May 29, 2025

𝐇𝐀𝐏𝐏𝐈𝐍𝐄𝐒𝐒

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃𝐄_9❤️‍🔥

Minwo boshini oppoq, yumshoq yostiqdan ko‘targan zahoti, chakka sohasida qattiq sanchiqni his qildi. Og‘riqdan ko‘zlarini beixtiyor qisirib oldi.

— Kecha... — dedi o‘ziga o‘zi, birdan xotirasida Boraning obrazi paydo bo‘lishi bilan, to‘shakdan sapchib turdi. Yuragi gupillab, atrofga sarosima bilan ko‘z yugurtira boshladi. — Ayshhh!

Zudlik bilan xonasidan chiqdi. Qadamlari shoshib, bexos yuragi yetaklagandek, opasining xonasi tomon yo‘l oldi. Eshikni ochib ichkariga qadam qo‘yganda esa, xona huvillab yotardi. Biroq yotoq ustida bir nechta kiyimlar beparvo sochilib yotgan edi.

Minwo Boraning uyga allaqachon kelib, ketishga ham ulgurganini anglagach, chuqur nafas oldi. Yuragidagi bosim biroz engillashgandek bo‘ldi. U sekin zinapoyalardan pastga tushdi. Oshxonaga kirarkan, o‘ziga oddiy nonushta tayyorlamoqchi edi.

Kompaniyada —

Mingi otasi bilan kompaniyaning 8-qavatidagi janob kimning shaxsiy kabinetida edi. Qoshlarini biroz chimirib, jiddiy nigoh bilan turgan Janob Kim, yonida turgan kotibasiga burilib qaradi:

— Bugundan boshlab Mingi bu yerda farrosh sifatida ishlaydi! Va siz uni boshqa farroshlarga qanday munosabatda bo‘lsangiz, xuddi shunday muomalada bo‘lishingiz mumkin!

Kotiba hayratga to‘lsa-da, tezda bosh egdi.

Mingi bu qarorni o‘zi qabul qilganini anglagan holda, sekin xo‘rsindi. Ammo ich-ichidan g‘ururi ezilib borayotganini yashira olmadi.

Janob Kim esa endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga yuzlandi:

— Sen kompaniya eshigidan kirgan zahoting, oddiy xodimsan. Aynan farrosh. Ish vaqting tugagandan keyin esa... mening o‘g‘limsan. Tushundingmi?

Mingi asabiylik bilan pastki labini tishladi. Ko‘zlarida g‘azab va itoat aralashgan holatda sekin egilib, otasining shartlariga indamay rozilik bildirdi

Mingi ortiq bu devorlar ichida nafas olishni ham istamay, ichidagi og‘irlikni yutib, sekin xonani tark etdi. Yuragida o‘zini ezayotgan narsa — bu shunchaki ish emas, bu otasining muomala tarzida yashiringan sovuqlik edi.

U eshikni yopib chiqishi bilan, ortidan Jimin xonaga kirib keldi. Harakati erkin, nigohi beparvo edi. Otasiga bir zum tikilib qaradi-da, hech nima demasdan stullardan biriga cho‘kdi. Uning harakatida bir tomchi bo‘lsa ham hurmat yo‘q edi.

Janob Kim esa o‘g‘lining bu qiligidan ko‘zlarini chirt yumib, sal orqaga suyandi. So‘ng yonida turgan kotibasiga sovuq nigoh tashladi va qo‘li bilan ishora qildi. Kotiba bir zum ham tortinmasdan bosh egib, tezda xonani tark etdi.

Xonada og‘ir sukunat hukm surdi. Faqat Jimin qo‘llarini stol ustiga tirab, ohangida hech qanday hurmat bo‘lmagan holda gap boshladi:

— Aktsiyalarning 25 foizi menda.

Janob Kim unga ohangsiz qarab qo‘ydi:

— O‘zing istaganingdek bo‘ldi.

Jimin biroz oldinga egilib, ohangini balandroq qilib davom etdi:

— Endi esa... u menga 50% aktsiyani topshirishini xohlayman.

Janob Kimning peshonasi tirishib ketdi. Ko‘zlarini qisdi, ichi g‘azabdan qaynay boshladi:

— Sen aqldan ozgansanmi?! U senga buni ikki dunyoda ham bermaydi! Hatto men... hatto men ham uni bunga majbur qila olmayman!

Jimin esa otasining g‘azabini kulib qarshi oldi. Lab chetida sovuq tabassum paydo bo‘ldi:

— Ota bo‘lib... bitta shunga ham o‘g‘lingizni majbur qila olmaysizmi?

Janob Kim o‘zini tiya olmay, jahl bilan qo‘lidagi qalamni stol ustiga tashladi. Ustidan zarb bilan urdi:

— OVOZINGNI O‘CHIR! YOQSA...

Jimin uning gapini keskin to‘xtatdi. Uning nigohi endi jiddiylashgan, ohangi esa ochiq qarshilik bilan to‘yingan edi:

— Nima bo‘ladi? YOQSA NIMA?! NIMA QILA OLASIZ, A?!

Jimin

Mingi baland binoning ichida sust qadamlar bilan liftda turardi. Ko‘zlari biroz loqayd, ammo yuragi notinch edi. Lift eshigi silliq ochilib, u ohangsiz nafas oldi va ichkariga kirdi. Shiftdagi chiroqlar yuzini oqar tirish bilan yoritib turar, zangori tugmachaga bosdi. "5-chi qavat" – raqam asta yondi. Lift harakatga kelganda, devorlar yengil tebranib, yuragidagi og‘irlik bilan birga pastga tushayotgandek tuyuldi.

Ding!

Eshik ochildi. Mingi sokin, ammo ishonchli qadamlar bilan qavatga chiqdi…

°°°

Taehyung hali ham Borani oyoqlari orasiga mahkam joylashgancha, lablarini uning terisidan uzmasdan, har lahza uni yanada chuqurroq o‘pardi. Nafasi og‘irlashgan, harakatlari ancha ehtirosli bo‘lib borayotgan edi. Bora esa bu holatdan chalg‘ib, uni itarishga urindi, ammo Taehyungning qattiq bag‘rida va oyoqlari orasida qolgan qizning harakati faqat havoda uchayotgan soyadek befoyda edi.

Shu payt eshik taqilladi.

Taehyung bir lahza jim bo‘lib, ichida ovozsiz so‘kindi. Qiziqqan holatidan chiqib, asta Boradan uzoqlashdi. Bora esa bir necha soniya chuqur nafas olib, tebranayotgan ko‘kragini bosishga harakat qildi.

Taehyung eshik tomon yurarkan, yuzida g‘azabli ifoda bilan qulfni ochdi. Eshik ochilishi bilan esa qarshisida turgan Mingini ko‘rib, ohangrabodek peshonasini qattiq siladi.

— Jin ursin... Bu yerga yana nima baloga kelding?!

Mingi esa xuddi hech narsa bo‘lmaganday, kulib ichkariga qadam qo‘ymoqchi bo‘ldi. Taehyung esa yo‘lini to‘sib, uni to‘xtatdi.

— Akajon~? — dedi Mingi ohangida beparvo qitiqlik bilan.

Ko‘zlari ichkariga mo‘ralarkan, Taehyungning yelkasidan yon tomonga qarab olmoqchi bo‘ldi. Va ichkarida Boraning kiyimlarini shoshib tuzatayotganini ko‘rdi. Qizning rangi o‘chgan, lablari titrar, ko‘zlarida hayajon va g‘azab aralash edi.

Mingining yuzida keng, kinoyali tabassum paydo bo‘ldi.

— Men kelsam, drama bo‘layotgan joyga kelib qolaman shekilli~ — kuldi u. — Boshliq va kotiba sevgisi? Hmm… juda qiziq!

— Bas qil! — deya g‘azab bilan so‘zladi Taehyung. — La'nati! Nega kelding bu yerga, ahmoq?!

Mingi bir zum to‘xtab, kulgidan voz kechdi. Endi u jiddiy edi. Yon tomonga yengil surilib, Taehyungni chetga chiqardi.

— Ichkariga kirib gaplashamiz… Biz aka-ukamiz. Yo‘lakda qichqirish — bu bizga yarashmaydi.

U xonaga kirib borarkan, Bora uni ko‘rdi-yu, zudlik bilan tik turdi. Nafratga to‘la ko‘zlar bilan Taehyungga qaradi. Uning nigohi — ogohlantirishdek o'tkir, yuragini teshib o‘tadigan edi.

Taehyung esa bu nigoh ostida ko‘zlarini yumdi. Ko‘kragidagi siquvni yengillata olmay, ichida oh urdi. So‘ng, lab chetida istamasdan tug‘ilgan, holsiz bir tabassum jilvalandi.

Bora qattiq asabiylashgancha Mingiga qaradi. Uning ko‘zlarida alam va nafrat lovillab turar, yuragi to‘lib ketgan edi. U bir og‘iz so‘z demay, eshik tomon yurdi. Qadamlarida qat’iyat, harakatida g‘urur bor edi.

Eshikga yaqinlashganida Taehyungni ko‘rdi. U yo‘lini to‘sib turgan bo‘lsa ham, Bora hech ikkilanmay uni turtib o‘tmoqchi bo‘ldi. Ammo Taehyung kutilmaganda uning bilagidan ushlab qoldi.

U yengil oldinga egilib, Borani qulog‘iga asta, ammo o‘tkir ohangda pichirladi:

— Asabiylashma, sevgilim...

Bora chuqur nafas oldi. Nafrat, iztirob, alam… hammasi ko‘zlarida aks etgancha, Taehyungning qo‘lini siltab tashladi va og‘ir qadamlarda, eshikni sharaqlatib xonadan chiqib ketdi.

Xonada bir lahza sukut hukm surdi.

Mingi esa bu nozik holatdan go‘yo zavq olayotgandek, sekin stullardan biriga cho‘kdi va yuzida o‘sha tanish, kinoyali jilmayish bilan so‘zladi:

— Akajon, nega kelinoyim chiqib ketdilar, a?

Taehyung chuqur nafas olib, g‘azabini ichiga yutib, stolni aylanib o‘tdi va o‘z joyiga o‘tirdi. Qo‘llari stulning chetiga suyanar, nigohi esa Mingi tomonda.

— Sen ham, aqli joyida bo‘lmagan odamdek, aynan shu vaqtda kelishing kerak edi?!

Mingi esa egnini qisib, bemalol ohangda javob berdi:

— Menga… farroshlar xonasi qayerdaligini ayta olasizmi?

Taehyung bir zum hayron bo‘lib unga qaradi. So‘ng esa birdan katta ovozda kulib yubordi.

— Faqat, iltimos, menga farrosh qizlardan birini sevib qoldim dema!

— Albatta yo‘q!

Taehyung yana kuldi. Ammo bu safar kulgusi yanada kuchli edi:

— eng kulgilis, barcha farroshlar allaqachon 30 yoshdan oshgan. Agar sevib qolsang ham, ikkingiz huddi buva va nevara bo‘lib qolgan bo‘lardinglar!

U kulaverib, qornini ushlab oldi.

Mingi esa og‘irlashgan ohangda gapirdi:

— Ayysh! Masxara qilishni bas qiling! Otam meni farrosh qilib ishga oldi. Shunga kerak farroshlar xonasi!

Bora g‘azabdan qadamlarini tezlashtirib, eshikni ochib chiqib ketdi. Yuragi qattiq urmoqda, nafaslari tezlashgan. Ichida esa bir haqiqat o‘zini yirtib tashlayotgandek edi...

Bora — pov.

La’nati! Bu yigit o‘zini kim deb o‘ylayapti?! Nega meni o‘pdi?! Bu qanday haddan oshish!? AHHHH!

U qo‘llarini boshiga qo‘ydi, chuqur nafas oldi.

Eng yomoni… kechagi tun haqida deyarli hech narsani eslay olmayapman… Nega? Meni nimalar bo‘ldi? Nega butun tanam qaltiraydi?

U yurishda davom etarkan, birdan yo‘lini ikki notanish qiz to‘sib qoldi. Bora to‘satdan to‘xtadi. Ko‘zlari toraydi, qoshining biri tepaga, biri pastga siljidi. Nigohida "yana qanday muammo?" degan savol bor edi.

— Salom, qizlar? Nimadur kerakmi?

Qizlardan biri tirsagini boshqa qizning yonboshiga tekkizib, past ovozda kuldi. Keyin ikkalasi ham jilmayib qaradi:

— Ha kerak. Sen yangi kelgansan, shundaymi?

Bora biroz e’tibor bilan ularga qarab turdi-da, boshini qimirlatdi:

— Ha, shunday. Nima bo‘ldi?

Qizlar bir-biriga qiyomiga yetgudek qarab qo‘yishdi, so‘ng biri so‘z boshladi:

— Biz kompaniyadagi kutib oluvchi qizlarmiz. Tushlik vaqtidan biroz oldin ketishimiz kerak bo‘ladi. Shuning uchun sen bizning o‘rnimizga turib turasan, tushundingmi?

Bora labining bir chetini yengil yuqoriga tortdi. Bu kulgi emasdi, bu — kinoya edi.

— Men sizlarga shaxsiy xizmatkor bo‘lib ko‘rinayapmanmi?

Qizlardan biri jahl bilan javob qaytardi:

— Yangi kelganlar bir hafta davomida kim nima desa, shuni qiladi. Bu kompaniyamizning an’anasi!

Bora ko‘zlarini charchagancha aylantirdi. So‘ng chuqur nafas olib, orqasini to‘g‘riladi:

— An’analaringiz ham o‘zlaringiz kabi keraksiz. Lekin… okay, yordam beraman!

U o‘zining tamoman ustun ohangda, beparvo yurishda ularning ish joyiga qarab yo‘l oldi. Orqada esa qizlar yengil kulib, zafarparastlik bilan oshxonaga yo‘l olishdi.

Ular hali bilmadi: Bora hech qachon oddiy odam bo‘lmagan. U ularni hali rosa hayron qoldiradi.

Flashback...

Kechaning qorong‘u qismida, omborxonaga o‘xshash joyda baland kulgi yangraydi. Erkak va uning sheriklari go‘yoki g‘alaba bayramini nishonlayotgandek, bir-biriga zarba berib, shovqin solishmoqda.

— Ha-ha-ha! Nihoyat uni burchakka siqib qo‘ydik!

Erkak o‘zining iflos niyatlari ustidan ustun kelganidan mast, yuzidagi qoniqish hamon bo‘y ko‘rsatmoqda.

— Bu safar endi u mollarni tiklay olmaydi!

U yonidagilarga qarab, to‘lib-toshib:

— Taehyung tugadi!

Ayni shu paytda...

O'zining yashirin faqat Jungkook va o'zi biladigan kichik ammo kerakli asboblar bilan toldirilgan xonada Taehyung va Jungkookni hushsiz stolga bog'lanib o'tirgan qizga qarab otirishardi.. Ularning ko‘zlarida vahima yo‘q edi. Faqat chuqur, yovuz sokinlik.

U yonida turgan qizga qaradi. Qiz hushsiz, yelkasi qaltirardi. Taehyung sekin uning betini silab, sokin, ammo dahshatli ohangda pichirladi:

— Oh… juda go‘zalsan.

Jungkook asta yelkaga qo‘l qo‘ydi.

— Suga bilarmikan... singlisi hozir bizning qo‘limizdaligini? U hali ham bizni yutqazdi deb o‘ylayotgandir! — dedi u past, ammo kinoya to‘la ohangda.

Taehyung yengil kulib qo‘ydi, nigohi chuqurlashdi.

— Ammo o‘yin endi boshlanmoqda.

Shu so‘zlardan so‘ng, Taehyung sekin qadam tashladi. U bo‘yin atrofida yaltiragan bir narsani chiqardi — kichik, ammo qorong‘ilikday keskin pichoq. Uni qizning nozik bo‘yniga ohista surtarkan, yuzida hissizlikdan iborat bir so‘zsiz faryod mujassam edi. Qizni boyniga qattiq botirib sekin qizning boynini kesa boshladi. Harakatlari sokin, ammo har bir chiziq — chuqur ma’no bilan o‘ralgandek.

Jungkook yon tomonda yuzini chetga burdi. Uning ko‘zida nafrat aralash achinish porladi.

— Jirkanch... Ammo baribir... u juda yosh edi.

Taehyung esa jim. Qizning ko‘zlaridagi so‘nggi ishonch zarrasini ko‘ra turib, o‘zini to‘xtatmadi. Qizning bo'yni kesilarkan qonlar otilib chiqa boshlaydi. Allaqachon uning boshi yarim orqaga ketgandi. Chunki taehyung ishini oxirlatayotgandi. Allaqachon taehyungning ust kiyimiga tiniq qizil izlar tushgan, ammo bu izlar unga hech qanday ta’sir qilmagandek, pichoqni yana ohangda harakatlantirdi..

— Bu qiz bechora emas. U xiyonatning ramzi edi, — dedi u ohangsiz.

So‘ng bir lahzalik sukunat... va barcha jimlik ichida bir narsaning nihoyasini bildiruvchi og‘ir harakat yangradi. Ya'ni taehyung bir harakat bilan qizning boynini butunlay kesib tashladi. Qizning boshi yerga dumalab tushdi. Va tanasi stulga bog'langan holda qolib ketdi. Kesilgan Bo'yin joyidan qizning qonlari to'xtamasdan chiqardi. Hamma narsa go‘yo vaqtincha to‘xtab qolgandek tuyuldi. Tanasi hali ham bog‘liq holda qolgan, ammo ruhi allaqachon bu joyni tark etgandek edi.

Jungkook asta o‘rnidan turdi. Ehtiyotkorlik bilan telefonini olib, manzarani rasmga oldi. Taehyungning ushlab turgan pichogi, qizning yersa yotgan boshi va bog'langan tanasini. So‘ng qizning boshini sovuq muz solingan maxsus qutiga joylashtirdi. Va ustiga markerda yozib qo'ydi

—yutganing uchun shaxsan taehyungning o'zidan senga sovg'a! Yoqadi degan umiddaman— ^^

Erkak ichkilik ostida yengil cho‘zilib o‘tirarkan, yigitlaridan biri sekin yoniga yaqinlashdi va stol ustiga qora, og‘ir quti qo‘ydi. Qutining ustidagi yozuvni ko‘rishi bilan erkakning yuragi gup etib tushdi. Ko‘zlaridagi qorong‘ulik chuqurlashdi, nafas olishi tezlashdi. U shoshib qutini yirtib ochdi.

Qo‘llari qaltirab, yuragi noaniq xavotir bilan urar edi.

Qutining ichi ochilishi bilan... bir narsa og‘irlik bilan yerga yumalab tushdi. U yerda... u yerda kimningdir boshi yotar edi.

Erkak ko‘zlariga ishonolmay, o‘rnidan irg‘ib turdi. Ko‘zlari keng ochilgan, yuragi esa qiyqirib ketgandek edi. U boshi joyidan siljimay qolganicha, uni tanidi.

— Yo‘q... bu... bu mumkin emas... — deb g‘o‘ldiradi u.

Ammo bu haqiqat edi.

Bu uning... singlisi edi.

Ko‘zlaridagi nur so‘nib, yuragiga qora bo‘shliq cho‘kdi. Ichkaridan qichqiriq otilib chiqdi, shunchalik kuchli ediki, devorlar ham titragandek tuyuldi:

— GYUNAAAAAAAA!!!

Erkak qutining ichida joylashtirilgan suratlarni ko‘rdi. Har biri — xo‘rlik, shafqatsizlik va yovuzlik bilan to‘la edi. Bu qadar azobni u hayotida ko‘rmagan, tasavvur ham qilmagan edi.

U butun tanasi bilan qaltirab, ho‘ngrab yuborishga oz qoldi. Ammo ko‘zlaridagi yosh o‘rnini g‘azab egalladi.

— TAEHYUNG!!! — deya xirillab baqirdi u. — Men seni topaman! Men seni o‘ldiraman! La’nati!!!

U uchun vaqt to‘xtagandek edi. Dunyo qulab, faqat qasos istagi qoldi. Yolg‘iz, qiynalgan va o‘ch olishga qasamyod qilgan yurak — endi orqaga qaytmasdi.

Come back

Suga cry & suga singlisini ko'rinishi (olishidan avvalgi)

Bora kompaniya binosining old qismida, kutib olish hududida o'tirar edi. Odamlar tinimsiz kirib-chiqib yurardi. Atrofda dugonalar kulishib suhbat qurayotgan bo‘lsa-da, Borani faqat bir narsa qiynardi: kecha tunda nima bo‘ldi? U boshi bilan chuqur xayollarga g‘arq bo‘lib, vaziyatni eslashga harakat qilardi.

Ammo birdan... eshik ochildi.

Ichkariga besh kishi kirdi. To‘rttasi gavdali, jiddiy va sovuq nigohli erkaklar edi. Ularning oldida esa bir kishi – qora ko‘zoynak taqqan, har qadamida hukmronlik sezilib turadigan odam yurardi. U hech ikkilanmay to‘g‘ri Bora tomon yo‘l oldi.

Bora hali o‘zini o‘nglab ulgurmay, u kishi kelib uning bo‘ynidan mahkam ushladi va siqa boshladi.

— Nima qilyapsiz!? Qo‘yib yubor meni!!!

Erkak kinoyali jilmaydi.
— Demak, sen o‘sha la’nati Taehyungning sevgilisi ekansan-a...

U yonidagi erkakka ishora qildi:
— Tezda Taehyungni bu yerga olib keling.

Yigit bosh irg‘ab zudlik bilan yuqori qavatga qarab yo‘l oldi. Erkak esa cho‘ntagidan qora metalldek sovuq va dahshatli ko‘rinadigan qurolni chiqarib, Boraning peshonasiga tiradi.

Bora qo‘rquvdan nafasini ichiga yutib, qo‘lini ko‘tarishga urindi, lekin qo‘li titray boshladi.

Bir necha daqiqa o‘tgach, xonada og‘ir qadam tovushlari yangradi.

Taehyung paydo bo‘ldi. Uning yuzida – odatdagidek sovuq, ammo kulimsiragan ifoda. U xotirjamlik bilan gap boshladi:

— Oh... qadrdonim, Min Suga!

Suga g‘azabdan titray boshladi. Boraning peshonasiga qurolni qattiqroq bosdi:
— Qasos olish vaqti keldi, Taehyung!

Taehyung kulimsirab yelkasini qisdi:
— Davom et...

— La’nati! Singlimni qanday o‘ldirgan bo‘lsang, men ham SENING sevgilingni xuddi shunday yo‘q qilaman!

Xonada yigitlar, xodimlar, hattoki Mingi ham sokin turib tomosha qilardi. Mingi qo‘lini boshqa erkaknikiga chirmab, hech narsani o‘tkazib yubormaslikka harakat qilardi.

Taehyung yuzini biroz burdi, ovozi tinch, ammo dag‘dag‘ali:
— Tasavvur qilsangchi... Borani o‘ldirgach, kechasi clubda o‘tirganingda yana o‘sha QORA QUTI oldingga keladi. Bu safar ichida kimning boshi bo‘ladi, a?
– Sevgilingniki! Hari, to‘g‘rimi?

Suga bir zumda jim bo‘lib qoldi. Uning nafas olishi og‘irlashdi. Chunki Hari – uning yuragidagi eng katta zaiflik, eng katta muhabbat edi. Suga juda yaxshi bilar edi: endi u o‘zini emas, sevganini himoya qilish uchun kurashishi kerak...

Suga chuqur nafas oldi. Yuragi g‘azab bilan urayotgan bo‘lsa-da, ichida sevgan insoni – Hari uchun hammasini yutishga harakat qilardi. Uning ko‘zlarida olov, ammo lablari titrardi. Bu payt – qasos uchun ayni vaqt edi. Ammo... Muhabbat uni to‘xtatdi.

U labini tishlab, o‘zini zo‘rg‘a ushlab turdi. Ammo ichidagi alam qaynab tashqariga otilib chiqdi:

— Ayshhhhhhhh!!! – deb, butun xonani larzaga solgancha baqirib yubordi.

Taehyung esa kulgancha Borani qo‘lidan tortdi va orqasiga olib o‘tdi.
— Yetarli bu qizga! – dedi u, g‘alabali ohangda.

Shu payt Mingi tezda yondashdi, Borani ehtiyotkorlik bilan tortib oldi va boshqa xonaga olib ketdi.

Taehyung asta Suga tomon yurdi. Uning nigohi sovuq, ammo ovozida hukm sezilardi:

— Suga... faqat unga qo‘l tekkizganing uchun seni shu yerning o‘zida yo‘q qilishim mumkin edi. Ammo... – u jim bo‘lib, yelkasini qisdi, – ...men senga rahm qilaman.

Bu gap Suga uchun so‘nggi tomchi bo‘ldi.

U bir qadam oldinga yurdi, barmog‘i bilan Taehyungni ko‘rsatib baqirdi:

— RAHM!? SEN KIMSAN MENGA RAHM QILADIGAN?! – uning ovozi xarxasha va g‘azabga to‘la edi.
— La’natinglar! Siz hammangiz...!!!

U orqasiga o‘girildi, yonidagilarga buyruq berdi:
— Ketdik bu yerdan!

Ammo chiqib ketar chog‘ida yana bir bor orqasiga qaradi. Ko‘zlari ichida nafrat, yuragida og‘riq bor edi.

— Unutma, Taehyung! – dedi u xirillagan tovushda.
— Keyingi safar uchrashganimizda, SEN mening oyoqlarim ostida yolvorib turgan bo‘lasan!

Suga eshikni sharaqlatib yopdi. Xonada esa sovuq sukunat qoldi.

Taehyung baland ovozda kuldi. Bu kulgi oddiy emas edi – aqldan ozgan, vahshiyona, yurakni titratadigan kulgi edi. Atrofdagilar jim turar, hatto nafas olishga ham jur’at qilmasdi.

Bir lahza o‘tib, u kulishni to‘xtatdi. Ko‘zlari jiddiylik bilan to‘lib, xonadagi har bir odamga tikildi. Uning ovozi xuddi buyruqdek yangradi:

— TOMOSHA TUGADI! HAMMANG ISHINGGA QAYT!!!

Xodimlar darhol tarqala boshlashdi, hech kim bir og‘iz so‘z demas, harakatga kelgan robotlardek harakat qilishardi. Xonada yana sukut o‘rnashdi.

Taehyung orqasiga o‘girilib, xonani tark etmoqchi edi. Ammo o‘sha payt Einu (yangi yordamchi) hech narsadan bexabar holda uning yo‘lini to‘sdi. Ehtiyotkorlik bilan bosh egib, bir qadam oldinga yurdi:

— Janob, bugun kechki bazmingiz bor. – dedi u ohangdor va hurmat bilan.
— Borishingiz shart. Yangi sheriklarimiz bu safar aynan sizni shaxsan taklif qilgan.

Taehyung uning so‘zlarini eshitarkan, bir zum to‘xtadi. Ko‘zlarini yumdi, so‘ng asta kulimsiradi.

— Yangi sheriklar, ha? – dedi u past ovozda, lekin tahdidli ohangda. – tushundim!! Borani tayyorla! U men bilan bazmga boradi

U yo‘lida davom etdi. Asta, lekin og‘ir qadamlarda.

.

.

.

.

.

Episode_9 oz nihoyasiga yetdi. O'z fikringizni qoldirib keting bu men uchun juda muhim❤️‍🔥

.

.

.

.

• 𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋 @bangtan_ff_shop_menu 💙
•𝐖𝐑𝐈𝐓𝐄𝐑 @bangtan_misu 💗