May 10, 2025

𝐇𝐀𝐏𝐏𝐈𝐍𝐄𝐒𝐒

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃𝐄_4❤️‍🔥

Taehyung mashinani jimgina haydab borardi. Ruldagi qo‘llari sokin, lekin nigohi har safar oynaga tushganida ichidan bir narsa g‘imirlayotgandek tuyular edi.
“Akam... u nimagadir boshqacha. G‘alati. Juda...”
Ichidagi shubha fikrlariga aralashib, yuragini g‘ash qilardi.
“Balki o'zgargandur..? Yo‘q, u o'zgarmaydi. Men bilgan Jimin bir zumda o'zgarmaydi...”

Taehyung bir zum mashina oynasiga qaradi. Jimin tashqariga tikilib, go‘yo har bir manzarani yod olib borayotgandek edi. Taehyungning nigohi unga ilinganini sezgandek, Jimin sekin burilib jilmaydi — iliq, keng va sirli jilmayish.

Bu jilmayish Taehyungni titratdi. Ko‘zlarini qisib, nazarida jimjitlikka o‘ralgan avtomobil ichida xavf va g‘ayritabiiylik izg‘ib turgandek tuyuldi.


Bu vaqtda kompaniyada...

Lee Einu xodimlar orasidan sekin chetga chiqib, telefonini yoqdi. Qadamlaridagi yengillik ostida bir sir yashiringandi. Ekranni ochib, "Janob Park Jimin" ga yozdi:

SMS:
— Janob, siz aytganingizdek, kompaniya oldida o‘sha Bora xonim bor edi.— Demak, uni ishga qabul qildingiz?— Albatta! Janob Taehyungning buyrug‘i edi. Hozirda u siz kelishingiz uchun tayyorlanmoqda.— Juda yaxshi. Endi esa bu yozishmalarni darhol o‘chir. Hech kim buni bilmasligi kerak.

Einu bir zum telefonga qarab turdi, so‘ngra tezda barcha habarlarni o‘chirib tashladi. Jimgina yutindi.


Jimin esa o‘sha paytda mashinada, ohangda telefonini cho‘ntagiga soldi.

Taehyung esa bu harakatni diqqat bilan kuzatdi. Nigohi chuqurlashdi.

Tae pov:
Nima bo'lsa ham mening ishlarimga aralashmasa bo'lgani

Jimin's smile
Taehyung face👀

Qizlar oxirgi pardoz pildiriqlarini qo‘yib, biroz orqaga chekindi. Hamma bir vaqtning o‘zida Boraga qarab qoldi.

Bora — uzun bo‘yli, silliq oq terili, nozik burunli va jing‘-jing‘ qora sochlari yelkalariga erkin to‘kilgan. Yuzida ozgina pushti rangli lab bo‘yog‘i, yengil pudra va yondosh sochlar orasida chaqnab turgan ko‘zlari bor edi.

Uning sokin, jiddiy chehrasida bolalarcha beg‘uborlik bilan aralashgan kattalarga xos sokinlik bor edi. U yuragini bexos titratayotgan hayajonni sir asrayotgandek, sekin o‘rnidan turdi.

Bora oynaga qaradi. Asta chap tomonga o‘girildi, keyin o‘ngga... Yangi obrazini, yangi o‘zini kuzatdi. Ichida nimadir o‘zgarayotgandek edi — bu avvalgisi emasdi. Ammo o‘zi ham hali to‘liq tushunmasdi — bu o‘zgarish nimadan va nima uchun...

Xonada faqat qizlar bor edi. Lekin bir zumda hamma sokin tortdi — go‘yoki uning go‘zalligi xonani jim qilib qo‘ygandek.

Shu payt Einu eshikni ochib kirib keldi. Qadamlarida shoshqaloqlik bor edi. U darhol Boraning oldiga keldi.

— Xonim, tayyormisiz? — dedi, nafasini rostlay olmay.

— Albatta, — dedi Bora, ohangida ishonchsiz jasorat bor edi.

— Juda soz! — Einuning yuzida g‘urur aralash xavotir bor edi. — Janob Taehyung va janob Jimin yo‘lda. Har lahzada yetib kelishadi.

Bora boshini egdi. So‘ng yana oynaga qaradi. “Men... endi haqiqatan bu yerda ishlaymanmi?” — deb ichida pichirladi.

Einu ko‘z qirida Borani yana bir bor kuzatdi. So‘ng balandroq ovozda buyruq berdi:

— Qolganlar o‘z ishlariga qaytsin! Janob Taehyung sizlarni to‘p bo‘lib turganingizni ko‘rsa jahl qilishi aniq!

Qizlar bir zumda go‘zallikdan mast bo‘lgan ko‘zlarini yumib, hushyor tortib, tezda tarqala boshlashdi.

Bora*💋

Taehyung tezlikni biroz oshirib, rulni chap qo‘li bilan mahkam ushlagancha o‘ngga burildi. Moshinaning g‘ildiraklari yengil shitirlagancha silliq asfalt ustida burildi va qora rangli avtomobil kompaniya darvozasi tomon yo‘l oldi.

Kompaniyaning ulkan oynali binosi uzoqdan ko‘zga tashlanardi. Quyosh porlayotgan osmon fonida bu bino jim turib, ichkarida qanday taqdirlar o‘zgarishini go‘yoki oldindan bilayotgandek edi.

Jimin derazadan qarab, bu keskin burilishdan zavqlangandek kulimsiradi. Labining chap chekkasida mayin, ammo ichida qandaydir sir yashirgan tabassum paydo bo‘ldi. “Demak, hammasi reja bo‘yicha ketyapti,” — degandek ko‘zlari yaltirab ketdi.

Taehyung esa akasining bu jim jilmayishini sezdiyu, hech narsa demadi. Ammo uning ko‘zlarida g‘alati bir bezovtalik porladi. U chuqur nafas oldi. “Nima bo‘layotganini bilmayman, lekin bu safar nima bo'lsa ham hech kimga shafqat qilmayman! ” — deb o‘ziga so‘z berdi.

Xuye sekin, og‘ir qadamlari bilan Minwo tomon yaqinlasha boshladi. Minwo esa so‘nggi raqibini bir zarb bilan yerga yotqizib, chuqur xo‘rsindi. Nafasini rostlagancha, u ham Xuye tomon yurdi.

— Meni qo‘rqoq, zaif, faqat o‘zini o‘ylaydigan xudbin deb o‘ylagan edingizmi? — dedi u, yuragini to‘kib. — Ha, men xudbinman… ammo zaif emasman!

Xuye kulimsiragancha qo‘lini Minwoning yelkasiga qo‘ydi va uni sekin o‘ziga tortdi.

— Yaxshi… Endi esa haqiqiy mahluqlar orasiga tushishga tayyorgarlik ko‘r. Ammo bir narsani unutma… U yerga kirsang, o‘zing emas — o‘liging chiqadi.

Minwo esa asta jilmaydi. So‘ng Xuyening qo‘lini yelkasidan sekin, ammo qat’iy harakat bilan itarib tashladi.

— Buni allaqachon bilaman... "noxche" guruhi haqida butun shahar pichirlab gapiryapti-ku!

Xuye bir zum jim turdi. Bu guruh haqida Minwo bilishidan hayron qoladi. Bu nomni eshitganda atrof havo bir zumda og‘irlashgandek bo‘ldi. “Noxche” — bu shahardagi eng yovuz va yashirin jinoiy guruh nomi edi. Ular haqida faqat pichirlab gapirishardi. Bu guruh a’zolari bir marta ko‘ringan joyda qon va izsiz yo‘qolishlar iz qoldirardi.

Minwo❤️‍🔥

Minwo so‘zsiz ortga burildi. Nigohida hech qanday ikkilanish yo‘q edi. Og‘ir, ammo qat’iy qadamlar ostida beton yo‘lak g‘ijimlanganidek jarangladi. Xuye esa joyidan qimirlamay, hayratda qoldi. U buni kutmagan edi. Axir Minwo bu guruhga qo‘shilish uchun qancha urinmadi?! Yalinish, mashqlar, sinovlar — hammasi ortda qolgandi. Endi esa u... shunchaki indamay ketmoqda.

Minwo yurarkan, sekin cho‘ntagiga qo‘l soldi. Telefonini chiqarib, bir nechta raqamni tez-tez bosdi va aloqani uladi. Uzoq emas, darrov bog‘landi.

– Eshitaman, – deb g‘o‘ldiradi bo‘g‘iq, sovuq erkak ovozi.

– Bu men, Minwo. Janob.

Erkakning ovozi yanada sovuqlashdi, to‘q va og‘irlashgan edi:

– Nima bo‘ldi? Nega hozir qo‘ng‘iroq qilding?

– Ularning sinovidan o‘tdim. Deyarli guruhga qo‘shildim desam bo‘ladi. Ularning ahmoqona rejasi menga kulgili tuyuldi...

Minwo labining chetida iljayish paydo bo‘ldi. Qadamlarining ohangi tezlashdi — u endi asfalt bo‘ylab yengilroq yurayotgandi.

– Juda yaxshi. Shunday davom et, – dedi erkak. – Va unutmang... kechqurun Boraga yana dori ber. Bu safar aniqroq dozada.

So‘ng aloqa to‘satdan uzildi. Javob kutilmadi. Suhbat tugashi bilan Minwoning chehrasi sal qoraydi. Ko‘zlarida g‘am va ichki qarama-qarshilik uchquni chaqnadi. Ammo bu holat uzoqqa cho‘zilmadi.

Orqasidan eshitilgan mashina signalidan seskanib, to‘xtab qoldi. Telefonni tezda cho‘ntagiga tiqib, ortga burildi. Qop-qora, sukunatni yorib kelgan mashina uning qarshisida sekinlik bilan to‘xtadi.

Egilib, deraza ichiga qaradi. Mashina ichida o‘tirgan Xuye xuddi hech nima bo‘lmagandek jilmayib qo‘ydi:

– Biz o‘z odamlarimizni yo‘lda tashlab ketmaymiz, Minwo. O‘tir, uyinggacha olib boraman.

Minwo hech bir shubhasiz, jilmayib mashinaga o‘tirdi

Taehyung yana bir burilish bilan kompaniya hovlisiga kirib keldi. Og‘ir sukut ichida mashinani to‘xtatdi. U va Jimin bir vaqtda mashinadan tushishdi. Taehyung mashina kalitini ko‘zoynak ortidagi qo‘riqchiga otgancha topshirdi. Qo‘riqchi darrov tutib oldi.

Ular kompaniya eshigi tomon yurishar, ichkarida esa Bora va Einu yonma-yon turishardi. Taehyung atrofga shoshilmasdan ko‘z yugurtirar ekan, nigohi ish kiyimidagi Boraga tushdi. Ko‘zlarida avval hayrat, so‘ng esa g‘azab uchquni chaqnadi. Chunki u aniq eslardi — Bora aslida Jimin uchun mo‘ljallangan kotiba edi.

Ammo... Shu onda uning miyasi boshqa yo‘nalishda ishladi. Kulib qo‘ydi. Jimin endi ularni ko‘rib turganini payqagach, tezda qadam tashlab Einu yoniga bordi. Bora esa jim turgancha unga tikilardi.

Taehyung sekin Einuning qulog‘iga bir narsa pichirladi. Einu ko‘zlarini katta-kichik qilib, sal bosh egdi. U noiloj edi.

Taehyung esa yengil tabassum bilan Boraning yonidan o‘tib ketdi.

Bora esa Taehyung bu yerda boshliq ekanligini tushunib, ko‘ngli g‘ash bo‘ldi. Bu yangilik uni xijolatga soldi.

Jimin orqadan kirib keldi va darrov Boraga yaqinlashdi.

– Salom, go‘zal xonim, – dedi u jilmayib.

Bora ham jilmaydi, ammo sal tortinchoq ohangda javob qaytardi:

– Salom, janob... Jimin.

Jimin qadam oldi va gapini davom ettirmoqchi edi:

– Menimcha, siz mening yangi...

Lekin u gapini tugatmasdan, orqadan Taehyungning sovuq, ammo aniq ovozi eshitildi:

– Yo‘q, yo‘q. U emas. U meniki. Sizniki esa – Einu.

Jimin birdan jiddiylashdi. Qoshlarini chimirdi va ko‘zlarini Einuga qadadi. Einu yelka qisib, jim qoldi.

Jimin xo‘rsinib, yana Taehyungga yuzlandi. Bora esa hali ham nima bo‘layotganini tushunolmay, Taehyungga qarab turardi.

– Nima?! – dedi u nihoyat. – Aqldan ozganmisan?

Jimin asabiylashib:

– Nima deganing? U Senikimi? Qanday ma’noda?

Bora jahl aralash. – Nima demoqchisan?

Taehyung unga yaqinlasharkan, tovushini past, va biroz masxaromuz jilmaygancha ammo aniq ohangda chiqardi:

– albatta Hozircha... kotibam sifatida!

Bora ko‘zlarini katta ochdi. So‘ng yana jahl bilan gapirdi:

– Yo‘q! Men senga kotiba bo‘lmayman!

Taehyung keskin qadam bilan unga yaqinlashdi. Bora bir qadam orqaga chekindi. Ularning orasidagi masofa tobora qisqardi... Va birdan taehyung...

.

.

.

.

.

• 𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋 @bangtan_ff_shop_menu 💙
•𝐖𝐑𝐈𝐓𝐄𝐑 @mrskim_misu 💗