edi. Har bir mebel o‘z o‘rnida mukammal tarzda joylashgan, xuddi bu yerda har qanday nazoratdan chiqish man etilgandek.

Bora ichkariga kirib, chuqur nafas oldi. Ko‘kragi tebranar, yuragi esa hanuz g‘azab va qo‘rquvdan sanchib urardi. U Mingi tomon qaradi:

— Ular kim edi? – dedi u titroq ovozda. – Nega meni... bo‘g‘ishdi?

Mingi sekinlik bilan eshikni yopdi, so‘ng ortga qaytib unga tikildi. Uning ovozi sovuq va ogohlantiruvchi edi:

— Kelinoyi... ular akamning dushmanlari. Agar sizga yaqinlashishsa, qo‘rqing, demayman... – u bir lahza to‘xtab nafas oldi. – Ammo kuchingiz yetsa, ularni ayamang. Uring...

Bora og‘zini ochib, nimadir demoqchi edi... Ammo eshik ochildi.

Va eshikda Taehyung turardi. Uning ko‘zlarida yana o‘sha tanish, o‘yinbozona, ammo xavfli jilmayish porladi. Yuzida tabassum, ammo nigohi o'tkir edi. Xuddi har bir so‘zni, har bir nafasi orqali yuragingni o‘qiyotgandek.

— Nimalar haqida gaplashyapsizlar?

Mingi tezda o‘zini o‘ngladi. U vaziyatni anglagan edi. Ko‘zini yalt etib Boraga qisdi, so‘ng jilmayib eshik tomon yurdi.

— Sizlarni yolg‘iz qoldiraman! – dedi u ohangida hazil aralash xavotir bilan. – Kelinoyi, men aytganlarimni unutmang...

U eshikdan chiqib ketdi. Farroshlar xonasiga tomon yo‘l oldi.

Xona yana jimib qoldi. Taehyung asta-sekin yurib, Boraga yaqinlasha boshladi. Bora bo‘ynidagi ko‘karib qolgan izlarni kafti bilan yengil ishqalab ketkazishga urinayotgan edi. U hali Taehyung yaqinlashayotganini sezmasdi.

Birdan, Taehyung uni belidan mahkam ushladi va o‘ziga qattiq tortdi. Bora cho‘chib tushdi, lekin birdan uning kuchli nafasini ensasida his qildi.

— Ho‘sh... – dedi Taehyung pichirlab. – Mingi seni nima gapni unutmasligingni aytdi?

Bora hayrat va qochish istidan unga qarshi turdi. Qo‘lini Taehyung ko‘ksiga qo‘yib, itarishga urindi.

— Shunchaki... suhbat... – dedi u titrab. – Oshiqcha narsa yo‘q!

Lekin Taehyung uni mahkamroq quchoqladi. Ko‘zlarida endi mehr emas, balki dahliz bo‘ylab yongan chaqnash bor edi.

— NIMA HAQIDA GAPLASHDING, DEDIM!!! – deb baqirib yubordi u, ovoz devorlarga urildi.

Bora cho‘chib ketdi, qarshilik qilishdan to‘xtadi. So‘ng yuzi pastga qarab, asta so‘zladi:

— Faqat... dushmanlaringdan ehtiyot bo‘lishimni aytdi... Yoki qochishim, yoki... ularni urishimni.

Taehyung sekin kulib qo‘ydi. Labining chekkasida sovuq, ammo g‘alaba qozongan jilmayish paydo bo‘ldi.

— Bularning hech biriga hojat yo‘q, Bora... – dedi u past ovozda, so‘ng uning yuziga egilib. – Hech kim senga yaqinlasha olmaydi. Chunki...

U yana chuqur nafas oldi, so‘ng bo‘g‘iq ohangda pichirladi:

— ...sen menikisan.

Bora uni yana itarmoqchi bo‘ldi. Ammo bu safar... Taehyung uni labidan shiddat bilan o‘pdi. Bu o‘pich nafratni ham, og‘riqni ham, ehtirosni ham o‘zida mujassam qilgan edi.

Mingi farroshlar xonasiga tomon yo‘l olar ekan, har bir qadami astalik bilan yangrardi. U atrofga diqqat bilan ko‘z yugurtirar, xuddi har bir soyada xavf yashirinayotgandek, har bir jimjitlik ortida sir bordek yurardi.

Koridorning yarmiga yetganda, chap tomonda eshigi yarim ochiq bir xona e’tiborini tortdi. Ichkaridan tanish ovoz eshitildi — bu Shin Hari edi.

Mingi bir lahzaga to‘xtadi.

Shin Hari... u bu qizni ikki yildan beri taniydi. U doim sokin, pokiza liboslarda yuradigan, ko‘zlarida hech kimni ayblay olmaydigan sokinlik bor qiz edi. Sochlari silliq tekis, yelkasigacha tushgan, qora va jilvakor, xuddi har harakati bilan atrofga mehr sochayotgandek tuyulardi.

U doim tartibli va jiddiy edi, lekin yurishida ayollik, harakatida nafislik bor edi. Har biriga muloyim muomala qilardi — erkaklar hurmat qilardi, ayollar esa do‘stidek ko‘rardi. Biroq bu sokin qiyofa ortida kim yashiringanini faqat Yaratgandangina bilardi...

Ichkarida Hari telefonda gaplashardi. Uning ovozi past, titroq, ammo sezilarli mehr bilan to‘la edi:

— Sevgilim... bilasan, sen uchun hamma narsaga tayyorman... — dedi u sokin ohangda. — Ammo iltimos, o‘sha qasosni unut...

Pauza. Xuddi kimningdir o‘ylamay aytilgan gapi yuragini yirtib o‘tayotgandek. So‘ng, yengil so‘roq ohangda davom etdi:

— Hop sevgilim, seni tushundim... bugun seni kutaman. Axir bir haftadan beri kelmayapsan...

Telefon liniyasi uzildi.

Shu zahoti Mingi hushyorlik bilan orqaga chekinib, xonadan uzoqlasha boshladi. Yuragi bir oz tez ura boshladi. Ko‘zlarida bir zumda paydo bo‘lgan shubha yalt etib o‘tdi. Hari haqida u endi boshqa o‘ylardi.

U o‘ziga pichirladi:

— Qasosmi? Kimdan? Va nega sevganiga bu qadar yalinadi?..

Ammo hozircha bu savollar javobsiz edi.

U yurishini davom ettirdi. Biroq orqasida – Shin Harining o‘sha yumshoq ovozi, mehrli nigohi, va sirli so‘zlari hali ham yangrab turardi...

Va vaqt o‘tdi. Bora uydagi kiyimlarini olib ulgurmas edi, chunki uy bilan kompaniya o‘rtasidagi masofa juda uzoq edi. Shuning uchun Taehyung ikki kishilik kiyim buyurtma qildi — biri o‘zi uchun, biri Bora uchun. U bunday holatga tayyor edi, xuddi avvaldan rejalashtirgandek.

Taehyung o‘zi kiyimlarini tezlik bilan almashtirib, oynaga qarab sochlarini yengil taradi. U doimki odatdagidek, xuddi har daqiqaga tayyor general kabi chiroyli, jozibali ko‘rinardi.


Bora esa kompaniyaning maxsus kiyim almashtirish xonasiga kirdi.

U xonaga kirgach, chuqur nafas oldi. Ko‘z oldida o‘zining o‘tmishdagi, oddiy hayoti miltillab o‘tib ketdi. Biroq endi u boshqa olamda edi — qoidalar keskin, ko‘zlar sinchkov, yurak esa har lahzada hushyor.

U sekin kiyimlarini almashtirdi. Qora, tanaga yopishgan, ammo nafis libos... U tanasini qulay ushlab turar, bir vaqtning o‘zida uning nozikligi va jozibasini ochib ko‘rsatar edi. U libosni to‘g‘rilab, oynaga qaradi.

So‘ng, yuzini yuvdi, makiyaj qilishni istamadi. Chunki bugun u soxta go‘zallik bilan emas, tabiiy qiyofasi bilan o‘zini ko‘rsatishni xohladi. Bu ichki qaror edi. Boshqacha qarshilik.

Sochlarini yelkasiga to‘g‘rilab taradi. Sochlari jingalakmas, lekin har bir tolasida yumshoqlik bor edi. U ularni ozgina ko‘tarib, tepada yengil tugun shaklida bog‘ladi, ikkita mayin tutam esa yuzining ikki tomonida erkin tushib turardi — xuddi bexosdan, lekin o‘ylab qilingan go‘zallik kabi.

U xonadan chiqqanida, kompaniyaning sovuq devorlari ham go‘yo bir zum iliqlashdi. Uning yurishi muloyim, ammo izzatli edi.

Taehyung asta Borani pastki labini tishlab, ko‘zlarini uning ko‘zlaridan uzmasdan sekinlik bilan orqaga chekinar edi. Nigohi da’vatkor, lekin qanchalik tutqinligini yashira olmayotgandi. Lablarida esa yengil, biroq chuqur ma’noli tabassum porlardi.

— Bugun yangi hamkorlarimiz bazm qilmoqda, — dedi u o‘sha mashhur, sokin, ammo o‘tkir ohangda. — Ular bizni chaqirishgan. Aslida meni. Ammo... men u yerga yolg‘iz borishni istamayman...

U gapini yakunlamasidan oldin, Bora yuzida hech qanday hissiyot bildirmay, birdan orqaga chekinib, eshik tomon yurdi.

— Demak, men Einuni chaqirib kelishim kerak, shundaymi? — dedi u sovuqqina ohangda.

Taehyung nigohini osmonga qaratib, chuqur xo‘rsindi. Keyin yana o‘sha salkin kulgisi bilan, ozgina o‘ynoqi kinoya bilan dedi:

— Menda sendek jozibali “qushcham” bo‘lsa, men uni nima qilaman!?

Va vaqt o‘tdi. Bora uydagi kiyimlarini olib ulgurmas edi, chunki uy bilan kompaniya o‘rtasidagi masofa juda uzoq edi. Shuning uchun Taehyung ikki kishilik kiyim buyurtma qildi — biri o‘zi uchun, biri Bora uchun. U bunday holatga tayyor edi, xuddi avvaldan rejalashtirgandek.

Taehyung o‘zi kiyimlarini tezlik bilan almashtirib, oynaga qarab sochlarini yengil taradi. U doimki odatdagidek, xuddi har daqiqaga tayyor general kabi chiroyli, jozibali ko‘rinardi.


Bora esa kompaniyaning maxsus kiyim almashtirish xonasiga kirdi.

U xonaga kirgach, chuqur nafas oldi. Ko‘z oldida o‘zining o‘tmishdagi, oddiy hayoti miltillab o‘tib ketdi. Biroq endi u boshqa olamda edi — qoidalar keskin, ko‘zlar sinchkov, yurak esa har lahzada hushyor.

U sekin kiyimlarini almashtirdi. Qora, tanaga yopishgan, ammo nafis libos... U tanasini qulay ushlab turar, bir vaqtning o‘zida uning nozikligi va jozibasini ochib ko‘rsatar edi. U libosni to‘g‘rilab, oynaga qaradi.

So‘ng, yuzini yuvdi, makiyaj qilishni istamadi. Chunki bugun u soxta go‘zallik bilan emas, tabiiy qiyofasi bilan o‘zini ko‘rsatishni xohladi. Bu ichki qaror edi. Boshqacha qarshilik.

Sochlarini yelkasiga to‘g‘rilab taradi. Sochlari jingalakmas, lekin har bir tolasida yumshoqlik bor edi. U ularni ozgina ko‘tarib, tepada yengil tugun shaklida bog‘ladi, ikkita mayin tutam esa yuzining ikki tomonida erkin tushib turardi — xuddi bexosdan, lekin o‘ylab qilingan go‘zallik kabi.

U xonadan chiqqanida, kompaniyaning sovuq devorlari ham go‘yo bir zum iliqlashdi. Uning yurishi muloyim, ammo izzatli edi.

Bu payt Hari asta mashinaga chiqdi. Uning harakati muloyim, yuragi esa allaqanday og‘irlik bilan urayotgandi. U orqaga o‘girilmadi. Hatto o‘sha kompaniyaga oxirgi marta qarashni ham istamadi. Mashina asta joyidan qo‘zg‘aldi va u sekinlik bilan kompaniyani tark eta boshladi.

Aynan shu paytda, Mingi ham binodan chiqib kelayotgan edi. U yurib borar, lekin nigohlari beixtiyor harakatdagi mashinalarni kuzatar edi. Va to‘satdan ko‘zlari Hari ketayotgan mashinaga tushdi. Nigohi chuqurlashdi, yuragi esa allaqanday bezovta urib ketdi.

— Bu... — dedi u o‘ziga asta. — Bu... aynan o‘sha mashinaga o‘xshaydi…

O‘sha kuni... Suga jahl bilan ketganida ham xuddi shunday mashina edi. Ichidan sovuq yurdi. Ammo keyin boshini chayqab, o‘zini tinchlantirdi.

— Yo‘q, bu faqat o‘xshashlik. Faqat... o‘xshashlik xolos...

U chuqur nafas olib, mashinasiga o‘tirdi. Ammo yuragidagi g‘ashlik hali ham tarqamagandi...


Bu vaqtda Bora va Taehyung allaqachon mashinada ketayotgan edi. Mashina ichida sokinlik hukm surayotgan bo‘lsa-da, ichki to‘lqinlar kuchli edi.

Taehyung rulda edi, ko‘zlari oldidagi yo‘ldan ko‘ra yonida o‘tirgan Boraga ko‘proq qarardi. Uning ko‘zlari o‘zini tuta olmayotgan yovvoyi, lekin shaytonona mehr bilan porlab turardi.

Bora libosi esa uning har bir harakatini nafislik bilan ta’kidlab turardi. Tizzasigacha ochilgan ko‘ylagi, chiroyli taralgan sochlari, oddiy, lekin tabassumsiz yuzi — Taehyungning hushini olib qo‘yar darajada ta’sirli edi.

Taehyung asta qo‘lini olib, ochiq turgan sonlariga qo‘ydi. Harakati xuddi hukmronlik ishorasidek edi.

— Mingini kelinoyisi! — dedi u o‘ynoqi, lekin kinoyali ohangda. — Bugungi bazmdan so‘ng... to‘g‘ri meniki uyimga yo‘l olamiz!

Bora beixtiyor titrab ketdi. Ko‘zlarini kattaroq ochib, tezda uning qo‘lini itarib tashladi.

— Aqldan ozganmisan!? Men seni uyingda nima qilaman!?

Taehyung esa jilmaydi. Ammo bu oddiy tabassum emasdi — bu orqada turgan niyatli, bo‘ysundirishni istovchi, qizg‘in tabassum edi.

— Balki aqldan ozgandirman... lekin faqat sen uchundir!? Bazm juda kech tugaydi. Men seni uyingga olib boradigan jentelmen emasman. Lekin seni yarim tunda begona taksiga solib yuboradigan erkak ham emasman!

U pauza qildi.

— Shuning uchun — biz mening uyimga ketamiz. GAP. TAMOM.

Bora qattiq xo‘rsindi, ko‘zlarini yummoqchi edi, ammo endi buning foydasi yo‘q edi. Gapira boshlamoqchi edi, lekin Taehyung yana davom etdi:

— Agar qarshi bo‘lsang… — u asta, lekin aniq gapirdi — menga baribir. Seni hushingdan ketkizib bo‘lsa ham olib ketaman!

Shu gaplar bilan u cho‘ntagidagi kichik dori solingan paketni siqdi. Labida esa sirli jilmayish paydo bo‘ldi. Bu ogohlantirish edi — mehr bilan emas, istak va hukmronlik bilan bezatilgan.

Bora esa kinoya bilan ko‘zlarini aylantirdi, lekin yuragi tez urayotganini inkor eta olmasdi.

— Qaranglar-ey! Uyimga tashlab qo‘yishga erinayotgan erkak, meni hushimdan ketkazishga erinmas emish! — u qattiq dedi. — Aqldan ozgansan, Taehyung! Buni bilasanmi!?

Taehyung baland ovozda kulib yubordi. Uning kulgusi mashinani to‘ldirdi — bu kulgi orqasida ehtiros, o‘yin, va buzuq iztirob yashiringan edi.

Va bir lahzada u mashinani yonga to‘xtatdi, Boraga qarab egildi va uni labidan qattiq, to‘xtovsiz o‘pdi. Bora hatto reaksiya bildirishga ulgurmay, Taehyung allaqachon o‘z o‘rniga qaytib ulgurgan edi.

— Ha! Aqldan ozib qolaman hozir! Seni bu kiyimda ko‘rib... o‘zimni yo‘qotayapman!

Seul osmoni yulduzlarga to‘la, lekin o‘sha yulduzlar ham bugun bu binodagi porlash bilan bellasha olmasdi. Shahar markazida joylashgan ulkan binoda elit toifadagi mehmonlar jam bo‘layotgan edi — bu oddiy tadbir emas, bu katta biznes imperiyalari uchun o‘yin taxtasi edi.

Taehyung mashinani asta to‘xtatdi. Faralar porlashi marmar zaminni yoritib, ularning kelganini e'lon qilgandek bo‘ldi. U mashinadan tushdi — qadamlarida hukm, nigohlarida esa tamomila o‘ziga ishongan yovvoyi joziba bor edi.

Bora esa, tezlik bilan, ammo nafislikdan aslo voz kechmasdan mashinadan tushdi. Uzun oyoqlarida baland poshnalar, jingalak sochlari yelkasidan pastga yumshoq to‘kilib tushgan, tanasi esa ko‘ylagining har bir burmasi bilan mukammal uyg‘unlashgan edi. U bir zumda Taehyungning yoniga keldi — biroq bu “yonida turish” oddiy hamrohlik emas, bu bir-biriga kuch baxsh etayotgan ikkita muhim shaxsning birga kirishi edi.

Fləşlar porladi. Jurnalistlar allaqachon navbatga tizilgan, ularning nigohida hayrat, qiziqish va quvonch aralashgan edi.

— Janob Taehyung! — deb chaqirdi ulardan biri, mikrofonni oldinga tutib. — Sizni har doim Einu bilan ko‘rganmiz… ammo bugun boshqa xonim yoningizda! Bu xonim... sizning sevgilingizmi?

Bora beixtiyor Taehyungga qaradi. Yuragi tez urayotgan edi, ammo yuzida jilmayishning soyasi ham yo‘q — bu bazmda u zaif ko‘rinishga haqqi yo‘q edi.

Taehyung esa jilmaydi. Bu tabassumda kulgi ham bor edi, kinoya ham. Keyin kameraga qarab ovozini muloyim, ammo aniq chiqardi:

— Agar men uni sevgilim desam… yolg‘on bo‘ladi, — dedi u kulib, ammo nigohi sovuq edi. — Bu mening yangi kotibam!

Jimlik. Keyin esa shovqin. Fləşlar yanada chaqnay boshladi.

— Endi yo‘ldan qochinglar, — dedi Taehyung biroz jiddiylashib, xuddi uning so‘zlari bu yerda qonun kabi eshitilgandek.

Jurnalistlar va mehmonlar darhol yonlarga chekindi. Ular bu ohangni tanishardi — Taehyung gapirganida, e’tiroz yo‘q edi.

Bora sekin, ammo yurishida o‘ziga xos joziba bilan, ko‘kragini tik tutib Taehyung bilan birga binoga kirib bordi. U har bir qadamini hisoblab bosar, har bir qadam bilan o‘z obro‘sini qurayotgandek edi.

Ichkarida hamma ularni kuzatardi. Bora uchun bu sahna hayrat, hayajon va bir oz qo‘rquv edi. Ammo Taehyung uchun — bu shunchaki navbatdagi g‘alaba edi.

Tungi shahar chiroqlari mashina oynasida aks etardi. Hari yelkasiga tushgan ko‘rpa singari sukunatni buza turib, qo‘lidagi fayllarni sekinlik bilan yonida o‘tirgan erkakka uzatdi. Uning harakati ohangdor, har bir harakati oldindan rejalashtirilgan teatr singari edi.

— Sevgilim... — dedi u yovuzona jilmayib. Lablarining chetida o‘yin aralashgan, ko‘zlari esa qorong‘ilikda yiltirab turardi.

Suga sekin unga qaradi. Nigohi chuqur, qorong‘u, ammo ayni vaqtda beg‘ubor haroratni yashirayotgan edi. U Harining qo‘lini ushlab, ohangdor harakat bilan lablariga bosdi — bu mehr emasdi, bu egalik edi.

— Bugungi tun biznikilarni, sevgilim, — deb pichirladi u, so‘zlari xuddi bir sehrli qasamday qulog‘iga singib bordi.

Hari kulib yubordi. Bu kulgu quvonchdan emas, ichidagi kuchning chiqib kelganidan darak edi. U Suga qo‘lidagi fayllarni olib, beparvolik bilan orqa o‘rindiqlarga uloqtirdi. Hozir qoidalarni buzish vaqti kelgandi.

Suga mashinani to‘satdan chetga burib, to‘xtatdi. Bir zum sukunat, so‘ng esa yurak urishlarining ovozi hammasidan balandroq eshitildi.

U birdan unga lablari bilan yopishdi. Bu o‘pishda nafislik yo‘q edi — bu hayvoniy instinkt, ichkaridan chiqqan, bosib oluvchi, egallovchi ehtiros edi. Hari esa bo‘ynidan qo‘lini o‘rab, unga qarshi emas, balki barobar javob qaytardi.

Suga qo‘llari bilan uning sochlari orasida adashdi, har bir harakati nazoratdan yiroq, ammo aniq maqsadli edi. Lablari orasida uni asta tishlaganida, Hari titradi — bu og‘riq emas, og‘riq ichidagi rohat edi. Bu ularning o‘zaro yovuz tilida yozilgan ehtiros edi.

Zinadan ichkariga qadam qo‘yishlari bilan, bazmning hashamati va musiqaning ohangdor shovqini ularni o‘z domiga tortdi. Havo ichiga iforlangan parfyumlar, qo‘shilgan ichimliklar va boylikning shinam hidini olib kelardi. Yorqin chiroqlar xonani yoritib, har bir qadamni diqqat markazida qoldirardi.

Taehyung atrofga befarqlik bilan ko‘z yugurtirib, Bora qo‘lidan tutdi — bu tutish mehr uchun emasdi. Bu "sen men bilan ekansan, meniki bo‘lasan" degan egallovchanlik edi. Bora bir lahza ikkilanib qaradi, ammo ko‘zlar unga tanish ogohlantirish bilan boqdi — ehtiyot bo‘l, bu erkak o‘ynayotgan emas.

Divanga yetib borishgacha Taehyung na gapirdi, na qaradi. Faqat tevarakni kuzatib, hamma narsani nazorat ostida saqlayotgandek yurdi. Bora esa o‘zini begonadek his qilayotgan edi — bu dunyo, bu odamlar, bu shovqin — unga yot.

Zalning narigi tarafida qo‘lida viski bilan turgan bir erkak ularni kuzatib turardi. Uning nigohlari ayniqsa Taehyungda to‘xtadi. Ko‘zlarida tanishlik va... ehtimol, o‘tmish yiltirab turardi.

Taehyung esa buni sezmaganday bir guruh xonim — biznes dunyosining eng yorqin vakillari tomon yurdi. Bora ham noiloj ortidan yurdi.

— Salom, xonimlar... — dedi Taehyung jilmayib, ohangida odob va sovuqlik qorishiq edi.

Xonimlar xuddi o‘zlarining cho‘qqi yutuqlarini qarshi olganday, birin-ketin Taehyung bilan quchoqlashmoqchi bo‘lishdi. Ammo bir lahza ichida u Bora qo‘lini qattiq siqib, uni o‘ziga tortdi. Harakat keskin va aniq edi.

— Kechirasizlar, — dedi u tovushini nazorat qilgancha. — Bu xonim yonida men jentelmen bo‘lishim kerak.

Xonimlar jilmaydi. Ammo bu jilmayish muzdek edi. Ichida rashk, bepisandlik va ortiqcha o‘ziga ishonch bor edi.

— Ammo biz ham xonimlarmiz, janob Taehyung! — dedi ulardan biri noz bilan. — Bizga ham jentelmen kerak.

Bora hayrat bilan Taehyungga qaradi. Bu gaplar, bu nazarlar — hammasi unga yot edi. Lekin Taehyung, u qarayotgandek bo‘lsa-da, biror narsa his qilayotgan ko‘rinmasdi. Faqat yengil jilmaydi — yashirin, zahar aralashgan jilmayish.

So‘ng, birdan sovuq tortdi.

— Men “xonim” dedim, — dedi u ohangini pasaytirib, ammo og‘ir qilgancha. — Siz men uchun shunchaki... bitchlarsiz.

O‘sha lahzada xona jim bo‘ldi. Qizlar ko‘zlarida olov bilan orqaga chekindi. Bora esa qattiq yutundi. Taehyung bu so‘zlarni aytar ekan, u sevgi bilan emas, rashk va ijtimoiy o‘yinlar bilan gapirayotganini his qildi.

So‘ng u do‘stlarini ko‘rib, ularga qarab ketdi. Hatto ortiga ham qaramadi.

Bora esa o‘sha joyda turib qoldi. Bu yerda hech kimga o‘xshamasdi. Hech narsaga mos kelmasdi. U asta orqasiga o‘girilgancha, sokinlik izlab, ichimliklar ko‘tarib yurgan afitsantlardan birini to‘xtatdi.

— Suv bering... — dedi u past ovozda, go‘yoki o‘zini ichki portlashdan tiyib.

U shunchaki bir kechada shoh marosimiga emas, ehtimol, begunoh yuragining yo‘q qilinish marosimiga kirib kelgandi...

Taehyung do‘stlari orasida kulayotgan paytda, u ortga ham qaramadi. O‘zini xotirjam tutayotgan bo‘lsa-da, ichida bir his allaqachon g‘ala-g‘ovur boshlagan edi. Ammo u bu hisni tan olishga hali tayyor emasdi.

Bora esa ichimlik olib, afitsantga rahmat deb jilmaydi. U asta atrofni ko‘zdan kechirdi. Ko‘zlari o‘sha ayollarga tushdi — ular hali ham unga tikilib turardi. Ko‘zlarida yovuzcha rashk, kinoyaviy nafrat bor edi. Bora esa sokin jilmaydi, go‘yoki: “Bu sizni qanchalik qizdirayotganini bilaman.”

Ammo... orqadan chiqqan bo‘g‘iq ovoz yuragini junbushga soldi.

— Salom, go‘zal xonim...

Bora tezda orqasiga qaradi. Qoramtir kostyumda, salmoqli yurish bilan yaqinlashayotgan, yuzida tajriba va mag'rurlik aks etgan erkak unga qo‘l cho‘zib turardi.

— Salom, janob...? — dedi u ehtiyotkorlik bilan. — Yordam kerakmidi?

Ammo javob o‘rniga erkak bora qo‘lini mahkam tutdi va uni valis holatiga tortdi. Musiqa allaqachon o‘zgargan, fon orqasida valis uchun yumshoq, ammo keskin ritmlar yangray boshlagandi.

— Ey! Nima qilyapsiz!? — dedi Bora, harakatdan hayratda.

U uni itarishga harakat qildi. Ammo erkak kuchli edi. Uning qo‘llari beldan siqib, Bora tanasini o‘ziga tortdi. Bora qattiq tipirchilay boshladi.

— olging kelyaptimi?! Qo‘yib yubor, hayvon! — dedi u g‘azab bilan.

Bu vaqtda, uzoqda turgan Taehyungning qulog‘i go‘yoki faqat shu gapni tutdi. U kulayotgan do‘stlariga bir zumda e’tibor bermay, nigohini tepadan tushirdi. Ko‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bora va notanish erkakka qaradi.

Va... ko‘zlar olovlandi. Qora, chuqur tuynukdek bo‘lgan nigohlari ichida birdan alangalar lovulladi. U bir soniyada qaynoq, portlovchi rashk va nazoratni yo‘qotish xavfi bilan to‘ldi. Jaglari siqildi, tishlari g‘ichirlay boshladi. Ammo u hali ham o‘zini tutib turdi.

Erkak esa bu nigohni ko‘rmasdi. U atayin, xuddi qasddan qilganday, Boraning belini mahkamroq siqdi. Uni o‘ziga yaqin tortdi. Nafasi Bora yuziga urildi.

— Kechirasiz, — dedi u past, ammo ishonchli ohangda. — ammo men uchun Go‘zal xonimni ko‘rib jim turish — jinoyat.

Taehyungning ichi qaynay boshladi. U bu tomoshani kuzatishga majbur edi. Qon bosimi ohangini pasaytardi, ammo yuzida hech qanday ifoda yo‘q edi — faqat sovuqlik va ichki portlash.

Ammo...

Bora birdan erkakni qattiq turtib yubordi. Ustidagi viski to‘kildi, yuragi esa shunchaki g‘azabdan emas — qadrini poymol qilishdan qattiq urdi.

— Qo‘l tekkizma menga! — dedi u past, ammo qat’iy ohangda.

Va tezda undan uzoqlashdi.

Taehyung buni ko‘rdi. Labining cheti esa yengil jilmaydi. Sovuq va qoniqarli bir jilmayish. “Xuddi o‘ylagandek. Baribir menga qaytasan.”

U asta zalning tinchrog‘roq burchagiga yurdi.

Bora ham taehyungni ortidan asta yura boshlaydi

Burilishga yetganida, Bora Taehyungni izdan yo‘qotib qo‘ydi. Yuragi g‘ash edi, harorati tushayotganday tuyuldi. Ammo... birdan yon tomondan chiqib kelgan yog‘on va kuchli qo‘llar, bo‘ynidan mahkam ushlab, uni devorga qapishladi.

— Taehyung?! — dedi u ko‘zlari keng ochilgancha.

Shu ondayoq bir tarsaki havoda chalinib, Taehyungning yuziga tushdi. Uning yuzi yon tomonga burilib ketdi. U hech narsa demadi, faqat tilini ichki betida aylantirib, asabiylikni yutib yutib, yana Bora tomon qaradi.

Yuzida ohang yo‘q, ammo ko‘zlari qaynab turgan edi.

— Sen o‘sha erkak bilan raqs tushding... — dedi past, ammo sovuq ovozda.

Va... o‘ng qo‘li bilan Boraning nozik bo‘ynini yana changalladi. Uni devorga urdi. Devor qattiq titradi, Bora esa og‘riqdan ko‘zlarini yumdi. tishlari orasidan xirillab so‘kindi.
— Jin urgur lanati… qo‘yib yubor, dedim!

Lekin Taehyung uning so‘zlarini tezda bòldi.

— OVOZINGNI O‘CHIR! Sen qaysi jasorat bilan boshqa erkaklarga sòzlashga jur’at topding?!

Bora qattiq yutinib , bo‘g‘zini siqib turgan qo‘llardan qutilishga urindi.

— Mening ishlarimga burningni tiqma! Kim Taehyung sen kim bo‘libsanki , menga egalik qilasan?! Sen bilan bir kecha o‘tkazganim bu hayotimni senga topshirganimni anglatmaydi.

— shunday deb òylaysanmi? | lab chetida kulgancha,Boraning qòlini qattiq ushlab shim ustidan yurgizdi.Men sòzlarim senga tushinarli bòlmagan kòrinadi.Endi qolganni u senga tushuntirib qòyadi.

Ammo Taehyung dorini og‘ziga soldi. Borani og'iz burnini berkitib, Boshini orqaga tortib yutishiga majburladi. Ko‘zlari xira tortdi, bir lahzaga jim bo‘lib qoldi.

Bora unga qarab turgancha orqaga bir qadam tashladi. Yana bir. Nafasi qiyinlashayotgan, yuragi qattiq urayotgan edi.

.

.

.

.

.

.