𝐇𝐀𝐏𝐏𝐈𝐍𝐄𝐒𝐒
Minwo club eshigidan chiqarkan, tunning salqin havosi yuziga urildi. Nafasini chuqur olib, biroz muddatga to‘xtadi. Ammo… oldida sekin to‘xtagan qora, qimmat moshinani ko‘rib, bir zumda hushyor tortdi.
Derazalar asta pastga tusharkan, ichkaridan qora ko‘zoynak taqqan noma’lum qizning yuzi ko‘rindi. Qiz shunchaki Minwo tomon kulimsirab qaradi.
— Qani, o‘tir. Boshliq seni chaqiryapti… — dedi u, xuddi bu holat oddiy narsa bo‘lgandek.
Minwo bir zum jim qoldi. Bu qizni u birinchi marta ko‘rayapti. Ammo biror sabab bilan, yuragi tez ura boshlaganini sezdi. U sekin eshikni ochdi, mashinaga o‘tirdi. Yana bir bor qizga qiya qarab oldinga tikildi.
Qiz esa hech qanday gap-so‘zsiz, mashinani ishga tushirdi va to‘satdan tezlikni oshirdi. Club ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, tungi shahar chiroqlari moshinaning qora oynasida yaltirab o‘ta boshladi.
Ichkarida faqat motorning xirgoyi ovozi. Va Minwoning boshi uzluksiz ishlayapti:
> “Boshliq nega aynan hozir meni chaqiryapti? Bu qiz kim? Va… qanday qilib u meni topdi?”
Yelkalari qotib, kaftlari ho‘llana boshlagan edi.
Suga lablarini sekin Harining lablaridan ajratdi. Nafasi biroz og‘ir, ko‘zlari esa yondirardi. So‘ng qo‘llarini uning yonoqlaridan silab, barmoqlari bilan sochini sekin qochirdi.
— Go‘zalim, — dedi ohangdor, ammo ochiq istak bilan, — qani, uyga ketaylik… qolganini u yerda davom ettiramiz.
Hari labini pastga bosib, kulimsiradi. So‘ng uning yuziga biroz mehr ila qarab, yana bir bora betidan o‘pdi. Suga jilmaydi, rulga qo‘l urdi. Ular mashinada tezlik bilan harakatlana boshlashdi — Koreya kechasining chiroqlari ularning yuzida turli ranglar bilan o‘ynab, yuraklarini hayajonga to‘ldirardi.
Suga asta qo‘liga Hari qo‘lini olib, uni kuchliroq siqdi. Yuragi shiddat bilan urardi — bu safar u o‘zini tuta olmasdi, ichkaridagi tuyg‘ular, sog‘inch va istak hammasi qaynab chiqardi. Hari esa beixtiyor uning qo‘liga yanada yaqinroq surildi.
Bir necha daqiqada ular Suga yashaydigan hashamatli uyning oldiga yetib kelishdi. Darvozalar sekin ochildi, ularning yo‘liga bir maromda nur sochildi. Mashina bog‘ yo‘lakchasi tomon burildi.
Mashinadan tushgan zahoti Suga hech qanday so‘zsiz Harini o‘z bag‘riga oldi. Yelkasidan ushlab, ko‘tarib oldi va ohangsiz, ammo aniqlik bilan qadam tashladi — to‘g‘ri o‘z xonasiga.
U endi chiday olmasdi. Ammo baribir, u uchun Hari — faqat istak emasdi. Bu — ichki urinishlar, kechikkan sevgi va vaqt bilan o‘ralgan bir ehtiros edi.
Yuqoridagi zinapoyalarda hech qanday so‘z aytilmasdi — faqat nigohlar, to‘xtab-to‘xtab tortilgan nafaslar va yurakdagi chuqur istaklar ularni yetaklardi.
Yotoqxona eshigi ochilishi bilan Suga Harini sekinlik bilan pastga qo‘ydi, ammo qo‘llari uning belida qoldi.
— Shuncha vaqt kutdim... — dedi u past, xirgoyi ohangda. Hari javob qaytarmadi — faqat sekin boshini qimirlatib, uning yelkasiga peshonasini qo‘ydi.
Suga yuzini uning yuziga yaqinlashtirdi. Barmoqlari bilan Harining sochini yuzidan ohista chetga surdi va sekin lablarini undikilariga bosdi. Bu o‘pich — shunchaki istak emas, balki ehtiyotkorlik, sog‘inch va mehrning to‘la akslanmasi edi.
Liboslar ohista yechila boshladi — hech qanday shoshilishsiz, hech qanday shovqinli harakatlarsiz. Faqat yurak urishlari, ko‘zlar va sezgilarning uyg‘unligi ularni birlashtirib borardi.
Bora asta-sekin o‘zini yo‘qota boshlagan, uning ko‘zlari allaqachon hayotiy ongni emas, faqat instinkt va ehtirosni aks ettirar edi. Onalar, sabablar, tushuncha — barchasi asta miyasidan o‘chib, faqat bir istak, bir noaniq tuyg‘u ichini egallagan.
Taehyung jimgina jilmaydi. Bora hozir butkul uning qo‘lida edi — so‘zsiz, fikrsiz, faqat yurakdan kelgan ishoralarga bo‘ysunuvchi holatda. U uni ohista, lekin ishonch bilan bag‘riga ko‘tardi. O‘zining ustidagi qora kostyumini yechib, Boraning sonlariga ehtiyotkorlik bilan o‘radi — ularni yopiqligicha, himoya ostida saqlagandek. So‘ng orqa eshikni ochib, hech kimga ko‘rinmasdan, uni binodan olib chiqdi.
Ular mashinaga yetganida, Bora jinni kabi kulib, Taehyungning bo‘yniga yopishdi. Uning barmoqlari Taehyungning bo‘yinida, lablari esa jilmayib turgancha, o‘ziga xos bexos his-tuyg‘ular bilan titrar edi.
Taehyung esa asta egilib, lablaridan yengilgina o‘pib qo‘ydi. So‘ng, mashina yonida turgan odamlardan biriga qattiq ohangda buyruq berdi:
— Anavi Boraga tegingan erkakni... omborga olib boring. Faqat sizlarni hech kim ko‘rmasin!
Kalitni olayotganida, ko‘zlarida qahr va sovuqlik uyg‘unlashgandi. U yuragida titrayotgan mayin tuyg‘uni o‘ziga ham bildirmay itarib tashladi. Bu endi reja edi. Boshqaruv uning qo‘lida bo‘lishi kerak edi.
Mashina g‘uvillab harakatga tushdi. Ichkarida Bora hali ham kulayotgan, yelkasini Taehyungga tirab turgan edi.
— Ho‘sh, sevgilim, qayerga ketyapmiz? — dedi u, lablarini qimtib, yengil shivirlab.
Bu savol Taehyungning yuragini bir lahzaga ezdi. U buni sira kutmagandi. Uning ichidagi sovuq rejalar va jazavalar fonida bu so‘zlar quyosh nuri kabi yorishib kirdi. Ammo u darhol bu tuyg‘uni siqib, orqaga itarib qo‘ydi.
— mening giyohvand kapalagimning haqiqiy joyiga… — o'zining bu gapida lab chetida o'zi bilmagan holda jilmayish tortildi.
U mashinaning kichik oynasidan Boraning yuziga qararkan, pastki labini tishladi. Bora esa unga tik qaragancha yana kulib qo‘ydi.
Bu kulgi — beg‘uborlikmi, yo‘qotilgan aqlning aksimi, yoki istak bilan zaharlangan onglik bir lahzami — buni faqat qorong‘u tun va ichida to‘lqinlangan yuraklar bilardi...
Taehyung mashinani g‘uvillatib o‘zining baland, hashamatli, deyarli qasrdek uyiga olib keldi. Uning ko‘zlarida yolg‘iz bir niyat — uni hozir o‘z dunyosiga olib kirish bor edi. U mashina to‘xtashi bilan eshikni ochib, Borani hech ikkilanmasdan bag‘riga oldi, so‘ng bir harakat bilan uni yelkasiga tashlab, qadamlarini tezlashtirib ichkariga yurdi.
Bora yelkasida kulardi. Uning bu beg‘ubor kulgusi Taehyungga go‘yo zahar kabi botardi. Har qadamda, har yurishda, u ichkaridan qaynab borayotgan rashkni his qilardi. O‘sha odam — Boraga tegingan begona — hali ham uning xayolida edi. Ichida esa bitta ovoz jaranglar edi:
> “Unga tegdi... unga qaradi... sen esa jinni kabi buni shunchaki kuzatding”
Taehyung ularni to‘g‘ri o‘zining katta, qorong‘i va chuqur jimjit yotoqxonasiga olib bordi. Ichkariga kirishi bilan eshik og‘ir ovoz bilan yopildi.
Bora yotoqqa ohista tushirilganida hamon kulardi, ammo endi bu kulgida beg‘uborlik emas, uning nazoratdan chiqqanligini his qilgan ayolning xotirjamligi bor edi. U sekin Taehyungning yelkasidan o‘tgan barmoqlari bilan yengil silab qo‘ydi.
Ammo bu silash — Taehyungdagi barcha sabr pardalarini uzib yubordi.
U hech qanday so‘zsiz kiyimlarini yecha boshladi. Har bir harakatida nafaqat ehtiros, balki chuqur yashirin rashk, iztirob va o‘ziga-o‘zi bo‘lgan nafrat mujassam edi. U buni yashirmadi. Nafasi og‘irlashgan, qo‘llari esa titray boshlagan — istakmi, rashkmi yoki g‘azabmi — bu holatni ajratib bo‘lmasdi. Kiyimlarini o‘z qo‘llari bilan yirtib tashlaganida, xonadagi havo ham qizib ketgandek tuyuldi.
Bora esa jim yotar edi. U faqat kuzatardi — qanday qilib Taehyungning nazorati asta asta yo‘qolayotganini, qanday qilib u o‘zini tutolmayotganini ko‘rib turar edi.
Taehyung bir lahza ham yo‘qotmasdan, kiyimlaridan xalos bo‘lgach, Boraga tomon egilib, go‘yo uni ko‘zlari bilan ich-ichigacha o‘qiyotgandek tikildi. So‘ng bir zumda uning ustiga egildi. Bora — endi to‘liq Taehyung va yotoqning issiq bag‘rida qamalib qolgan edi.
U egilib, qulog‘iga titragan, ammo baralla chiqqan ohangda pichirladi:
— Agar yana bir bor boshqa erkak bilan raqsga tushsang… bu dunyoni o'sha erkak bilan birga yoqib yuboraman.
Bu so‘zlar endi rashkdan emas, balki qanchalik og‘rigan qalbdan aytilgan edi. Uning ichidagi sevgi allaqachon istakka aylangandi, endi esa istak ham g‘azabga aralashgan edi.
Taehyung Bora bilaklarini ushlab, yostiqqa mahkam bosdi. Ammo harakati shafqatsiz emas edi — bu ichki azobining kuchli ifodasi, uni yo‘qotishdan qo‘rqqan bir yigitning chorasiz harakati edi.
Bora esa jim edi. Nafasi qizigan, yuragi tez urardi. Ammo uning ko‘zlari hayratda emas, balki qorong‘u ehtiros va sukutdagi ishonch bilan to‘la edi.
Bora boshini biroz ko‘tardi. Ko‘zlarida g‘alati bir yong‘in bor edi — u na ko‘r-ko‘rona istak, na ongli qaror edi — bu qalbdagi yong‘inning sadosi edi. U Taehyungni labidan ohangraboday o‘pdi. O‘sha o‘pichda og‘riq ham bor edi, sog‘inch ham, ehtiros ham.
Taehyungning qo'llari bora qo'llarini qo'yib yuborib zudlik bilan uning belini topdi. Ikkinchi qo'li bilan esa bora kiyimining orqa iplari bilan o'ynashib ularni asta ywcha boshladi. Bora go‘yo og‘ir orzular orasida suzayotgan edi. Uning ongida faqat yurak urishi, yuragida esa faqat Taehyung. Bu lahza ular uchun na vaqt bor edi, na joy — faqat ular va bu sokin, ammo ichidan olovli tun...
Bora kiyimi bir sirgalish bilan uning ichki kiyimlarini va oppoq tanasini ochib berdi. Taehyung buni ko'rishi bilan ko'zlari olov kabi shahvatdan yondi.
Shiftga tikilgan Mingi jim yotar edi. Xonadagi sukunat go‘yo uning ichki bo‘shlig‘ini aks ettirardi — so‘nib borayotgan tungi lampaning xira nuri uning xayollarini ham so‘ndirgandek. So‘ng eshik sekin ochildi. Qadam tovushi yumshoq, lekin tanish. Jimin.
U keldi-da, sokinlikni buzmaslikka urinib, yotoqning chetiga yotdi. Mingi asta boshini unga burdi. Jimin jilmayib, ovozini pastlashtirib gapirdi:
— Ho‘sh... bugun yangi hamkorlar tomonidan tashkillashtirilayotgan bazmga nega bormayapsan, kichkina quyoncha?
Mingi yuragidagi zerikkanlikni yashirib, yengil kuldi va o‘rnidan turib tik o‘tirgan holda javob berdi:
— O‘zingiz-chi? Siz ham bormapsiz-ku...
Jimin kulimsirab uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. Uning barmoq uchlari iliq edi, ammo bu iliqlik ortida qandaydir sirli reja yashirin turgandek tuyulardi.
— Demak, orningdan tur. Birga boramiz.
Mingi biroz ikkilanib, akasining qo‘lini o‘z qo‘li bilan qamrab oldi:
— Taehyung... buni sezsa jahl qilmasmikan?
Jimin ko‘zlarini qisib jilmaydi, ohangida erkinlik va beparvolik:
— U haqda endi men qayg‘uraman. Axir biz ham bu kompaniyaning merosxo'rlarimiz.
Mingi kuldi. Ichki norozilik bilan, ammo hazilga o‘ralgan holda:
— Aslida men shunchaki farroshman!
Ularning har ikkisi kulib yuborishdi. Bu lahzalik kulgu yurakdagi og‘irlikni aritdi. So‘ng Mingi joyidan turdi. Ko‘zguga qarab, bazm uchun chiroyli libosini tanladi. Ayniqsa, bugun uning ko‘zlari boshqacha yaltirardi — uzoq vaqt jazo ostida bo‘lgani uchun bazmni ko‘rishga chin dildan chanqagandi.
Bazm — yaltirab turgan shandellar, oltin rangli sharob stakanlari, zamonaviy musiqa va chiroyli libosli mehmonlar to‘la zaldan iborat edi. Atrofni qora smokinda xizmatkorlar kezardi. Har bir mehmon go‘yoki bu dunyodagi eng muhim odam kabi ko‘rinishga harakat qilardi.
Jimin va Mingi ikki tomondan kirib kelishdi. Ularning borishi zaldagi ko‘plab nigohlarni o‘ziga tortdi. Ayniqsa Jimin — uning harakati, yurishi, jilmayishi — hammasi o‘ziga xos mag‘rurlik bilan uyg‘unlashgandi. Ammo nigohi doimiy ravishda bir kishini izlayotgandi — Taehyung.
U ko‘rinmasdi. Bu esa Jiminda allaqanday gumon uyg‘otdi.
— Qiziq... — dedi u sekin pichirlab.
Mingi ham atrofga razm solarkan, uning nigohi kutilmaganda Jacksonga tushdi. Taehyungning eng sodiq odami. U sal nariroqda bir erkak bilan gaplashayotgan edi. Va birdan... qo‘lidagi viskini go‘yoki tasodifan o‘sha erkakning ustiga to‘kdi.
Mingi darrov Jiminni tirsagi bilan turtib, unga bu sahnani ko‘rsatdi. Jimin nigohi darrov o‘tkirlashdi.
— Bu... g‘alati, — dedi u pichirlab. — Jackson hech qachon bunday xatoga yo‘l qo‘ymaydi. Ayniqsa u bo‘lsa...
Aynan shu payt, orqadan kutilmaganda Jungkook kelib, Mingi yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. Qalban yengil, betashvish yigitdek jilmaydi:
— Ho‘sh, do‘stlar! Nihoyat kelibsizlar! Men allaqachon zerikib ketgandim...
Jimin ko‘zlarini Jacksondan uzmay, xayolida nimalarnidir hisoblab chiqdi. So‘ng Jungkookga qarab:
— Bir daqiqa kutib tur-chi, Jungkook... — dedi va Jackson tomon yurdi.
Jackson ayni damda tashqariga ketmoqchi edi. Ammo qulog‘idagi kichik ratsiyaga shoshilinch pichirlab gapirdi:
— U chiqib ketdi. Tayyorlaning!
Aynan shu daqiqada Jimin uning bilagidan ushlab qoldi.
Jackson shoshib ortiga o‘girildi va Jiminni ko‘rib darhol hurmat bilan egildi.
Jimin jilmaydi, ammo so‘zlarida keskinlik bor edi:
— Bu yerda nima qilayapsan, Jackson? Nega o‘sha erkakni o‘g‘irlamoqchisan?
Jackson ko‘zini qisdi, so‘ng ko‘zlarini erga tikdi.
— Nima deyapsiz, janob? Yo‘q, yo‘q! Men... men uni o‘g‘irlamoqchi emasman. Aslo!
Shunday deb u qochgudek zaldan chiqib ketdi. Jimin esa chuqur nafas olib, sekin boshini chayqadi.
— Demak... Taehyung bu yerga Bora bilan kelgan. Bora esa u erkak bilan nimadir qilgan. Ho‘sh... sovuqqon Taehyung... sen kotibangni rashk qildingmi? Yoki... bu yana bir sirli rejami?
U yuzidagi kulgini yashirib bo‘lmadi. Nigohi ostida o‘ynoqi yong‘in yoqilgandi. So‘ng bazm egasining oldiga borish uchun yurdi.
Bu orada esa Mingi va Jungkook... bir burchakda turli qizlar bilan kulishib, hech nimadan bexabar suhbatlashar edi.
Jackson tashqariga chiqqach, atrofga shoshilinch nazar soldi. So‘ng oyoqlarini tez-tez bosib, qora oynali qora SUV tomon yurdi. Uning yurishida shoshilinchlik va ehtiyotkorlik qorishiq edi. Mashina eshigi ochilishi bilan darrov orqa o‘rindiqqa o‘tirdi. Ichkarida — hushini yo‘qotgan o‘sha erkak bog‘langancha yotardi.
Yuzida yara izlari, og‘zi skotch bilan yopilgan. Nafas olishi og‘ir. Qon tomchilari yoqasi tomon oqib tushgan. Uning bu holatiga qarab, Jackson kulimsiradi. So‘ng rulda o‘tirgan sheriklariga qarab qisqa, ammo ohangida g‘urur yashiringan so‘zlarni aytdi:
So‘ng tezda mashinani harakatga keltirishga ishora qildi. Qora SUV ko‘cha chiroqlarini kesib, tun bag‘rida yo‘ldan g‘oyib bo‘ldi.
Jackson qo‘lida turgan telefonni qulfini ochdi va Taehyung nomli kontaktga yozdi:
> Yarim soatda u omborxonada bo‘ladi, janob! Biz yo‘ldamiz.
SMS yuborilgach, mashinada faqat dvigatel g‘uvillashi va orqa o‘rindiqda hushsiz erkakning og‘ir nafaslari eshitilar edi...
Oq ipak ko‘rpaga o‘ralgan Bora jim yotar edi. Yuzida halovat bilan azob aralash yengillik bor edi — bu harorat, iztirob va charchoqdan so‘nggi holsizlik edi. Uning yonida esa yotgan Taehyung, uning soch tolalarini barmoqlari orasida ohista o‘rab o‘ynab yotgan edi. Sochlarining har bir tolasi unga najotdek, tinchlikdek tuyulardi.
Uning ko‘zlari loqayd, ammo ichkaridan so‘nmas olovda yonayotgan edi. To‘satdan telefonining xira ringtoni bu sukunatni yorib o‘tdi. Taehyung beixtiyor qo‘lini Boradan tortdi. Yostiqqa tushgan sochlar uning ko‘z oldida tarqaldi.
U telefonni oldi. Ekrandagi matnni o‘qirkan, qoshining uchi biroz ko‘tarildi. So‘ng yuzida asta jilmayish paydo bo‘ldi — jinoyat boshlanishi yaqin edi.
Sekin o‘rnidan turdi. Qadamlarini ehtiyotkorlik bilan bosdi. Qorong‘u xonani yoritib turgan tungi chiroq nuri ostida u kiyimlarini kiya boshladi. So‘ng Boraning oldiga egildi. Ko‘rpani yelkalariga tortib, uning yuziga qaradi. Uning lablariga ohista lab tegizdi.
— mening qizil kapalagim— dedi shivirlab
So‘ng xonadan chiqib, qasrning marmar zinasidan tez yurib pastga tushdi. Unga xizmatkorlar yo‘l ochishardi. Qorong‘i qasrda qirolichani yolg‘iz qoldirib, qiroli o‘lim tomon harakat qilayotgan edi.
Taehyung mashinasiga o‘tirdi. Dvigatelning g‘uvillashi — ichidagi vahshiy energiya bilan uyg‘unlashdi. Ammo chiqib ketar chog‘ida, qasr darvozasi oldidagi qorovullarga keskin ohangda buyruq berdi:
— Uni bir tola sochi ham to‘kilmasin! Men qaytib kelgunimcha uning xonasiga hech kim kirmasin. Hatto Soniya ham!
Uning bu so‘zlari qo'rqchillarning yelkasini qotirdi. Taehyung esa g‘azab bilan mashinani haydab chiqib ketdi. Uning ko‘zlarida chaqmoq chaqnayotgandi.
Metall devorlari zang bosgan, havosi chirigan va sovuq bu ombor ichida bir nechta mash'alalar titrab yonar, soyalar esa har bir qadamga hamroh edi. Xonani qoplagan sukunatni faqat erkakning hushsiz nafaslari va qadam tovushlari buzardi.
U katta temir stolga butunlay bog‘langan. Qo‘llari, oyoqlari zanjir bilan mahkamlangan. Atrofida esa — Jackson va uning qop-qora kiyimdagi sheriklari jim turgancha kutishardi.
To‘satdan tashqaridan to‘rt g‘ildirakli mashinaning shiddatli to‘xtashi eshitildi.
Ularning ichiga Taehyung — qop-qora libosda, yuzida olov, ko‘zida qon bilan kirib keldi. Yurgan sari poyabzal tovushlari ombor ichida aks-sado berdi. Uning har bir qadami — kimnidir o‘limga olib borayotgan qadamdik eshitilardi.
U kirishi bilan Jackson va boshqalar tezda tik turib, bosh egishdi.
— Janob… — deya past ovozda e’tibor berishdi.
Lekin Taehyung hech biriga nazar solmadi. Sochlari yuziga tushib ketgan, ko‘zlari esa faqat erkakka qadalgan edi.
U og‘ir qadamlar bilan uning yoniga bordi. Stolning chetida turgan metall chelakni oldi. Ichidagi sovuq suvni hech ikkilanmay erkakning yuziga sepdi.
— LA'NATI, UYQON!!! — deb baqirdi. Ovozi ombor ichida portlagandek aks etdi.
Erkak sapchib ko‘zlarini ochdi, bir lahza hushiga keldi, lekin boshi aylanganidan yana ko‘zlarini yumdi. Nafasi ichida qisildi. Badani qaltirab turardi.
Bu Taehyungni yanada g‘azablantirdi. U erkakning sochidan changallab, boshini orqaga tortdi. Og‘zidagi skotchni yulib tashladi, erkakning yuziga tishlarini g‘ijirlatib turib tupurdi.
So‘ng ichida portlab yotgan g‘azabni so‘zlarga aylantirdi:
— QANDAY JUR’AT BILAN MENIKI BO‘LGAN QIZGA TEGINDING, A?! LA'NATI! JIN URGUR!!!
Erkak qaltirab, qo‘rquv bilan unga qaradi. Qochmoqchi edi — lekin qo‘llari zanjirda. Ko‘zlarida hayot emas, faqat o‘limga qarash bor edi.
Taehyung unga biron so‘z aytmasdan, uning ikkala qo‘lini birdan sindirdi. Barmoqlar g‘ijirlagan, suyaklar sinayotgan ovoz ombor ichida yurakni tilka-pora qilardi.
Erkak og‘riqdan baqirdi, lekin ovozi ombor devorlaridan qaytdi xolos.
Taehyung, ko‘zida yovuzlik bilan buyruq berdi:
— Uni go‘sht maydalaydigan uskuna ichiga soling! Uning chiqqan go‘shtini egizak itlarimga bering! Ular yirtqich ovqatni yaxshi ko‘rishadi.
U shunday degach, hech qanday afsus, hech qanday ikkilanishsiz erkakning qorniga bir tepdi. So‘ng yana, va yana... Qon zarralari Taehyungning etiklariga sachrardi. Ammo u to‘xtamasdi. Uning har bir zarbasi ortida — rashk, iztirob va egalik tuyg‘usi bor edi.
Jackson jim turardi. Hammalari jim edi.