— '𝗚𝗮𝗻𝗴𝘀𝘁𝗮𝗿 𝘆𝗮𝗿𝗮𝘀𝗶 —
Ikkinchi qismi
— hoy ahmoq! Yo'qol xonamdan! Va menga qarashni bas qil —
Deb uni oyoqlarini tepib yubordim. Erkak umuman qimirlas kozlari esa menga qadalgandi.. Ko'zlarim qovog'im chekasida aylantirib endi gapirmoqchi edim Birdan uning tanasini Ko'rib baqirib yubordim chunki...
Chunki uning tanasi qonga bo'yalgan, ochiq tanasida chandiqlar bilan to'lgan, o'sha chandiqlardan esa tinmay qon oqar edi... Pastel esa allaqachon qizil rangga aylangan edi.. O'rnimdan turishga harakat qildim ammo men bu karavotga yopishib qolgan edim... Ichimdan tilimga kelgan barcha qo'pol so'zlar bilan la'natlab barcha kuchib bilan turishga intildim ammo birdan to'xtab qoldim chunki bo'ynimga issiq lablar yopishdi... Bu.. Bu.. Bu o'sha erkak lablari edi. Ko'zlarimni yumib qattiq Baqirib yubordim..
Kozlarimni ochganimda hammasida joyida edi. Hech qanday erkak, hech qanday qon va chandiqlarsiz bo'sh o'zimning barcha narsalar oppoq rangda bezatilgan xonamda edim. Sekin oqargan yuzimga kelishi uchun bir ikki tarsako yuzimga urib sekin O'rnimdan turdim.. Mendagi birinchi qorqinchli, daxshatli tush edi bu.. Men hech qachon bir erkak bilan bir yotoqda yotmaganman yana meni hech qanday erkak bo'ynimdan o'pmagan.. Shular o'ylab hamomga ham kirib kiyimlarim yechib sekin dushni yoqib tanamdagi tashvishlarga oz bo'lsa ham yordam sifatida suv yoqdim.. Bu suvlar tanamdagi barcha g'amlarni yuvgani misol tanamdan oqib tushar, ko'zlarimni yumib o'sha tush tafsilotlari tahrir qilar edim..
Ustimda pushti mayda gullar bilan boyitilgan uzun ko'ylakni kiyib, uydan chiqdim.. Nonushta? Ah uyda onam bo'lmasa men nonushta qilmasligim aniq axir.. Sekin avtobus bekati tomon yurdim hayolim hamon o'sha tush tomon o'tlab yurardi. Avtobus yaqinlashayotganini uning signalidan so'ng sezib seskanib ketdim.. Avtobus sekinlik ammo kuch bilan to'xtadi va men Avtobusga sekin chiqarkanma ko'zlarim behosdan bekat yonidagi kichik do'konchaga tushdi u yerda bir qora kepka kiyib olgan erkak menga qarab turar, qo'lidagi telefonini sekin qulog'iga tutib bir nimalar dedida tezda qo'ng'iroqni yakunlab do'kondan chiqdi. Avtobus ham sekin yura boshladi. Men ham astalik bilan bosh joyga o'tirdim.
Avtobus ayni men ishlaydigan shifoxona yonidagi bekatga to'xtaydi.. Men avtobusga kartam bilan to'lov qilib pastga tushdim. Har kuni meni ko'radigan avtobus haydovchisi menga jilmayib
—yaxshi ishla, o'zingni ko'p qiynama, ozib ketyapsan ekan—
Bu gaplarni eshitib yuzimga qon yugurdi. Bunday iliq so'zlarga javob sifatida erkakga qarab jilmayib bosh egib qo'ydim.. Erkak ham tabassumimni ko'rgach jilmaydiyu avtobus eshiiklarini yopib bekatdan uzoqlashdi.. Men ham tezlik bilan shifoxonaga kirdim.
Eshikdan kirishim bilan menga hamma jilmayishni boshlaydi. Bu odatiy hol, ammo bu har kuni kayfiyatim yaxshi bo'lishiga sababchi edi. Kiyimimni almashtirish uchun xonam tomon yurdim. Yo'limdan chiqgan barchaga bosh egib hayr tong tilab xonamga ham kirib oldim. Kirishi bilan birdan Telefonim qo'ng'iroq bo'ldi. Cho'ntagimdan telefonimni olib ekranga qarasam yaqin dugonam ismi turar edi.. Tezda bu qo'ng'iroqga javob berish uchun yashil tugmani surdim
—hayrli tong, maymuncham
Bu laqabimdan endi gapirmoqchi bo'lgan Aurora chuqur nafasi hatto telefon ortidan ham juda yaxshi eshitildi. Buni eshitgach kulgudan o'zimni tiya olmay kulib yubordim
—hoy sichqon! Jim bo'l! Kechagi xabaringni mana hozir o'qidim! La'nati! O'zingni nega buncha qiynaysan a?
Gapirmoqchi bo'lib lablarimni ochishim bilan u keyingi gapi bilan mening hali chiqishga ulgurmagan so'zlarimni bosib ketdi
—yana o'sha Cai Xukun bilan qolish uchun ko'p ishladingmi? Bilaman senga Xitoylik bollar yoqadi! Lekin ular uchun bunday qilishlik ahmoqlik! Jinni qiz!
Uning gaplari rost edi menga Xitoylik bollar yoqadi. Ammo.. Cai Xukun rostan ham juda kelishgan axir u meniki bo'lishi kerak!
—hoy bas qil! Sen meni his tuyg'ularimni tushunmayabsanmi?? Bu safar hammasi rost! Men uni chindan sevaman! Yaqin dugonam emushsan yana
Telefon ortidan uning kulgu ovozi keldi bu meni biroz o'zimni asabiy his qilishimga sabab bo'ldi
— bu safar hammasi rost? Hahaha Taeyangchi? Suhochi? Bular ham rost edi axir... Exxx Liora.. Bas qil bu ahmoqgarchilikni!
Asabim boshqa chidamaydi.. To'g'ri bu gaplar rost ular bilan munosabatda bo'lganimda bularni haqiqiy deb oylaganman ammo uning huddi buvilardek nasihatlari yoqmaydi. Boshqa so'z aytishni istamay qizil tugamni bosdim. Vanihoyat uning kulgusi endi eshitilmayabdi. Ammo uni hafa qilish niyatim ham yo'q, shu sabablo tezda uning shaxsiy xabar chatini ochib unga xabar yubordim
—keyinroq o'zim senga qo'ng'iroq qilaman, hozir ishlashim kerak—
Telefonimni stolga tashlab kiyimimni almashtirdim..
::::::::::::/::::
Tushlik vaqti ham keldi kechagi voqea, bugun ertalabki tush bularning barchasi tufayli tuzuk quruq ishlay ham olmadim hayolim faqat o'sha voqealarda edi. Bugun hatto Xukun ham ko'rmadim.. Hayollarimni bir joyga yig'ish uchun tinchroq bo'lgan shifoxona orqa tomonida joylshgan, daraxtlar bilan o'ralgan bog' ortasida bo'lgan o'rindiqga o'tirib, boshimni quyi solgancha ko'zlarimni yumdim.. Birozdan so'ng qornimdan chiqgan ovozdan hayotga qaytdim.. Men nonushta qilmadim tushlik ham qilmayabman.. Albatta qornim bu uchun men bilan jang qilmoqchi edi. Yana bir marotaba qornim hayqirdi bu safar balandroq. Ammo yonimdan past kulgu ovozi eshitildi. Boshimni ko'tarib qarasam kun bo'yi umuman ko'rmagan Xukun qo'lida uchta sendvich bilan menga tabassum qilib turardi. Yuragim baqirib yubordi.
—hoy qizaloq, tushlik bu yerda qilyapsan? Qorning ochgan ko'rinadi...
Uning bu gaplaridan so'ng men to'g'ri jinnxonaga bemalol keta olardim.. Chunki u meni alqdan ozdirmoqda
—ha nonushta ham qilmadim.. Tushlik esa esimdan chiqibdi.. Agar qornim odam bo'lganida aniq meni tagiga bosib olib, o'lgunimcha urar edi
Oxirgi so'zlari ichimda o'ylagan gaplar edi ammo ularni baland ovozda gapitganimni uning baqirib kulib yuborganidan so'ng sezdim va rezda yuzim huddi pomidor kabi qizarib ketdi.. Past ovozda o'zimni qargab yubordim
U esa yonimga o'tirib, tizzamga bosilgan qo'llarimni ushlab kaftimni sekin ochdi so'ng u yerga sal avval qo'lida turgan sendvichlarni joylashtirdi.
—bularni ertalab o'z qollarim bilan tayyorlagan edim.. Menimcha senga yoqadi agar kamlik qilsa ayt.. Boshqa narsa olib beraman okay qizaloq?
U gaplardan so'ng oyoqlarim bo'shab ketdi.. Ammo gaplaridan so'ng sochimni silab qo'yishi shunchaki hushimdan ketgizishga qodir.. Uning teginishlari juda nafis va sekin edi. Qo'limda turgan sendvichga qarab, bir yutunib qo'ydim va bittasini uning qo'liga qaytarib tutqazdim
—birgalikda yeymiz, yolg'iz yeyish biroz zerikarli axir
U buni qaytarib bermoqchi edi ammo qat'iy turib olganimni ko'rgach sekin yeyishni boshladi. Men ham yeyishni boshladim.. Mmm bu juda mazali edi. Barcha masaliqlari o'ziga hos ketma ketlikda joylashtirilgan edi.
Author: bu go'zal sahnani faqatgina bu bog'dagi daraxt va qushlar guvoh emas edi.. Bino Burilishidagi o'rindiqda bir qora kepkali erkak ularni guvoh bo'lishdan kifolanmay, ularni o'z telefoniga muxirlab olayotgan edi. Telefoniga saqlagan bu rasmlarni shaxsiy xabardan boshqa bir erkakga hech qanday to'xtashsiz yuborayotgan edi. Bu xabarni qabul qilib olayotgan erkak Jeon Jungkook, Koreyada maxfiy ravishda qora dorilar sotuvchi va dunyo osti janglariga rahbarlik qiluvchi gangstar edi. Bundan tashqari bizning bechora Liora shifokorligi bois bu xavfli gangstarga yordam berib o'ziga qora hamda qizil atirgullar bilan to'lgan qabr qaziganidan xabari yo'q edi
Pov'jungkook:O'sha tun.. Yangi Jangim uchun yordamchim Jimin topgan koreada ko'cha janglarida faol qatnashuvchi bir erkak bilan uchrashishni reja qilgan edim. U esa men bilan korishish uchun manzil yuborgan manzilgan Jimin bilan birga borgan edim. U esa nazoratdan chiqib ketdi. Va menga tashlanib, yashirincha olib kelgan pichoq bilan tanamga zarba berishga harakat qildi. Men unga qarshilik qilib men ham unga zarba bera boshladim. La'nati ayni shu vaqtida Jiminni bu erkak talab qilgan pullarni olib kelish uchun uncha uzowda bo'lmagan moshinamizga yuborgan edim. Erkakga qanchalik qarshilik qilmay bir chalg'ishim sababli uning qo'lidagi o'tkir pichoq mening qorn qismimga bir necha zarba bera olishga ulgurdi...Men bu og'riq bilan unga qarshi chiqa olmay qoldim. Har berishga harakat qilgan mushtlarimni u o'z qattiq mushtlari bilan qaytardi. Oxiri uning yuziga Jon-jahdim bilan tepdim. Va u bu zarbadan so'ng orqaga qoqildi. Bu men o'lmasligim uchun imkoniyat edi. O'rnimdan turdim ammo ro'paramdan uning sherigi peshonamga qurol bosib qadamlardan kuchni tortib oldi va men joyimda to'xtab qoldim. Bir qo'lim qornimdagi chandiqlarga mahkamlangan edi. Ayni vaqtida o'q ovozi keldi. Bu mening qutqarilganim haqida signal edi. Menga qurol bosib turgan erkak birdan yerga quladi. Bu o'q sadosini ko'chaga Jimining quroli bergan edi. Jimin ayni vaqtida kelib meni qutqargandi. Ammo jangchi erkak unga tashlandi. Jimin menga bu yerdan ketishni va bu erkakni o'zi hal qilishini aytdi. Men noiloj bu yerdan uzoqlashdim. Cho'ntagimdan sekin telefonimni olib odamlarimga qo'ng'iroq qildim. Odamlarni chaqirganimni boisi men zo'rg'a yurib ketayotganimda kochaning har xil burchaklarda notanish erkaklarni ko'rganim sabab bo'lgan edi. Men bir haroba, siniq jihozlar bilan to'lgan uyga kirdim.Og'riq butun tanamni egallab oldi qonlar esa chang bosgan polga huddi suv misol to'plana boshladi. Men bu yerda o'lishga loyiq emasman.. Bu haroba orasida olish menga yarashmasligini o'ylab otirgan bir paytdi.. Og'riq kuchayib ketgani uchun Labimdan qattiq ingrash ovozi chiqib ketdi. Tezda lablarimni qo'lim bilan yopdim. Oyoq ovozlari birdan bu harobaga yaqinlashdi va yoruglik tushib turgan oynaga qaragan zahotimda ko'zlari porlagan ammo koz ostida biroz qorayish bor, sochlari yig'ishtirilgan.. Lablaridan chiqgan so'zlarni eshitar ekanman uning ovozi yaramga taskin bergandek bo'ldi. Uning oppoq yuzida havotir paydo bo'ldi va men o'tirgan xonaga yugurib kirdi. Menga yordam berishini hohlamadim ammo uning bu nozik tanasi meni o'rnimdan turishimga yordam bergani uchun o'zimni boshqacha his qildim.. Bu harobadan olib chiqgan, Gangstar yarasiga davo bo'lishga harakat qilayotgan bu qiz kim ekanligiga qiziqib qoldim. Meni yurishga undayotgan bu noziklik yanada o'zimga yaqin qilish hissi tanamni egallab oldi. Men sudrab olib ketardi. Mening bu og'ir tanamni uning kichik tanasi kulguli yuz bilan tortarkan bu men uni masxara qilish istak paydo qildi. Ataylab yanada o'zimni og'irlashtirdim... Unga sekin qarasam uning yig'ilgan sochlari ostida oppoq hech qanday lab tegilmagan bo'yni ochiq turganini ko'rdim uni tishlash, ozimniki deb belgilishni istab sekin yaqishlagan edim u menga vahima bilan qaradi va betimni burib qo'ydi. Labimdan kichik kulgu qochdi..
Vanihoyat uning uyiga keldik. U meni kichik bir divanga tashladi tanamdagi chandiqlarga qarab ko'zlarida og'riqni ko'rishimga imkon berdi.
Oh bu ko'zlari munchoqdek tim qora ko'zlar.. Men u yerga o'zimni tashlab bir umr o'sha yerda qamalib qolishni hohlar edim. Tanam ogrigani uchun biroz kozimni yumdimu U birdan o'rnidan turdi-yu ketdi. Biroz bu divanda yotdim. Tanamdagi qon divanga tushmasligi uchun sekin gavdamni ko'tarib divanga o'tirdim. Bu uy juda oddiy edi. Ko'zlarim uyni har bir burchakni tekshira boshlaydi. Ko'zlarim tokchada turgan menga yordam bergan qizni talabalik rasmga tushdi.
Shu payt Mendan unchalik uzoqda bo'lmagan bir xonada qizning shirali ovozi keldi. Ko'zlarimni yumib uning sabrsizlik bilan to'lgan ovozini eshitar ekanman birdan eshik ochilib odamlarim va Jimin shoshilib kirdi. U vahima bilan menga gapirar ekan kozlarim zumda sal avval ko'rgan rasmga qayta yopishdi va
—Jimin, bu rasmni ol! Va bu yerdan ketishimiz kerak!
Bu gaplar labimdan ohista chiqdiyu boshqa kuchim qolmay hushimdan ketdim. Qolgani menga qorongu. Ammo uyg'onganimda allaqachon chandiqlarim yamalgan, ko'karish bor joylarda og'riq ancha yo'qolgan edi. Boshimni ko'tarib sekinlik bilan atrofga qararkanman atrof butunlay oq devorlar bilan o'ralgan, eshik tashqarisidan odamlarimning shivir shivir ovozlari eshitilar, devorda ikkita rasm bor, ular chiroyli hashamatli ramkaga mahkamlangan. Yonimdagi, yuragim urushini tekshirib turuvchi uskuna ovozlari quloqlarimni charchab yuborgandi. Xonada birgina deraza bor edi. U yerdan uzun archa daraxtini ko'rish mumkin, u esa keng yoyilgan igna barglari bilan ortidagi go'zal manzarani berkitib turardi. Boshimni sekin qayta yostiqga qo'yishim bilan ongimni ertangi jang haqidagi o‘ylar qamrab oldi. Ertangi jang Italyning janubida joylashgan yirik port shahri Naples da bo'lib o'tishi esimga tushdiyu qo'limga ulangan barcha uskunalarni uzib tashladim. Va o'rnimdan turdim, biroz boshim aylangan bo'lishi mumkin ammo men nozik oyimcha emasligimni ozimga aytdimu qaddimni tik tutdim va eshikni bir qattiq itarish bilan ochdim. Eshik oldida havotir bilan to'planib turgan tim qora kostyumdagi odamlarim menga hayron qarab qoldi.
—janob ahvolingiz yaxshimi?
-nega o'rningizdab turgandingiz janob?
—boshingiz aylanmayabdimi janob?
—janob, sizni bu ahvolga solgan jangchini allaqachon siz uchun tayyor qilib qo'ydik..
—uni yo'q qilishimizni hohlaysizmi janob?
Men bu savollarga komib yuborgan bu odamlarga baqirmoqchi bo'ldim ammo oxirgi soz meni bu shijoatdan qaytardi
—meni ahvolim yaxshi, uni esa jangga olib ketamiz! Va eng yaxshi jangchi bilan jang qilishini unga ayting.. Agar yuta olsa unga qurol berishimni va men stolga boylangan holda uni ro'parasida o'tirishimni ayting...
Atrofimdagi yigitlar bir zum jim qoldi ammo zumda atrofimni har xil ovozlari bilan to'ldi
—jim bol hammang! Qachondan menga bunchalar betarbiya bo'lib qoldinglar?! Menga ozimni kostyumlarimni olib keling! Va men aytgan ishni tezda bajaringlar!
Mendan boshqa so'z chiqishi qiyin edi. Bu shifoxona kiyimi meni bo'g'ayotgani bois bundan tezroq qutilmoqchi edim..
Bir soatdan so'ng Incheon International Airport, Janubiy Koreyaning eng yirik va eng mashhur xalqaro aeroporti. Seouldan taxminan 50 km uzoqlikda joylashgan. Deyarli barcha xalqaro yulduzlar va VIP mehmonlar shu aeroport orqali kelishadi. Va huddi shu joyda maxfiy ravishda mening shaxsiy samolyotim saqlanadi. Men, Jimin va bir necha odamlarim bilan birga samolyotga ko'tarildik.
Shaxsiy samolyot tashqaridan nafis oq rangda bo‘lsa-da, uning ichki qismi besh yulduzli mehmonxonani eslatardi. Polga qalin, och kulrang gilam to‘shalgan, yon devorlar yong‘oq yog‘ochi bilan bezatilgan, ship bo‘ylab esa yumshoq sarg‘ish chiroqlar yoqilgan edi. Keng salonning ikki tomoniga yumshoq oq charm o‘rindiqlar joylashtirilgan bo‘lib, ularning har biri to‘liq yotadigan holatgacha ochilardi. Markazda kichik marmar stol, uning ustida esa yangi uzilgan gullar va billur idishdagi ichimliklar turardi.
Samolyotda xizmat qilayotgan ikki nafar styuardessa benuqson ko‘rinishga ega edi. Ular to‘q ko‘k rangli, tizzagacha tushadigan klassik forma, oltin rang tugmalar va oq ipak sharf taqib olishgan edi. Sochlari silliq yig‘ilgan, yuzlarida muloyim tabassum bor, har bir harakati aniq va sokin edi. Yo‘lovchi biror narsa so‘rashidan oldin ham ehtiyojini sezib, ichimlik yoki taomni jimgina taqdim etishardi. Ular past ovozda gapirishar, salondagi osoyishtalikni buzmaslikka harakat qilishardi.
Kokpitda esa tajribali uchuvchilar o‘z ishiga to‘liq sho‘ng‘igan edi. Kapitan oq ko‘ylak, qora galstuk va yelkasida to‘rt oltin chiziqli pogon taqqan, yonida esa ikkinchi uchuvchi xuddi shunday, faqat uch chiziqli pogon bilan o‘tirardi. Ularning nigohi doim asboblar panelida, qo‘llari esa boshqaruv elementlarida edi. Har bir ko‘rsatkich sinchkovlik bilan kuzatilar, dispetcher bilan aloqa qisqa va aniq jumlalar orqali olib borilardi. Ularning birgina chalg'ishi o'limga olib kelardi. Tirik qolsa ham o'limi aniq bo'lgan bu uchuvchilar uchun
Orqa tomonda joylashgan kichik bir xonaga o'sha nazoratdan chiqib ketgan jangchi hushdan ketgan holida yotoqga bog'lab qoyilgan edi.
Men ozimni bir hashamatli orindiqga tashladimu yonimga bir styuardessa yaqinlashib huddi hayolimni o'qigan kabi oldimga bir stakanga Rossiyadan olib keltirilgan viskiydan quydi-yu uzoqlashdi.
—jimin! Men topgan uydagi rasm nima bo'ldi?
Birdan hayolimga kecha voqealar keldi-yu rasm haqida qiziqishimni bostira olmadim. Jimin so'zlarimni to'liq tinglab yonida turgan sumkasidan nafis ramkaga mahkamlangan rasmni qo'limga qo'ydi.
Suratni barmoqlarim orasida mahkam ushladim. Nigohim undan uzilmasdi.Oddiy talabalik formasi ham uning go‘zalligini yashira olmagandi. Uzun, mayin sochlari yelkalariga erkin tushib turar, quyosh nuri tegib turganidanmi, ularning orasida oltinsimon jilolar ko‘rinardi. Katta va tiniq ko‘zlari kameraga emas, go‘yo to‘g‘ri menga boqayotgandek edi. U ko‘zlarda beg‘uborlik, orzular va hali hayotning shafqatsiz tomonlarini ko‘rmagan insonning musaffoligi yashirinardi.Lablaridagi tabassum esa... Majburan emas. Samimiy. Yurakdan chiqqan tabassum. Yonoqlarida bilinib-bilinmaydigan chuqurchalar paydo bo‘lgan, oppoq yuziga yanada joziba qo‘shib turardi.Shu qadar go‘zal ediki... Bir lahzaga bu suratdagi qiz bilan kecha tunda birga bo'lganimga ishona olmas edim..Bosh barmog‘im surat chetini sekin silab...
— Nahotki, men sen bilan boshqa ko'risha olmasam?!
Yo'q albatta seni topaman.. Hayolim og'ishiga chomganimda Jiminning gaplari meni hayotga qaytardi.
—Jungkook, taxminan 12 soatda italyaga qo'nar ekanmiz.. Ungqcha biroz dam ol! Yetib borgacha to'g'ridan to'g'ri mehmonxonaga boramiz.
—jang qachon bo'ladi?
—ertaga 15:30da jonli efir boshlanadi. Biz esa u yerga 14:45 joylashib bo'lgan bo'lamiz.
—tushunarli!
—Jungkook, hohlasang jangdan so'ng sen uchun biron bir qizni tayyorlah qo'yamiz
—aslo yo'q! Hozir bunday qizlarga ko'nglim hushlamayabdi..
Samolyot uchishi kerak bo'lganida birdan to'xtadi. Va samolyot eshigidan men umuman ko'rishni istamaydigan yuz paydo bo'ldi. Jimin ham bu yuzni ko'rib menga tashvish bilan qarab
—hohlasangiz uni tashqariga olib chiqib ketishim mumkin...
—Writer:мisu 🎐
—Channel: @terrible_fanfic 🎐