March 30, 2025

𝐁𝐎'𝐆'𝐈𝐐 𝐍𝐎𝐋𝐀

𝐄𝐩𝐢𝐳𝐨𝐝𝐞_10

💔𝐅𝐈𝐍𝐀𝐋💔

Ladiana bag‘ridagi Susini mahkam quchoqlab, sochlaridan ohista siladi. U go‘yo o‘zi katta qilgan qizini tasalli berayotgandek edi. Susi esa qattiq yig‘lab, undan ajralishni istamasdi.

— Ladiana... Siz men uchun onamdek azizsiz… Iltimos, menga maslahat bering… — dedi u titroq ovozda.

Ladiana chuqur nafas oldi va Susining yuziga qaradi.

— Qizalog‘im, senga nima bo‘ldi?

Susi yutoqib yutindi, ko‘z yoshlari shoshqinch bilan yonoqlarini silardi.

— Jungkook meni o‘g‘irlab ketdi va… — u gapirolmay, yelkasini titratib yig‘lashda davom etdi. Biroq Ladiana hech narsani so‘ramadi. Birozdan so'ng susi asta hayotidagi barcha voqealarni aytib berdi... Ammo U allaqachon hammasidan xabardor edi. Susini modellikka olib ketgan erkak unga bu haqda aytib bergandi, ammo Ladiana qo‘lidan hech narsa kelmasligini bilar, faqat og‘ir xo‘rsinib, boshi egilgan holda Susining hikoyasini tinglardi.

— U menga shunday qaradiki... ichimdagi barcha muz erib ketdi… Uning ko‘zlaridagi umidsizlik meni hozir o‘ldiryapti… Nima, men… men uni sevib qoldimmi?.. — dedi Susi yuragi g‘ash bo‘lib.

Ladiana uning qo‘llarini tutib, ko‘zlariga tikildi.

— Susi... Men bularning barchasini bilardim… — dedi u, ovozi titrab.

Susi hayrat bilan Ladianaga tikildi.

— Nima?! Siz hammasini bilardingizmi?! — uning ovozi titradi.

U allaqachon sinib bo‘lgandi, ammo Ladiana aytgan shu birgina so‘z uni butunlay parchalatdi.

Ladiana og‘ir xo‘rsinib, boshini egdi.

— Ha, bilardim... Ammo tushun, Susi, Jungkook katta mafiya a’zosi. Unga mendan kattalar ham bas kela olmaydi... Kechir...

Susi yengil jilmaydi, ammo bu jilmayishda achchiq haqiqat aks etardi.

— Shunday qilib, yaxshi qilibsiz... Endi siz ham meni deb hayotingizni barbod qilishingizni istamagan bo‘lardim...

U shunday dediyu, asta turishga harakat qildi. Sinib, ko‘karib ketgan oyog‘i og‘riqdan zirqirasa ham, o‘zini bardam tutishga urindi. Ladiana tezda uning qo‘lidan tutib, yordamlashdi. Keyin mayin, ammo qat’iy ovozda gapira boshladi:

— Susi, bilaman, undan nafratlanasan... Ammo yuragingdagi o‘sha yorqin, yonib turgan sevgini o‘chirib qo‘yma... Uning oldiga qayt. Faqatgina u seni baxtli qila oladi...

Susi bir muddat jim qoldi. O‘yladi. Ha, Jungkook uni qiynadi, og‘riq berdi, lekin faqatgina u... haqiqiy edi. Qolganlarning barchasi esa shunchaki soxta...

— Xo‘p… — deya ohangrabodek pichirladi u.

Susi asta eshik tomon yo‘l oldi. Oyog‘i og‘risa ham, ko‘zlarida qandaydir qat’iyat porlardi. Ammo shu payt eshik shiddat bilan ochilib ketdi!

— Susi!

Jimin yugurib kirib keldi. Uning shoshqinchli qadam tovushlari xona jimligini buzdi. Susi birdan muvozanatini yo‘qotib, yiqilib ketishga sal qoldi. Ammo Jimin o‘zini tezda unga yetkazdi va uni mahkam quchoqlab oldi...

Jimin va susi

Jimin Susini mahkam quchoqladi. U go‘yo uni hech qachon qo‘yib yubormoqchi emasdek edi. Ladiana esa ko‘zlari katta-katta ochilib, hayrat ichida ularga tikildi. Jimin asta Susini qo‘yib yubordi va shoshib gapira boshladi:

— Susi! Men va’damni bajarish uchun keldim… Nihoyat keldim…

Susi jilmaydi. U Jiminni darrov tanidi. Hali-hanuz o‘sha mehribon, himoyachiday edi.

Ladiana birdan uning oldiga borib, qat’iy ovozda buyurdi:

— Uni Jungkook yotgan kasalxonaga olib bor!

Jiminning yuzi tarang tortildi.

— Ammo Ladiana…!

Uning e’tiroz bildirgisi kelardi, lekin Susining yuzidagi tabassum bir lahzada so‘nib, o‘rnini og‘riqli ifoda egalladi. U Jiminning yelkasiga ohista tegib, butun og‘irligini unga tashladi va sinib, ko‘karib ketgan oyog‘ini arang ko‘tardi.

— Iltimos, Jimin… meni uning oldiga olib bor…

Jimin shu on rashk tuyg‘usini ilk bor his qildi. Yuragi qandaydir og‘ir his bilan siqildi. Lekin hech narsa demadi. Faqat chuqur nafas olib, g‘amgin nigoh bilan unga qaradi. So‘ng, hech qanday so‘zsiz, Susini quchoqlab, kelin ko‘tarib oldi.

— Sen… uning oldiga borasan!

U shunday deya keskin qadamlar bilan mashinasi tomon yurdi. Shamol ularning ortidan shivirlagancha kuzatardi...

Bu payt uy eshigidan yugurib chiqqan Sohyun shosha-pisha taksiga o‘tirdi. Yuragi g‘azab va iztirob bilan qattiq urardi. U telefonini qo‘liga olib, darhol janob Jeonga qo‘ng‘iroq qildi. Ikki marta chaqiruvdan so‘ng trubkaning narigi tomonidan sovuq, qo‘pol va biroz mast ovoz eshitildi:

— Nima istaysan, bitch?!

Sohyun nafasi ichiga tushib ketdi, lekin o‘zini yo‘qotmadi. Ovozi dag‘allashgancha so‘radi:

— Jungkook yaxshimi?!

Janob Jeon kulib yubordi. Uning kulgusi nafrat va istehzoga to‘la edi.

— Hah! Nega qiziqib qolding? O‘zingni mehribon qilib ko‘rsatmoqchimisan?

Sohyunning jahl bilan yonayotgan ko‘zlari namlandi.

— Bu nima deganingiz, janob Jeon?! To‘g‘ri, men uni puli uchun sevdim… Ammo u Jungkook!! Mayli, menga bir tiyin ham bermang! Hattoki ko‘chaga uloqtirib yuboring! Ammo Jungkookni hafa qilmang! Uning qanchalar qiynaganingizni ipidan ignasigacha bilaman!!!

Telefonning narigi tomonida jimlik hukm surdi. Janob Jeon bir lahzaga hayratga tushgandek edi, ammo o‘zini tezda o‘nglab, asabiy qo‘ng‘iroqni uzib qo‘ydi.

Sohyun esa titrab, yig‘lab yubordi.

— Nima bo‘lsa ham, tirik bo‘l… Iltimos…

Ko‘zlaridan dumalab tushayotgan yoshlarini qo‘llari bilan artib, oldinga engashdi va haydovchiga qaradi:

— Janob, iltimos, tezroq haydang!

— Xo‘p, honim!

Taksi shiddat bilan oldinga intildi. Oradan bor-yo‘g‘i besh daqiqa o‘tib, Markaziy kasalxona binosi oldida qattiq tormoz ovozi yangradi. Sohyun qo‘lidagi pulni haydovchiga uzatdi-da, mashinadan sakrab tushdi.

Kasalxonaga kirishi bilan xodimlardan Jungkookning xonasini so‘radi va shoshqaloqlik bilan zinadan yuqoriga ko‘tarila boshladi. Yuragi gup-gup urardi, nafas olishga ham ulgurmasdi.

Ammo ayni shu lahzalarda… tashqarida, kasalxona hovlisiga Jimin mashinasi yetib kelgandi. Salon ichida Susi o‘zini qanday his qilayotganini anglab yetish qiyin edi…

Sohyun nafas olishi tobora tezlashgancha kasalxona koridoridan yugurib borardi. Yuragi g‘ash, butun vujudini dahshatli bir vahima egallagandi. Nihoyat, Jungkookning xona raqamini topib, shoshilinch eshikni ochdi.

Ichkarida…

Jungkook yotoq chetida boshini qo‘llari bilan mahkam changallagancha o‘tirardi. Yuzida iztirob, ko‘zlari tushunarsiz bo‘shliq bilan to‘lgandi. U xuddi hech narsani his qilmayotgandek, xonadagi og‘ir sukunat ichida o‘z fikrlariga g‘arq bo‘lgandi.

Sohyun o‘zini bilmagan holda tiz cho‘kdi. Ko‘zlari bir lahza Jungkookning qiynalgan chehrasiga tikildi, yuragidagi ming xil tuyg‘ular silqib, uni oldinga tortdi. So‘ng sekin, his-tuyg‘ularini boshqara olmagancha sirpanib borib, unga yaqinlashdi.

— Jungkook…

Uning ovozi titrardi. Sohyun hech qanday javob kutmadi, faqatgina oldinga intildi va uni qattiq bag‘riga bosdi. Ichidagi og‘riq, qiynoq, afsus va ehtiroslar ich-etini yeyayotgan edi.

Jungkook esa bir zum qotib qoldi. Vujudi tarang tortildi, yuragi gursillab urardi. Nima bo‘layotganini tushunmay, nafasi ichiga tushib ketdi.

Ammo… Sohyun ortga chekinmadi. Uning nafasini his qilayotgan, yuragining tebranishini sezayotgan Jungkook birdan bularning barchasi real ekanini angladi.

— Sohyun…

Ammo shu payt, hech qanday ogohlantirishsiz, Sohyun yuzini sekin Jungkooknikiga yaqinlashtirdi va uning issiq lablarini o‘ziga to‘qishtirdi. Bu shunchaki o‘tkinchi harakat emasdi. Bu lablar o‘rtasida yo‘qolgan ehtiros va so‘zsiz his-tuyg‘ular edi…

Bu paytda…

Kasalxona liftining eshiklari shovqin bilan ochildi.

Jimin va Susi tashqariga chiqdilar. Susi unga suyangancha nafasini rostlab oldi, yuragi esa g‘alati hislar ichida tebranardi.

U bir lahza tin olib, hayajon bilan Jimin tomon yuzlandi.

— Jimin… nima deb o‘ylaysan? — ovozi titrab chiqdi. — Hozir u meni sog‘inib o‘tiribdimikan?..

Jimin bir soniya og‘ir nafas oldi. Uning ko‘zlarida shubha va bir oz g‘am aks etardi. Yuragida esa allaqanday siqilish hukm surardi. Rashk unga sezdirmasdan yuragini ezardi.

Ammo… u faqatgina yumshoq jilmayishga majbur bo‘ldi.

— Albatta, — ovozi jilmayish bilan chiqdi, ammo ichida nimadir sinayotgan edi. — U seni albatta sog‘inadi. Axir u senga sevishini aytdi…

Jimin bu so‘zlarni aytayotganida yuragiga o‘tkir tig‘ sanchilgandek his qildi. U haqiqatni yashirishga harakat qilgancha, iloji boricha mehr bilan jilmaydi.

Ammo… bu jilmayish ortida qanchalar og‘riq va sukut yotganini Susi payqay olmadi…

Lift sekin ochildi. Susi yuragini bosib tura olmadi, hayajon va intiqlikdan nafas olishi tezlashdi. Og‘riqlari bir zumda unutilganday bo‘ldi. Ichida umid va hayajon olovdek yonardi.

U qo‘lini devorga tirab, og‘ir singan oyog‘i bilan tez-tez yura boshladi. Har bir qadam unga qimmatga tushayotgan bo‘lsa ham, yuragi uni faqat oldinga intilishga majbur qilardi.

Jimin esa ortidan yurar, ammo yuragidagi g‘ashlik tobora oshib borardi. Uning jilmayishi soxta edi, ortidan qarab borarkan, Susi shunchalar shoshayotganini ko‘rib, yuragi siqildi. Lekin unga hech narsa deyolmadi.

Susi nihoyat Jungkookning xona raqamini topdi. Ich-ichidan baxt va hadik aralash hislar qamrab oldi. Eshik ochiq edi. Yuragi tez urdi, barmoqlari titradi. Sezdirmasdan eshik yoniga bordi va ohista unga suyanib, ichkariga mo‘raladi…

Ammo…

Ko‘rgan manzarasi yuragini parcha-parcha qildi. Ichidan nimadir uzilgandek bo‘ldi. Ongida jaranglagan shovqin hammasini yo‘qotdi…

Jungkook… va Sohyun…

Sohyun uning lablaridan o‘pib turgandi.

Yo‘q…

Ko‘zlari katta ochildi, yuragi gursillab urdi, ammo ovozi chiqmasdi. Nafas olish og‘irlashdi, barmoqlari qaltiray boshladi. Garchi yuragi baqirib, ichidan qichqirsa ham, hech qanday tovush chiqara olmadi.

Bu tush bo‘lishi kerak… Axir Jungkook… u axir…

Susi hech qanday shovqin chiqarmasdan darhol boshini chetga burdi. Yuragidagi umid va baxt bir zumda chil-chil bo‘lib sinib ketdi. Har doim jonidan ham ortiq ko‘rgan odam… har doim yuragining markazida turgan odam… unga xiyonat qilgan edi…

Ko‘zlari yosh bilan to‘ldi, lekin yig‘lashga haqqi yo‘qdek his qildi. U shunchaki chuqur nafas oldi va butun his-tuyg‘ularini o‘ldirishga harakat qilib, qadamini orqaga tashladi.

U ortiga qaytdi. Jimin unga qarab turardi. Uning ko‘zlarida "hammasi yaxshi" deb ko‘rsatmoqchi bo‘lgan majburiy jilmayish bor edi, lekin ko‘zlari… Ularning og‘rig‘ini yashirib bo‘lmasdi.

Susi o‘ziga kelmasdan, titragancha Jimin tomon bordi. Jimin hamma narsani tushundi. Ko‘zlaridagi bo‘shliq va ko‘nglidagi o‘lik sokinlik Susi uchun yetarli javob edi.

Bu payt esa…

Ichkarida…

Jungkook birdan hushiga keldi. Nimalar bo‘layotganini ilgari hech anglamaganday, ichidan nimadir g‘azab bilan ko‘tarildi. Birdan Sohyunni itarib yubordi.

— Bu jirkanch lablaring!! — ovozi butun xonani titratdi. Ko‘zlari nafrat bilan yonardi. — Aysh… Shiball! Ko‘zimga ko‘rinma!

Uning ovozidagi o‘tkir g‘azab Sohyunni titratuvchi darajada kuchli edi. U bir necha soniya o‘ziga kela olmadi.

— Nega kelding?! — deya nafas oldi Jungkook. Yuragida g‘azab va g‘am birga alangalandi. — Yo‘qol!

Sohyun birdan ortga tisarildi. U Jungkookning hech qachon bunday nafrat bilan gapirganini eshitmagan edi.

Lekin Jungkookning yuragidagi haqiqiy iztirob boshqa edi. U… orqasidagi eshik oldida kimnidir turganini his qilgandi. Kimnidir… unga eng yaqin bo‘lgan odamni…

Ammo… endi juda kech edi.


Susi yuragini parcha-parcha bo‘lib sinishini, Jimin esa uning qayta tiklanmaydigan darajada ezilganini his qildi…

Susi oyoqlaridagi og‘riqni butunlay unutdi. Chunki yuragidagi azob uning butun vujudini egallab bo‘lgandi. Tanasining har bir hujayrasi, har bir tomiri endi faqat bir tuyg‘uni – sinishni his qilardi.

Jimin og‘ir nafas oldi. U gapirmoqchi bo‘ldi, Susi yonida ekanini bildirmoqchi bo‘ldi, lekin… Susi unga hech qanday imkoniyat bermadi. Yonoqlari bo‘ylab sirg‘alib tushayotgan yoshlar yetarli javob edi. U shunchaki bosh chayqab, Jiminga qaradi.

Ko‘zlarida so‘z yo‘q edi. Faqatgina shaffof, yolg‘izlik bilan qorishgan bo‘shliq…

Jimin yuragini siqib kelayotgan tuyg‘uni ichiga yutdi. U nimadir demoqchi bo‘ldi, ammo Susi yana bir bor bosh chayqadi va tezlik bilan kasalxonadan chiqib ketdi.

Havoda uning mayin ifori qolib ketdi. Lekin ortida… hech narsa qolmaganday edi.

Jimin hansiradi. Yuragidagi noaniqlik uni bezovta qilardi. Ortidan yugurmoqchi bo‘ldi, lekin shu payt orqasidan bir ayolning shoshilinch oyoq tovushlari eshitildi.

U shartta ortga o‘girildi.

Bu Sohyun edi. U ham yig‘lab ketayotgan edi. Ko‘zlari shishib ketgan, nafas olishga qiynalardi. Uning bu holatini ko‘rib, Jimin yana ham g‘azablandi.

U Sohyunni shartta bilagidan ushladi va qattiq siqib:

— Aysh! Ahmoq! Sen bu yerda nima qilyapsan?! — deya qattiq faryod qildi.

Sohyun zo‘rg‘a hansirab, uning qo‘lidan chiqishga harakat qildi.

— Meni qo‘yib yubor! — ovozi titradi. — O‘zingchi?! Sen Susi oldiga ketgan edingki?! Yo‘qol! O‘sha qizning oldiga bor!

Bu so‘zlar Jiminga qattiq ta’sir qildi. U shunchaki uning qo‘lini bo‘shatdi va o‘zini ortga tashladi. Yuragidagi hissiyotlar unga nafas olishga yo‘l qo‘ymayotgandi.

Sohyun ham yig‘lagancha kasalxonadan chiqib ketdi…

Bu payt esa…

Susi…

Shaharning chiroqlari xira ko‘rinar, yo‘llardagi shovqin shunchaki kul rangli fon sifatida quloqlari ostida jaranglardi.

U endi hech narsani eshitmasdi.

Hech narsani ko‘rmasdi.

Hech narsani sezmasdi.

Yuragi shunchalar og‘rirdi… go‘yo biror kimdir uning ko‘ksini yirtib, ichidan butun sevgisini sug‘urib olganday edi. Hamma orzulari, baxtga bo‘lgan ishonchi, umidi... hammasi shu lahzada yo‘q bo‘lganday his qilardi o‘zini.

“Ladiana meni aldagan ekan…” — deb pichirladi u, ammo ovozi titrab chiqdi.

— Mening yuragimdagi o‘sha sevgi aslida soxtalik bilan barpo bo‘lgan ekan…

Ko‘z oldida Jungkook va Sohyun… yana paydo bo‘ldi. Ichidagi bo‘shliq kattalashib, ongini to‘ldirib borardi.

— Negaaaaaa??

Bir tomchi yosh yuzidan sirg‘alib tushdi.

— Nega mening atrofimda faqat soxtalar??

Ko‘chadagi svetofor qizil rangga yondi. U esa buni ham sezmasdi. Shunchaki qadamini oldinga tashladi.

— Nega men boshqalar kabi tinch, baxtli bola olmayman???

Ko‘chada mashinalar ovozi eshitildi. Kimdir signal chaldi. Ammo Susi bu ovozlarni eshitmadi. O‘zi ham sezmagan holda zebra yo‘liga chiqdi. Ko‘z oldidagi manzara tobora qorong‘ilashib borardi.

Boshi aylandi…

Nafasi qisildi…

U hushini yo‘qotayotgan edi…

U yerga yiqilayotganini sezdi… ammo bunga qarshilik qila olmadi.

Uning orqasidan yugurib kelayotgan Jimin buni ko‘rdi. Yuragi o‘rnidan chiqib ketay dedi.

— SUSI!!!

U o‘zi bilmagan holda butun kuchi bilan oldinga yugurdi…

Susi

Jimin sohyun qo'lidan ushlagan vaqt...

Oradan bir oy o‘tdi…

Shahar har doimgidek shovqin bilan to‘lib-toshardi. Atrof gullar hidiga to‘la, havo esa endi biroz salqinlashib borayotgandi. Kunlar o‘tib, hayot o‘z yo‘liga qaytgan ko‘rinardi, lekin ba’zi odamlarning qalbida kechgan to‘fon hali ham iz qoldirgan edi.

Susi butunlay sog‘ayib ketdi. Ammo tanasidagi jarohatlar tuzalgan bo‘lsa ham, yuragidagi izlar hali ham sekin-sekin bitayotgan edi. Bu davr mobaynida u kasalxonada ko‘p vaqtini o‘tkazdi va o‘zini yolg‘iz his qildi. Lekin u yolg‘iz emasdi. Chunki Jungkook uning yonidan bir zum ham ketmadi.

U har kuni Susining oldiga kelar, unga ovqat olib kelar, ehtiyotkorlik bilan sochlarini silab, uni ovutardi. Oldingidek sovuq va qo‘pol emas, aksincha, uning harakatlari yumshoq, mehribon va ishonchga to‘la edi. Susiga bu o‘zgarish boshida g‘alati tuyuldi. U ikki hafta davomida Jungkook bilan gaplashmadi, arazlab yotdi.

Lekin…

Har kuni unga mehr bilan qaraydigan, jim bo‘lsa ham hamisha yonida bo‘ladigan Jungkookni ko‘rib, Susining yuragi asta-sekin eriy boshladi. U endi o‘zini yolg‘iz his qilmasdi. Unga mehr ko‘rsatadigan, uning har bir og‘rig‘ini o‘z yuragi bilan sezadigan odam borligini anglay boshladi. Nihoyat, u Jungkookni kechirdi.

Jungkook bu kechirimni eshitganda shunchalar yengil tortdiki, go‘yo yelkasidan og‘ir yuk tushganday edi. U kulib yubordi. Haqiqiy, samimiy kulgu. Uning o‘zi ham bunday hissiyotlarni esidan chiqarib qo‘ygandi.

Bu orada Jimin…

U Susining kasalxonada yotganini birinchi bo‘lib bilgan odam edi. U bu xabarni eshitgan zahoti yuragi yorilib ketgudek bo‘ldi. Lekin… u ortiq hech narsa qila olmasdi. Chunki Susining qalbida faqat bitta odam bor edi — Jungkook.

Shunday bo‘lsa ham, Jimin uni so‘nggi bor ko‘rishga qaror qildi.

Ketishdan oldin Jungkookning qarshisiga chiqdi va so‘nggi bor unga tik qaradi. O‘sha ko‘zlar… ichida millionlab so‘zlarni yashirgan nigohlar edi. Ammo u faqatgina bitta gap aytdi:

— Iltimos, uni baxtli qil! Agar baxtli qila olmasang, ayt! Uni o‘zim baxtli qilaman! Bilaman, uni menga bera olmaysan. Shuning uchun ham uni ehtiyot qil va baxtli qil!

Uning ovozi titrab chiqdi. U kulishga harakat qildi, ammo lablari titrab ketdi.

— Men esa buni ko‘rishga kuchim yetmaydi. Endi hayotingdan chiqib ketaman, Jeon Jungkook… Hayr, mening hasadchi ukajonim.

Shunday deb, u ortiga burildi. Lekin ketishga ulgurmay, Jungkook uni to‘satdan quchoqlab oldi. Ularning ikkalasi ham hech narsa demadi. Chunki so‘zlar ortiqcha edi. Faqat yuraklarining urishini eshitish kifoya edi…

Jimin ketdi.

Uning ortidan esa faqat xotiralar qoldi.

Oradan yana haftalar o‘tdi…

Susi sog‘ayib, yana hayotga qaytdi. Jungkook esa unga nisbatan o‘zgarganini his qildi. Endi u faqat bir narsani bilardi: Susisiz hayotini tasavvur ham qila olmasdi. Shu sababdan u hammasiga nuqta qo‘yib, Susini o‘zining rafiqasi qilishga qaror qildi.

Kunlardan bir kuni u Susiga qarab jilmaydi va sekin uning qo‘lini tutdi.

— Menga turmushga chiqasanmi?

Bu oddiy gap edi. Lekin unda butun dunyo jamlangandi. Susining ko‘zlari chaqnadi. Uning yuragi shunday tez urdiki, go‘yo atrofdagi hamma narsa to‘xtab qolganday tuyuldi.

— Ha…

Jungkook uning qo‘lini mahkam siqdi. U hayotida birinchi marotaba otasidan juda hursand bo‘ldi. Chunki otasi ularning bu qarorini ma’qulladi. Endi ular yozning oxirgi oylarida to‘y qilishlari kerak edi.

Bu orada… Sohyun…

U kunlab o‘z xonasidan chiqmay yig‘ladi. Jungkookning uylanayotganini eshitganda, yuragida yana bir bor og‘riq paydo bo‘ldi. U hali ham uni sevardi.

Lekin hayot shafqatsiz edi.

Oradan bir hafta o‘tib, unga bir erkak turmush qurish taklifini bildirdi. Sohyun boshida rad etdi. Chunki yuragining bir burchagi hali ham Jungkookni sevardi.

Lekin u xuddi pichoq yuragiga botgan kabi bo‘lib, bitta xabar eshitdi:

"Jungkook va Susi to‘yga hozirlanishyapti."

O‘sha kuni u ko‘zlaridagi yoshlarni artdi, o‘zini oldingidek kuchli ko‘rsatishga harakat qildi va o‘ziga bitta savol berdi:

"Nima uchun men ham yangi hayot boshlamasligim kerak?"

Shu kuni u taklifni qabul qildi.

Lekin yuragining bir chekkasida… hali ham Jungkookning ismi qoldi…

𝐓𝐇𝐄 𝐄𝐍𝐃

𝐀𝐮𝐭𝐡𝐨𝐫 so‘zi endi men ham ohirida bo'lsa ham ko'rinish berib qo'yay...😂

Men ham odamku😁

Hayot hech qachon biz kutgandek bo‘lmaydi. Ba’zida biz yurakdan sevamiz, lekin o‘sha inson bizga tegishli emasligini tushunamiz. Ba’zida esa o‘tmishdagi og‘riqlarimiz tufayli haqiqiy baxtni kechikdiramiz. Lekin hayot hech kimni kutmaydi. U davom etaveradi.

Bu hikoya — yo‘qotish, kurash va qabul qilish haqida. Chunki har bir inson hayotida shunday davr keladiki, u o‘zidan so‘raydi: "Nega aynan men?" Lekin javob oddiy. Chunki har kim o‘z yo‘lini topishi kerak. Sevgi ham, baxt ham, ayriliq ham — barchasi taqdir yo‘limizning bir bo‘lagi.

Kimdir sevgisini saqlab qoladi, kimdir esa uni qo‘yib yuboradi. Muhimi — yo‘qotishlardan kuch topish, kechirim va qabul qilishni o‘rganish. Chunki hayot davom etadi… Va biz ham oldinga yurishimiz kerak.

Hikoyamiz shu joyida o'z yakunini topadi.. To'g'ri bu ffimda unchalik qiziqarli bo'lmadi hatto chalkashib ham ketgandursiz.. Bu uchun uzur😁 ammo yoqdi degan umiddaman ❤️

Sizlar bilan lee Misu bo'ldi keyingi yangi hikoyamiz ko'rishguncha 💘hayr o'zingizchi ehtiyot qiling

•𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂 𝐓𝐇𝐄 𝐄𝐍𝐃
•𝐖𝐑𝐈𝐓𝐄𝐑 𝓵𝓮𝓮 𝓶𝓲𝓼𝓾💘