โ '๐๐ฎ๐ป๐ด๐๐๐ฎ๐ฟ ๐๐ฎ๐ฟ๐ฎ๐๐ถ โ
* ๐ฉ๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐ *
'ยฏ ๐๐ธ'๐๐ช๐ต ๐ญ๐พ๐ท๐๐ธ๐ญ๐ช ๐ช๐ฑ๐ถ๐ธ๐บ๐ท๐ฒ๐ท๐ฐ ๐ด๐ช๐น๐ช๐ต๐ช๐ฐ๐ฒ๐ฐ๐ช ๐ช๐๐ต๐ช๐ท๐ญ๐ฒ๐ถ _
โqani kapalagim, u uchun buni bajar โ
Kozlarimdagi yoshlarim huddi sharshara misol yerga shoshilib tusharkan, ko'z oldimdagi o'lik jasadga tikilib qoldim. Ammo menda bir shijoat bor edi u meni bu ishlarni qilishga undar...
Jasaddan ko'zlarim uzib menga jilmayib, qo'lidagi pichoqni men tomon cho'zib turgan erkakga sekin qaragan zahotim nafratmi yoki boshqa tuyg'u miyyamni egillab oldi. Buni ko'zlarim ham yaqqol ayta olardi. Munchoqdek bo'lib ulgurgan ko'zlarimga to'plangan koz yoshlarimni qo'pollik bilan artib tashlab, Uning qo'lidagi pichoqni gazab bilan yulib oldim shunday qo'pol bo'lishimga qaramasdan u hamon jilmaymoqda...
Yerdagi jasadni yurak joylashgan qismini pastki tomoniga pichoqni sekin lekin Mohirlik bilan surdim. Jasadning tanasiga Kichik qonli chiziq chizilishi bilan o'lik deb o'ylagan jasaddan ingrash ovozi yangradi. Men darhol pichoqni surishdan to'xtadim. Yuragim shu qadar tez urardiki huddi Birinchi marotaba yugurganimda urgan yuragim tezlik kabi. Vahima bilan tepamda tik turgan erkakga qararkanman qo'limdan pichoq polga baland tovush bilan urildi.
โdavom et kapalagim nega to'xtading?โ
โ uni o'lgan degan eding, la'nati!!! โ
Ozim bilmagan holda ovozim titroq bilan hayqiriq chiqdi...
โ men ham uni o'lgan deb o'ylagan edim, qo'rqma go'zalim men yoningdaman โ
Bu voqealar bo'lishidan 10 oy avval
Qorong'u yo'lakdan charchagan holda yurarkanman. Bugun taxminan 34 ta mijozni kuzatganim hayolim bir chekasidan o'tdi... Ahhh.. Bu ozdek eshitilishi mumkin ammo 34 ta kishining har birini o'ziga yarasha har xil muammolari bor edi. Qo'limdagi telefon orqali bu so'zlarni eng yaqin dugonam Auroraga yozardim. U esa suv tushgandek jim edi. Albatta jim bo'ladi axir hozir yarim tun.. Ustimda oddiy ammo o'zimga yoquvchi guruh rasm tushirilgan futbolka, pastimga esa jinsiy shim... Unga xabar jo'natganimdan so'ng telefonimni sekin cho'ntagimga solayotganimda birdan chap tomonimda joylashgan bir eski haroba uy ichida qattiq ingrash ovozi eshitildi. Sal qolsa bu ovoz tufayli yerga yiqilar edim. Chunki bu ovoz yuragim doirasini qattiq urib yubordi.. Ohistalik bilan siniq shisha bo'laklar bilan qoplangan derazadan ichkariga nazar soldim. Oyoqlarimdan qattiq titroq qochdi. U YERDA QONGA belangan, qop qora kostyumli, qo'lida qurol bilan yotgan erkak bor edi. Ikkinchi tatirovka qilingan qo'li esa yaralangan joyiga mahkam bosilgandi...
โ hoy janob yaxshimisiz? โ
Ahh qanday ahmoqona savol, uning qanday ahvoldaligi ko'rinib turibdi axir... O'zimga o'zim mingirlab, tezlik bilan ichkariga kirdim. Erkak ko'zlari asta yumila boshlar, og'zidan bir so'z chiqishga harakat qilib lablari qaltirardi. Ammo bir so'z ham chiqmasdan erkak jim qoldi. Men zudlik bilan uni qoltiqlab oldim. Nima qilay axir shifokor bo'lsam, bunday bemorlarni ko'rganda jim o'tib keta olmasdan bu ham odamgarchilikga ham shifokorlik burjimga to'g'ri kelmas edi. Erkak huddi yuz kilogramm kabi og'ir edi. Lekin bilasizlarmi nima? Men kuchli qizman. Bu erkak men uchun pat misol..
O'zimga o'zim pichirlayotgan bu gaplar o'zimga kulgili tuyila boshladi. Qanday pat? U huddi Galenit kabi! Bu gaplarim ushlab turgan erkak eshitdi shekilli qandaydur kulgu ovoz eshitildi. Uni sudrab olib ketishga harakat qilarkanman u ko'zlarini ochib bo'ynimga uzoq tikildi. Sochlarimni tepaga yig'ib olganim bois bo'ynim ochiq qolgan edi. Bo'ynimga yaqin nafas his qilishim bilan bo'sh qolim bilan uni yuzini burib qo'ydim. U shu bo'yi jim qoldi.
"la'nati biroz bo'lsa ham harakat qilishga o'zi ham harakat qilib ko'rsa bo'lar edi ammo yo'q.. U huddi o'likga o'xshaydi"
Hayollarim chalg'ib uyimga ham bir amallab kelib qolganimni bilmay qolibman. Har bosgan qadamimda u meni itarishga harakat qildi.. Yordam kerak emasmi bu ahmoqga? Deb o'ylayotganimda orqa ko'chalarda qurol ovozlari ko'p marotaba jarangladi..
(Galenit โ zichligi taxminan 7.4โ7.6 g/cmยณ.)
Uyga astalik bilan kirib ham oldim. Uni divanga qo'yayotganimda Uning qo'llari bo'ynimni orqa qismini juda qattiq qisib qo'ydi. Biroz og'ridi. Ammo unda kuch kamligi bois divanga quladi. Va ko'zlari butunlay yumildi. Uni yaralangan qismiga tikilib qoldim.. Lekin bir zumda o'zimga kelib uni yarasini davolash uchun dori qutisini olish uchun o'rnimdan sakrab turdim va hamomga yo'l oldim...
Hamom unchalik keng bo'lmagan o'rta hol oilalar uchun qurilgan bu mahalladagi boshwa uylarniki kabi edi. O'ng tomonda joylashgan tokchaga koz tashlashim bilan u yerda hech narsa yo'qligini payqadim... Ahh oyim.. Albatta oyim dori qutisini doim oladi va ishlatgan joyida qolib ketadi.. Onamni chaqirmoqchi edim ammo sal avval kirish eshigiga yopishtirilgan qog'ozga onamning husni xatini korgan edim unga
Telefonimni tezlik bilan olib onamning nomerini terib, qo'ng'iroqni boshladim.. Uzoq jiringlashdan so'ng vanihoyat ularning ovozi eshitildi
โ ha qizim? biz xolangni uyidamiz senga qoldirgan qog'ozimni ko'rdingmi? โ
Onamning so'zlarini sabrlik bilan eshitganimdan so'ng chuqur nafas oldim
โ ha ko'rdim.. Oyi, dori qutisini qayerga qo'ydingiz? โ
Onam bu so'zlarimni eshitib, zudlik bilan havotir iila gapirdi
โ voy? Nima?? Qayeringdur lat yedimi? Qayering? Ahh seni uyda yolg'iz qoldirmasligim kerak edi..โ
โ OYI! Men yosh bola emasman! Tezroq ayting qayerda dori qutisi?? โ
Onam bilan gaplashganimda doim jaxlim qil uchida turadi.. Bu gal ham huddi shunday bo'ldi.. Jaxlimni boshqarishim qiyin. Onamni dori qutisi qayerda ekanligini aytgan zahoti qo'lim qizil tugmachani behosdan bosib yubordi... Odatda bunday bo'lmas edi.. Nega men bunchalar shoshayotganim ham bilmay qolayotgan edim. Dori qutisini olar ekanman erkak yotgan xonadan oyoq ovozi keldi.. Bir kishining emas chamasi uch kishining oyoq tovushlari edi. Men shoshilib dori qutisini olib u xonaga shoshildim ammo allaqachon kech edi.. Xona bo'sh chiqish eshigi esa ochiq edi. Qo'limdagi dori qutisini stol ustiga qo'yib kochaga qarash uchun chiqish eshigi tomon yugurdim. Ko'cha odatdagi tunlar kabi juda ham tinch va bo'sh edi. Hayron qolgancha uyga qaytdim.
Muzlatgichdan suv olib, muz idishidan muz olib suv ichiga soldim bir marotaba aralashtirdim va bir ko'tarishda hammasi ichib yubordim. Ko'zlarim bir nuqtaga qadalib, miyyam sal avval nimalar bo'lganini tahrir qila boshlagandi.
โ ahhh! Ajoyib! Ahmoqsan! Unga yordam berish ishtiyogida, uni hatto yuzida qaramapsan! Axxx.. Hech bo'lmaganda sog' bo'lsin โ
O'zim tinchlantirishga harakat qilib chuqur nafas olib qolimdagi idishni axlat qutisiga tashlab zinalardan tepada joylashgan Yotoqxonamga ko'tarilib, xonaga kirib kiyimlarimni yechib tashlab yotoqga o'zimni uloqtirdim.. Tanam charchagan, qo'l oyoqlarim og'riqdan qaltirar, boshim esa biroz avval bo'lgan voqealar tufayli yorilib ketgudek og'rir edi..
Tanamga tegayotgan issiqlikdan cho'chib uyg'onib ketdim ko'zlarimni ochganimda yonimga bir erkak yotar edi ko'zlari qonga to'lgan ammo bu qon g'azabdan emas istakdan qonga to'lganligi uning tanamga tikilishdan bilindi.. Biroz chiyqirab yubordim so'ng O'zim ham sekin tanamga qaraganimda men butunlay kiyimsiz edim.. Men hech qachon bir erkakni oldida butunlay kiyimsiz yotmagan tufayli yuzim biroz qizarib ketdi. Tezda Ko'rpani mahkam ushlab ustimni yopib oldim va erkakga
โ hoy ahmoq! Yo'qol xonamdan! Va menga qarashni bas qil โ
Deb uni oyoqlarini tepib yubordim. Erkak umuman qimirlas kozlari esa menga qadalgandi.. Ko'zlarim qovog'im chekasida aylantirib endi gapirmoqchi edim Birdan uning tanasini Ko'rib baqirib yubordim chunki...
โWriter:ะผisu ๐
โChannel: @terrible_fanfic ๐